uk
Feedback
"2+6" dasturi

"2+6" dasturi

Відкрити в Telegram

2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi - 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya - Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz 📩 Murojaat: @yonda_support_bot

Показати більше
2 495
Підписники
-1024 години
-347 днів
-9430 день
Архів дописів
⚡️2+6 dasturining imkoniyatlaridan foydalanayotgan yoshlar soni ortib bormoqda Chet tilini oʻrganib, yanada kattaroq natijalarga erishishni maqsad qilgan yoshlar endilikda til kurslarida 6 oy bepul oʻqish uchun 2+6 dasturida davlat subsidiyasini olishlari mumkin.
Dasturga qoʻshilgan oʻquv markazlariga esa faoliyatini kengaytirish va xodimlar malakasini oshirishda imtiyozlar taqdim etiladi. Shuningdek, olis va chekka hududlardagi markazlar orasida eng yuqori ball olgan 100 tagacha o‘quv markaziga 6 oy davomida ijara to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha Yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilangan.
✅ 2+6 dasturiga qoʻshilish uchun oʻquv markazlari 2plus6.uz rasmiy saytida ariza qoldirishlari mumkin. Til oʻrganuvchi yoshlarning arizalari esa Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

📄 2+6 dasturi uchun motivatsion xat qanday yoziladi? ⬆️ Agar motivatsion xat yozish qoidalarini bilmasangiz, bu postdagi tav
+2
📄 2+6 dasturi uchun motivatsion xat qanday yoziladi? ⬆️ Agar motivatsion xat yozish qoidalarini bilmasangiz, bu postdagi tavsiyalar sizga yordam beradi. Maqsadlaringiz, aniq rejalaringiz va bilimingiz bilan jamiyatga qanday foyda keltirmoqchi ekaningizni shaxsiy fikrlaringizga tayanib yozishni unutmang! ❗️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda. 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

🎓 Xalqaro universitetga 100% grant! Bu shunchaki omad emas, mehnat, bilim va albatta til bilish natijasi. 🌎 Siz ham Elbek kabi jahonning nufuzli universitetlarida ta’lim olishni istasangiz, 2+6 dasturi yordamida til bilimlaringizni oshiring! Dasturga arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda. 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

2+6 dasturida qatnashish uchun nima qilish kerak? 👆🏻 Dasturga qoʻshilish tartibini bosqichma-bosqich koʻrsatib oʻtdik. Videoni koʻrib, batafsil bilib oling. Loyiha doirasida yiliga 20 mingga yaqin yoshlarga til kurslari uchun subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. ✅ Siz ham imkoniyatdan chetda qolmang. Yonda ilovasi orqali ariza topshiring! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

📌 2+6 dasturi qatnashchilari oʻz maqsadlari sari qadam tashlamoqda! Shunday ishtirokchilardan biri — Reyimberganova Mexrixon
+2
📌 2+6 dasturi qatnashchilari oʻz maqsadlari sari qadam tashlamoqda! Shunday ishtirokchilardan biri — Reyimberganova Mexrixon Yunus qizi yozgan motivatsion xatni sizga ham ulashishga qaror qildik. 🤩 Nomzodlarimizdagi qiziqish va qat’iyatni koʻrish bizni ham quvontiradi! Dasturda qatnashishni istasangiz, 2+6 dasturiga Yonda ilovasi orqali ariza qoldiring. 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

📣 Hududlardagi oʻquv markazlari uchun ajoyib yangilik! Markazingizda til kurslari bor, oʻqituvchilar tajribali, oʻquv dasturlari tayyor — ammo oʻquvchilar oqimi haligacha kammi? ✅ 2+6 dasturiga qoʻshiling va markazingizni davlat koʻmagida rivojlantirish imkoniga ega boʻling.
2+6 dasturi — oʻquvchilar uchun moddiy tayanch, markazingiz uchun doimiy rivoj garovi.
🌐 Dastur haqida batafsil bilish va ariza qoldirish uchun 2plus6.uz saytiga oʻting. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

🇰🇷 Koreyani qaytadan kashf etishga tayyormisiz? 🤩 Birgina koreys tilini mukammal bilish orqali xorijda oʻqish yoki yirik texno-kompaniyalarda karyera qilish imkoniga ega boʻlishingiz mumkin. ⚡️Koreys tiliga qiziqishni aniq maqsadga aylantirish vaqti keldi! 2+6 dasturiga qoʻshilib, koreys tilini mukammal oʻrganing. 🌐 Dastur haqida batafsil: 2plus6.uz 📲 Dasturga qoʻshilish uchun Yonda ilovasini yuklab oling. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

Har bir raqam ortida bilim olish va rivojlanish uchun ishtiyoq va ishonch bor O‘zbekistonda “2+6” dasturi faol rivojlanishda
+2
Har bir raqam ortida bilim olish va rivojlanish uchun ishtiyoq va ishonch bor O‘zbekistonda “2+6” dasturi faol rivojlanishda davom etmoqda. Loyihaga allaqachon barcha hududlar boʻylab jami 2 895 ta ariza qabul qilindi. Dasturga 408 ta ta’lim markazi jalb qilinib, ulardan 260 tasi dasturga qo‘shildi va 1 446 nafar o‘quvchi loyihada ishtirok etmoqda. Bu ekotizim barqaror kengayib borayotganini koʻrsatadi. Siz ham dasturga qo‘shilmoqchimisiz? Yonda ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘ting yoki 2plus6.uz saytiga kiring. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

Diplomatiya, moda yoki xalqaro ta’lim sohasida karyera qilmoqchimisiz? ✅ Bu sohalarda oʻz yoʻlingizni topishingizda fransuz tili yordam beradi. Tilni qanchalik yaxshi bilsangiz, imkoniyatlaringiz shunchalik ortadi. 📄 2+6 dasturi yordamida fransuz tili boʻyicha bilimlaringizni kuchaytiring va xalqaro darajada rivojlanish eshiklarini oching! 🌐 Dastur haqida batafsil: 2plus6.uz 📲 Dasturga qoʻshilish uchun Yonda ilovasini yuklab oling. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

Platformalarda texnik ishlar olib borilmoqda Hurmatli foydalanuvchilar, xizmat sifatini yaxshilash uchun hozirda texnik yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🔥 Endi til kurslarida 3-oydan boshlab BEPULGA oʻqishingiz mumkin! 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan til oʻrganuvchilar uchun 2+6 — davlat subsidiya dasturi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida batafsil videoda bilib oling. ⚠️ 2+6 dasturiga arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda. Dasturga qoʻshilish uchun ilovani hoziroq yuklab oling! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

🤔 Germaniyaga grant yutish uchun nima qilish kerak? Eng avval nemis tilini puxta oʻrganish shart! Agar nemis tilini a’lo darajada bilsangiz, oʻqish va ish uchun katta imkoniyatlarga ega boʻlasiz. 🤩 2+6 dasturi bilan esa nemis tili kurslarida 6 oy BEPUL oʻqishingiz mumkin. Dasturga qoʻshilish uchun sizda kamida B1 daraja sertifikati, ishtiyoq va intilish boʻlsa bas. Dasturga arizalarni Yonda ilovasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

Repost from Ibrat Farzandlari
🤩“O’quv markazlar” marafoni davom etadi Bugungi speakerimiz Asal Bo’riyeva “2+6” loyihasi menejeri 🎁Mavzu: “2+6” dasturidan
🤩“O’quv markazlar” marafoni davom etadi Bugungi speakerimiz Asal Bo’riyeva “2+6” loyihasi menejeri 🎁Mavzu: “2+6” dasturidan kutilayotgan natijalar va kelgusi rejalar Suhbat davomida ushbu loyihaga qanday qo’shilish va afzallik tomonlari haqida batafsil bilib olasiz ✅Jonli suhbat bugun 18-mart 16:00 da Ibrat academy ilovasida bo’lib o’tadi. ⁉️Hoziroq ro’yxatdan o’ting Telegram | Instagram Facebook | YouTube

⚡️2+6 dasturi — til oʻrganuvchilar uchun yangi imkoniyat! Dastur sizga ingliz, xitoy, koreys, yapon, nemis va fransuz tillarini davlat subsidiyasi asosida oʻrganish imkonini beradi. 🔴 Dastlabki 2 oy kursga siz toʻlov qilasiz; 🔴 Keyingi 6 oylik toʻlov subsidiya orqali qoplanadi. Imkonni boy bermang — hoziroq dasturga Yonda ilovasi orqali ariza topshiring! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

📄 Qashqadaryolik til oʻrganuvchi yoshlarga 2+6 dasturi doirasida sertifikatlar topshirildi Kitob tumanida “2+6” dasturiga ar
+5
📄 Qashqadaryolik til oʻrganuvchi yoshlarga 2+6 dasturi doirasida sertifikatlar topshirildi Kitob tumanida “2+6” dasturiga arizasi qabul qilingan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ushbu dastur yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra til kurslari uchun to‘lovning dastlabki 2 oyi yoshlar tomonidan to‘lanadi, qolgan 6 oylik to‘lov esa Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Dasturga arizalarni Yonda ilovasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

Repost from Ibrat Farzandlari
⭐️“O’quv markazlar” marafoni birinchi speakeri bilan tanishing Kutlimuratova Gulxadisha - “Yonda”ilovasi mas’ul hodimi 👍Bugu
⭐️“O’quv markazlar” marafoni birinchi speakeri bilan tanishing Kutlimuratova Gulxadisha - “Yonda”ilovasi mas’ul hodimi 👍Bugun suhbat davomida O’quv markazlar qanday qilib “2+6” dasturiga qo’shilishlari mumkinligi va imkoniyatlar haqida gaplashamiz 😎Jonli suhbat bugun 17-mart 16:00 da Ibrat academy ilovasida bo’lib o’tadi. 🚀Hoziroq ro‘yxatdan o‘tib qo‘ying! 🔵 Telegram | 🟥 Instagram 🟦 Facebook | 🔴 YouTube

🤩Ibrat academy “Speaking club” loyihasi navbatdagi sonida “O’quv markazlar” marafoni tashkil qilinmoqda. ❓“2+6” dasturiga ki
🤩Ibrat academy “Speaking club” loyihasi navbatdagi sonida “O’quv markazlar” marafoni tashkil qilinmoqda. ❓“2+6” dasturiga kimlar qabul qilinadi? “Ko’mak” loyihasining qanday imtiyozlari bor? O’quv markazni tizimlashtirishda nimalarga e’tiborli bo’lish juda zarur? ✅Ushbu savollarning barchasiga marafon davomida javob olasiz
💡Spikerlar: Mirzobek Quldoshev — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi direktori • Dilbar Haydarova — “Ko‘mak” loyihasi koordinatori • Axrorxo‘ja Raxmatxo‘jayev — “Tizim Markaz” asoschisi • Gulxadisha Kutlimuratova — “Yonda” ilovasi mas’ul hodimi • Mardonbek Eshkulov — Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i • Asal Buriyeva — “2+6” loyihasi menejeri
🎯Suhbat “Ibrat academy” ilovasida bo’lib o’tadi va birinchi suhbatimiz ertadan boshlanadi… Eng muhim imkoniyatlarni o’tkazib yubormaslik uchun albatta marafonda qatnashing 🔵 Telegram 🟥 Instagram

🎓 Ibrat Academy’ning 2+6 sertifikati orqali oflayn kurslarda 6 oy bepul oʻqishingiz mumkin! ✅ Ibrat Academy’da joriy qilingan 2+6 sertifikati til oʻrganuvchilar uchun 2+6 davlat subsidiya dasturiga tasdiqlandi. Bilimingizni oflayn oʻquv markazlarida mustahkamlash va til bilish darajangizni oshirish uchun bu imkonni boy bermang! 📄 2+6 dasturiga Yonda ilovasi orqali ariza topshiring. 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

🔥 Til kurslarida 6 oy bepul oʻqish imkonini boy bermang! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan 2+6 loyihasiga arizalar qabul qilinmoqda. 📝 Siz ham Yonda ilovasi orqali onlayn ariza topshiring va til kursiga atigi 2 oy toʻlov qilib, keyingi 6 oy bepul ta’lim olish imkoniga ega boʻling. ⚡️ Til bilimlaringizni oshiring, oldinda sizni yangi natijalar kutmoqda! 🌐 Batafsil: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube

📄 Surxondaryo viloyatida “2+6” dasturi ishtirokchilariga sertifikat va sovg‘alar topshirildi Arizasi tasdiqdan oʻtgan surxon
+5
📄 Surxondaryo viloyatida “2+6” dasturi ishtirokchilariga sertifikat va sovg‘alar topshirildi Arizasi tasdiqdan oʻtgan surxondaryolik bir guruh yoshlar ishtirokni tasdiqlovchi sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Endilikda ular oʻquv markazlarida 6 oy davomida davlat subsidiyasi asosida oʻqishlari mumkin! ✅ Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga dasturga ariza topshirish tartiblari va imkoniyatlar batafsil tushuntirildi. ❗️ Eslatib oʻtamiz, dasturga arizalar Yonda ilovasi orqali onlayn qabul qilinmoqda. 🌐 Batafsil ma’lumot: 2plus6.uz 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube