uz
Feedback
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan

📈 Telegram kanali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi analitikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 10 351 obunachidan iborat bo'lib, Boshqa toifasida -o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 10 351 obunachiga ega bo‘ldi.

01 Avgust, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 39 ga, so‘nggi 24 soatda esa 2 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 2.30% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 6.30% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 238 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 652 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 2 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 02 Avgust, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Boshqa toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

10 351
Obunachilar
+224 soatlar
+327 kunlar
+3930 kunlar
Postlar arxiv
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar Davlatiga tashrif
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar Davlatiga tashrif uchun delegatsiya shakllantirmoqda. 🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar tomoni bilan hamkorlikda o‘zbek yengil sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Qatar Davlatida joylashtirish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini ishlab chiqmoqda. 🟠Loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazlama va trikotaj polotnolari Qatar erkin iqtisodiy zonasida qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Iroq, Misr, Marokash, Quvayt, Turkiya hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. 📅 Shu munosabat bilan 2026-yil avgust oyining ikkinchi yarmida Qatar Davlatiga amalga oshiriladigan xizmat safari uchun delegatsiya tarkibi shakllantirilmoqda.
🟠Tashrif doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:erkin iqtisodiy zona faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish; — ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartlari yuzasidan erkin iqtisodiy zona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish; — to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilish; — ulgurji va chakana savdo omborlarini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqish; — Qatarda shourumlar va "Pop up Store" maydonlarini ochish hamda mahsulotlarni yirik savdo tarmoqlariga joylashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish.
🟠Qatar erkin iqtisodiy zonalarida faoliyat yuritish korxonalarga bir qator afzalliklarni taqdim etadi:100 foiz xorijiy egalik huquqi; 20 yilgacha korporativ soliq imtiyozlari; import bojxona bojlarining nol stavkasi; jismoniy shaxslar daromad solig‘ining mavjud emasligi; Hamad porti va Hamad xalqaro aeroporti orqali rivojlangan logistika imkoniyatlari.
📎 Loyiha taqdimoti va batafsil ma’lumotlar ilova qilingan faylda mavjud. 📌 Ishtirok etish uchun: delegatsiya tarkibiga kiritilish istagidagi korxona rahbarlari va vakillari 2026-yil 10-avgustga qadar [mazkur havola] orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. 🟠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tashrif davomida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan taklif va savollaringizni, shuningdek Qatarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mavjud masalalarni ham kiritishingizni soʻraymiz 🟠Mazkur loyiha O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini yaratish hamda xalqaro ishlab chiqarish va logistika platformalaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 📞 Aloqa uchun: Loyiha koordinatori Zarifov Murodjon (90) 910-09-01 | @mzj_zh

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Namangan viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududda belgilangan “tayanch” mahallalar faoliyati o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Olchin” hamda Namangan tumanidagi “Olahamak” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘linib, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yengil sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Mahallalarda ishga tushirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari, xususan, tikuv-trikotaj, to‘qimachilik va boshqa yengil sanoat yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarning ijrosi muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning ishlab chiqarish faoliyati, investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🟠Mazkur xizmat safari doirasida “tayanch” mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yengil sanoat tarmog‘ida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan hududlarda ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakl
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil 10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. 🟠Tashrifdan asosiy maqsad"TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik Made in Uzbekistan mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat. 🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi. 🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi. 🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi. 🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan. 🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi. 📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332) 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan call-markaz va ishonch telefoni faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi. 🟠Videorolikda Agentlikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas'ul xodimlarning murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish hamda call-markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. 🟠Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Har bir murojaat – mas'uliyat, har bir murojaat – e'tibor va amaliy yechim demakdir.
🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #PrezidentXalqQabulxonasi #CallMarkaz #IshonchTelefoni #Ochiqlik #FuqarolarMurojaati

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan mahalliy ishla
+8
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish va ularni xalqaro elektron tijorat platformalariga olib chiqish maqsadida Amazon EU va SHEIN platformalarida mahsulotlarni joylashtirish uchun texnik talablar, sifat standartlari, sertifikatlashtirish, qadoqlash, markirovka, logistika hamda fulfillment jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkauntini tashkil etish va uni boshqarish modeli ishlab chiqildi. 🟠Mazkur ishlar doirasida Amazon elektron tijorat platformasi vakillari Jakub Zimoch va Bartłomiej Piątkowski hamda SHEIN platformasining Yevropa mintaqasida mahalliy yetkazib beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha vakili Alex Ji ishtirokida onlayn uchrashuv va konferensiyalar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro platformalarga joylashtirish, logistika, buyurtmalarni boshqarish, xaridorlarga yetkazib berish jarayonlari hamda Yevropa bozoriga chiqish va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. 🟠Erishilgan kelishuvlar natijasida dunyoning yirik elektron tijorat platformalari — AmazonSHEIN va Allegro tizimlarida "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkaunti tashkil etildi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bosqichma-bosqich joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
📌 Amazon, SHEIN va Allegro platformalarida o‘z mahsulotlarini joylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Polsha Respublikasidagi vakili Muxtarov MuhammadBobur bilan bog‘lanishlari so‘raladi.
Bog‘lanish uchun: 📞 +48 450 127 777 😎 Telegram: @Empire_Holding

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakl
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil 10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. 🟠Tashrifdan asosiy maqsad"TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik ‘Made in Uzbekistan’ mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat. 🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi. 🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi. 🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi. 🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan. 🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi. 📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332) 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 29–31-iyul kunlari AQSHning Nyu-York shahridagi Jacob K. Javits Convention Center majmuasida Texworld NYC,
+9
🇺🇿 2026-yilning 29–31-iyul kunlari AQSHning Nyu-York shahridagi Jacob K. Javits Convention Center majmuasida Texworld NYC, Apparel Sourcing NYC hamda Home Textiles Sourcing Expo xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda. 🟠Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" milliy ekspozitsiyasida mamlakatimizning yetakchi to‘qimachilik korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. 🟠Milliy stendda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor kiyim-kechak, trikotaj va denim mahsulotlari, gazlamalar, uy tekstili hamda boshqa eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro xaridorlar e'tiboriga havola etilmoqda. 🟠Ko‘rgazma doirasida AQSH va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan importyorlar, distribyutorlar, yirik retail tarmoqlari hamda mashhur brendlar vakillari bilan B2B uchrashuvlar, biznes muzokaralari va mahsulot taqdimotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu uchrashuvlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport geografiyasini kengaytirish, AQSH bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirish hamda yangi uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. 🟠Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro forum va seminarlar doirasida to‘qimachilik sanoatidagi innovatsiyalar, barqaror ishlab chiqarish, raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalari hamda global ta'minot zanjirlarini rivojlantirishga oid tajribalar bilan tanishmoqda. 🟠Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini yanada oshirish, "Made in Uzbekistan" milliy brendining xalqaro bozordagi nufuzini mustahkamlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport shartnomalari va istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududdagi yengil sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Shumanay, Kegeyli va Chimboy tumanlarida joylashgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifati, eksport salohiyatlari ko‘zdan kechirildi. 🟠Jumladan, Nukus shahridagi "Nukus SSP Texnopark" MChJda aralash (sun’iy va paxta) tolalardan ip yigirish korxonasi, "ORIENT TECHNOLOGY" MChJda terini qayta ishlash ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi. 🟠Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanidagi "KANTEKS INVEST" MChJ, Shumanay tumanidagi "SHOMANAY ECO TEKS" MChJ, Kegeyli tumanidagi "KEGEYLI TEXTILE" MChJ va "KEGEYLI TEX GROUP" MChJ, shuningdek Chimboy tumanidagi "HD SONS" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ip-kalava hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan yaqindan tanishildi. 🟠Korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🟠Mazkur xizmat safari hududlarda amalga oshirilayotgan yengil sanoat loyihalarining borishini joyida o‘rganish, korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim bosqichi bo‘ldi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 🟠Har bir fuqaro "Korrupsiya – bu shaxsiy muammo emas, balki jamiyat taraqqiyotiga to‘siq" ekanligini chuqur anglagan taqdirdagina adolatli, ochiq va farovon jamiyatni barpo etish mumkin. 🟠 Halollikni tanlaylik, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+5
🇺🇿 Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov, Gambiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Konteh bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda to‘qimachilik, ipakchilik va charm-poyabzal sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. 🟠Uchrashuvda Agentlik tomonidan mamlakatimiz yengil sanoat tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjiri shakllangani hamda sohaga zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilayotgani ta’kidlandi. 🟠Elchi Alkali Fanka Konteh O‘zbekistonning yengil sanoat sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholab, Gambiyada mazkur sohani rivojlantirishda mamlakatimiz tajribasini o‘rganishga katta qiziqish mavjudligini bildirdi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy va savdo hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, ishbilarmonlar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida muntazam muloqotni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz

YARN EXPO SHANGHAI 2026 – dunyoning eng yirik ip-kalava va tolalar ko‘rgazmasiga tashrif buyuring! 🟠YARN EXPO SHANGHAI 2026
YARN EXPO SHANGHAI 2026 – dunyoning eng yirik ip-kalava va tolalar ko‘rgazmasiga tashrif buyuring! 🟠YARN EXPO SHANGHAI 2026 – ip-kalava va tolalar sohasidagi eng nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab yetkazib beruvchilar hamda 22 000 dan ortiq tikuv-trikotaj ishlab chiqaruvchilari, savdo kompaniyalari, chakana savdo tarmoqlari, univermaglar, xarid ofislari, ulgurji sotuvchilar va distribyutorlarni bir maydonga jamlaydi. 📅 2026-yil 25–27-avgust 📍 Shanxay, XitoyKo‘rgazmaning asosiy afzalliklari: Ip-kalava va tolalarni xarid qilish hamda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun dunyodagi eng muhim xalqaro biznes platformalaridan biri.
Ko‘rgazma ko‘rsatkichlari: 🧵 16 ta mamlakat va hududdan qariyb 580 ta eksponent (kompaniya) 📍 27 000 m² ko‘rgazma maydoni 🌍 111 ta mamlakat va hududdan 22 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi 🎤 Boy biznes dasturi, konferensiyalar va seminarlar 🤝 Intertextile Shanghai Apparel Fabrics ko‘rgazmasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
🟠Yangi hamkorlar toping, sohadagi eng so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishing va biznesingizni xalqaro bozorlarga olib chiqing! 📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://adli.uz/events?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition ———— YARN EXPO SHANGHAI 2026 – посетите крупнейшую в мире выставку пряжи и волокон! 🟠YARN EXPO SHANGHAI 2026 – одна из самых престижных международных выставок в сфере пряжи и текстильных волокон, ежегодно объединяющая тысячи поставщиков со всего мира, а также более 22 000 производителей швейной и трикотажной продукции, торговых компаний, розничных сетей, универмагов, закупочных офисов, оптовых компаний и дистрибьюторов. 📅 25–27 августа 2026 года 📍 Шанхай, КитайОсновные преимущества выставки: Одна из важнейших международных бизнес-площадок в мире для закупки пряжи и текстильных волокон, установления новых деловых контактов и развития международного сотрудничества.
Основные показатели выставки: 🧵 Около 580 экспонентов из 16 стран и регионов 📍 27 000 м² выставочной площади 🌍 Более 22 000 посетителей из 111 стран и регионов 🎤 Насыщенная деловая программа, конференции и семинары 🤝 Проводится одновременно с выставкой Intertextile Shanghai Apparel Fabrics
🟠Найдите новых партнеров, познакомьтесь с последними инновациями отрасли и выведите свой бизнес на международный уровень! 📌 Подробная информация и регистрация: https://adli.uz/events?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz

🇺🇿 2026-yil 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiyaning
+1
🇺🇿 2026-yil 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘onistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasi hamda Bomyon viloyati hokimi Al-Hoj Qori Gul Haydar o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston va Bomyon viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yengil sanoat sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Tomonlar Bomyon viloyatida yetishtiriladigan sifatli jun va kashmir xomashyosini O‘zbekistonga import qilish, uni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar. 🟠 Shuningdek, Bomyon viloyatida o‘zbek yengil sanoati mahsulotlari brend do‘konlarini tashkil etish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan Bomyon tadbirkorlarining O‘zbekistonga biznes-tashriflarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. 🟠 Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz

🇺🇿 2026-yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ha
🇺🇿 2026-yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda xalqaro elektron tijorat platformasi SHEIN hamkorligida mahalliy yengil sanoat korxonalari uchun onlayn videokonferensiya tashkil etiladi. 🟠Mazkur videokonferensiyada SHEIN kompaniyasining Yevropa mintaqaviy vakolatxonasi hamda Shanxay shahridagi bosh qarorgohi vakillari ishtirok etadi. Tadbir davomida kompaniyaning global elektron tijorat platformasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari, yetkazib beruvchilar uchun qo‘yiladigan talablar, mahsulotlarni platformaga joylashtirish tartibi, sifat standartlari hamda xalqaro xarid tizimi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🟠 Videokonferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: – mahalliy to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va boshqa yengil sanoat korxonalarining SHEIN global ta’minot zanjiriga integratsiyalashuviga ko‘maklashish; – mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro elektron tijorat platformalari orqali yangi eksport bozorlariga olib chiqish imkoniyatlari bilan tanishtirish; – mahsulot sifati, ishlab chiqarish quvvatlari va hamkorlik mexanizmlari yuzasidan xorijiy mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatini yaratish. 🟠Mazkur tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish, "Made in Uzbekistan" mahsulotlarini xalqaro elektron tijorat platformalarida keng targ‘ib etish, shuningdek yirik global xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
🕒 Sana: 2026-yil 27-iyul, soat 14:00 ❤️ O‘tkazilish tartibi: Onlayn (Zoom platformasi) 🌐 Konferensiya tili: Ingliz tili (ishtirokchilar uchun tarjimon xizmati tashkil etiladi). 🔗 Videokonferensiyaga ulanish havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87892356010?pwd=j5YuJQc5isLU3cMhMcZUgsyL92dBGh.1 Meeting ID: 878 9235 6010 Passcode: 887022
Konferensiyada ishtirok etish barcha manfaatdor yengil sanoat korxonalari uchun tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining mas’ul xodimiga murojaat qilishingiz mumkin. 📞+998909172018 | @sirojiddin_narzikulov

🇺🇿Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+9
🇺🇿Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev hamda Agentlik xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonuni hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🟠Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat fuqarolik xizmatchilarining halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishi, shuningdek, xizmat faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 🟠Shuningdek, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy normalari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish mexanizmlari, davlat xizmatchilarining mazkur yo‘nalishdagi huquq va majburiyatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda belgilangan tartibda xabar berish zarurligi alohida ta’kidlandi. 🟠Tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan va xolis bajarish, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan fikr almashildi hamda xodimlarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. 🟠Tadbir yakunida Agentlik faoliyatida qonun ustuvorligi, ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish muhim ekani alohida qayd etildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati, yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyaviy loyihalar, xalqaro hamkorlik, muhim yangiliklar hamda rasmiy eʼlonlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun Agentlikning rasmiy axborot resurslarini kuzatib boring. 🌐 https://gov.uz/oz/adlihttps://t.me/adli_uz_officialfacebook.com/adli.uz 🌐 https://instagram.com/adli_uzIshonchli axborot — rasmiy manbalarda. #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha joriy yilning birinchi y
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению достигнутых в первом полугодии текущего года результатов по обеспечению темпов роста в регионах и отраслях и приоритетным задачам на период до конца года. #Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #sarhisob Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇵🇱 Lodz shahridagi O‘zbekiston mintaqaviy Textile HUBida to‘qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, uy tekstili, cha
🇺🇿🇵🇱 Lodz shahridagi O‘zbekiston mintaqaviy Textile HUBida to‘qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, uy tekstili, charm-poyabzal hamda yengil sanoatning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi korxonalarni o‘z mahsulot namunalarini bepul asosda joylashtirishga taklif etamiz. Ushbu mintaqaviy HUB orqali: mahsulotlaringizni Polsha va Yevropa xaridorlariga doimiy namoyish etish; yirik xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish; Yevropadagi marketplace platformalariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish; mahsulotlarni xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish bo‘yicha yangi imkoniyatlardan foydalanish mumkin. 🟠Agentlikning Polshadagi vakili Muxtarov Muxammadboburdan SHEIN, Amazon, Zalando hamda Yevropadagi boshqa yirik marketplace platformalarida mahsulotlarni joylashtirish, savdoni yo‘lga qo‘yish va ushbu platformalarda faoliyat yuritish tartibi bo‘yicha zarur ma’lumot hamda maslahatlar olish imkoniyati mavjud.
⚠️ Ma'lumot uchun: Agentlikning Polshadagi rasmiy vakili tadbirkorlarning alohida murojaatlariga asosan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, marketing va boshqa konsalting xizmatlarini ham ko‘rsatishi mumkinligi hamda bu Agentlik faoliyati doirasidan tashqari bo‘lib, ular alohida shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkinligini eslatib o'tamiz.
📞 Mahsulotlarni HUBda joylashtirish masalalari bo‘yicha Agentlikning Polshadagi rasmiy vakili Muxtarov MuhammadBobur bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz. +48 450 127 777 | @Empire_Holding

🇺🇿🇧🇾 2026-yil 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
🇺🇿🇧🇾 2026-yil 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida Belarus tomoni bilan mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirokida “onlayn-seminar” bo‘lib o‘tadi. 🟠Mazkur tadbir Belarus universal tovar birjasi (BUTB) delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi tashrifi doirasida tashkil etilib, unda Agentlik rahbariyati hamda videokonferensiya orqali yetakchi mahalliy to‘qimachilik va charm mahsulotlari eksportyorlari uchun BUTB savdo platformasida mahsulotlarni sotish va sotib olish, Belarus davlat xaridlarida ishtirok etish masalalarini yoritish rejalashtirilgan. 🟠Onlayn-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: – mahalliy, to‘qimachilik (ip-kalava, gazlama va trikotaj mato) va charmsanoat korxonalarini xalqaro hamkorlikka faol jalb qilish; – Belarus bozoriga kirish istagidagi korxonalarga birja savdolari tizimida erkin ro‘yxatdan o‘tish va davlat xaridlari sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish ko'maklashish; 🟠Ushbu tashabbuslar Belarus bozorida “Made in Uzbekistan” milliy brendini ilgari surish, logistika zanjirlarini qisqartirish, ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek davlat xaridlari sessiyalarida vositachilarsiz ishtirok etish orqali ishonchli va uzoq muddatli eksport shartnomalarini jalb etishga xizmat qiladi. 🕒 Sana: 2026-yil 20-iyul, 16:00da 💻 O'tkazilish tartibi: Onlayn 🔗 Onlayn-seminar havolasi: https://us06web.zoom.us/j/86799578601?pwd=oTeQ0QXQtvPU0GdGWzKVwbcIm5i8OQ.1 Идентификатор конференции: 867 9957 8601 Код доступа: 969103 📝 Mazkur onlayn-seminarda ishtirok etish uchun, arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdipLSKvMzPHbCrrpc_E-VTMws5-wRrzbj9ZFOZG1833in73Q/viewform Joylar soni cheklangan. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling. 📞 +998 (91) 889-54-52 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro miqyosda keng
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga qaratilgan loyiha va tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов и мероприятий, направленных на развитие культуры и искусства, сохранение национального наследия и его широкую популяризацию на международной арене. #Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #sanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubi
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Minara Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Asgar Mohamed bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhiti hamda yengil sanoatning ishlab chiqarish va eksport salohiyati taqdim etildi. Xususan, ip-kalava, gazlama, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, uy tekstili, gilam va charm-poyabzal mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. 🟠Minara Savdo-sanoat palatasi Janubiy Afrikadagi 4 mingdan ortiq kompaniya va tadbirkorlarni birlashtiruvchi nufuzli biznes tashkiloti bo‘lib, O‘zbekiston mahsulotlari uchun potensial importyor va distribyutorlarni aniqlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. 🟠Uchrashuv yakunida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Minara Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va palata a'zolari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etish, shuningdek, Janubiy Afrika kompaniyalarining O‘zbekistonga biznes missiyasini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🟠Shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, Janubiy Afrika investitsiyalarini O‘zbekistonga jalb etish, Minara vakillari va Janubiy Afrika kompaniyalarining mamlakatimizga biznes missiyasini tashkil etish hamda ushbu tashrif doirasida B2B uchrashuvlar va yengil sanoat korxonalariga tashriflarni o‘tkazish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik