uz
Feedback
Fulbright kundaligi

Fulbright kundaligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
640
Obunachilar
-224 soatlar
+17 kun
+25630 kun
Postlar arxiv
Got your Fulbright result?
Anonymous voting

Got your Fulbright result?
Anonymous voting

Fulbright grantini yutganlarga qaysi shtatda qancha stipendiya beriladi?

Fulbright grantini yutganlarga qaysi shtatda qancha stipendiya beriladi?

Payshanba kuni erta tongda SpaceX Floridadan Falcon 9 raketasini uchirishni rejalashtirgan. Raketa National Reconnaissance Of
Payshanba kuni erta tongda SpaceX Floridadan Falcon 9 raketasini uchirishni rejalashtirgan. Raketa National Reconnaissance Office uchun NROL-95 missiyasini orbitaga olib chiqarkan. Shu sababli Space Coast va Markaziy Floridaning ayrim hududlarida sonic boom ya’ni tovush tezligidan yuqori harakat natijasida paydo bo‘ladigan kuchli portlashga o‘xshash ovoz eshitilishi mumkin. Xullas, payshanba tongida uyg‘onib ketadigan bo‘lsangiz, vahima qilmang, bu SpaceX bo‘lishi mumkin deyilibdi xabarda. @fulbright_kundaligi

Amerikada koʻp odamlarda ortiqcha vazn bor ekan. Daromadi yaxshi boʻlsa nimaga oʻzi qaramaskan deb oʻyladim. Floridada biz uc
Amerikada koʻp odamlarda ortiqcha vazn bor ekan. Daromadi yaxshi boʻlsa nimaga oʻzi qaramaskan deb oʻyladim. Floridada biz uchun kuniga 5 mahal ovqat beriladi. Cheklanmagan miqdorda. Bir hafta ovqatlanib 5kg vazn oldim. Yashab koʻrib bildimki bularni ovqatlanishi ham "yaxshi" ekan. Hozir 2 mahal ovqatlanishga oʻtdim. Lekin tiyilish qiyin boʻlarkan. Bir yildan keyin meni hech kim tanimasa kerak. @fulbright_kundaligi

🌍 World Bank Group Operations and Data Support Internship 2026 🎓 Jahon bankining Toshkent ofisida 5 oylik haq to‘lanadigan
🌍 World Bank Group Operations and Data Support Internship 2026 🎓 Jahon bankining Toshkent ofisida 5 oylik haq to‘lanadigan amaliyot Jahon banki Toshkent ofisida Operations and Data Support Intern lavozimi uchun magistratura va PhD talabalaridan arizalar qabul qilmoqda. 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – Magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan talabalar – Tahliliy va ma'lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega nomzodlar – Ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar 💼 Dastur imkoniyatlari ✔️ 5 oylik haq to‘lanadigan amaliyot ✔️ Raqobatbardosh soatbay ish haqi ✔️ World Bank va IFC mutaxassislari bilan ishlash imkoniyati ✔️ Mentorlik va xalqaro ish tajribasi 📌 Asosiy vazifalar – Ma'lumotlar va loyihalar portfelini boshqarishni qo‘llab-quvvatlash – Hisobot va rasmiy hujjatlar tayyorlash – Yuqori darajadagi uchrashuv va missiyalarni tashkil etishda ko‘maklashish 🗓 Ariza topshirish muddati: 12-avgust 2026 🔗 Rasmiy manba @fulbright_kundaligi

Yaxshi niyatlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini boshladik. Nasib qilsa, O‘zbekistondagi mahalliy universitetlar va AQSh uni
Yaxshi niyatlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini boshladik. Nasib qilsa, O‘zbekistondagi mahalliy universitetlar va AQSh universitetlari o‘rtasida akademik aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shamiz. Shu orqali sifatli ta’lim muassasalarida o‘zbek talabalari va hamjamiyatining yanada kengayishiga ko‘maklashamiz. @fulbright_kundaligi

🌍 UNESCO Intercultural Leadership Programme 2026 🎓 Yosh yetakchilar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro dastur UNESC
🌍 UNESCO Intercultural Leadership Programme 2026 🎓 Yosh yetakchilar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro dastur UNESCO sun'iy intellekt (AI) davrida madaniyatlararo muloqot va yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan Intercultural Leadership Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – 25–45 yoshdagi nomzodlar – Madaniyatlararo muloqot, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, ta'lim, xususiy sektor yoki turdosh yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yosh yetakchilar – Ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar
💼 Dastur imkoniyatlari ✔️ 2026-yil oktabr–dekabr oylarida xalqaro master-klasslar va tajriba almashish sessiyalari ✔️ O‘z jamoaviy loyihasini amalga oshirish uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida grant ✔️ UNESCO ekspertlari tomonidan mentorlik va yetakchilik treninglari ✔️ 2027-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan UNESCO Global Dialogue for Peace tadbirida ishtirok etish ✔️ UNESCO Global Youth Alumni Network tarmog‘iga a'zo bo‘lish
👥 Dasturga jami 50 nafar ishtirokchi saralab olinadi. 🗓 Ariza topshirish muddati: 26-iyul 2026 (23:59, Parij vaqti) 🔗 Rasmiy manba @fulbright_kundaligi

🌍 World Bank Group (WBG) Pioneer Internship Program 2026 🎓 Jahon bankining Toshkent ofisida haq to‘lanadigan amaliyot Jahon
🌍 World Bank Group (WBG) Pioneer Internship Program 2026 🎓 Jahon bankining Toshkent ofisida haq to‘lanadigan amaliyot Jahon banki O‘zbekiston va Tojikistondagi magistratura hamda PhD talabalari uchun Toshkent va Dushanbedagi ofislarida Environmental va Social Development yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot dasturini e'lon qildi. 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – Magistraturaning yakuniy bosqichida tahsil olayotgan yoki PhD dasturida o‘qiyotgan talabalar – Atrof-muhit muhofazasi, ekologik muhandislik, ijtimoiy fanlar, yer resurslarini boshqarish, yer huquqi, kadastr, geoinformatika, davlat siyosati yoki turdosh yo‘nalishlarda tahsil olayotganlar – Ingliz tilini yaxshi bilish (o‘zbek va/yoki tojik tilini bilish talab etiladi, rus tilini bilish ustunlik beradi) – 0–6 yillik ish tajribasi 💼 Dastur imkoniyatlari ✔️ Raqobatbardosh soatbay ish haqi ✔️ Jahon banki ekspertlari bilan ishlash imkoniyati ✔️ Mentorlik va amaliy tajriba ✔️ Xalqaro tashkilotda professional tajriba orttirish 🗓 Ariza topshirish muddati: 12-avgust 2026 🔗 Rasmiy manba 📌 Eslatma: Nomzodlar ko‘pi bilan 3 ta vakant lavozim uchun ariza topshirishlari mumkin. @fulbright_kundaligi

photo content
+8

Dam olish kuni Florida shtatidagi NASA Kennedy kosmik markaziga bordim. Bu joyni yaxshiroq tushunish uchun avval AQSh va Sove
+9
Dam olish kuni Florida shtatidagi NASA Kennedy kosmik markaziga bordim. Bu joyni yaxshiroq tushunish uchun avval AQSh va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi kosmik poygani eslash kerak. 1957-yilda Sovet Ittifoqi Sputnik 1ni orbitaga chiqarib, tarixdagi birinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirdi. Sputnik voqeasi AQSh kosmik dasturini tezlashtirdi va 1958-yilda NASA tashkil etildi. 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin Vostok 1 kemasida Yer orbitasini aylanib, kosmosga uchgan birinchi inson bo‘ldi. Uning parvozi 108 daqiqa davom etdi. AQShning birinchi astronavti Alan Shepard esa Gagarindan atigi 23 kun keyin kosmosga uchdi, ammo uning parvozi qisqa bo‘lib, Yer orbitasini to‘liq aylanmagan edi. O‘sha vaqtda Sovet Ittifoqi kosmik poygada ancha oldinda edi. Kosmik raqobat keyinchalik haqiqiy Oy poygasiga aylanib ketdi. Ko‘plab muvaffaqiyatsiz sinovlar, texnik xatolar va insoniy yo‘qotishlardan keyin 1969-yil 16-iyulda AQSH Apollo 11 ni aynan Kennedy kosmodromidan Oy sari uchirdi. To‘rt kun o‘tib, Neil Armstrong va Buzz Aldrin Oy yuzasiga qo‘ndi. Michael Collins esa ularni Oy orbitasida kutib turdi. Kennedy Space Centerga kelganingizda bu tarixni shunchaki kitobdan o‘qimaysiz. Odamlarni Oyga olib borgan Saturn V raketasini, 33 marta kosmosga uchgan haqiqiy Space Shuttle Atlantisni va ulkan raketalar tik holatda yig‘iladigan binoni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Kennedy Space Center faqat muzey emas. U hozir ham faol kosmodrom. Bu yerdan bugun SpaceX raketalari va Crew Dragon kemalari uchiriladi. Kosmodrom NASAning Artemis dasturi uchun ham ishlatiladi. Oradan 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, 2026-yil 1-aprelda Kennedy Space Center yana insonlarni Oy tomon kuzatdi. Artemis II missiyasida to‘rt nafar astronavt SLS raketasi va Orion kosmik kemasida Oy atrofidan uchib o‘tdi. Missiya 9 kun davom etdi va ekipaj 10-aprel kuni Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bu Apollo davridan keyingi birinchi ekipajli Oy parvozi bo‘ldi. Artemis II Oyga qo‘nmadi, ammo kelajakdagi Oyga qo‘nish missiyalari uchun eng muhim sinovlardan birini amalga oshirdi. NASAning maqsadi faqat Oyga qaytish emas. Artemis dasturi orqali Oyda uzoq muddat ishlash, yangi texnologiyalarni sinash va kelajakda insonlarni Marsga yuborish uchun tajriba to‘plash rejalashtirilgan. @fulbright_kundaligi

Floridada davom etayotgan pre-academic dasturga deyarli har bir qit’adan vakillar kelgan. Dasturning asosiy maqsadi nomzodlar
Floridada davom etayotgan pre-academic dasturga deyarli har bir qit’adan vakillar kelgan. Dasturning asosiy maqsadi nomzodlarning AQShga moslashishiga yordam berish, ularni mahalliy qonun-qoidalar, akademik muhit, madaniyat va kundalik hayot bilan tanishtirishdan iborat. Chunki asosiy o‘qish boshlangandan keyin akademik muhit ancha intensiv bo‘ladi. Bunday sharoitda yangi mamlakatga moslashish bilan bog‘liq masalalar nomzodlarga qo‘shimcha stress berishi mumkin. Dastur avgustgacha davom etadi. Nasib qilsa, avgust oyida Massachusettsga yo‘l olaman. @fulbright_kundaligi

Oppoq devor va bayroq. Kontrast juda zo‘r tanlangan. Xonaga kirgan odam uzog‘i bilan 5 soniya ichida bayroqni ko‘radi. Har bi
+2
Oppoq devor va bayroq. Kontrast juda zo‘r tanlangan. Xonaga kirgan odam uzog‘i bilan 5 soniya ichida bayroqni ko‘radi. Har bir sinfxona shunday bezatilgan. Bundan tashqari, deyarli har bir uyning kirish qismida ham bunday bayroqni uchratish mumkin. Vatan tuyg‘usi haqida gapirmasdan turib ham uni kuchaytirish mumkinligiga yaxshi misol. @fulbright_kundaligi

Bizda katta magistral yoʻllarda it yoki mushuklarni bosib ketishlarini koʻp koʻramiz. Bu yerda huddi shunaqa vaziyatlar timso
Bizda katta magistral yoʻllarda it yoki mushuklarni bosib ketishlarini koʻp koʻramiz. Bu yerda huddi shunaqa vaziyatlar timsohlar bilan boʻlarkan. Yoʻllarda oʻlib yotgan timsohlarni uchratish mumkin. @fulbright_kundaligi

New York’dan Floridaga uchib ketishim kerak edi. Lekin to‘xtovsiz momaqaldiroq sababli reys jami 7 soatga kechiktirildi. Avia
+1
New York’dan Floridaga uchib ketishim kerak edi. Lekin to‘xtovsiz momaqaldiroq sababli reys jami 7 soatga kechiktirildi. Aviakompaniya bu haqda meni ham, Fulbright’ni ham email orqali xabardor qilib turdi. Kechikish sababli aviakompaniya ovqatlanish uchun emailimga bepul kupon ham yubordi. Fulbright esa kechikkan reys o‘rniga boshqa bilet variantini taklif qildi. Ertalab Florida’ga eson-omon yetib oldim. @fulbright_kundaligi

Morning in Florida... @fulbright_kundaligi
Morning in Florida... @fulbright_kundaligi

Ketish oldidan AQSH Elchixonasida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davo
+2
Ketish oldidan AQSH Elchixonasida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Fulbright dasturi doirasida AQSHda o‘qish, akademik muhitga moslashish, madaniy almashinuv va dastur ishtirokchilarining kelgusidagi mas’uliyati haqida suhbatlashildi. Fulbright nafaqat akademik rivojlanish, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va professional aloqalarni mustahkamlash imkoniyatidir. Ushbu imkoniyat uchun AQSH Elchixonasi, Fulbright dasturi va meni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. @fulbright_kundaligi

Williams College’da asosiy dastur boshlanishidan oldin University of Central Florida’da Fulbright tomonidan tashkil etilgan p
Williams College’da asosiy dastur boshlanishidan oldin University of Central Florida’da Fulbright tomonidan tashkil etilgan pre-academic dasturiga taklif etildim. Bir oylik dastur davomida AQShdagi akademik muhitga moslashish, asosiy dasturga tayyorgarlik ko‘rish va zarur ko‘nikmalarni mustahkamlash rejalashtirilgan. Bu Williams College’dagi o‘qishim oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi. Let's meet in Florida! @fulbright_kundaligi

Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, m
Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, maqsad bitta - millatga xizmat qilish. @fulbright_kundaligi