Startup Ambassadors | Samarkand
Відкрити в Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
329
Підписники
Немає даних24 години
-77 днів
-1630 днів
Архів дописів
Repost from Startup Lens
Bu darslikni yozishimning sababi bitta:
Men har kuni bir xil xatolar sabab
yaxshi startaplar qanday yiqilayotganini ko‘raman.
Va eng achinarlisi
ular buni kech tushunadi.
Bu kimdirga hozir kerak bo‘lishi mumkin.
🚀 @StartupLens — startaplar investor ko‘zi bilan
Repost from Startup Lens
⚡️1000 ta startap pitch ko'rdim…
va 90% bir xil xatoni qiladi.
Startaplar bilan 7 yildan beri ishlayman.
Oxirgi 1 yil venchur fondda loyiha menejeri sifatida.
Shu vaqt ichida 1000 dan ortiq startap pitchini tingladim.
Ularning g'oyalari, xatolari va eng to'g'ri yondashuvlarini bir joyda jamladim.
Eng qizig'i ko'pchilik bir xil xatoni qiladi.
Va aynan shu sabab yaxshi g'oyalar ham o'tmaydi.Shuning uchun bularni hammasini jamladim va 12 ta bo'limdan iborat maxsus darslik tayyorladim. 🔥Bu 12 saboq sizni investor oldidagi "yo'q" so'zidan qutqaradi. 💡Maqsadim bitta startap qilayotgan yoshlar endi o'sha xatolarni takrorlamasin. 📖 Darslar bepul. ➡️ Har kuni bittadan yangi bo'lim. 📍 Faqat shu yerda: @StartupLens Kelajakdagi asoschilarga yo'l ko'rsatamiz. Bugun o'qing ertaga investor sizni tinglaydi. 📣Birinchi dars ertaga! Bu postni do'stlaringizga yuboring🔝 @StartupLens
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿🇺🇳BMT minbarida O‘zbekiston yoshlari!
Ayni vaqtda AQShning Nyu-York shahrida BMTning “ECOSOC” Yoshlar forumi doirasida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev mintaqamiz uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan suv va sanitariya masalalariga bag‘ishlangan maxsus sessiyada mamlakatimiz pozitsiyasi hamda yoshlarimizning barqaror yechimlari haqida ma’ruza qilmoqda.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli islohotlar, “Yangi avlod tadbirkorlari” kabi yirik loyihalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar jahon hamjamiyati e’tiboriga havola qilinadi.
📹 Xalqaro forumdagi jarayonlarni jonli efirda kuzatib boring!
#ECOSOC #BMT #NyuYork
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+9
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda
✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.
Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda:
1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi “Runway” dasturini yurtimizda “UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi.
2. NYU tadbirkorlik instituti vakili Kit Mauppa va Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi.
4. “Endeavor” tarmog‘i direktori Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
5. BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi.
#NyuYork #ECOSOC
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Alpha leader syndrome
Sizning fikringizcha eng yaxshi boshqaruvchilar qanday bo'lishi kerak: qattiq qo'l va tartibli yoki ilhomlantiradigan vizyoner?
Kate Ludemanning “Alpha leader syndrome” kitobiga ko‘ra, 4 xil lider bor:
• Commander
• Visionary
• Strategist
• Executor
Va har birining o‘z kuchi va limiti bor.
1. COMMANDER (Boshqaruvchi)
Kuchli tomonlari:
• Tez qaror qabul qiladi
• Natijaga qaratilgan
• Intizom va tartib yaratadi
Zaif tomonlari:
• Avtoritar bo‘lishi mumkin
• Jamoa fikrini kam eshitadi
• Motivatsiya emas, bosim orqali ishlaydi
2. VISIONARY (Vizyoner)
Kuchli tomonlari:
• Katta rasmni (big picture) ko‘radi
• Odamlarni ilhomlantiradi
• Innovatsiya olib keladi
Zaif tomonlari:
• Detallarga e’tibor past
• Rejani oxirigacha olib bormasligi mumkin
• “Orzular” ko‘p, execution kam
3. STRATEGIST (Strateg)
Kuchli tomonlari:
• Kuchli analiz qiladi
• Risklarni oldindan ko‘radi
• Tizim quradi
Zaif tomonlari:
• Ko‘p o‘ylab, sekin harakat qiladi
• Overthinking muammosi
• Ba’zida juda murakkablashtiradi
4. EXECUTOR (Ijrochi)
Kuchli tomonlari:
• Ishni oxirigacha yetkazadi
• Intizomli va ishonchli
• Jarayonlarni nazorat qiladi
Zaif tomonlari:
• Micromanagement qiladi
• Moslashuvchanligi past
• Katta rasmni (big picture) unutishi mumkin
Real hayotdan misollar:
• Alex Ferguson — Commander + Strategist
• Pep Guardiola — Strategist + Visionary
• Steve Jobs — Visionary (lekin qattiq Commander ham)
• Jeff Bezos — Strategist + Executor
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki aniq bir liderlik turini eng to'g'ri deb aytish qiyin. Birinchi o'rinda o'zingizning tabiatingizdan kelib chiqib keyin boshqa turlardan adaptatsiya qilish foydali bo'sa kerak.
Misol uchun siz vizyonersiz va vazifa va loyihalarni ohiriga yetkazmaysiz, shunda Executor ga tegishli skillarni o'rganish kerak bo'ladi.
https://t.me/samarkandstartup
+2
🗺Bizda keyingi manzil - Payariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi! Bugun biz Payariqdagi ixtisoslashgan maktabda startaplar haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etdik!🚀
💡Taqdimot davomida startaplarning turli misollarini keltirib, o‘z tajribamiz bilan ham o‘rtoqlashdik. Shuningdek, klubimiz faoliyati haqida ma’lumot berib, kurslarimizni tanishtirdik. Ushbu kurslarda biz startapning barcha bosqichlarini — muammoni aniqlashdan tortib, investitsiya jalb qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rgatamiz🎁Taqdimot davomida faol ishtirok etgan va savollarga to‘g‘ri javob bergan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi. O'quvchilar bilan muloqot qilish, ularning qiziqishini ko‘rish va ularga foydali bilimlarni yetkazish juda yoqimli bo‘ldi. Biz kelajakdagi tadbirkorlar va startap yetakchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz! telegram💬 instagram🌐
Repost from UzCombinator
💬 Google, Amazon, Microsoft kabi trillion dollar kompaniyalardan startap uchun $350.000 dollar grand olish haqida Youtubeda video yuklagandik.
Videoda Elzodxon Sharofaddinov $350.000 grand olishda qanday qadamlardan o’tish kerakligini aytib o’tgan.
(Bu haqida oldin e’lon qilgandik.Yangi obunachilarimiz ham bilishini xohladik😉)
Video linki👇👇
https://youtu.be/HZjSqJ03IOU?si=PGeGkSzhPwJFn6_z
@uzcombinator
Repost from Startup Ambassadors
Mashhur startaplar o'zlarining birinchi 1000 foydalanuvchilarini qanday yig'gan?
Lenny Rachitsky tahliliga ko‘ra, eng muvaffaqiyatli startaplar boshida reklama bilan emas, balki oddiy va “qo‘lda” usullar bilan o‘sishni boshlagan. DoorDash, Etsy va Uber foydalanuvchilar bilan yuzma-yuz uchrashgan bo‘lsa, Buffer, Dropbox va Netflix internet orqali o‘z auditoriyasini topgan.
Shu bilan birga, LinkedIn va Slack taklifnoma (invite) orqali o‘sgan, Robinhood va Spotify esa waitlist orqali talabni sun’iy oshirgan — bu esa bir narsani ko‘rsatadi: boshida eng muhim narsa marketing emas, balki to‘g‘ri tarqatish (distribution) strategiyasi.
🔹 Telegram 🔹 Linkedin 🔹 Instagram 🔹 YouTube
🏹 9-aprel — Amir Temur tavallud kuni (690 yil)
Bugun — buyuk sarkarda, davlat arbobi va strateg fikr egasi Amir Temur tavallud topgan kun.
1336-yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz)da tug‘ilgan Amir Temur nafaqat jang maydonida, balki boshqaruv, strategiya va tizim qurishda ham o‘z davridan ancha oldinda edi.
📌 U nimani o‘rgatadi?
- Katta maqsad — kuchli tizim talab qiladi
- Tartib va intizom — muvaffaqiyat asosi
- Liderlik — bu faqat buyruq berish emas, mas’uliyat olish
Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirgani — bu shunchaki tarix emas, bu vision.
Bugungi startup ekotizimi uchun ham bu juda muhim:
👉 kuchli g‘oya + to‘g‘ri boshqaruv = katta natija
Amir Temur merosi — bu faqat o‘tmish emas, balki bugungi liderlar uchun real darslik.
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from URGUT START-UP COMMUNITY
+3
📍Urgut startup ambassadorsning navbatdagi manzili— Urgut tumani, 107-maktab!
⚡️Startup targ‘ibot ishlari bu safar Urgut tumanidagi 107-maktabda davom etdi. 🎓 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga startup loyihalari, innovatsion fikrlash va zamonaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.✅ Tadbirda⚡️ 30 dan ortiq o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z g‘oyalari va qiziqishlari bilan ajralib turishdi. Ular jamoa🤝 bilan ishlash, yangi loyihalar ustida fikr yuritish va kelajakdagi imkoniyatlarni o‘rganishdi.🚀Oldinda esa yanada qiziqarli uchrashuvlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda! 😎Telegram 😎Instagram
+8
🔗Startaplar olamida hali ham ko'pchilik ishonadigan 8 ta yolg‘on!
Bu va shunga o'xshash yana qanday yolg'onlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from Yoshlar Ventures
+9
📍10 yoshli "Solo-founder"- Startup Arena #Nukusda!
Kecha Nukus shahridagi Yoshlar Texnoparki bilan hamkorlikda navbatdagi Startup Arena bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘istonlik 15 nafar yosh startapchilar o‘z loyihalarini pitching qilishdi va ularning bir nechtasi investorlarimiz e’tiborini tortdi.
Eng hayratlanarlisi atigi 10 yoshli ishtirokchining sun’iy intellekt yordamida mustaqil ravishda o‘yin yaratgani bo‘ldi. Tadbir yakunida barcha startapchilarga keyingi qadamlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar va yo‘nalishlar berdik.⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
+2
📢 Startup targ‘iboti Urgut tumani 157-maktabida davom etmoqda!
Yoshlar orasida innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida targ‘ibot ishlari navbatdagi manzil — Urgut tumanidagi 157-maktabda tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga startup loyihalarining ahamiyati, ularning imkoniyatlari va mavjud klublar faoliyati haqida tushunchalar berildi. Bu esa yoshlarda yangi g‘oyalar ustida ishlash va jamoaviy faoliyatga qiziqishni kuchaytirdi. 🚀 Oldinda yana ko‘plab uchrashuvlar kutmoqda! Startup Ambassadors | Samarkand
The Mom Test
🚫 Startupchilarning eng katta xatosi:
Odamlardan so‘raydi:
“G‘oyam zo‘rmi, yaxshimi?”
Va hamma: *"Ha, zo'r."*
Lekin... hech kim sotib olmaydi.
📖 **The Mom Test’dan 3 ta qoida:**
1️⃣ Fikr emas — real tajriba so‘ra
❌ “Idea yoqdimi?”
✅ “Oxirgi marta shu muammoni qachon boshdan kechirding?”
2️⃣ Kelajak emas — o‘tmish haqida gaplash
3️⃣ Gap emas — harakatni tekshir
⚡️Bugungi vazifa:
- Muammo bormi?
- Hozir qanday hal qilayapti?
- Pul sarflaganmi?
💬 Savol:
Siz oxirgi marta real foydalanuvchi bilan qachon gaplashgansiz?
(📎 Kitobning PDF varianti kommentda)
Startup Ambassadors | Samarkand
