Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Yopiq kanal
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
436
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-97 kun
-7030 kun
Postlar arxiv
Sizning hayotingizda ham shunaqa voqealar bo'lganmi, esingizdan chiqmaydigan?
+2
Ukam bilan ko'rsatgan xizmatlarimiz part 1😂
Bugun sizlarga bir qiziq balki achinarli voqeani aytib bermoqchiman. Bu voqea adashmasam 3 yoki 4 sinf vaqtlarimda bo'lgan.
Biz har doim uyda ukam bilan ko'p yolg'iz qolardik, dadam bilan oyim ertalab ishga ketardi, opalarim o'qishga, ukam bilan men abetdan keyin o'qirdik. Ba'zan bobomlarni uyiga tashlab ketishardi ba'zan uyda qolardik.
Qish kunlari endi uyda onamlar ishga ketgandan keyin uyda gaz o'chib qoldi, keyin men yonmayotganini ko'rib tepasida yopiq qo'ydim. Va oradan bir ikki soat o'tib uy soviy boshladi va men gazni ko'raychi yonganmikan deb qaradim.
Qarasam gaz kelgan ekan hozir yoqaman deb tepasidan ochdim keyin men gugurt chaqquncha katyolni ichi gazga to'lgan ekan. Gugurt chaqqanimni bilaman gaz birdan yonib men 2 3 metr narigi otib yubordi.
Yonimda ukam turgandi u ham qo'rqib ketgan rangi oqarib, men nima bo'lganini anglashim uchun 2 daqiqacha vaqt ketgan. Dastlab hech qanday og'riq his qilmaganman.
Keyin kuygan hid chiqqan. Ne ko'z bilan oynaga qaray ki qoshlarim,kipriklarim peshona sochim hammasi yonib ketgan. Yuzim oppoq bo'lib qolgan. Onam kelguncha hech nima qilmay o'tirganmiz, keyin onam kelib voy nima qildingizlar deb darrov dori surtgan.
O'sha paytlari shunaqa xunuk bo'lib qolganman ki, inson qosh kipriklari bilan chiroyli bo'lib turarkan. Eng qizig'i o'sha holatda maktabga borib yurganman, hech kim aytmagan ey banda qoshinga qalam chiz hech bo'lmasa deb🙄
Allohimga shukr keyin avvalgisidanam chiroyli va qalin bo'lib chiqqan lekin.
Rasmni postga aloqasi yo'q, o'zim suratga olgan rasmlar)
❓ Lug'atlarni qanday oson yodlasam bo'ladi?
💕 Ko'pchilikni qiynaydigan muammo turk tilida lug'at yodlayman, lekin esimdan chiqib ketadi yoki gapda qo'llay olmayman.
Ho'p bugun o'zimga juda katta yordami tekkan usullar bilan bo'lishaman.
📎Lug'at yodlash jarayonini o'zingiz uchun qiziqarli qiling, masalan sevib eshitadigan musiqangizdagi so'zlarni tarjima qiling va eslab qoling.
Shunday qilsangiz har safar o'sha musiqani eshitganingizda uni ichidagi so'zlar ham xotirangizda mustahkamlanib boradi.
📥 Yodlagan so'zlaringizdan foydalanib gaplar tuzing va kun davomida ularni takrorlab yuring.
💟 Lug'atlarni qismlarga ajratib yodlang, masalan 50 ta so'z yodlashingiz kerakmi, 50 tasiniyam birdaniga o'qib yodlashga harakat qilmang. 5 ta yoki 10 ta so'zdan iborat guruh qiling. 1 guruhni yodlab bo'lmaguningizcha keyingisiga o'tmang.
Birinchi 2 ta guruhni har birini alohida yodlaganingizdan keyin ikkalasini qo'shib takrorlang. Va boshqalarini ham shu tartibda zanjir qilib bir-biriga bog'lab ketavering.
🎁 Kartochkalardan foydalaning. Kartochkani bir tarafiga so'zni o'zbekchasini narigi tarafiga turkchasini yozing va hamma so'zni bir qutiga soling.
Keyin to'g'ri kelgan bittasini olib o'zbekcha yozilgan tarafi to'g'ri kelsa turkchasini, turkcha tarafi to'g'ri kelsa o'zbekchasini ayting.
💜 Bu ma'lumotlar siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa 1 ta ❤️)
Darslarimni qildim, idishlarni yuvdim endi qachondan beri boshlab tugatolmay qo'ygan kinoyimni ko'ryapman.
Qaysi kino ekanligini topdingizmi😃
+1
Boya o'qishdan kvartiramdan olib kelgan kitoblarimni va uydagi kitoblarimni shunaqa chiroyli qilib taxladim☺️
Ularni taxlayotib bloknotlarimni ichidan shu ramlarim topib oldim. Bu rasmlarni 2 3 yil avval chizganman.
O'sha paytlari rasm chizishga rosa qiziqardim. O'zimni yomon his qilganimda har doim naushnikda Ludovico Enneaudini musiqasini sekin qo'yib, rasm chizib yengillashardim🎵.
Bularni ko'rib o'sha vaqtlarim esimga tushib ketdi)
Aytgancha kursda 1 qiz uchun joy bor, @Otabekova_Hilola ga yozing.
+1
O'tgan kuni shunaqa ovqat qilganimda bitta qiz retsept so'ragandi💭
Boshqa qiziqayotganlar bormi, yozaymi💭
Ha yozing - ❤️🔥
Albatta - ❤️
+1
Turk tilini o'rganganim menga har taraflama + bo'lgan, hozir turk tilida bemalol xohlagan mavzuyimda podkast ko'rolaman, yoki kitoblarni ham bemalol o'qiy olaman.
Hozir o'ziga bo'lgan ishonch orttirish, oilaviy munosabatlar,farzanga qanday tarbiya berish haqida juda ko'p kurslar mavjud.
Men ham qishda shunaqa kurs sotib olgandim va u kursda eshitgan mavzularimni deyarli hammasi men tekinga ko'rgan podkastlarda bor edi.
To'g'ri ko'pchilik uchun u narsalar yangilik bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin men uchun umuman yangilik bo'lmagandi. Kursni sotib olgan pulimga achingandim.
Shundan keyin deyarli unaqa kurs sotib olmaydigan bo'ldim va qaysi mavzuni o'rganishni xohlasam,you tubega kiraman va turkcha hamma mavzuda bemalol podkast topa olaman.
Ya'ni turk tilini o'rganish orqali siz hamma mavzudagi instagramda $sotilayotgan kurslarni, tekin podkast shakliga ega bo'lishingiz mumkin.
Online darsda o'rgana olamanmi?
Qizlar bugun menga eng ko'p berilgan savol shu bo'ldi. Ho'p sizlarga nimaga aynan online dars offlinedan afzalligini isbotlab beraman.
Online darslar vaqt, mablag' va joy taraflama eng qulayi. Offline darsga boraman desangiz har kuni kamida 30 daqiqangiz yo'lga ketadi, undan tashqari kiyinib tayyorlanish yozni kuni issiqda yurishni aytmay qo'yaveray.
Keyingisi mablag' offline darsda kurs pulidan tashqari har kuni yo'l kirangiz va tashqarida ovqatlanishingizga ham ancha pul ketadi, men uyda ovqatlanaman desangiz ham hech bo'lmasa suv sotib olasiz har kuni. Va bu mayda ko'ringan xarajatlar bir oyda yana bitta kursga yetgulik pul bo'ladi.
Online darslarni yana bir qulay tarafi, darsga o'ziz xohlagan joyingizda kirishingiz mumkin, internet ishlab tursa bas. Darsga kirolmay qolgan taqdiringizda videozapis qilib olingan bo'ladi va vaqt topganingizda bemalol kirib ko'rishing mumkin.
Bundan tashqari tushunmaga narsangizni ustozga yozib darrov javob ololasiz, keyingi darsni kutib yurishingiz shart emas.
Xullas, har taraflama online juda qulay. Men ham har doim qanday kursda o'qimoqchi bo'lsam ham online o'qiyman. Onlinenni ta'mini bilgan insonga offline yoqmay qoladi😎
Qizlar lichkam yopilib qolgan ekan faqat premium obunachilari yozoladigan bo'lib bilmay qolibman, hozir ochildi endi bemalol yozaveringlar
@Otabekova_Hilola
Yangilar xush kelibsiz, shu post orqali meni yana da yaqindan tanib olishingiz mumkin.
+1
O'quvchilar guruhda o'z joylarni egallashmoqda. 3 oydan keyin ular turkchda bemalol gapiroladigan va tushunoladigan darajaga chiqishadi.
Yozda nima qilding deb so'rashganida ular bemalol yangi til o'rgandim, o'zimni rivojlantirdim deyolishadi.
Nima qilsam ekan deb o'ylanib o'tirganlar kuzdayam hali bir qarorga kelolmay yurishgan bo'ladi.
Siz qaysi toifada bo'lishni xohlaysiz?
Guruhda atigi 3 dona joy qoldi. Shu bilan qabul yopiladi. Kurs haqida ma'lumot va kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing.
+1
Bir uborka qissasi)
3 kundan beri oshxonani generalniy uborka qilaman deb hech boshlolmayotgandim.
Bugun ertalabdan yengimni shimarib, oshxonada meni qo'lim tegmagan bitta burchak ham qolmaydi deb ishga kirishgandim. Endi qo'shiqlarniyam qo'yib avjiga chiqayotgandim ham ki svet o'chib qolsa bo'ladimi🧸
Mayli yonib qolar deb kutdim, 2 soat o'tdi hali yonmadi. Boya onamga telefon qilsam bugun kechgi 6 gacha yonmas ekan deb aytdi. Telefonimni zaryadi 15%🌟
Aytgancha kursga yozilishga ulgurdingizmi, sanoqli joy qoldi)
+1
Kecha buvimlarni uyiga borganimda shu narsalarni ko'rib yoshligim esimga tushib ketdi.
Kichkina paytlarim ham ana shunday bo'lib javonda chiroyli bo'lib turardi. Har safar borganimda kichkina stakanchalarda choy ichishni xohlardim.
Har borganimda qarab-qarab qaytardim, hech kimga aytmay😔.
Sizning buvingizni uyida ham shunaqa narsalar bormi)
+1
Bugun o'quvchilarimdan kursim haqida shunaqa komplimentlar eshitdim😊
Mana nimaga aynan "Pro Türkçe" kursida o'qishingiz kerak. Bu kursda boshqa kurslar kabi 15, 20 talab o'quvchi olinmaydi, ya'ni podani ichida qolib ketmaysiz.
Har bir o'quvchi bilan alohida birma-bir shug'ullaniladi. Uyga vazifalar har doim o'z vaqtida nazorat qilinadi va xatolaringiz ustida o'qituvchi bilan qayta ishlanadi.
Kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing
+1
Bugun abetga shunaqa ovqat tayyorladim🌺
Lekin rasmga olishga ulgurolmadim, bu rasmdagi avvalgi tayyorlaganim.
Bugungiyam rosa zo'r chiqibdi onamlar maqtab-maqtab yeyishdi💚
Ertalabdan yangi guruh uchun tayyorlgarlikni boshlagan ustozdan salomlar💜
Qizlar yangi boshlanadigan guruhim uchun shunaqa asall prezintatsiyalar tayyorlayapman.
O'qigan odam umuman afsuslanmaydigan darajadagi kurs bo'ladi bu safargisi ham nasib🤩
Turk tilidagi musiqalar ham insonga boshqacha energiya bag'ishlaydi. Ayniqsa ularni tushunib eshitsangiz prosta super🎧
Yaxshi ustoz bo'la olish uchun faqatgina bilimni o'zi kifoya qilmaydi🎙️
🔹 Bilimingizni to'g'ri, oson va qiziqarli tarzda yetkazib bera olish, har bir o'quvchini o'ziga mos tarzda muloqotda bo'lish ham muhim.
Ba'zi o'quvchilar bir narsani tushuntirganizdan ilib oladi, lekin ba'zi o'quvchilarga maydalab qayta qayta tushuntirishga to'g'ri keladi.
Shunday holatda ikkala turdagi o'quvchiga ham mavzuni bir xil darajada tushuntira olish o'qituvchining qobilyatiga bog'liq.
Men har doim o'zimni va sohamni rivojlantirish uchun har xil kurslarni sotib olib o'qiyman. Har doim o'zimga invistitsiya qilaman.
Bu safar ham sohamni rivojlantirish darslarimni yanada boyitish va qiziqarli qilish uchun yangi kursda o'qiyapman
💗Bu safargi guruhimdagi darslar avallgilaridan ham zo'rroq bo'ladi nasib bo'lsa
