95 CHOY
Відкрити в Telegram
Choydan simirib yoziladigan lite, easy, lifestyle va o‘ta subyektiv postlar 🍵 Asosiy & rasmiy kanal: @mirzodanmaktub
Показати більше1 111
Підписники
+224 години
+127 днів
-1030 днів
Архів дописів
1 111
Skrinshotdagi Javohir Groupga oʻxshab fikrlaydi koʻplar. “Odamlar yomonlaydi, uchaveradi”, “odamlar heyt qiladi, boykott qiladi, foydalanaveradi” degan gapni topib olishgan…
1 111
Bugun 102FM da Kechirimlilik haqida gaplashyapmiz. +998977101020 raqamida fikrlaringizni qabul qilyapmiz, eshitamiz, eshittiramiz 🙂
1 111
Tog‘-tog‘ bilan uchrashmaydi, lekin Mr Beast bilan ko‘rishish ehtimoli hech qachon 0 ga teng emas)
1 111
Shuning uchun ham qonunlar, sud tizimi va o‘z isbotlaring, argumentlaringga to‘g‘ri bo‘lib, bosiqroq, vazminroq yo‘l tutish — eng samarali yo‘l.
Hamma o‘zini oqlab yozishi, biz bilmagan jihatlarni ma’lum qilishi yoki qilmasligi mumkin.
Aka va uning obunachilari styuardessani haqoratlamasdan, qonun o‘zi tomonida ekanini bilib, ishni mahkamagacha olib borsa bo‘lardi. Afsuski, biz hammasi o‘zimiz tomonimizda ekanini unutib, jahl otiga minamiz, g‘alabali pozitsiyamizni mag‘lubiyatga aylantirib yuboramiz.
1 111
Shu joyni ijaraga berishmoqchi edi. Zominga Jizzax shahri tomondan kirish qismida edi, adashmasam
1 111
Bu endi “Marketing bo‘limi” kanalidan yaxshi bir murojaat / chorlov bo‘ldi. Azizlar, tushuning, doim yumshoqqina, doim boshimizga ko‘taradigan “mehmondo‘st o‘zbek” obrazida yurish bizga munosabatda ko‘rinaveradi.
Katta-katta buyurtmalar, qarorlarni qabul qilishga yaqin yo‘latishmaydi. Rossiyadan kelganlarga sizdan ko‘ra 5x 10x ko‘proq to‘lashadi. Ba’zilari hatto siyosiy qarashlariniyam o‘zgartirmagan.
O‘zbek tilida ishlaydigan marketing agentliklari, mutaxassislar kuchayaversin.
1 111
Repost from Marketing bo'limi
Haqiqatdan Oʻzbekistonda yashab turib, kommunikatsiyalarida oʻzbek tiliga e’tibor bermaydigan “ekspertlar” haligacha ham yetarlicha.
Ularga oyna boʻlsin-ki, mana shu 1-2 kunga Filippindan, BAA’dan, Hindistindan kelganlar, mahalliy tilga kichkinagina hurmatlarini koʻrsatyaptilar. Assalomu alaykum, rahmat - soʻzlarini katta sahnadan aytib. Zalda oʻtirganlarga oʻrnak sifatida.
Marketingizni oʻzbek tilida yuriting. Oʻzbekistinliklar uchun yuriting, chet elliklar uchun emas. Oddiy insonlar uchun yuriting, marketolog va CEO’lar uchun emas 🙌
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
1 111
O‘zbekistonda o‘tayotgan tadbirlarda “Salom” deya gap boshlashganigayam xursand o‘zbegim…
O‘zbek tilining marketingdagi o‘rnini mustahkamlayotgan jamiki agentliklarimizga rahmat deyman. Ipak Yuli’dagilar qanday boshlashi qiziq.
