uz
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

Yopiq kanal

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
224
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kun
-2030 kun
Postlar arxiv
Sharmandaning shahri keng sizlarga aytsam

Mana shunaqa shakllarni toʻgʻri chizolmagani uchun onasidan kaltak yeganlar qalban birgamiz
Mana shunaqa shakllarni toʻgʻri chizolmagani uchun onasidan kaltak yeganlar qalban birgamiz

Roʻzada hatto bir burda nondan bir qultum suvdan oʻzini tiygan ayrim insonlar roʻza tugagach boshqa bir insonlarning haqqini yeyishni boshlab yuborishadi…
Mayli muhimi roʻzada birovni haqqini yeyishmadiku :)

Olis bir yulduzsan bugun Topilmas kunduzsan bugun
Oshiq Erkin

Birinchi marta qoʻshiq avj bilan boshlanishini shu qoʻshiqda koʻrganman

Boshqalarning muvaffaqiyatidan sevinishing bu sening koʻngling toza ochiq koʻngilligingdan dalolat. Doʻst kulfatda bilinadi deyishadi. Aslida hozirgi kunda doʻst kulfatda emas baxtli onlaringdan bilinadigan boʻlib ketgan. Balki oldinlari kulfatda bilishgandir hozir unday emas deb oʻylayman.

Oʻlganingdan keyin seni tilla tobutda koʻtarishidami oddiy tobutdami buni hech qanaqa farqi qolmaydi sen uchun aslida…

Aslida otdan yiqilish ham sharaf emas. Ot boʻladimi eshak boʻladimi baribir yiqilyapsan. Agar yoʻq muhimi nimadan yiqilganing deyishsa unda fildan yiqilish sharaf boʻlish kerak. Axir filni ustiga chiqish murakkab va hamma ham filni ustiga chiqa olmaydiku.

U oʻz vijdonini va qizining erkinligiyu butun umrlik taqdirini besh yuzta odamning ertagayoq unutib yuboradigan e’tiboriga almashtirgan edi

Sizlarda ham shunaqami yo faqat mandami. Xullas kitob oʻqiymanku juda koʻp suv ichaman. Ichmasam boʻlmaydi. Misol uchun kecha tunda oʻttiz bet kitob oʻqish davomida bir litrga yaqin suv ichib yubordim. Sizlardayam shunaqami yo faqat mandami? Man suvsizlikka chidolmaydigan odatim ham bor oʻzi azaldan. Oma kitob oʻqish davomida hech qanaqa harakat qilmayman. Faqat miya, koʻz ishlashini hisobga olmasak.

Yuz va’da berib birga vafo qilmadi bir yoʻl Ul va’dasi yolgʻon…
Mashrab

Faqat ahmoq insongina boshqalarni ahmoq qilishga urunishi mumkin

Tuni shu qoʻshiqni eshitdimey. Yoshim ham bir joyga borib qolganini angladim shu qoʻshiqni eshitib

Shu desanglar qirgʻizlarni xudo asrasin degan kinonisini koʻrib chiqyapman. agar Oʻzbekistonda shu film olinganida bu filmga men bilan Erkin rais rosa mos tushardik deb qoʻyyapman. kinoni koʻrganlar nima demoqchi ekanligimni tushundi.

oʻylashimcha Oʻzbekistonda haqiqiy liberal inson bu Farxod boʻlsa kerak. Farhod bilan 3-4 marta daxshat urushib qolganmiz. Janjallashib soʻkishib qolib keyin bir-birimizdan uzr soʻraganmiz. Yani boshqa odam bilan shunaqa urushsam yuzkoʻrmas boʻlib ketardik. Oma Farhod bilan emas. Sababi janjallashib gapimiz qolmagandan keyin xay boʻpti mandan oʻtdi deydigan odati bor. Mandayam huddi shunaqa odat bor. Xullas yarashib ketorganmiz. Yani bir-birimizdan uzr soʻraganmiz va oxirida oqibat yoʻqolmasiney deb qoʻyardik. Bugun Farhodni tugʻilgan kuni emas shunchaki yozgim keldi.

…

Asqad Muxtorni mana shu fikri juda yoqdi. Yani aslida she’r boʻladimi romanmi u bir qush kabi boʻlishi kerak. Sen uni tutishg
Asqad Muxtorni mana shu fikri juda yoqdi. Yani aslida she’r boʻladimi romanmi u bir qush kabi boʻlishi kerak. Sen uni tutishga qancha harakat qilsang ham u yuksakka qarab parvoz etaverishi kerak. Yani tutqich bermasligi kerak. Biroq sen u qushchani tutaman deb qanchalar yuksaklikka koʻtarilganing sari oxiri yerga qulashingni ham hisobga olishing kerak. Yani uni ortidan ma’lum masofagacha borishing mumkin. Soʻng yana unga yetib olish uchun qoʻshimcha kuchdan foydalanishing zarur. Biroq senda qoʻshimcha kuchsiz qushchani tutaman deb yugurishing jamiyatimizdagi ayrim nigilistlarga oʻxshab qolishing xavfi borligini koʻrsatadi. Ular ham qushchani tutaman deb bir paytlari rosa ortidan chopishgan edi. Mana endi yerga qattiq yiqilgani uchun shunaqa kallasi bilan urushib qolib bir ahvolda yurishibdi.

Ochigʻi men tugʻilganimda biror bir hayvon boʻlib keyin sekin-asta odamga evrilgan boʻlsam kerak. Kafkani "Evrilish" asarida Zamza hasharotga aylanib qoladi. A man birinchi hasharot boʻlib mana yillar davomida odamga aylanib boryapman deb oʻylayman. Menimcha sizlar ham shunaqa. Sizlar ham ilk bora tugʻilganlaringizda qandaydir bir hasharotmi yoki qandaydir bir yovvoyi hayvon boʻlib tugʻilgan boʻlsalaring kerak. Nimaga bunday gapiryotganimga hayron qolmang. Axir bizni ayol tuqqan va oʻsha ayol qachon odam boʻlasan deb urushib bergan. Demak ona odam emas boshida qandaydir bir mavjudotni dunyoga keltirgan. Mana endi sekin-asta odamga evrilib boryapmiz. Ular istagandek odamga…

Ayni paytdagi holat Xonadoshim Umid Qodir Bu kishim oʻzicha shoir Uyqu kelgan ayni pallada Tuni bilan ishlar dalada Butun xona qolganda tinib "U esa yer haydar traktor minib" Umid Qodir botillarning botili Umid Qodir bu tunimning qotili … Umid Qodir – hurrak otayotir 13.03.2026 00:18