uz
Feedback
TELC UZBEKISTAN (Profi Deutsch)

TELC UZBEKISTAN (Profi Deutsch)

Kanalga Telegram’da o‘tish

- O'zbekistondagi rasmiy TELC tashqi imtihon markazi - Xalqaro tan olingan til sertifikatlari - A2 → C2 | Nemis tili - Aloqa uchun: @telcuzbekistanadmin

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
395
Obunachilar
+324 soatlar
+307 kunlar
+12430 kunlar
Postlar arxiv
A2/B1 Kombiprüfung imtihonlari ilk bor Samarqand shahrida! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Profi Deutsc
A2/B1 Kombiprüfung imtihonlari ilk bor Samarqand shahrida! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Profi Deutsch nemis tilini o‘qitish va imtihon markazida ilk bor A2/B1 Kombiprüfung xalqaro telc imtihoni tashkil etiladi.
🗓 17-avgustA2/B1 Kombiprüfung 🗓 18–19-avgustB1 darajasidagi telc imtihonlari
📍 Manzil: Samarqand shahri, Yoshlar kreativ bog‘i (sobiq harbiy gospital). 🖥 Imtihonlarda ishtirok etish uchun profi-deutsch.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting. Joylar soni cheklangan❗️ Qo'shimcha ma'lumot uchun @telcuzbekistanadmin ga murojaat qiling

Meklenburg-Oldi Pomeraniya delegatsiyasining Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrifidan bir hafta o‘tib, Profi Deutsch ne
+2
Meklenburg-Oldi Pomeraniya delegatsiyasining Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrifidan bir hafta o‘tib, Profi Deutsch nemis tilini o’qitish va telc imtihon markazi rahbari Kamoliddin Bediev Berlin shahrida Meklenburg-Oldi Pomeraniya federal yerining Germaniya Federativ Respublikasi huzuridagi vakolatxonasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif davomida O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dilshod Ahatov, Meklenburg-Oldi Pomeraniya federal yerining Ichki ishlar vaziri Kristian Pegel, Iqtisodiyot, infratuzilma, turizm va mehnat vazirligi davlat kotibi Yoxen Shulte, shuningdek, Rostok va Neubrandenburg savdo-sanoat palatalari rahbariyati hamda mintaqaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvlar O‘zbekiston va Meklenburg–Oldi Pomeraniya o‘rtasidagi ta’lim, kasbiy tayyorgarlik hamda iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib, yangi qo‘shma loyihalar uchun muhim asos yaratadi.

Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilar! Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan B1 va B2 darajalaridagi telc imtihonlari uchun joylar soni tobora kamayib bormoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profi-deutsch.uz.

Iyul oyida Samarqand shahrida telc imtihonini topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Profi Deutsch nemis tili o'qitish va telc i
Iyul oyida Samarqand shahrida telc imtihonini topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Profi Deutsch nemis tili o'qitish va telc imtihon markazi iyul oyida o'tkaziladigan telc imtihonlari uchun maxsus chegirmali narxlarni e'lon qiladi. 🗓 Imtihon sanalari: 27–30-iyul — telc B1 darajasi 31-iyul — telc B2 darajasi 📝 Ro'yxatdan o'tish profi-deutsch.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 13-iyul 💰 Chegirmali imtihon narxlari: telc B11 800 000 so'm telc B22 000 000 so'm Manzil: Samarqand shahar, Yoshlar kreativ bog’i Qo’shimcha ma’lumot va savollar uchun: @telcuzbekistanadmin Joylar soni cheklangan. Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Profi Deutsch nemis tilini o’qitish va telc imtihon markazi faoliyati “Mening yurtim” telekanali nigohida Batafsil videoda

24–26-iyun kunlari Samarqand shahridagi “Profi Deutsch nemis tilini o‘qitish va telc imtihon markazi”da ilk bor xalqaro telc
+8
24–26-iyun kunlari Samarqand shahridagi “Profi Deutsch nemis tilini o‘qitish va telc imtihon markazida ilk bor xalqaro telc imtihonlari muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Uch kun davomida imtihonlarda qatnashgan nomzodlar nemis tilidan B1 darajasidagi xalqaro telc sertifikatini qo‘lga kiritish maqsadida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Imtihonlar yozma va og‘zaki bosqichlarda telc gGmbH tomonidan belgilangan barcha standartlarga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazildi. Imtihon jarayonlarini telc gGmbH vakili Gabriela Hoff-Nabhani shaxsan kuzatib bordi. Uning tashrifi ushbu imtihonlarning xalqaro sifat mezonlariga to‘liq mos ravishda tashkil etilganini tasdiqladi.
Mazkur imtihonlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi O‘zbekistonda xalqaro til sertifikatsiyasi tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, ushbu voqea “Profi Deutsch”ning xalqaro standartlarga mos imtihon markazi sifatidagi faoliyatida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mamlakatimizning bir nechta hududlarida xalqaro telc imtihon markazlari faoliyat yuritadi Batafsil videoda

Endi mamlakatimizning bir nechta xududlarida xalqaro telc imtihon markazlari faoliyat yuritadi 🔺O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o’rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar doirasida Migratsiya agentligi, “Telc” va “Profi Deutsch”ning O’zbekistonda zamonaviy xalqaro imtihon markazlarini tashkil etish loyihasiga rasman start berildi.
Alohida ta’kidlash joizki, telc xalqaro imtihon markazi O’zbekistonda ilk bor Profi Deutsch hamkorligida Samarqand shahrida faoliyat boshladi. Kelgusida esa mamlakatimizning yana bir nechta hududlarida yangi telc imtihon markazlarining ochilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu jarayonda Profi Deutsch asosiy sherik sifatida muhim rol o’ynaydi.
Ushbu tashabbus xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo’lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Profi Deutsch va telc o’rtasidagi hamkorlik esa mazkur ikki tomonlama munosabatlarning amaliy ifodasini tashkil etadi.

Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilar! 24-25-26-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan TELC B1 imtihonlari uchun barcha joylar to‘ldi. Yangi ro‘yxatdan o‘tish ochilishi bilan bu haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali darhol ma’lum qilamiz. Yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun sahifalarimizni kuzatishda davom eting.

Hurmatli obunachilar 24-25-26-iyun kunlari bo'ladigan TELC B1 imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Qolgan darajalar va keyingi oyda bo'ladigan imtihon kunlari alohida e'lon qilinadi.

📣TELC B1 Imtihonlari uchun Ro‘yxatdan O‘tish Boshlandi! Profi Deutsch — nemis tilini o‘qitish va rasmiy TELC tashqi imtihon
📣TELC B1 Imtihonlari uchun Ro‘yxatdan O‘tish Boshlandi! Profi Deutsch — nemis tilini o‘qitish va rasmiy TELC tashqi imtihon markazi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TELC B1 imtihonlari uchun nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Birinchi 100 nafar ro‘yxatdan o‘tgan nomzod uchun imtihon narxi atigi: 💰1 800 000 so‘m
Agar siz Germaniyada o‘qish, ishlash yoki viza jarayonlari uchun xalqaro tan olingan sertifikat olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
✉️Ro’yxatdan o’tish uchun: Telegram: @telcuzbekistanadmin Telefon: +998 77 178 06 66 ⚠️Shoshiling! Joylar soni cheklangan.

📣TELC B1 Imtihonlari uchun Ro‘yxatdan O‘tish Boshlandi! Profi Deutsch — nemis tilini o‘qitish va rasmiy TELC tashqi imtihon markazi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TELC B1 imtihonlari uchun nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Birinchi 100 nafar ro‘yxatdan o‘tgan nomzod uchun imtihon narxi atigi: 💰1 800 000 so‘m
Agar siz Germaniyada o‘qish, ishlash yoki viza jarayonlari uchun xalqaro tan olingan sertifikat olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
✉️Ro’yxatdan o’tish uchun: Telegram: @telcuzbekistanadmin Telefon: +998 77 178 06 66 ⚠️Shoshiling! Joylar soni cheklangan.

TELC Uzbekistan rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! Hurmatli nemis tili o‘rganuvchilari, talabalar va xalqaro sertifikat olishni rejalashtirayotgan nomzodlar!
Siz O‘zbekistondagi TELC imtihonlari bo‘yicha rasmiy axborot kanaliga obuna bo‘ldingiz. Ushbu kanalda siz: ✅TELC imtihonlari sanalari haqida ✅Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari haqida ✅Imtihon natijalari va muhim e’lonlar haqida ✅Sertifikatlar bo‘yicha yangiliklar haqida ✅Imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha tavsiyalar va foydali ma’lumotlar haqida eng dolzarb va ishonchli ma’lumotlarni birinchi bo‘lib olasiz.
📌
Ma’lumot uchun:
O‘zbekistonda TELC imtihonlari
telc gGmbH
bilan rasmiy hamkorlik asosida faoliyat yuritayotgan
Profi Deutsch
tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
🔔Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizni kuzatib boring va uni nemis tilini o‘rganayotgan do‘stlaringiz bilan ham ulashing.