uz
Feedback
Nodex kiberxavfsizlik klubi

Nodex kiberxavfsizlik klubi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi 💭Bog'lanish uchun: @nodexccbot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
194
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kun
-930 kun
Postlar arxiv
🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzli “KazHackStan 2026” xalqaro kiberx
+2
🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzli “KazHackStan 2026” xalqaro kiberxavfsizlik konferensiyasi va amaliy CTF musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Dastlabki onlayn saralash bosqichida "🔴" yo'nalishidan muvaffaqiyatli o‘tgan “Abobil Security” jamoasi ushbu xalqaro maydonda munosib ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoaga klubimiz sardori Qahramon Choriyev boshchilik qiladi. Klubimiz nomidan jamoa sardori va barcha a’zolarga xalqaro arenada kechadigan murosasiz bellashuvda omad, yuqori natijalar tilaymiz!🔥🔥 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

💻 Ajoyib xushxabar va navbatdagi g‘alaba! Oromgoh o‘z yakuniga yetdi va unda ishtirok etgan jamoamiz a’zosi Mo'minov Javohir
+1
💻 Ajoyib xushxabar va navbatdagi g‘alaba! Oromgoh o‘z yakuniga yetdi va unda ishtirok etgan jamoamiz a’zosi Mo'minov Javohir o‘zining bilim va ko‘nikmalarini yuqori darajada namoyish etib, 1.5 million so‘mlik vaucher sohibiga aylandi! 🎉 Javohirni ushbu yutug‘i bilan chin dildan muborakbod etamiz va uning kiberxavfsizlik olamidagi keyingi o‘qishlarida, kelajakdagi yirik musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

💻 Klubimiz a'zosi xalqaro maydonlarda! Joriy yilning 27-iyun – 2-iyul kunlari Tunis davlatida nufuzli Xalqaro kiberxavfsizli
+3
💻 Klubimiz a'zosi xalqaro maydonlarda! Joriy yilning 27-iyun – 2-iyul kunlari Tunis davlatida nufuzli Xalqaro kiberxavfsizlik olimpiadasi (ICO 2026) bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada jamoamiz a’zosi, 10-03 sinf o‘quvchisi Sidikov Hamidulloh O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va yuqori faollik ko‘rsatdi. ❤️ Ma’lumot o‘rnida: ICO 2026 uchun O‘zbekiston terma jamoasiga saralash bahslari 2 bosqichda tashkil etilgan edi. May oyida bo‘lib o‘tgan yakuniy final bosqichida klubimizdan 4 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ulardan 2 nafari terma jamoa tarkibiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Biroq, ma’lum bir moliyaviy sabablarga ko‘ra, afsuski, ularning safarda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmadi. Shunga qaramay, Hamidullohning xalqaro arenadagi ushbu ishtiroki butun jamoamiz uchun katta faxrdir! Klubimiz nomidan Hamidullohni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va uning kelgusi o‘qish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

⚡️ “CYBERSECURITY CLUB CYBERCAMP 1.0” YOZGI OROMGOHI START OLDI! “Kiberxavfsizlik Markazi” DM huzurida tashkil etilgan Kiberx
+8
⚡️ “CYBERSECURITY CLUB CYBERCAMP 1.0” YOZGI OROMGOHI START OLDI!Kiberxavfsizlik Markazi” DM huzurida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik Yoshlar klubi a'zolari uchun Qo‘qon universitetida bir haftalik yozgi oromgoh boshlandi. 5-iyulga qadar davom etadigan ushbu loyihada ishtirokchilar kiberxavfsizlik sohasidagi turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy treninglarda qatnashib, tizimlardagi zaifliklarni aniqlash va xalqaro standartlar asosida hisobot tayyorlash bo‘yicha bilimlarini mustahkamlamoqdalar. 🚀Quvonarlisi, ushbu nufuzli oromgohda klubimiz a’zosi, 10-01 sinf o‘quvchisi Javohir ham faol ishtirok etmoqda! Javohirga amaliy mashg‘ulotlar va CTF musobaqalarida omad tilaymiz! 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

#hamkorlik #cau #nodex 📱 Nodex x ©️ CAU Kiberxavfsizlik klubi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabini
#hamkorlik #cau #nodex 📱 Nodex x ©️ CAU Kiberxavfsizlik klubi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining Nodex Kiberxavfsizlik klubi hamda Central Asian University (CAU) Kiberxavfsizlik Klubi o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yildi! 📌 Kelgusi rejalar va maqsadlar: • Talabalar va maktab o'quvchilari o'rtasida ilg'or tajriba almashinuvi va networking. • Bugungi kunda eng talabgir yo'nalishlar (Web, Pwn, Crypto, Reverse) bo'yicha hamkorlikdagi amaliy master-klasslar. Ushbu qadam kiberxavfsizlik hamjamiyatini birlashtirish va sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi! 🛡 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

#hamkorlik #nodex #wiut 📱 Nodex x 🟦 WIUT Kiberxavfsizlik klubi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabi
#hamkorlik #nodex #wiut 📱 Nodex x 🟦 WIUT Kiberxavfsizlik klubi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining Nodex Kiberxavfsizlik klubi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (WIUT) Kiberxavfsizlik Klubi o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yildi! 📌 Kelgusi rejalar va maqsadlar: • Universitet va maktab jamoalari uchun o‘zaro integratsiyalashgan CTF musobaqalar. • Real keyslar, vulnerability research (zaifliklarni qidirish) va amaliy xavfsizlikka oid qo‘shma master-klasslar. • Tajribali talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida o‘zaro mentorlik hamda bilim almashinuvi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlanadigan ushbu hamkorlik kiberxavfsizlik sohasida yoshlarni birlashtirish va birgalikda rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamdir! 🛡 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

#hamkorlik #nodex #bitwalls #newuu 📱 Nodex x 👾 BitWalls Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining No
#hamkorlik #nodex #bitwalls #newuu 📱 Nodex x 👾 BitWalls Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining Nodex Kiberxavfsizlik klubi hamda Yangi O'zbekiston Universiteti BitWalls Kiberxavfsizlik Klubi o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yildi. 📌Rejalashtirilgan faoliyat: • Oflayn masterklass va treninglar • Birgalikdagi tadbirlar va musobaqalar • Tajriba almashish, bilim o'rkatish O'quv yilidan boshlab birgalikdagi faoliyat boshlanadi. Bu O'zbekistondagi kiberxavfsizlik hamjamiyatini yanada mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam! 🛡 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

💻Klubimiz sardoridan birinchi CVE Nodex jamoasi uchun ajoyib yangilik! Klubimiz sardori Qahramon yoqilg‘i quyish shaxobchala
💻Klubimiz sardoridan birinchi CVE Nodex jamoasi uchun ajoyib yangilik! Klubimiz sardori Qahramon yoqilg‘i quyish shaxobchalarini avtomatlashtiradigan tizimda juda jiddiy xatolik topdi va uni xalqaro bazada ro‘yxatdan o‘tkazdi. 🛡Qanday zaiflik topildi?     ID: CVE-2026-12183 Xavflilik darajasi: 9.8 CRITICAL (Eng yuqori xavfli) Muammo: Ushbu tizimda login-parol tekshiruvi to‘g‘ri ishlamagan. Buning oqibatida begona odam masofadan turib tizimga kirib olishi hamda yoqilg‘i quyish uskunalari, kassa va bank terminallarini to‘liq boshqarishi mumkin bo‘lgan. O‘zi CVE nima? CVE — bu dunyo bo‘ylab dasturlarda topilgan va rasman tasdiqlangan xavfsizlik xatolarining global bazasi. Kiberxavfsizlik sohasida yurganlar uchun o‘z nomi bilan CVE olish — xalqaro darajadagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. 🔗Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

Repost from N/a
🤖 CTF Community Uzbekistan rasmiy Discord serveri ishga tushdi! O‘zbekiston kiberxavfsizlik hamjamiyatini birlashtirish va xalqaro maydonga olib chiqish maqsadida, BitWalls kiberxavfsiz klubi bilan hamkorlikda yangi va zamonaviy Discord serverimizni taqdim etamiz! ⚠️ Serverdagi barcha muhokamalar, resurslar va texnik suhbatlar to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi. 🎯 Serverni ochishdan maqsadimiz: Biz faqat Telegram bilan cheklanib qolmasdan, har qanday vaziyat uchun barqaror "Backup plan" tizimiga ega bo‘lishimiz zarur. Discord bizga tizimli aloqa, qulay infratuzilma va eng muhimi — CTFtime platformasida O‘zbekiston nomidan qatnashadigan kuchli milliy terma jamoani shakllantirish uchun xizmat qiladi. 🏆 Eng yaxshilar uchun imkoniyat: Har oy yakuniga ko‘ra serverda o‘z bilim va mahoratini ko‘rsatgan eng faol ishtirokchi CTFtime’dagi rasmiy jamoamiz safiga qabul qilinadi. O‘z potensialingizni ko‘rsatish uchun bu ajoyib imkoniyat! 🤝 Hamkorlikka chorlov: Yurtimizdagi boshqa barcha kiberxavfsizlik hamjamiyatlari, klublari va jamoalarini hamkorlikka chorlaymiz. Zero, maqsadimiz bitta — xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini va nufuzini yuksaltirishdir! 🔥Hozirning o‘zidayoq qo‘shiling, qoidalarni tasdiqlang va o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha muhokamalarga kirishing! 🔗Discord serverga havola: https://discord.gg/z3TEwYBW 🔵@ctfcommunityuz - O'zbekistondagi birinchi va yagona CTF hamjamiyati

2025–2026 o‘quv yili o‘z nihoyasiga yetdi!
Assalomu alaykum barchaga, bu yilgi safarimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Klubimiz tashkil etilganiga 6 oy to‘lib, ushbu davr davomida bir qator muhim ishlarga qo‘l urdik. Jumladan, maktabimizda bir nechta master-klasslar tashkil etildi, o‘quvchilar o‘rtasida ilk bor CTF musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Eng muhimi ushbu faoliyatlar orqali sohaga qiziqadigan iqtidorli o'quvchilarimizni aniqladik, maktabda kiberxavfsizlik sohasining rivojlanishiga turtki bo'ldik, xalqaro forum va musobaqalarda faol ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatdik. Bu yutuqlarning barchasi, albatta, Nodex jamoasining birgalikdagi mehnati, intilishi va fidoyiligi natijasidir. Jamoamizning barcha a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, jamoamizning bitiruvchi faxriy a’zolariga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Kelgusi o‘quv yilida yanada kuchli bo‘lib, yangi g‘oyalar va loyihalar bilan qaytamiz. Bizni kuzatishda davom eting. Barchangizga rahmat! Hurmat bilan, Nodex klubi asoschisi Qahramon Choriyev

#saylov #natijalari MAKTAB PREZIDENTI ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktab prezidentligiga say
#saylov #natijalari MAKTAB PREZIDENTIMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktab prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylovda Beknazarova Kamilla, Rustamov Salohiddin, Bahodirov Bunyod hamda Hamidjonov Boburjon nomzod sifatida ishtirok etdilar. ‼️ Saylov yakunlariga ko‘ra, 10-05 sinf o‘quvchisi Rustamov Salohiddin 310 ta ovoz bilan maktab prezidenti etib saylandi. Salohiddinni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! _ 🚀 IT-School Presidency

Barchangizga 9-May — Xotira va Qadrlash kuni muborak bo'lsin 🇺🇿Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, tinchligimiz abadiy bo‘lsin
Barchangizga 9-May — Xotira va Qadrlash kuni muborak bo'lsin 🇺🇿Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, tinchligimiz abadiy bo‘lsin! 🔗 Bizni kuzatib boring: 💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

💻Nodex oilasida 200 nafar obunachi! Kanalimiz a’zolari soni 200 nafardan oshdi! Bu biz uchun shunchaki raqam emas, balki mak
💻Nodex oilasida 200 nafar obunachi! Kanalimiz a’zolari soni 200 nafardan oshdi! Bu biz uchun shunchaki raqam emas, balki maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 🛡 Biz bilan birga ekanligingiz va loyihalarimizga qiziqish bildirayotganingiz uchun rahmat. Oldinda sizni yanada qiziqarli musobaqalar va yangi yutuqlar kutmoqda. Biz to‘xtab qolmaymiz — bu hali boshlanishi! 🔗 Bizni kuzatib boring: 📱 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

🚀 Nodex Kiberxavfsizlik Klubi rasmiy sayti ishga tushdi! Bugundan boshlab klubimizning rasmiy sayti faoliyat boshladi. Barch
🚀 Nodex Kiberxavfsizlik Klubi rasmiy sayti ishga tushdi! Bugundan boshlab klubimizning rasmiy sayti faoliyat boshladi. Barchangizni saytga kirib, uni sinab ko‘rishga va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishga taklif qilamiz. 🌐 Sayt: https://nodex.uz/ Shu bilan birga, Nodex Bug Bounty dasturi ham start oldi! 🎯Vazifa: Nodex rasmiy saytida zaiflik (vulnerability) topish ‼️Qoidalar: • Faqat etik hacking doirasida ishlang • Sayt ishiga zarar yetkazmang • DoS/DDoS hujumlari taqiqlanadi 📩 Hisobot yuborish: Topilgan zaiflik bo‘yicha hisobot (PoC)ni @ciprobex ga yuboring. 💰 Zaiflik darajasiga qarab kichik mukofotlar taqdim etiladi. 😎 O‘z bilimingizni amalda sinab ko‘ring! 🔗 Bizni kuzatib boring: 📱 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web

🛡CUTS CTF 2026: Nodex jamoasi TOP-15 talikda 18-aprel kuni Turan Security, Cyber University va Cybersecurity Center tomonida
🛡CUTS CTF 2026: Nodex jamoasi TOP-15 talikda 18-aprel kuni Turan Security, Cyber University va Cybersecurity Center tomonidan o‘tkazilgan CUTS CTF 2026 musobaqasida Nodex klubining faol a’zolari 170 dan ortiq jamoalar orasidan faxrli 15-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! 🏆 Bu maktab o‘quvchilarimiz uchun ilk CTF tajribasi bo‘lishiga qaramay, juda katta va muhim natija hisoblanadi. Ayniqsa, ularning asosiy raqiblari universitet talabalari bo‘lganini hisobga olsak — bu haqiqatan ham faxrli yutuq! 🔥 📌 Ma’lumot uchun: Top 10 jamoa final bosqichga yo‘l oldi. O‘quvchilarimizga keyingi ishlarida omad tilaymiz — bu hali boshlanishi!🚀 📱 @nodexcc — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi.

Assalomu alaykum barchaga! Cyber university va Turan Security tomonidan tashkil qilinyotgan ushbu CTF musobaqasida qatnashmoqchi bo‘lganlar @ciprobex ga murojaat qilishlari so‘raladi. Maktab terma jamoasi shakllantiriladi. 1-bosqich 18-aprel kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Shoshiling vaqt kam qolmoqda!

🌸 Navro‘z muborak bo‘lsin, azizlar! Nodex jamoasi barchangizni ushbu go‘zal bayram - yangilanish va yasharish ayyomi bilan s
🌸 Navro‘z muborak bo‘lsin, azizlar! Nodex jamoasi barchangizni ushbu go‘zal bayram - yangilanish va yasharish ayyomi bilan samimiy tabriklaydi! Bilimlaringiz bahordek rivojlanib, kiberxavfsizlik sohasida yanada mustahkam bo‘ling. Har bir yozgan kodingiz xavfsiz, har bir tizimingiz himoyalangan bo‘lsin. @nodexcc — kiberxavfsizlikda birga rivojlanamiz

Hayit Ayyomingiz Muborak Bo'lsin 🌙
Hayit Ayyomingiz Muborak Bo'lsin 🌙