"2+6" dasturi
Відкрити в Telegram
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi - 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya - Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz 📩 Murojaat: @yonda_support_bot
Показати більше2 545
Підписники
+324 години
-147 днів
-6130 день
Архів дописів
2 544
+8
🔥 Qoraqalpogʻistonda 2+6 dasturi qatnashchilari safi yanada koʻpaymoqda!
Dasturga arizasi qabul qilingan yoshlarga ishtirokni tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.
📄 Siz ham imkoniyatdan chetda qolmang — 2+6 dasturiga Yonda ilovasi orqali ariza topshiring!
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
2+6 dasturi — markazlar uchun yangi darajaga koʻtarilish imkoni📈
Til oʻrganuvchi yoshlarga kurslar uchun davlat subsidiyasini taqdim etuvchi bu loyiha markazingizga qanday imtiyozlarni beradi?
Bu haqida batafsil videoda bilib oling!👆🏻
Dasturga arizalar 2plus6.uz rasmiy sayti orqali qabul qilinmoqda📑
Yangi tashabbusdan siz ham chetda qolmang!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
Til o'rganing, xarajatlarni biz qoplaymiz!
🔥 Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.
Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.
✔️ Asosiy shartlari:
- Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy, xalqaro yoki @ibrat.farzandlari sertifikatiga ega bo‘lishi lozim;
- Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
2+6 dasturi bilan til bilish darajangizni oshirib, yangi imkoniyatlarga ega boʻling!⚡️
Dastur orqali til oʻrganish sizga qanday imtiyozlarni beradi? Bu haqida batafsil videoda bilib oling👆🏻
Yoshlarga til kurslarida oʻqish uchun davlat subsidiyasini taqdim etuvchi 2+6 dasturiga arizalar qabuli boshlandi.
Yonda ilovasi orqali siz ham ariza topshirishga shoshiling🔥
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
Video qo’llanmani diqqat bilan ko’ring!
“2+6” dasturiga ariza topshirish judayam oddiy. Buning uchun yonda ilovasini yuklab olib, ro’yxatdan o’tasiz.
Qolgan shartlarini reelsda aytilganidek bajarishning o’zi kifoya.
Kelajak sari eng katta qadamni bugundan tashlang.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
Til oʻrganish uchun davlat subsidiyasidan kimlar foydalanishi mumkin?🤔
2+6 dasturi — bu 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan til oʻrganuvchilar uchun davlat subsidiyasini ajratishga moʻljallangan loyiha.
Dasturga qoʻshilish shartlari va ariza topshirish tartibi haqida videoda bilib oling⬆️
Videoni til oʻrganayotgan doʻstlaringizga joʻnating va dastur orqali birgalikda bilim oling!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
Birgina qadam bilan siz kelajagingiz uchun yangi eshiklarni ochasiz!
Chet tillarini o’rganishni maqsad qilgan yoshlarimiz kutgan yangilik. “2+6” davlat dasturi orqali belgilangan tartibda subsidiya asosida maqsadlaringizni amalga oshiring.
Sharti judayam oddiy. Hoziroq “Yonda” ilovasi orqali ro’yxatdan o’ting. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 544
+6
⚡️ Fargʻona yoshlari 2+6 dasturi orqali til oʻrganishni boshladi
Fargʻonada Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirokida yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyatiga bagʻishlangan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Muloqotda dolzarb mavzular bilan bir qatorda chet tilini oʻrganayotgan yoshlarga kurs toʻlovlari uchun davlat subsidiyasini taqdim etuvchi 2+6 dasturiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, dastur doirasida til oʻrganishni boshlagan fargʻonalik yoshlar loyiha ular uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etayotganini ta’kidlab, oʻz natijalari va fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.
❗️ Eslatib oʻtamiz, dasturda qatnashish uchun arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
2 544
+7
2+6 dasturiga tasdiqlangan sertifikatlar bilan tanishing!📄
Til oʻrganish uchun subsidiyaga ariza berayotganingizda sizdan darajangizni koʻrsatuvchi sertifikat soʻraladi.
Bu vaqtda siz arizangiz bilan birga aynan yuqorida koʻrsatilgan sertifikatlardan birini taqdim etishingiz zarur👆🏻
📎 Eslatib oʻtamiz: “Ibrat farzandlari” loyihasi 2+6 dasturi uchun alohida sertifikatni yoʻlga qoʻygan.
Dasturga arizalarni esa Yonda ilovasi orqali topshirishingiz mumkin.
2 544
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Xorijiy tillarni o‘rganish endi yanada qulay: “2+6” dasturi imkoniyatlari!
Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari uchun davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “2+6” dasturining qisqa muddatdagi natijalari bilan bo‘lishamiz.
Ma’lumki, dastur orqali o‘quvchilar dastlabki 2 oylik to‘lovni o‘z hisobidan amalga oshiradi, keyingi 6 oylik o‘qish xarajatlari esa davlat tomonidan subsidiya asosida qoplab beriladi.
✔️Qisqa vaqt (2 hafta) ichida 769 nafar yosh va 326 ta o‘quv markazi tomonidan arizalar kelib tushdi. Shulardan 134 ta o‘quv markazi bilan hamkorlik tasdiqlandi.
Hududlar kesimida natijalar: Dastur doirasida o‘qish istagini bildirgan yoshlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar: 1. Toshkent shahri — 157 nafar; 2. Surxondaryo viloyati — 127 nafar; 3. Farg‘ona viloyati — 109 nafar. Faol o‘quv markazlari bo‘yicha yetakchi hududlar: 1. Samarqand viloyati — 54 ta; 2. Toshkent shahri — 39 ta; 3. Xorazm viloyati — 34 ta.Esalatib o‘tamiz, dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi. O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot #2plus6 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
2 544
FRANSUZ, KOREYS, XITOY VA YAPON TILIDAN DTMDAN SERTIFIKAT OLGAN YOSHLAR YO'QMI ORAMIZDA?
INGLIZ TILI BO"YICHA BARCHA JUDA AKTIV BO"LDI RAHMAT 👏
2 544
Ingliz tili bo'yicha sertifikatlar yetarli bo'ldi.
NEMIS, FRANSUZ, KOREYS, XITOY VA YAPON TILI BO'YICHA HAM DTMDAN OLINGAN SERTIFIKATLAR BORMI?
2 544
Hurmatli yoshlar kimda ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha Milliy (CEFR) sertifikati mavjud bo‘lsa https://t.me/Jabborov_0808 ga yuborsin.
Faqat 6 ta yoshning sertifikati qabul qilinadi. Darajasi Kamida B1 bo'lishi lozim.
2 544
Repost from "2+6" dasturi
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar:
Savol:
Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak?
Javob:
Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi.
Savol:
Dastur doirasida qaysi tillar uchun subsidiya ajratiladi?
Javob:
Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari.
Savol:
Ariza topshirish uchun sertifikat olinganiga qancha muddat o‘tgan bo‘lishi kerak?
Javob:
Dasturda ishtirok etish uchun arizaga ilova qilinadigan sertifikatlar olinganiga bir kalendar yil o‘tmagan bo‘lishi lozim.
Savol:
Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin?
Javob:
14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.
Savol:
Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi?
Javob:
Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin.
Savol:
B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi?
Javob:
Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin.
Savol:
To'lovlar qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Barchasi raqamlashgan tartibda “yonda.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Savol:
Menda 2 ta xorijiy til sertifikatim bor. Dastur orqali 2 ta xorijiy til bo‘yicha subsidiya olishim mumkinmi?
Javob:
Yo‘q. Bitta yosh faqat bir turdagi xorijiy tilni o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin.
❌Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi?
Javob:
Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun;
arizaga ilova qilingan sertifikat olingan sanadan boshlab bir kalendar yil o‘tib ketgan yoshlarga;
muqaddam mazkur dasturda ishtirok etgan yoshlarga subsidiya ajratilmaydi.
2 544
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Siz kutgan xushxabar, 2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari kutgan kun keldi. Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan tartibda subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.
Dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
