cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kitobchi

• Kitoblar; • Kino va filmlar; • Sanʼat, musiqa haqida gaplashamiz. «Yozganlarim orasida eng qadrlisi — his qilingani».

Більше
Рекламні дописи
363
Підписники
+1524 години
+207 днів
+2030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#arxiv Bugun xayolimga bir narsa keldi: bir maktub yozib, uydan chiqib ketish. Bir oymi, undan koʻpmi izsiz yoʻqolib ketishni rejalashtirgandim. Ammo qila olmadim. Oʻylar bunga yoʻl bermadi. Toʻgʻri, dunyo men bilan toʻlishib qolmaydi. Mensiz ham oʻsha qadim charxpalak aylanaveradi. Eng koʻp onam sabab keta olmayman! Men koʻp narsadan tezda voz kecha olaman. Qandaydir munosabatlardan, ishlardan, bizneslardan va hokazo. Ammo onamni yoʻlimga intizor qilib keta olmayman. Onam men uchun hamma. Ammo hamma onam boʻla olmaydi. Onam haqida koʻp yozaman. Yozishimga arziydigan kam sonli insonlarning avvalida zikr etadiganim — onam. Nima ish boshlasam, xayrixohlik qiladigan, meni doim qoʻllaydigan inson — onam. Doim bir narsani oʻylayman: negadir Xudo meni doim yaxshi insonlarga yoʻliqtiradi. Nima amalim yoqibdiki, buncha yaxshilik ustidan chiqaveraman, deb tez-tez oʻzimga savol beraman. Balki, onam sababdir. Onamning duolari sababdir. ona, oʻgʻling boʻlmadi sendek, u biroz gʻalati va yana sarkash. beqarorlik qiladi tez-tez, sabrining kosasi qolgan teshilib. sendek doʻsti yoʻqdir gʻarib bolangning, sen-ku suyanchigʻi, sen-ku hamrohi. yoʻlimni yoʻqotsam, borar manzilim va qolar manzilimsan oʻzing, onajon. © Behzod Sherzod oʻgʻli @kitobchi_blogi
Показати все...
bozorga atrofida joylashgan gaz quyish shaxobchasidan katta hajmdagi gaz osmonga koʻtarildi va lop etib yonib ketdi. oʻshanda bola edim. bozorda non sotayotgandim. birdan ur-toʻpolon boshlanib qoldi. hamma oʻng kelgan tomonga qarab qochyapti. men ham olamonga qoʻshildim. yugurdim. bor kuchim bilan qochdim. qochmasam, yonib ketadigandek edim. harorat juda kuchli edi. bunaqa qoʻrquvni hali hech his qilib koʻrmagandim. keyin oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni bostirishdi. oʻshanda bir doʻstim menga shunday degani hali hamon yodimda: — xudoga ishonasanmi? — ha. — nega xudo kelmadi? nega odamlarni qutqarmadi. u yoʻq. — unday dema. oʻshanda badanim vagʻillab ketgan. nahot xudo yoʻq boʻlsa? — deb ancha vaqt davomida oʻylanib yurganman. hozir oʻylab qarasam, men doʻstimning xudoni inkor qilganini qabul qila olmaganman. chunki men xudoga ishonardim-da. hozir menda ancha oʻzgarishlar boʻlgan. odamlarning u yoki bu eʼtiqodda ekanini tabiiy qabul qilaman. yoki, umuman, eʼtiqod qilmasligi ham — tabiiy. faqat bir narsa ich-etimni yeydi: bizning jamiyatimizda katta qatlam oʻzlariga oʻxshamaganlarni yutib yuborishga tayyor. ommaviy rad etib, ularni — oʻzlari bilan bir eʼtiqodda boʻlmaganlarni chetga chiqarib qoʻyishadi. qoʻrqishadi ulardan. xuddi ular odam emasdek. eʼtiqod — shaxsiy masala. unga aralashishga hech kimda haq-huquq yoʻq. bir tomondan, koʻpchilik odamlar musulmon oilada tugʻilgani uchungina musulmon va yoki Hindistonda tugʻilgani uchun budga sigʻinadi. bu ongsiz ravishda boʻladigan jarayon. lekin kimdir oʻzi yashab turgan jamiyatdagi odamlardan boshqa eʼtiqodni tutsa, bu — fojea. yoʻq, azizlar. biz odamlarning ichini bila olmaymiz. ular nega bu yoʻlda ekani ham bizga qorongʻi. faqat shunisi ayonki, ular ham odam. ular ham siz his qilgan narsalarni his qilishadi. ular ham siz nafas olayotgan havodan oʻpkasini toʻyintirishga haqli. hech qanday eʼtiqod oradagi munosabatlarga putur yetkaza olmasligi kerak. © Behzod Sherzod oʻgʻli @kitobchi_blogi
Показати все...
🔥 2❤‍🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
kimga mazza?
Показати все...
🔥 7❤‍🔥 4🕊 1
qaytyapman. 😊
Показати все...
❤‍🔥 9🤗 1
🔥 14❤‍🔥 4
boshqa viloyatda qolish gʻalati boʻlarkan.
Показати все...
00:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
qaysi kitobni tugallagach shunday yigʻlagansiz?
Показати все...
1.94 MB
❤‍🔥 5🔥 3💔 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
EN AVANT!👀 Qish, bahor, yoz va kuz... Bari tez o'tadi, ba'zan bu to'rtlikning birortasidan taskinlik va camfort topa olmaymiz, ammo biz sizga beshinchi mavsumni taklif qilamiz, o'z uyingizdagidek his qiling (balki, u yerdan yaxshiroqdir) 👇 https://t.me/addlist/1vRb8_ziusYzYTAx
Показати все...
Adabiyot qalblarni birlashtiradi. Shunday ekan, siz ham bizga qo'shiling...🌷
🤍@kitobchi_blogi Absurd kitobxon yoziqlari🪶 🤍@QonliBitiklarim Yo'qlik manzili...🌷 ⏺️@kitobdorr_uz Siz izlagan kitoblar!📚 ⏺️@malinas_books  Chalkash hislar va kitoblar haqida🪐 ⏺️@booktional Kitoblardan kitoblarga... Kitoblardan kitobxonlarga...🩵 💙@baxti_oq Sizni she'riyat qutqarsin🦋 🍇@kitobxon_qirolligi Cheksiz bilimlar va hayajonli sarguzashtlar makoni🕊 🕤@HamKitob Ham adabiyot, ham kitob, ham she‘r, ham taqriz, ham fikr... Hammasi shu yerda.📚 💚@hasanboyeva_blogi Iltimos... Menga qo'zichoq chizib ber!🌼 🩵@blurry_thoughts - yo'l-yo'lakay kelgan ilhom, bir chimdim mijg'ovlik va zalolat maskani.📜 🕚@bookonomics Iqtisodchi qizning kitoblarga oid fikrlari.🌧 💛@palangizm Ijodkor yigitning #sensizlik rubrikasida (416 kundan beri) she'rlari, fikrlari va sara kitoblar✨ 🩷@quyoshli_kitoblarr Turkcha kitoblar olami🌞 🕓@Kitoblarga_oid Ilm targ'ibotchisi🌷 ⏺️@aromaofbooks Kitoblar so'zlasin...🌷 ⏺️@oyjamol_books  Kitoblar va kinolarga sara taqrizlar📚
Показати все...
❤‍🔥 6

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.