uz
Feedback
Sardorbek Mukhiddinov

Sardorbek Mukhiddinov

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 178
Obunachilar
-524 soatlar
-217 kun
-2130 kun
Postlar arxiv
Yashashni osonlashtiradigan Kimdur aytgan qoidalar😉 ✔️ 1-qoida: Har kuni "Hozir" rejimida harakat qiling — vaqt cheklangan. ✔️ 2-qoida: Odatga aylangan qoidalar tizimingizni qayta yozing va uni doimiy ravishda yangilab boring. Oldin yoki boshqalarga ishlagan qoidalaringiz sizga kelganda ish bermay qolishi mumkin. ✔️ 3-qoida: Har kuni maqsadingiz sari bir qadamdan intiling. ✔️ 4-qoida: O‘z ongingizning hukmdoriga aylaning. ✔️ 5-qoida: Sizga yordam bera oladigan insonlarni izlang. ✔️ 6-qoida: Ko‘pchilikka ergashishdan xavfsizlik va natija izlamang. ✔️ 7-qoida: Har kuni sizni qo‘rqitadigan biror ishni bajaring. ✔️ 8-qoida: O‘zgarish yasash uchun vaqtingizni nazorat qiling va uning qadriga yeting. ✔️ 9-qoida: Maqsadingiz sari rivojlanish uchun poydevor bo‘ladigan tartibni yarating. ✔️ 10-qoida: Hech qachon taslim bo‘lmang!!!

Hasrat qilishni bas qiling Sizni muammoyingizni hech kimga qizig’i yoq 👇 https://www.instagram.com/reel/Dd_ic27I2mJ/?stkn=cG9uZHM3YXdmb2Jm

Oktabr uchun 30ta shaxsiy blog idea 1. Hayotimdagi eng katta “nima bo‘lardi agar…” 2. Bir oy davomida qilgan eng qimmat xatoyim 3. Odamlar men haqimda eng ko‘p noto‘g‘ri o‘ylaydigan 5 narsa 4. Hayotimdagi hech qachon unutmaydigan kun 5. Men pul sarflashdan afsuslangan 7 ta narsa 6. Oxirgi marta qachon o‘zim bilan faxrlanganman? 7. Hayotimda tasodifan paydo bo‘lgan eng yaxshi imkoniyat 8. Bir qarorim butun rejamni qanday o‘zgartirdi 9. Men endi hech qachon qilmaydigan 10 ta ish 10. O‘zim haqimda juda kech tushungan 7 ta haqiqat 11. Hayotimdagi eng noqulay, lekin foydali suhbat 12. Menga eng ko‘p ta’sir qilgan bitta inson 13. Bir yil oldingi men bugungi meni ko‘rsa… 14. Odamlar ko‘rmaydigan kundalik hayotim 15. Mening “ideal kunim” aslida qanday o‘tadi? 16. Bir hafta davomida o‘zimni boshqacha tutib ko‘rdim 17. Men haqimda 10 ta noto‘g‘ri taxmin 18. Hayotimdagi eng katta “failure” va undan olgan darsim 19. Biror narsani sotib olishdan oldin o‘zimga beradigan 7 ta savol 20. Men uchun “boy hayot” aslida nimani anglatadi? 21. Hozirgi hayotimni 10 ballik tizimda qanday baholayman? 22. Agar bugun barcha ijtimoiy tarmoqlar o‘chib qolsa… 23. Bir kun davomida faqat “yo‘q” deyishdan voz kechdim 24. Hayotimdagi eng katta vaqt isrofi nima bo‘lgan? 25. Men hozir nimani o‘rganayapman va nega? 26. Kelajakda o‘zimga sotib olishni xohlaydigan 10 ta narsa 27. Odam ulg‘aygan sari tushunadigan g‘alati haqiqatlar 28. Mening hayotimdagi 5 ta “plot twist” 29. Keyingi 3 oyda hayotimda nimalarni o‘zgartirmoqchiman? 30. Oktabr oyini men uchun esda qolarli qiladigan bitta challenge

Reels ko'rish o'rniga qilishingiz kerak bo'lgan 47ta ish 1. Sayohatga chiqing ✈️ 2. Biror narsani noldan o‘rganing. 3. Eski rasmlaringizni tartibga soling. 4. Telefoningizdagi keraksiz kontaktlarni o‘chiring. 5. Email pochtangizni tozalang. 6. Biror hujjatingizni tartibga keltiring. 7. Kelasi oy uchun moliyaviy reja tuzing. 8. O‘zingizga yangi maqsad yozing. 9. 20 ta yangi so‘z yodlang. 10. Biror mavzuda 30 daqiqa tadqiqot qiling. 11. Podcast eshiting. 12. TED Talk yoki foydali ma’ruza ko‘ring. 13. Yangi biznes g‘oyalarni yozib chiqing. 14. Eski g‘oyalaringizni qayta ko‘rib chiqing. 15. Biror kishiga minnatdorchilik bildiring. 16. Eski tanishingiz bilan bog‘laning. 17. Biror kishiga bepul yordam bering. 18. Uyda kichik ta’mirlash ishini bajaring. 19. Shkafingizni tartibga keltiring. 20. Keraksiz kiyimlaringizni ajrating. 21. Yangi joyga piyoda boring. 22. Quyosh botishini tomosha qiling. 23. Tabiatda yolg‘iz sayr qiling. 24. Biror muzey yoki ko‘rgazmaga boring. 25. Yangi odam bilan suhbat boshlang. 26. O‘zingizga yangi hobby toping. 27. Biror narsani qo‘lda yasab ko‘ring. 28. Bir kunlik sayohat rejasini tuzing. 29. Yangi shahar yoki mahalla bo‘ylab sayr qiling. 30. O‘zingiz uchun “bucket list” yozing. 31. 5 yildan keyingi hayotingizni tasavvur qilib yozing. 32. Kelajakdagi o‘zingizga xat yozing. 33. Bolalikdagi orzularingizni eslang. 34. O‘zingiz haqingizda 10 ta yangi narsa yozing. 35. Biror qo‘rquvingizni yengishga harakat qiling. 36. Bir kun shikoyatsiz yashab ko‘ring. 37. Bir kun keraksiz xarajatsiz yashang. 38. Biror foydali kursni boshlang. 39. Portfolio yoki shaxsiy profilingizni yangilang. 40. Yangi kitob sotib olish o‘rniga kutubxonaga boring. 41. Biror eski muammoni nihoyat hal qiling. 42. O‘zingizga vaqt ajratib, hech narsa qilmay dam oling. 43. Biror foydali narsani boshqalarga o‘rgating. 44. Bir kun davomida yangi narsalarga “ha” deb ko‘ring. 45. O‘tgan oy qilgan xatolaringizni tahlil qiling. 46. Kelasi haftadagi eng muhim ishingizni hoziroq boshlang. 47. Telefonni chetga qo‘yib, real hayotda esda qoladigan biror narsa qiling.

✅ Premium kimda bor? Ovoz berishga yordam berishingiz kerak 😁 https://t.me/bekmukhiddinov?boost

O'zingiz yolg'iz qilishingiz kerak bo'lgan 30 ish 1. Telefonsiz restoranga boring va yolg‘iz ovqatlaning. 2. Eng katta qo‘rquvlaringizni yozib chiqing va ulardan bittasiga yuzlaning. 3. Telefoningizni bir kunga butunlay o‘chirib qo‘ying. 4. Hech qanday chalg‘ituvchi narsalarsiz 30 daqiqa sukutda o‘tiring. 5. Xatolaringiz va ulardan olgan saboqlaringiz haqida rostgo‘y kundalik yozing. 6. 30 kun davomida har kuni ertalab soat 5:00 da uyg‘oning. 7. Sport zaliga muntazam ravishda yolg‘iz boring. 8. O‘zingiz uchun yolg‘iz mashq challenge qiling: yugurish, tog‘ga chiqish yoki uzoq piyoda yurish. 9. Bir kun davomida barcha ovqatlaringizni o‘zingiz tayyorlang. 10. Tinch muhitda bitta kitobni to‘liq o‘qib chiqing. 11. Hayotingiz uchun shaxsiy missiya yozing. 12. Sizni orqaga tortayotgan odatlarni ro‘yxat qilib chiqing. 13. Butun kunni tabiat qo‘ynida yolg‘iz o‘tkazing. 14. Aniq manzilsiz uzoq avtomobil haydashga chiqing. 15. Kelajagingiz haqida o‘zingizga og‘ir savollar bering. 16. Notanish odam bilan suhbat boshlang. 17. O‘zingizni biroz noqulay yoki begona his qiladigan chiroyli joyga boring. 18. Yangi hobbini yolg‘iz sinab ko‘ring. 19. Networking tadbiriga yolg‘iz boring. 20. O‘zingizni boshlovchi sifatida his qiladigan dars yoki workshopga qatnashing. Chuqur shaxsiy o‘sish 1. O‘zingizni cheklamasdan, aslida qanday hayot xohlayotganingizni yozing. 2. Bolaligingiz haqida o‘ylang va u sizni qanday shakllantirganini tahlil qiling. 3. O‘zingiz uchun 5 yillik hayot rejasini tuzing. 4. Bir kunni hech qanday ko‘ngilochar narsalarsiz o‘tkazing: TV yo‘q, ijtimoiy tarmoqlar yo‘q, musiqa yo‘q. 5. Yolg‘iz o‘tiring va o‘zingizga savol bering: “Men aylanib borayotgan insonimdan faxrlanamanmi?”

Agar man 14 kunda 10k auditoriya yig‘ishim kerak bo‘lsa, shu ishlarni qilgan boʻlardim 1. Auditoriyamni eng ko‘p qiziqtiradigan, og‘riqli va odamni ushlab qoladigan 20 ta mavzu yozib chiqardim. 2. Har kuni kamida 3 ta reels joylardim. Chunki ko‘p kontent = ko‘proq охват. 3. Odamlar o‘zini ko‘ra oladigan, “bu xuddi mendagi vaziyatdek” deydigan bitta kuchli storytelling post qilardim. 4. Har bir trendni ishlatavermasdim. Faqat auditoriyamga mos keladigan trendlarni o‘z uslubimda moslashtirib kontent qilardim. 5. Har bir reelsning birinchi 3 soniyasiga alohida e’tibor berardim. Chunki odam aynan shu vaqtda qoladimi yoki chiqib ketadimi — hal bo‘ladi.

Qancha erta buni tushunsang hayoting shuncha tez o'zgaradi Hech qachon boshqalarga o’z qadringni belgilashga ruxsat berma. 2. Ingliz tilini shunchaki til emas, imkoniyat deb o’rgan. Chunki kelajaging bunga bog’liq bo’lishi mumkin. 3. “Ideal vaqt”ni kutma. U hech qachon kelmaydi. Boshlash uchun bugun yetarli. 4. Atrofingdagi odamlarni kuzat. Ular seni yo yuqoriga tortadi, yo bir joyda ushlab qoladi. 5. Mukammal bo’lishga urinma. O’sishga harakat qil. 6. Eng kuchli davring yoshingga emas, qarorlaringga bog’liq. 7. Yangi narsani o’rganayotganda ahmoq ko’rinishdan uyalma. Har bir usta bir paytlar boshlovchi bo’lgan. 8. Aybdorlik hissisiz “yo’q” deyishni o’rgan. Bu seni ortiqcha stressdan qutqaradi. 9. O’zingni boshqalar bilan emas, kechagi o’zing bilan solishtir. 10. Xato — mag’lubiyat emas. Xato — keyingi bosqich uchun tajriba.

Oyning oxirida qaysi holatda bo‘lishni xohlayotganingni aniq yoz. 1 ta asosiy maqsad bo‘lsin. 2. Tartib tuz Uyg‘onish, ovqat, ish, dars, ibodat — barchasini bir xil vaqtda qilishga odatlan. 3. Ekran vaqtini kamaytir Keraksiz skrollni 50% ga qisqartir — shunda vaqting ham, konsentratsiyang ham ortadi. 4. O‘zingni parvarish qil Tinch uyqu, toza ovqatlanish, suv ichish — energiya uchun eng muhim omillar. 5. Kichik odatlarni boshlab qo‘y Har kuni 10 daqiqa o‘qish, 5 daqiqa yig‘ishtirish, 3 ta duoni yod olish — kichik bo‘lsa ham natija beradi. 6. Cheklov qo‘y Keraksiz odamlar, keraksiz suhbatlar va keraksiz xarajatlardan uzoqlash. 7. Kundalik yoz Har kuni o‘zingni kuzat. Qanday o‘tganini 2–3 jumla qilib yozib qo‘y. 8. Xonangni tartibla Toza muhit — toza fikr. Atigi 15 daqiqa senga yetadi. 9. Tanangni harakatlantir Uyda eng oddiy mashq ham bo‘lsa, har kuni 10–15 daqiqa yetadi. 10. O‘zingga nisbatan mehribon bo‘l Xatolar uchun o‘zingni urishma. Muhimi — tiklanish va davom etish. 11. Doim duo qil O‘zgarishning eng katta manbai — duo va Yaratganga tayanuv. Qilib bo‘lganingni emas, qilayotganingni bahola. 12. Daromad beradigan kasb o‘rgan Bir oy davomida bitta foydali ko‘nikma tanla va shuni o‘rgan — SMM, dizayn, copywriting, product/food foto, Telegram-bot, kontent yaratish. Bu kelajakda qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi.

Million dollarlik sotuv qildim lekin pulsiz qoldim. Sabab — o'zimning ochko'zligim edi. Bilib turib rozi bo'lgan kelishuv men
Million dollarlik sotuv qildim lekin pulsiz qoldim. Sabab — o'zimning ochko'zligim edi. Bilib turib rozi bo'lgan kelishuv meni bir haftalik isitmaga, 10 kilogramm vaznimga tushirdi va 5 oy teking ishlab pulsiz qolim Lekin shu voqea menga eng katta saboqni berdi — biznesni his-tuyg'u bilan emas, tahlil bilan qurish kerak. 👇 https://www.instagram.com/reel/DdZG7uIIV6c/?stkn=YjMyMTl3c3d2Yjgy

Namanganga birinchilardan bo’lib SMM sohasini olib kirganman 👇 https://www.instagram.com/reel/DdWWAgfiAtw/?stkn=MXZudmFrMzli
Namanganga birinchilardan bo’lib SMM sohasini olib kirganman 👇 https://www.instagram.com/reel/DdWWAgfiAtw/?stkn=MXZudmFrMzliMGI5Nw==

Men oldinlari Tikuvchi bo’lganman (Storytelling) 👇 https://www.instagram.com/reel/DdTy2ftofEX/?stkn=bm92cmhreHVsazY0
Men oldinlari Tikuvchi bo’lganman (Storytelling) 👇 https://www.instagram.com/reel/DdTy2ftofEX/?stkn=bm92cmhreHVsazY0