Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Yopiq kanal
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
444
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kun
-6730 kun
Postlar arxiv
O'ylab qarasam sizlar bilan ancha paytdan beri anonimlashmagan ekamiz
Bugun yakshanba ekanidan foydalanib shu xatoni to'g'irlaymiz
Nima gaplar yozinglarchi)
Qizlardan imtihon olyapman lekin hayolim qozondagi oshda😭
Soat 8 da kirgandim birinchi guruhimga darsga, davomidan ikkinchi guruh ulanib ketdi
8 da ochmasdim, shunga ovqatlanmay kiravergandim, hozir rosaaa ochmaaaan)
Tepadagi postda yig'laydigan nima bor, ikkita yig'lagan stiker
Mengayam aytinglar, qo'shilib yig'lashaman😃
#dil_bilgisi
🔖Bugun sizlar bilan turkchada çoğul eki ya'ni ko'plik qo'shimchasi qanday bo'lishini o'rganamiz
O'zbek tilida ko'plik -lar qo'shimchasi orqali yasaladi, masalan insonlar, kitoblar, uylar kabi
📎Turk tilida esa bu qo'shimchaning 2 xil shakli bor -lar/-ler. Kalın ünlü : a,ı,o,u — lar Ince ünlü: e,i,ö,ü — lerYa'ni so'zimning oxirgi unlisi qalin bo'lsa -lar shaklida masalan: Insanlar, kitaplar, masalar So'zning oxirgi unlisi ince ya'ni ingichka unli bo'lsa -ler shaklida masalan: Evler, bahçeler, kediler ✉️Endi sizga vazifa shu so'zlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shib kommentga jo'natingchi: dolap, ağaç, köpek, telefon Shunaqa postlar ko'proq bo'lishini xohlasangiz bitta - 🍂
+1
Bugun bizda muhim kun⏳
O'quvchilarni saralaymiz, yaxshi o'qimaganlar bilan xayrlashamiz, a'lochilarni esa taqdirlaymiz
Har kim harakatiga yarasha natija oladi)
Sen haqingdagi boshqalarni nima tushunayotgani, nima deb o'ylayotgani muhim emas
Muhimi sen o'sha o'zini juda zo'r deb o'ylayotgan odamlardan teparoqqa yuksalayotganing!
Dars ertalabgi vaqtda bo'ladi, ya'ni tahminan 5 yarim 6 larda boshlanadigan qilamiz
O'sha payti darsga kiroladigan qizlar yozinglar)
Günooo qizlar🎀
Bugun sizlarga bir xabar bilan keldim, bilasizlar magistraturamni naqd qildim
Endi o'qishga ketsam yana da vaqtim bemalolroq bo'ladi, nasib
Shunga 1 ta individual o'quvchi olmoqchiman, dars haftada 4 kun bo'ladi
Bitta o'ziz bilan ishlanadi, hamma e'tibor sizda bo'ladi, 2 oyda B2 darajaga chiqaraman
Lekin bunga hamma o'quvchilarni ham qabul qilmayman, savol-javob qilib haqiqatda o'rganishga ishtiyoqi baland, ma'sulyatli bitta qizni olaman
Kurs haqidagi boshqa savollar va kursga yozilish uchun @Otabekova_H akkauntiga yozing)
Og'il bola do'stlarni bir-biriga bo'lga mehr oqibati qiz bola dugonalarda kamdan-kam holatda uchraydimi deymandaaa
Bugun ukam boshqa shaharda yashaydigan do'stiga telefon qildi yordam kerak edi kelolasanmi deb, o'sha do'sti bir soatga qolmay keldi
Men shok bo'ldim va dugonalarim bilan 3 oy yozdan beri ko'rishamiz deb planlar qilib haligacha uchrasholmaganimizni esladim va hammasiga kulib qo'ydim🤦♀️
Sizdayam bor mi shunaqa nuqul ko'rishamiz deb, sira bir joyga kelolmaydigan dugonalariz)
Haa aytmang - 😭
Biz ba'zan ko'rishamiz - ❤️
U narsa orzu bo'lib qoladi shekilli - 😅
+1
Kanalimda turk tilidan ustozlikni boshlamoqchi bo'lib yurgan qizlar ham anchagina
Ba'zida menga yozishadi ba'zi savollarim bor edi javob berolasizmi yoki maslahat berib yuborolasizmi deb
Men hech qachon ularga rad javobini bermayman, qo'limdan kelgancha maslahat va yordam beraman
U qizlarga raqib deb qarab, yo'q deb bilgan narsalarimni ham yashirib, aytmay o'tirmayman
Chunki har kimning risqi bo'lak, Alloh taolo ularga shu sohada risq yozgan bo'lsa men yordam bermasam ham yaxshi, zo'r ustoz bo'lib ketishadi
Shunchaki shu jarayonga mening ham hissam qo'shilishini xohlayman, chunki men bilan shunaqa vaziyatda uzatilgan qo'llar hech qachon insonni esidan chiqmaydi)
Kuzni yaxshi xabarlar bilan boshlab oldim shukr
Kuzda o'zingizga maqsad qilgan eng katta wishlistingizni yozib ketingchi)
+1
Onam ertalab magistraturaga kirganing bilan tabriklayman deb olib kelgandilar gulni
Hali javobi chiqmadiku desam, kirishinga ishonyapman degandilar
Shunda hazillashib agar kirsam onam kirganim uchun berdilar deb qo'yaman
Kirolmasam, xafa bo'lganim uchun kayfiyatim ko'tarilsin deb olib kelibdilar deb yozaman kanalga degandim😅
Ho'p ho'p deb kulgandilar, shukr birinchisi bo'ldi)
Günoo qizlar biz haliyam kutyapmiz😅
Bayramgacha chiqadi deb yozishgandi, o'qituvchilar bayramini nazarda tutishganov)
Kecha opamni tug'ligan kunlari edi, shunaqa hadiya tayyorlagandim
Har bir narsani mehr bilan tanladim, opam ko'rib rosa xursand bo'ldi
Ularni xursandchiligini ko'rib men ham 2 karra quvondim
Allohim bundan da zo'r sovg'alar berishlikni nasib qilsin)
Sovg'a yoqqan bo'lsa bitta - 🩷
Kun davomida deganda qaysi paytni tushunishar ekan, tun davomida bo'lishi kerakmidi yoki)
Kechadan beri magistr haqida yozib tozaaa jonlarizga tegib ketdimmi
Faqat bitta o'zim siqilmay deymanda, tezroq javoblari chiqsa menam, sizlaram qutilardingiz aaa😃
Kutaverib charchab ketdimeee
O'zimni chalg'itish uchun uyni boshqatdan yiqib quryapman
Javoblari chiqsa yozvorarsizlar aa, bo'ldi endi men uborkadan bo'shamayman
Shunaqa qilmasam miyyamda kirsam nima qilishim, kirolmasam nima qilishim haqidagi rejalar to'xtamayapti😁
A tak ikki holatga ham zo'r planlarim bor lekin)
