uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Kanalga Telegram’da o‘tish

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
258
Obunachilar
-324 soatlar
-197 kun
-3430 kun
Postlar arxiv
اللَّهُمَّ صَيِّبًا نَافِعًا Allohumma sayyiban nafi’an.🌧 (Men bor joyda mushuk ham boʻladi... 😁🫠)
+1
اللَّهُمَّ صَيِّبًا نَافِعًا Allohumma sayyiban nafi’an.🌧 (Men bor joyda mushuk ham boʻladi... 😁🫠)

G‘urur bor joyda muhabbat yashay olmaydi. Ikkisidan biri chekinishi kerak... Seni chin dildan o‘ziniki deb bilgan erkak, kera
G‘urur bor joyda muhabbat yashay olmaydi. Ikkisidan biri chekinishi kerak... Seni chin dildan o‘ziniki deb bilgan erkak, kerak bo‘lsa, g‘ururidan ham kechadi. Chunki u uchun o‘zini haq deb bilishdan ko‘ra, seni yo‘qotmaslik muhimroqdir... #shunchaki

«Agar osonlashsa — ne’matdir, agar qiyinlashsa — hikmatdir.»
«Agar osonlashsa — ne’matdir, agar qiyinlashsa — hikmatdir.»

اللَّهُمَّ اشْفِ ذَلِكَ الْجُزْءِ مِنْ قَلْبِيَ الَّذِي لَا أَسْتَطِيعُ مُنَاقَشَتَهُ مَعَ أَحَدٍ، وَلَا الْبَوْحَ بِهِ لِأَحَدٍ. Ey Allohim, hech kim bilan muhokama qila olmaydigan, hech kimga aytib bera olmaydigan qalbimning o‘sha qismiga O‘zing shifo ber.

Ba’zi insonlar qishning quyoshi kabidir. Taftiga ishonib bo‘lmaydi, kutilmaganda bulutlar ortiga berkinib oladilar...

Yangi tanishuvlar... 🥰 Qizlar bilan))

Video xabar00:06

📚 Ilm — hayotni o‘zgartiradigan eng sokin kuchdir. Ilm insonni baland qiladi, lekin shovqin bilan emas — fazilat bilan. Ilm
📚 Ilm — hayotni o‘zgartiradigan eng sokin kuchdir. Ilm insonni baland qiladi, lekin shovqin bilan emas — fazilat bilan. Ilm qalbni uyg‘otadi, lekin majburlab emas — hidoyat bilan. Ilm rizqni kengaytiradi, lekin birdan emas — baraka bilan. Bugun o‘rgangan bir ilmingiz ertaga hayotingiz yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Ilm izlashni kechiktirmang. Chunki eng chiroyli yo‘l — Allohga olib boradigan ilm yo‘lidir.

#duo اللَّهُمَّ مُصَرِّفَ الْقُلُوبِ، صَرِّفْ قُلُوبَنَا عَلَىٰ طَاعَتِكَ. O‘qilishi: Alloohumma musorrifal quluub, sorrif quluubana ’ala too’atik. Ma’nosi: Ey Alloh! Qalblarni burib qo‘yib tasarruf qiluvchi zot, qalblarimizni O‘zingning toatingga burib qo‘y.

Bugungi kunda «musulmon ayol» deganda ko‘pchilikning xayoliga faqat diniy ilmlar bilan shug‘ullanuvchi ayol keladi. Ammo muslima ayolning ilmiy salohiyati va kasbiy imkoniyatlari bundan ancha keng. Diniy ilmlarni o‘rganish bilan bir qatorda, jamiyat va ummatga manfaat keltiradigan turli sohalarda faoliyat yuritish ham musulmon ayol uchun muhim imkoniyatlardan biridir. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, zamonaviy kasblarni egallash, yangi ilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish zarur. Ummatga shifokorlar, ustozlar, olimalar va boshqa soha mutaxassislari kerak. Muslima ayol o‘z dini, qadriyatlari va mas’uliyatini saqlagan holda, ilm va kasb orqali jamiyatga katta manfaat keltirishi mumkin.

👩‍⚕Bugundan boshlab ish faoliyatimni ham boshladim. Endi avvalgidek tez-tez ko‘rinmasligim mumkin. Vaqtimning ko‘proq qismin
👩‍⚕Bugundan boshlab ish faoliyatimni ham boshladim. Endi avvalgidek tez-tez ko‘rinmasligim mumkin. Vaqtimning ko‘proq qismini ishga, o‘qishga, o‘z ustimda ishlashga va shaxsiy rivojlanishimga ajratmoqchiman. O‘z soham bo‘yicha bilim va tajribamni oshirish, yangi ko‘nikmalarni egallash hamda har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lish — oldimga qo‘ygan maqsadlarimdan bir.
Allohim, bu yangi yo‘limda menga kuch-g‘ayrat, sabr va baraka ato etsin. Ilmimga manfaat, mehnatimga samara, vaqtimga baraka bersin. Har bir qadamimni xayrli, niyatlarimni go‘zal qilsin. Amin...

Jismidan ruhi chiqib ketgan inson o‘lik emas, balki uning ustida Robbisining qanday haqlari borligini fahmlab, anglamagan inson — ana shu o‘likdir.
📚 Saodatga yetaklovchi hikmatlar

Insonlar kanal, guruhlarning egalarini ertalabdan kechgacha kitob o'qiydigan, tolibi-ilmlar deb o'ylashadi. Ko'p insonlar biz haqimizda go'zal tasavvurga ega. Allohga qasam, agar, Alloh bizni gunohlarimizni yashirmaganida biz, sharmandalikdan qochishimiz uchun yer yutib yuborishini xohlagan bo'lar edik... Haqiqat.

Ayol zaifa, unga bir tirgak kerak. Ammo o‘sha zaifa shaxsiyatini ham tiklab olmog‘i, qadam bosgan yerida mahkam turmog‘i uchu
Ayol zaifa, unga bir tirgak kerak. Ammo o‘sha zaifa shaxsiyatini ham tiklab olmog‘i, qadam bosgan yerida mahkam turmog‘i uchun unga ilm kerak.

Bir kun kelib, bugun tushunmaganlaringizning ham hikmatini anglaysiz...

Ruhiy quvvatni saqlash uchun ham o‘zimizga e’tibor berishimiz kerak. Ba’zan kitob o‘qish, fikrlarni tartibga solish qanchalik muhim bo‘lsa, sport bilan shug‘ullanish ham shunchalik ahamiyatli. Tana salomatligi va ruhiy tetiklik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. O‘zimizga vaqt ajratishni ham unutmaylik.

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ حُبَّكَ، وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ، وَالعَمَلَ الَّذِي يُبَلِّغُنِي حُبَّكَ Allohumma inniy as’aluka hubbaka, va hubba man yuhibbuka, val-‘amala allaziy yuballig‘uniy hubbaka. «Allohim, Men Sendan muhabbatingni, Senga muhabbat qilganning muhabbatini va Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni so‘rayman».

Repost from Yo'lovchi
Hech narsani oʻzim qildim, demang. Agar Alloh xohlamasa, labingizni ham qimirlata olmaysiz!!!