Али🧢
Kanalga Telegram’da o‘tish
inson axloqi ila qalblarda qolur. -O’qigan kitoblarim haqida yozib boraman…📚
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
805
Obunachilar
-1124 soatlar
-507 kun
-25230 kun
Postlar arxiv
805
+1
#mutolaa 📚
-Baxt insonlarni bir zumda qanchalik o’zgartirib yuborar ekan-a?
“Faryod kitobidan”
805
~Rumiydan o'qigandim,
agar novvoy sizning yaqiningiz bo'lsa-yu siz kutib turganingizga qaramay sizdan keyin kelganlarga non berib sizga bermay turgan bo'lsa,demak, sizga eng yaxshisi chiqishini kutyapti, chunki novvoy o'zi yaxshi biladi qachon eng yaxshisi chiqishini.
805
+1
#tugadi 34/50’2026✅
•Ochlik
•Knut Xamsun
•266bet
•26/08/26➡️03/09/26
•7/10
Ochlik kitobi insonning nafaqat jismoniy, balki ruhiy "ochligi" haqida chuqur o'ylashga majbur qiladigan asarlardan biri. Kitob davomida hayotdagi yolg'izlik, mehrga ehtiyoj, qalb bo'shligi va insonning o'zini topish yo'lidagi ichki kurashlari ta'sirli tarzda yoritilgan. Asar biroz bo’xtirilgan deb, o’ylayman va Jinoyat va jazo vibeni berganday bo’ldi,agar endi-endi kitob o’qishni boshlayotgan bo’lsangiz, tavsiya bermayman, lekin chuqurroq tushunchangiz bo’lsa albatta o’qiydigan kitob)
805
Kitobxonlik konkursi qilamizmi?
Hech qanday shartlarsiz faqatgina kitob o’qib savollarga tog’ri javob bergan holda saviyali kitoblar va ajoyib sovg’alar yutib olishni istaysizmi?
Tezda @kitobxona_1 kanaliga qo’shiling va yangiliklardan habardor bo’lib turing. Tezz orada katta yangilik bilan qaytamiz😊
805
Oltin loyga tushib qolsa,ham
qiymatini yo'qotmagani kabi..
Siz ham boshqalarning fikri bilan qadrsiz bo'lib qolmaysiz.
805
Ey g‘ofil odam! Quyosh nuri bilan yarqiragan g‘ishtga oshiq bo‘lyapsan! Quyosh bo‘lmasa, g‘ishtning go‘zalligidan asar qolmaydi. Oxir-oqibat u ham bir qora tuproqdir. Sen ustiga nur tushgan g‘ishtga emas, unga nurini tushirgan Quyoshga qara!
Go‘zallik nima? Ko‘zning ko‘rgani emas, ko‘ngilga kirgan go‘zaldir. Ko‘ngilda ishq bo‘lsa, go‘zalni qidirish shart emas. Go‘zallik o‘zi seni topadi.
Mavlono Rumiy
805
~Baxt?
Baxt bu — hamma istagan narsangizga erishish emas, balki qo‘lingizda bor narsani sevish, unga qanoat va shukr qilishdir.
Qanoatli bo‘ling, baxtiyor bo‘lasiz!🫀
805
~
Ba'zan juda xohlagan narsang bo'lmay qoladi. ayniqsa umid qilgan bo'lsang, natija chiqmaganda og'riq boshqacha bo'ladi. failed bo'lish tabiiy holatda juda og'riqli, muvaffaqiyatsiz kelganda odamning ichida “nega?” degan savol aylana boshlaydi. Shu savol tinch qo‘ymaydi, go‘yoki hamma narsa bir qadam qolgan, lekin qo‘l yetmagan. O‘sha paytda yorug‘ kunlar uzoqlashgandek tuyuladi, hatto umid ham xiralashadi.
lekin vaqt o‘tarkan, odam boshqacha qaray boshlaydi. rad javobi har doim yo‘qotish emasligini tushunadi. Ba’zida bu himoya ekan, hozir ko‘rinmaydi, lekin keyinroq bilasan o‘sha eshik yopilgani bejiz emas ekan. Balki u joy sen uchun emas edi, balki ichida sen ko‘rmagan og‘irlik bor edi. biz faqat bugunni ko‘ramiz. Alloh esa butun yo‘lni ko‘radi.
2:216
"...Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz."
805
+1
~Bir choy kabi bo'ling. Ichganda huzur. bag'ishlaydigan, sovugan qalblarga iliqlik olib kiradigan…🍵
