uk
Feedback
2-sonli TTJ | SamDAQU

2-sonli TTJ | SamDAQU

Відкрити в Telegram

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2-sonli talabalar turar joyi rasmiy kanali. Murojaat uchun: t.me/bobur_kurbanoff

Показати більше
189
Підписники
-124 години
-47 днів
-1130 день
Архів дописів
Талаба қизларга насихат: Азиз талаба қизлар! Илм олиш имкониятини қадрланг,Хар дакикадан вақтидан унумли фойдаланинг. Ишлашга
Талаба қизларга насихат: Азиз талаба қизлар! Илм олиш имкониятини қадрланг,Хар дакикадан вақтидан унумли фойдаланинг. Ишлашга хам улгурасизлар,Тил урганинг, усиб ривожланинг. Доим сариштали,тартибли булинг. Одоб-ахлоқ, хушмуомалалик ва масъулият ҳар доим сизни безаб туради. Ётоқхона ва ўқиш жойларида тозаликка риоя қилинг, атрофдагиларга ҳурмат билан муносабатда бўлинг. Ота-она ва устозларингизнинг ишончини оқлашга ҳаракат қилинг. Билимли, тарбияли ва мақсад сари интилувчан қизлар келажакнинг таянчидир. Барчангизга ўқишда муваффақият, соғлиқ ва омад тилаймиз! 🌷📚✨

2#ТТЖ Ҳурматли футболсевар талабалар! Эртага 18куни соат 06:30 да Янги бинода катта экранда Узбекистон терма жамоамиз футбол
2#ТТЖ Ҳурматли футболсевар талабалар! Эртага 18куни соат 06:30 да Янги бинода катта экранда Узбекистон терма жамоамиз футбол ўйини бўлиб ўтади. Барча талабаларни белгиланган вақтда Янги бинога етиб келишларингизни сўраймиз. ⚽ Кайфиятни кўтариб, Узбекистон терма жамоамизга мухлислик килайлик! Барча футболга таклиф этилади! SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

2#ТТЖ Хурматли талабалар! Хонанинг озодалиги ва тартиблилиги сизнинг қандай тарбия олганингизни кўрсатиб туради. Шунинг учун
2#ТТЖ Хурматли талабалар! Хонанинг озодалиги ва тартиблилиги сизнинг қандай тарбия олганингизни кўрсатиб туради. Шунинг учун хонангизни доимо тоза ва саришта сақланг, шахсий буюмларингизни тартиб билан жойлаштиринг. Талаба қизлар, оёқ кийимларингизни тартибли ва чиройли қилиб тахланг. Хоналарингизни доимо озода ва тоза сақланг. Тозалик ва тартиб — ҳар бир талабанинг маданияти ва масъулиятининг кўрсаткичидир. 🌸✨ Ётоқхонадаги барча жиҳоз ва анжомларни ўз уйингиздаги каби авайлаб асранг. Бор нарсани қадрланг, тозалик ва тартибга риоя қилинг. Хонанинг озодалиги ва жиҳозларнинг сақланиши сизнинг маданиятингиз ва масъулиятингизни намоён этади. SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

2# ТТЖ Хурматли талабалар! Сизларга якунлий имтиҳонларда улкан муваффақиятлар тилаймиз. Барча синовларни юқори натижалар била
2# ТТЖ Хурматли талабалар! Сизларга якунлий имтиҳонларда улкан муваффақиятлар тилаймиз. Барча синовларни юқори натижалар билан топшириб, меҳнатингиз самарасини кўриш насиб этсин. Билимингиз, интилишингиз ва меҳнатсеварлигингиз сизга омад келтирсин. Имтиҳонларга пухта тайёргарлик кўриб, ўзингизга бўлган ишончни йўқотманг. Барчангизга юқори баҳолар, омад ва зафарлар тилаймиз! Якунлий имтиҳонларингиз муваффақиятли ўтсин! 🌷📚✨ SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

photo content
+1

photo content
+1

photo content
+5

photo content
+3

photo content

photo content

photo content
+2

Tadbir jarayonidan fotolavhalar🌹
+9
Tadbir jarayonidan fotolavhalar🌹

2#TTJ Samarqand davlat texnika universiteti 2-son talabalar turar joyida joriy yilning 10-iyun kuni TTJ kuni munosabati bilan
+3
2#TTJ Samarqand davlat texnika universiteti 2-son talabalar turar joyida joriy yilning 10-iyun kuni TTJ kuni munosabati bilan talabalarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida D.Normatova, Sh.Yuzbaeva, Talabalar dekanati tutorlari so'zga chiqdilar. Tadbir davomida yotoqxonada namunali xulqi, faolligi, tozalikka rioya qilishi hamda jamoat ishlaridagi ishtiroki bilan ajralib turgan talabalar taqdirlandi. Faol talabalarga tashakkurnomalar topshirilib, ularning kelgusidagi o‘qish va faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va samimiy muhitda o‘tdi. SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

2#TTJ Samarqand davlat texnika universiteti 2-son talabalar turar joyida 10-iyun 15:30 da TTJ kuni munosabati bilan talabalar
2#TTJ Samarqand davlat texnika universiteti 2-son talabalar turar joyida 10-iyun 15:30 da TTJ kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida faollik, intizom va ijodkorlikni rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash tadbiri o‘tkaziladi. Tadbir davomida yotoqxona hayotida namunali xulqi, jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda o‘qishdagi yutuqlari bilan ajralib turgan talabalar munosib taqdirlanadilar. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni yanada faollikka undash, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda TTJ hayotini yanada mazmunli va tartibli qilishdan iborat. Barcha talabalar ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etiladi. SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

#2-ТТЖ Ҳурматли талабалар! Ётоқхонада тозалик ва тартиб-қоидаларга қатъий риоя қилишингизни сўраймиз. Ҳар бир талаба ўз хонаси ва умумий фойдаланиш жойларини озода сақлаши, чиқиндиларни ўз вақтида ташлаши ҳамда санитария талабларига амал қилиши шарт. Шунингдек, ётоқхонага белгиланган вақтдан кеч қолмасликни сўраймиз. Кеч қолиш ҳолатлари ички тартиб-қоидаларнинг бузилиши ҳисобланади. Барчангизни масъулиятли бўлишга, тозалик ва интизомни сақлашга чақириб қоламиз! 2-ТТЖ Педагог- тарбичиси Дилором Норматова SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu_2ttj

Ассалому алайкум Хурматли устозлар, талабалар! Бугун — қалблар юмшайдиган, дуолар осмонга кўтариладиган муборак Арафа куни… Э
Ассалому алайкум Хурматли устозлар, талабалар! Бугун — қалблар юмшайдиган, дуолар осмонга кўтариладиган муборак Арафа куни… Эртага эса барчамиз интиқиб кутган нурли Ҳайит айёми❤️ Шу муборак дамларда сизларни чин қалбимдан самимий табриклайман. Аллоҳ ҳар бир қилган дуойимиз, ниятимиз ва эзгу амалларимизни қабул айласин🤲🏻 Хонадонингиз файзли, қалбингизда хотиржамлик, ризқингиз баракали, умрингиз нурли бўлсин. Ота-онамиз рози, фарзандларимиз бахтли, яқинларимиз меҳрли бўлиб, хонадонларимиздан факат ва факат кулгу ва шукр овози эшитилиб турсин. Бу Ҳайит ҳар биримиз учун янги умид, янги бахт, янги нурли саҳифа олиб келсин. 💐Ҳайитингиз муборак бўлсин! Муҳаббат ва эзгу тилаклар билан — Дилором Норматова

#2-TTJ Hurmatli ustozlar, aziz talabalar! Bugun biz yurtimizda keng nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni. Bu sana – Vatani
#2-TTJ Hurmatli ustozlar, aziz talabalar! Bugun biz yurtimizda keng nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni. Bu sana – Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, ularning jasorati va mardligini qadrlash kunidir. Xotira – muqaddas qadriyat. Inson o‘z tarixini, ota-bobolari ko‘rsatgan qahramonliklarni unutmas ekan, uning qalbida vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘usi yashaydi. Biz bugun tinch va osuda hayot kechirayotgan bo‘lsak, bu yurt ozodligi uchun kurashgan insonlarning buyuk jasorati samarasidir. Qadrlash esa – tirik insonlarga ehtirom ko‘rsatish, keksalarni hurmat qilish, mehr-oqibat va insoniylikni ulug‘lashdir. Ayniqsa, urush va mehnat faxriylarini e’zozlash, ularning hayot yo‘li va tajribasidan o‘rnak olish har birimizning burchimizdir. Keling, yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va Vatan ravnaqi yo‘lida doimo birlashib yashaylik. Ajdodlarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashasin! SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu

2#TTJ Joriy yilning 7- may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2-talabalar turar joyida talabalar ishtirokida och
+1
2#TTJ Joriy yilning 7- may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2-talabalar turar joyida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 2-TTJ tarbiyachi pedagogi Dilorom Normatova so’zga chiqib – yoshlarni Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Ochiq muloqot davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati haqida suhbat olib borildi. Talabalar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol иштирок etdilar, xotira va qadrlash tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida fikr almashdilar. Tadbir yakunida barcha talabalar tinchlikning qadriga yetish, faxriylarni hurmat qilish hamda ajdodlar xotirasini doimo yodda saqlashga чақирилди. Ochiq muloqot mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. http://T.me/samdaqu_2ttj

#2TTJ “Sport — sog‘lom turmush garovi” Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qur
+8
#2TTJ “Sport — sog‘lom turmush garovi” Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Sport – sog‘liq garovi!” shiori ostida ertalabki jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etildi. 👥 Mazkur tadbir 1-, 2- va 4-sonli talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari Azizbek Tursunov, Dilorom Normatova hamda Ruxsat Shirinqulova hamkorligida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun o‘tkazildi. Talabalar uchun bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy sog‘liqni ham mustahkamlaydi. Talabalar turar joyida sport bilan shug‘ullanishning foydalari: Sog‘liqni mustahkamlaydi – muntazam mashqlar immunitetni oshiradi. Stressni kamaytiradi. Sport juda yaxshi dam olish vositasi. Do‘stlikni kuchaytiradi – futbol, voleybol kabi jamoaviy o‘yinlar talabalarni birlashtiradi. sport bilan shug‘ullanish talabalarning sog‘lom, faol va baxtli hayot kechirishida muhim o‘rin tutadi. SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu_2ttj

#2_TTJ #TALABALAR Joriy yilning 17- aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2-T
+2
#2_TTJ #TALABALAR Joriy yilning 17- aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2-Talabalar turar joyida Yoshlar kuni munosabati bilan mushoira va kitobxonlik klublari targ'iboti bo'lib o'tdi.Tadbirni talabalar dekani Sherzod Bozorov ochib berdi. Talabalar kulublari bo'limi boshlig'i Charos Xushmurodova, 2-TTJ tarbiyachi pedagogi Dilorom Normatova hamda kordinatorlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida Chingiz Aytmativning "Oqkema" asari va Lev Tolstoyning "Iqrornoma" asarlari juddayam qiziqarli baén qilindi.Talabalar zavq bilan tinglashdi. SamDAQU 2-TTJ rasmiy kanali! kanalga ulanish uchun: T.me/samdaqu_2ttj