cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

Більше
Таджикистан686Узбецька6 850Категорія не вказана
Рекламні дописи
5 789
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Taqdimotda Parij olimpiadasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ham hisobot berildi. Qayd etilishicha, terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda, chet ellarda maqsadli o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Sportchilarimiz futbol, suvga sakrash, kamondan o‘q otish, ayollar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha ilk bor olimpiadaga yo‘llanma olgani ahamiyatli. Oldinda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish, Olimpiya o‘yinlarida munosib qatnashish maqsad qilingan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
⚡️O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi Ma’lumki, poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Keyinchalik undan samarali foydalanish maqsadida Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham o‘tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi ochiladi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi kursga qabul qilinadi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
Prezidentga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi. FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati yurtimizda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqa 14-sentabr – 6-oktabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Mutasaddilar bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi. Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mita tuzilishi belgilandi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
⚡️1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo'limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi. Kanalga ulanish:  https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

❗️Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi —Prezident Qarori. Kanalga ulanish:  https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAYINLOV Nodirbek Sayfullayev – О'zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezident administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Sergeli tumanida profilaktika inspektori 5 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori 5 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u ushbu pul mablagʻi evaziga, oʻzaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani boʻyicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Manba Uza Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi pora bilan ushlandi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish evaziga, tamagirlik yoʻli bilan undan 1500 AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablagʻi hisobidan 400 AQSH dollari oladi. U talab qilingan puldan yana 400 AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi 30 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining boʻlim boshligʻi va muhandisi oʻzaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmogʻiga ulash va transformator oʻrnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashish evaziga 39 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilishadi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi soʻralgan pul mablagʻidan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 1 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 1 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показати все...