uk
Feedback
Bobil Kinoteatri

Bobil Kinoteatri

Відкрити в Telegram

Vive le cinema!

Показати більше
1 215
Підписники
+224 години
+37 днів
+130 днів

Триває завантаження даних...

Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '26
+16
в 0 каналах
серпень '26
+67
в 1 каналах
Get PRO
липень '26
+96
в 0 каналах
Get PRO
червень '26
+76
в 1 каналах
Get PRO
травень '26
+66
в 1 каналах
Get PRO
квітень '26
+50
в 3 каналах
Get PRO
березень '26
+100
в 9 каналах
Get PRO
лютий '26
+40
в 2 каналах
Get PRO
січень '26
+67
в 2 каналах
Get PRO
грудень '25
+69
в 1 каналах
Get PRO
листопад '25
+69
в 2 каналах
Get PRO
жовтень '25
+53
в 3 каналах
Get PRO
вересень '25
+53
в 5 каналах
Get PRO
серпень '25
+53
в 3 каналах
Get PRO
липень '25
+63
в 3 каналах
Get PRO
червень '25
+62
в 2 каналах
Get PRO
травень '25
+55
в 5 каналах
Get PRO
квітень '25
+50
в 2 каналах
Get PRO
березень '25
+116
в 5 каналах
Get PRO
лютий '25
+214
в 3 каналах
Get PRO
січень '25
+92
в 9 каналах
Get PRO
грудень '24
+138
в 11 каналах
Get PRO
листопад '24
+110
в 8 каналах
Get PRO
жовтень '24
+133
в 11 каналах
Get PRO
вересень '24
+826
в 4 каналах
Get PRO
серпень '240
в 32 каналах
Get PRO
липень '24
+1
в 12 каналах
Дата
Залучення підписників
Згадування
Канали
09 вересня+2
08 вересня+2
07 вересня+3
06 вересня+1
05 вересня+1
04 вересня+2
03 вересня+2
02 вересня+2
01 вересня+1
Дописи каналу
​​Senga yoqmaydi, baribir aytaman. Kino haqidagi baʼzi kuzatuvlar yoki zamonaviy tilda aytganda, "hot takes"(Part 1) 1. "Bu yil yaxshi kino yili boʻlmadi" deyishadi, qoʻshilmayman. Kino paydo boʻlganidan beri hamma yil kino uchun "yaxshi yil" boʻlgan va bundan keyin ham boʻladi. Har yili bir necha minglab kino chiqadi va doimo ular ichida yaxshilari bor. Yuqoridagi kabi fikr aytadiganlar faqatgina internetda mashhur boʻlgan bir necha filmlarni koʻrishadi xolos, aysberg pastida esa ulkan olam mavjud. 2. Kinoni ayol va erkak ijodkorlarga boʻlishni bas qilish kerak, juda koʻp joyda, eng yaxshi filmlar va eng yaxshi ayol rejjisyorlar filmi degan narsani koʻraman, bu ulugʻlash emas balki yerga urish kabidir, ular ham boshqalar bilan bir xil boʻlishi kerak. Ayrim festivallar, mukofotlarda eng yaxshi ayol rejjisyor degan nominatsiya chiqqan, bu nimasi? Jurnalistlar, juda koʻp shu boʻyicha savol berishadi, yaqinda Maggie Gyllenhaal, balki erkak rejjisyorlar shunchaki yaxshiroqdir deya sarkazm qilib oʻtdi shu savolga. Agar mendan soʻralsa, shunchaki ular ommabop filmlarni kamroq olishadi, asosiy oʻrinda shaxsiy munosabat turadi. Celine Sciamma, Chantal Akerman, Agnes Warda, Alice Rohrwacher shular jumlasidan. 3. AI kinoni egallay olmaydi, unga kirsa ham kino ortidagi kichik ishlar qiladi, u bilan ishlangan filmlar esa arzon "B movie" boʻlib qolaveradi, har xolda hozir. Men keyinam shunaqa boʻlib qolishiga ishonaman, hech boʻlmasa umid qilaman. Lekin haqiqat shundaki, AI baribir kino olamiga kiradi, masala taʼsir qanday boʻlishi. 4. "Overrated" soʻzini ishlatishni bas qilish kerak, hozir 90 foiz holatda bu notoʻgʻri ishlatilyapti. Senga yoqmadi degani, overrated degani emas. 5. Tilda Swinton va Willem Dafoe eng kam qadrlanadigan, lekin kinoda juda katta iz qoldirgan aktyorlar. 6. Kinodagi seks sahnalari muhim emas, deydigan toifalar bor. Intim sahnalar qahramonlar munosabatlarini, ularni xarakaterini ochib berishning eng yaxshi usuli. Xuddi hayotda boʻlgani kabi, bu yerda eng yaxshi kartalar koʻrsatiladi. Kinodagi har bir kadr hikoyaga shakl berish uchun qoʻshiladi, bu kabi sahnalar ham shu maqsadda qoʻshilsa, hech qanday muammo boʻlishi mumkin emas, "keraksiz seks sahnalar" degan gap esa barcha munosabatni pornodan oʻrgangan avlodning gapi, hech qaysi ijodkor, filmim qiziqroq boʻlsin deb bunaqa narsa qoʻshmaydi. 7. Western - eng chiroyli kino janri. 8. Hamma film buyuk sanʼat asari boʻlishi shart emas. Shunchaki koʻrib mazza qilinsa boʻldi, film oʻz vazifasini bajargan boʻlib qolaveradi. 9. "Obsession" janr oʻlaroq horror, u seni qoʻrqitishi, oʻz komfort zonangdan chiqarishi, oʻzingni noqulay holatga tushishga majbur qilishi kerak edi va shuni bajardi. Lekin juda koʻp joydan, aynan shu uchun yomon degan gaplarni eshitdim. 10. "Parasite" sanʼat asari yaratib ham barchaga birday yoqadigan film ishlay olish mumkinligini isboti. Kimdir tarixdagi eng yaxshi film desa, tortishmayman. 11. Bergman - kinodagi eng muhim rejjisyorlardan biri, ehtimol eng muhimi. Uni filmlari mustaqil ijodkorlar uchun maktab, undan arthouse filmlarni ham "sekin" tempda ishlangan boʻlsa-da tomoshabop qilib olishni oʻrganish mumkin. 12. Aka-uka Koenlar zamonamizning eng universal va qiziqarli rejjisyorlari. Ularni filmografiyasidan har qanday filmni topish mumkin, triller, komediya, mafiya, satira, ekshn, myuzikl, western, ekzistensialistik, romantik, psixologik drama, Shekspir adaptatsiyasi ham bor hatto. Eng muhimi, filmlar har doim qiziq va kulgili, shu bilan birga doimo kuchli messeyjga ega. Har qanday ijodkor uchun ular karyera maqsadi darajasida. Shubhasiz davrimizning eng buyuklari. @bobilkinoteatri

2
Yilni uchdan ikki qismi oʻtdi. Xoʻsh, bu yil chiqqan filmlardan hozircha eng yoqqani qaysi boʻldi? @bobilkinoteatri
Yilni uchdan ikki qismi oʻtdi. Xoʻsh, bu yil chiqqan filmlardan hozircha eng yoqqani qaysi boʻldi? @bobilkinoteatri
582
3
@bobilkinoteatri
@bobilkinoteatri
607
4
​​Ancha xabarlar toʻplanib qolibdi, hech kim aytmayapti. Hafta (yoki oxirgi kunlar) kino yangiliklari. Amaldagi oskar sohibi Paul Tomas Andersonning keyingi filmi bizni unchalik kuttirmaydi. Bu haqida Radiohead guruhi aʼzosi va Andersonning soʻnggi 10 yillikdagi hamkori John Greenwood aytib oʻtdi. Hozircha aniq maʼlumot yoʻq, lekin bu katta ehtimol jazz haqidagi film boʻladi va bosh rolni Denzel Washington oʻynashi kutilmoqda. 1-senytabrda bu yilgi Venetsiya festivali boshlandi. Unda hozircha uch film namoyish etildi, biri Danny Boylening "Ink", biri Werne Herzog filmi, biri Martin Mcdonaghning "Wild horse nine" filmi, bu film faqat bir kun qoʻyilgan boʻlsa-da yilning eng yaxshi filmlaridan biri boʻlishi kutilyapti. Kinoda, noyabr oyida. Bu yilgi Oltin Malina gʻolibi katta ehtimol aniq - "Runner" filmi. Aktrisa Gal Gador ketma-ket qulashda davom etmoqda. "Run Lola Run" filmiga asoslangan oʻziga xos remeyk toʻliq flop boʻlgani aytilmoqda. Rottan Tomatoes bali - 9/100. Paul Shrader. Tanish ismmi? Yoʻq boʻlsa, u "Taxi driver"(1976) filmo ssneriysti hisoblanadi. Oxirgi yillarda rejjisyor filmlaridan koʻra AI ga munosabati bilan koʻproq tillarda edi, endi esa u ssneriysi asosida toʻliq sunʼiy intellekt bilan film olmoqchi. Shunaqa gaplar... Ayni paytda dunyoda hech kim Inde Navretti kabi mashhur boʻlmasa kerak. Deyarli har kuni u qaysidir filmda bosh rolni oʻynashi, qaysidir filmni rad etgani haqida xabarlar chiqmoqda. Hamma uni oʻzida istayapti. "Obsession" filmi juda qisqa paytda uni mega yulduzga aylantirdi. Savol esa, bu qancha davom etadi, yana nechta filmda buni saqlab qoladi? Xoʻsh, Focus Feature studiyasi bu yilgi oskar uchun kompaniyasidagi asosiy pullarni aktrisa uchun sarflashini aytdi. Savol anchagacha davom etadi chogʻi. Yilning eng koʻp kutilayotgan animatsion filmi - "Wildwood", ingliz tilidagi eng uzun animatsion film boʻlibdi, 140 minut. Undan tashqari, Travis Knight filmi PG-13 reytingini olgan va bu endi bolalar filmidan koʻra kattaroq degani. Film, 16 yildan keyin va nihoyat eng yaxshi filmga nominatsiya boʻladigan animatsiya boʻladi deb ishonilmoqda, oxirgi marta buni "Toy story 3"(2010) qilgan edi. Film oktyabr oxirida kinoteatrga keladi. @bobilkinoteatri
630
5
Klubda hozircha 16 ta film koʻrdik. Va yana davom etish niyatimiz bor. Hozircha offlayn rejimga oʻtmadik, lekin sentyabrdan b
Klubda hozircha 16 ta film koʻrdik. Va yana davom etish niyatimiz bor. Hozircha offlayn rejimga oʻtmadik, lekin sentyabrdan boshlab koʻpchilik qaytsa, aniq bir joyni belgilab koʻrish niyat haliyam bor. Klubga yangi aʼzolar qabul qilamiz. Lekin yana oʻsha gap, hammani ham emas, bu uchun oldindan uzr. Oʻtgan safar ham guruh bilan kelishib odam qabul qilgandik, bu safar ham shunday. Qoʻshilish shartlari oʻsha-oʻsha. Klubga qoʻshilmoqchi boʻlganlar, @Farhod_Azamov akkauntiga sevimli 4 rejjisyorlarini yozib yuborishi kerak boʻladi. Yagona shart shu. @bobilkinoteatri
830
6
Bu yil hisobidan birinchi serial koʻrishni boshladim. Oʻzi kichik, unchalik mashhur emas serial ekan) @bobilkinoteatri
1 135
7
Biz jamiyat sifatida, Skorseze filmlari eng yaxshi sountreklarga ega ekanligini shunchaki tan olishimiz kerak, har qanday boshqa ijodkorlarga hurmat saqlagan holda, "Goodfellas" pleylistiga yetadigani hali boʻlmagan va boʻlmaydi ham. Nicholas Pileggi ushbu sahna haqida shunday deydi, biz buni yozayotganimizda, Marti menga kelib shu joyga "Cream" deb yozib qoʻy dedi, men nega dedim, u yoz deb turib oldi, keyin bilsam, oʻsha paytda u tasavvurida allaqachon sahnani tasavvur qilib, qoʻshiqni eshityotgan edi. @bobilkinoteatri
1 467
8
Letterboxdda oʻzim follow bosgan hammani listlarini bittalab koʻrib chiqdim, koʻpchilikda umuman yoʻq ham ekan, borlarniyam yarmi faqat 1-2 ta bor xolos, foydalanib turinglar ancha qiziq narsa buyam. Qisqasi, shulardan oʻzimga eng yoqqanlarini tavsiya berib ketay: Humanistic cinema: https://boxd.it/ATrkC Girlboss : https://boxd.it/NSnv2 Through the twilight lens: https://boxd.it/AZ3SW My red era: https://boxd.it/T4GZO Muchchi: https://boxd.it/E84yI @bobilkinoteatri
1 394
9
Biz gapirdik. Endi amalda sinab ko‘ramiz. 18-dekabr, 2026 — «Avengers: Doomsday». Marvel Studios’ning yangi «Qasoskorlar» fil
Biz gapirdik. Endi amalda sinab ko‘ramiz. 18-dekabr, 2026 — «Avengers: Doomsday». Marvel Studios’ning yangi «Qasoskorlar» filmi 18-dekabr kuni kinoteatrlarda chiqadi. Hozircha O‘zbekistonda uning o‘zbek tilidagi versiyasi rejada yo‘q. Shuning uchun biz Disney’ning lokalizatsiya bo‘limiga va O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorga murojaat tayyorlayapmiz. Murojaatga esa eng kerakli narsa — raqam. Nechta odam filmni o‘zbek tilida ko‘rishni xohlaydi? Buni bilish uchun saytimizda petitsiya ochdik. Imzo chekish taxminan 30 soniya: ism, shahar va aloqa ma’lumoti. 👉 geektv.org/petitsiya
819
10
@bobilkinoteatri
@bobilkinoteatri
1 076
11
Qisqasi oʻrtoqlar, bitta muhim, qoʻllab quvvatlash kerak boʻlgan yangilik bor. Doʻstlarimiz (hamkasblarimiz desayam boʻladi) bir loyihaga qoʻl urishibdi, xususiy kino sektorini noldan koʻtaramiz deyishyapti, shunga maniyam taklif qilishdi, endi sizlarniyam taklif qilmoqchiman. CinemaRevol - kino ijodkorlari va sarmoyadorlar oʻrtasidagi koʻprik. Bu saytda siz oʻz sohangizni belgilab, masalan rejjisyor, ssneriyst, prodyuser kabi, bu orqali oʻzingizga qoʻllab quvvatlash uchun kontent yoki homiy topishingiz mumkin. Shu saytda hammasini birlashtiramiz deyishyapti. Sizdan talab qilinadigani, agar shu soha vakili boʻlsangiz yoki shunaqa niyat boʻlsa, roʻyxatdan oʻtib qoʻyasiz, qolganini shu joyni oʻzidan bilib olasiz. Sayt hozircha test rejimida ishlamoqda, ammo tez orada professional tarzda yuritilishini boshlashadi. Qoʻshilib qoʻyavering. https://cinemarevol.uz/ @bobilkinoteatri
1 420
12
Yangi davr psixologik drama qirollaridan biri Michael Haneke 85 yoshida kinodagi faoliyatini tugatdi. Avstriyalik rejjisyor i
Yangi davr psixologik drama qirollaridan biri Michael Haneke 85 yoshida kinodagi faoliyatini tugatdi. Avstriyalik rejjisyor ilk badiiy filmini 47 yoshida suratga olib, shu paytgacha 12 ta toʻliq metrajli film qoldirdi, bular bilan 2 marta Kannda bosh mukofotni, bir marta Gran Pri va eng yaxshi rejjisyorni, shuningdek oskarda eng yaxshi xalqaro filmni yutdi, eng muhimi butun avlod xotirasiga ulkan tramvalar bilan esda qola oldi. U suratga olgan barcha film: The Seventh Continent (1989) Benny's Video (1992) 71 Fragments of a Chronology of Chance (1994) Funny Games (1997) Code Unknown (2000) The Piano Teacher (2001) Time of the Wolf (2003) Caché (2005) Funny Games (2007 - US Remake) The White Ribbon (2009) - Palme d'Or Amour (2012) - Palme d'Or Happy End (2017) @bobilkinoteatri
1 184
13
Ishladi🎉
Ishladi🎉
1 289
14
Bu hafta kino klubimiz bilan "The Ascent" filmini koʻrgandik, koʻrib boʻlib rejjisyorga qiziiqandim, juda koʻp qiziqarli maʼlumotlar chiqdi. 1979-yil, 2-iyul. Leningrad. Ayni paytda nafaqat Sovet Ittifoqi, balki butun dunyoning eng yaxshi rejjisyorlaridan biri,1977-yilgi Berlin festivali gʻolibi, rejjisyor Larisa Sherpinko avtohalokatda vafot etadi. U mashhur rejjisyor Elim Klimovning rafiqasi edi. Larisa, oʻzining faoliyati boshidan beri olishni reja qilgan "Farewell" filmini suratga olayotgan edi(filmni eri nihoyasiga yetkazib qoʻygan). Aynan eng qiziq joyi, uning soʻnggi filmi - "The Ascent" urushga qarshi ishlangan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Rafiqasi vafotidan keyin Klimov ancha yomon ahvolga tushib qolgan va 1985-yilda u ham oʻzining eng yaxshi va eng soʻnggi filmi - "Come and See"ni suratga olgan, bu esa kinodagi eng yaxshi urush filmi hisoblanadi. Film oʻta depressiv ruhda ishlangan, koʻpchilik buni, xotini vafotidan keyin ijodkorning ichki kurashlari tufayli deydi. Nima boʻlsa-da, u kinoga boshqa qaytmadi, rafiqasi kabi. Bugun yana, Klimov rafiqasi oʻlimidan keyin suratga olgan "Larisa" filmini ham koʻrgan, oʻlimi va ijodiga bagʻishlangan u. Koʻrib qoʻyinglar buniyam. 41 yoshda olamdan oʻtgan rejjisyor haqida eng qisqa tushunchalar bor, odatda bu rejjisyorlik uchun boshlangʻich nuqta ekani, Larisa hali endi pikiga chiqayotganini koʻrishni oʻziyoq azobli boʻladi, buni Klimov koʻzidan koʻrish ham. https://youtu.be/ARAk47jNOoI?si=D2dIS4u0eY_wiEKr @bobilkinoteatri
1 454
15
R.I.P Letterboxd💔🥀
R.I.P Letterboxd💔🥀
1 207
16
One and only❤️ @bobilkinoteatri
One and only❤️ @bobilkinoteatri
1 120
17
Bu savolni berish vaqti keldi. Eng yaxshi oʻrgimchak odam kim(va nima uchun)
1 660
18
#hayfakt Filmni yaralishi yordam bergan shaxslardan biri - Ford Coppola hisoblanadi. Kaufman ssneriyni birinchilardan boʻlib
#hayfakt Filmni yaralishi yordam bergan shaxslardan biri - Ford Coppola hisoblanadi. Kaufman ssneriyni birinchilardan boʻlib unga yuboradi, unga bu yoqib, koʻp tashkiliy ishlarga yordam beradi - xususan, rejjisyor sifatida qizi Sofianing eri, Spike Jonzeni olib keladi. Yana bir fakt, Kaufman buni faqatgina Malkovich uchun yozgan, ammo studiyalar juda koʻp marta buni oʻzgartishha harakat qilgan. Hattoki bir prodyuser, agar filmni "Being Tom Cruise" deb oʻzgartirib qayta yozsa, istagan pulini berishini aytgan, lekin Kaufman koʻnmagan. @bobilkinoteatri
1 270
19
#revyu #taqriz Ssneriy haqidagi kitoblar oʻqiganimda, bir juda katta dars olgandim - ssneriy murakkab boʻlishi, bir necha qavat-u, strukturalardan iborat boʻlishi shart emas, shunchaki u kreativ boʻlishini oʻzi yetarli boʻladi. Ushbu film ehtimol kino tarixidagi (istehzolarsiz) eng kreativ yozilgan filmlardan biri va aynan shu joyda Kaufmanga haqiqatdan tan berganman (bunaqa gʻalati filmni qabul qilgan studiya va prodyusergayam qarsaklar, odatda bunaqa ishlar "flop" hisoblanadi). Craig - kambagʻal qoʻgʻirchoqboz, allaqachon odamlar qoʻgʻirchoqlarga qiziqmay qolgan davrda, u shu ishi bilan yashab qolishni, sanʼat asari yaratishni istaydi. Ammo hech kimga bu qiziqmas, u veterinar xotini Lotte bilan kambagʻal holatda yashaydi. Allaqachon oʻrta yosh krizisiga uchragan, hayotdan ham, ishidan ham maʼno topa olmayotgan Craig yangi ishga kirib u yerdagi hamkasbi Maxxinega yoqishga harakat qila boshlaydi va xonasida bir portalga duch keladi va u mashhur aktyor John Malkovich boshida paydo boʻlib qoladi. Qizni ilintirishga harakat qilayotgan yigit Maxxinega bu haqida aytib, buni biznesga aylantirib yuborishga harakat boshlashadi. Agar filmga yaxshilab qaralsa - u psixologik horror, oʻzini hayotiga ega boʻlmagan odam, boshqa mashhur odamni hayoti tufayli muvaffaqiyatga erishmoqchi. Bu orqali avvalo oʻzini, oʻz shaxsiyatini yoʻqotadi, atrofdagi odamlar, yaqinlariga ham jiddiy psixologik taʼsir koʻrsatadi, eng yomoni Malkovichning hayotiga taʼsir qilib, uniyam turmushini buzib yuborishga boradi. Har bir odamda, faqatgina u bilishi kerak boʻlgan shaxsiy sirlari, oʻta shaxsiy hayoti bor, mana shu oltin qoida buziladi. Shuningdek, mana shunaqa qorongʻu mavzular ichida - film juda kulguli qilib ishlangan, mavzu oʻta jiddiy, ammo yetkazib berish usuli quvnoq mana shu ham filmning eng kuchli tomoni. Qoʻgʻirchoqbozning bir odam hayotini "oʻynatishi" kabi metaforaning oʻziyoq buni isboti. Va eng katta taʼsiri, ushbu film ayni odamlar mashhurlar hayotiga mukkasidan ketgan, ularga taqlid qilish kuchayib, paparazi degan balo avj olgan paytda chiqqani. Yana bir eslab oʻtish kerak boʻlgan jihat - bu Spike Jonzening debyut toʻliq metrajli filmi boʻlsa, Kaufmanning ilk ssenariysi hisoblanadi. Kinoga shunaqa kirib kelsangda kishi. Filmning davomi haqida doʻstimiz, aktyor John Malkovich gapiradi. Malkovich. Malkovich Malkovich Malkovich, Malkovich. Malkovich? Malkovich, Malkovich Malkovich. Malkovich! Malkovich? Malkovich Malkovich Malkovich. Malkovich, Malkovich, Malkovich, Malkovich... Malkovich. Malkovich Malkovich, Malkovich. Malkovich? Malkovich, Malkovich Malkovich. Malkovich! @bobilkinoteatri
962
20
#haftayulduzi "Being John Malkovich(Jon Malkovich boʻlish, Быть Джо́ном Ма́лковичем)1999 Rejjisyor: Spike Jonze Janr: komediy
#haftayulduzi "Being John Malkovich(Jon Malkovich boʻlish, Быть Джо́ном Ма́лковичем)1999 Rejjisyor: Spike Jonze Janr: komediya, psixologik drama, satira, showbiz, fentezi Reytinglar: IMDb - 7,7 Letterboxd - 4,1 Rollarda: John Cusack, Cameron Diaz, John Malkovich , Catherine Keener Byudjet - 13 mln, kassa - 23 mln Mukofotlari: - 3 ta oskar nominatsiyasi (ikkinchi darajali aktrisa - Keener, rejjisyor, ssenariy), BAFTA - eng yaxshi ssneriy gʻolibi , 4 ta Oltin Globus nominatsiyasi, Venetsiyada 2 ta maxsus mukofot va boshqa 46 turli sovrin @bobilkinoteatri
706