cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

"BIZ"iston

BIZ, BIZ boʻla olganlar va BIZ boʻlmoqchilarning hayoti... "Sen" va "Men" yoʻq, faqat "BIZ" bor!

Більше
Рекламні дописи
358
Підписники
-124 години
-57 днів
+230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Assalomu alaykum Bilasizlar, bu yerda oʻzbek oilalar bilan bordi-keldi qilish ,nafaqat, biz uchun, ular uchun ham boshqacha bir tuygʻu va his. Anqaradamiz, Mahdini koʻrgani keldik. Ma Shaa Alloh ancha katta boʻlib qolibdi. Duolaringizda eslab turingizlar. Abdulazizlar bilan suhbat esa doimgidek mazza. Mehmondorchilik va oʻzbekona ovqatlar uchun rahmat kattakon! @biziston
Показати все...
10❤‍🔥 7👍 4😍 1💯 1😘 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#hayotiy Fikri fikringga, dunyoqarashi dunyoqarashingga, hayoti hayotingga o'xshash insonlar bilan tunni tongga ulab qilingan suhbatlarni sen qayerdan ham bilarding, Mukesh?! @biziston
Показати все...
👍 19😁 10 8❤‍🔥 5👏 1😍 1
#hayotiy Turkiya transportlarining qulayligi, inson xohishlari va qadr-qimmati inobatga olingani yoqadi. Haydovchilar kartoshka emas, insoni sharifni tashib ketayotganini his qiladi. Toshkentda yurganimda esa bir qarasa haydovchilar poyga o'ynashardi, avariya, ko'p hollarda jamoat transportlari ichi dim, sassiq va yetmaganiga, sigaret yoki nos chekib ketishardi. Shikoyat qilsang: " Yoqmasa katta ko'cha.." Shaharlararo qatnovni aytmasa ham bo'ladi. 12 soatli yo'lda bor yog'i 3-4 martagina to'xtardi. Shovqin, baland ovozda gurunglar, telefonning jiringi... Ehe azob. Turkiyada esa jamoat transportlarida tinchlik, hech kim bir-biriga xalaqit bermaydi. Eng muhimi sizga xizmat qiladigan xodim bo'ladi. Yo'l davomida oddiy suvdan tortib, kofe, choygacha, gazli ichimliklar, keks, pecheniya va shunga o'xshash yemaklar olishingiz mumkin. Havoga qarab sovutuvchi yoki isituvchini yoqib qo'yasiz. Xullas, yashab berasiz. Ana sharoit devoradi-da odam. A keyin sayohatga chiqish haqiqiy huzur bera boshlaydi. @biziston
Показати все...
😍 7 4❤‍🔥 2👏 2👌 2
00:15
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#sayohat_2024 Sayohatsevar er-xotinlar yana yo'lga chiqdi😁 @biziston
Показати все...
6.33 MB
6👍 3❤‍🔥 2🤩 1
#hayotiy 8 oydan beri birga, bitta uyda yashagan erimni xolasining o'g'li bilan gaplashyotganda vopshem tushunmayapman, masalan 😂 G'irt Surxoncha sheva. Bo'la - xolavachcha ekanini bilaman, xolos. @biziston
Показати все...
🤣 18😁 6 3❤‍🔥 2🤗 1
#hayotiy Bu payt normal odamlar uxlaydi. Anormal insonlar esa biz kabi erinmay ovqatlanishga chiqib keladi. Ko'chaga chiqsak esa odam to'la. Tungi Turkiya ko'chalari gavjum. Bular uchun hayot tunda boshlanadi. Xullas, erjonni qop-qoragina tapichkalarini kiyib, daydib keldik. Ichlarida o'ylayotgandirlar: "Tapichka aslida kimniki, aslida esa kim kiyib yuradi?" deb😁 O'zi oila qurgandan keyin turmush o'rtoqning kiyimlari ko'zga yaxshi ko'rinishni boshlarkan. Erining hech yo'q bitta kiyimini kiymagan ayol bo'lmasa kerak. Razmering bir bo'lsa-ku, urdi Xudo😆 @biziston
Показати все...
🤣 18❤‍🔥 4 3😁 3👍 1🦄 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#fikr Ko'cha-kuyda qari chol-kampirlarni ko'rsam, albatta, ularni kuzataman. Yuzlaridagi har bitta chiziq - bir hayot hikoyasi. Har bitta ajin - bir xulosa. Sochlaridagi har tola oq - bir qiyinchilik nihoyasi... Bola-chaqa, ish-tashvishlardan ortib yillar davomida o'zaro iliq munosabatlarni saqlab qololgan juftliklarga havasim keladi. Bola-chaqa ko'paytirish, uyga kelganda oldiga ovqatini qo'yish, bozorlikka pul berish yoki janjalsiz yashashni aytmayapman. Shunchaki mavjud bo'lish yoki yıllar davomida shunchaki birga yashash qiyinmas. Lekin tuyg'ularni asrab qolish qiyin. Ular juda tez o'tmaslashadigandek. Ular ham parvarishga muhtoj. Parvarish esa uzluksiz mehnat, kreativlikni talab etadi. Birga qarish emas, qariganda ham birga yosharish eng muhimi, aslida! @biziston
Показати все...
24❤‍🔥 5👍 2 2🥰 1👏 1💘 1
#hayotiy Kecha kechqurun "Hech narsa sotib olmaymiz, yemaymiz ham. Faqat toza havoda aylanib kelamiz " degan xayollar bilan chiqib, bir payt qarasak kafeda o'tiribmiz. Yo'limizni ustida jilva qilib, "Bambaşka waffle" degan kafe borakan, kirganimizni bilmay qopmiz. - Bambaşka wafflengdan yeb ko'reyk qoni, qondaychiqin ekan, desak shuni opkeldi. Kattagina edi. Ikkovimiz zo'rg'a yeb tugatdik. Ouuv kafening atmosferasi ham go'zal edi. Mezza qo'shiqlar qo'yilgandi, qo'shiq aytib, jipillab o'ynab qaytdim. Ammo uyoqda chiroyli kiyingan, takoooy qizla borakan, a man turmush o'rtog'imni qop-qora tapichkasida chiqodim😁 -Zato sizlarda shunoqchiqin tapichka yo'q, deb kerilib o'tiraverdim. Ajab qipmanmi? Rasmda oldingi va keyingi holat. O'zbekmiz-da, tovoqchadagi ishkalat ham uvol bo'lmasin deb, surkab-surkab yedik😁 Yoki sizlar unday qilmaysizlarmi? @biziston
Показати все...
😁 21 5❤‍🔥 1👍 1🕊 1💯 1
#fikr Tan olaman, bir yomon odatim bor. Kimlarnidir sababsiz yoqtirib qolaman, ammo kimdandir ko'nglim sovusa bir umr isimaydi. Nanajonim shundaylar, yo qon orqali, yo sut orqali o'tgandir, bilmadim. Xullas, sababsiz yoqtirib qolgan, tanishimmas, umuman bek-begona insonlar haqida yozmoqchiman bugun. Eng qiziģi, ular meni yaxshi tanimaydi ham, men ham ularni. Turmush o'rtog'im dars o'tayotgan paytlari aksariyat hollarda yonlarida bo'laman. Tel kovlab yoki kitob o'qib o'tiraman. Dars jarayonida qaysidir o'quvchilarini o'z-o'zimdan yoqtirib qolaveraman. Dilshoda ismli o'quvchilari bor edi, yaqinda bitirdi, sertifikat oldi. Xushchaqchaq, sho'x qiz edi. Husnora opa, yuzlaridan nur yog'ilib turadigan ayol. Samimiy, munis. Malika opa, asli shifokor, sog'ligimda muammolar bo'lib, yordam so'raganimizda, kechquruni bilan yozib, tushuntirib chiqqandilar. Alloh rozi bòlsin. Madina opani dangalliklari, gapga usta ekanliklari, yuzga shartta gapirishlari eshitib maza qilardim. Shahlo ismli o'quvchilari bor, ovozi biram chiroyli. Turmush o'rtog'i bilan birga o'qiydi, kichik o'g'ilchasi ham bor, yetmaganiga universitetda ham o'qiydi. Qoyil qolaman shu ayolga. Eng yaxshi o'qiydigan o'quvchilaridan. Alloh ilmini ziyoda qilsin. Samandar ismli o'quvchilariga esa viza chiqib, Angliyaga ketsa, turmush o'rtog'im bilan xuddi biz ketadigandek xursand bo'pmiz. Hozir esa arab tili o'qituvchilarim Moxichehra va Shahnoza opalarga mehrim tushgan. Bilmadim nega? Balki o'quvchining ustoziga nisbatan mehri tabiiydir. Ammo turmush o'rtog'imning o'quvchilarini nega yoqtirib qolaman ekanee?😅 İjtimoiy tarmoqlarda ham tanishgan, hayotda umuman ko'rishmagan, ammo opa-singilga aylangan insonlar bor. Ismlarini bittalab yozmadim, ammo qadrlilar men uchun. Xullas, Alloh insonlarning qalbini ko'rinmas mehr iplari bilan boylab qo'ysa, umuman ko'rmagan, hatto sizga begona bo'lgan insonlarni ham yoqtirib qolaverasiz. Hech manfaatsiz. Mehrni Alloh qalbga soladi. Yo'qsa kimnidir majburlab yoqtirolmaysiz. Gapning qisqasi shu. @biziston
Показати все...
❤‍🔥 10 7👍 2🕊 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kayfiyat Juda bir ajoyib, alomat ayol bo'p ketyapman. Yaqinda oddiy masalliqlardan oddiymas taomlar tayyorlash bo'yicha kurs ochaman. Bosh oshpaz: 7 oylar oldin hatto tuxum qovurishni ham bilmagan, hozir "oshpazcha"ga aylangan Sevara Qo'shshayeva! Nanajonim aytardilar : "Erkak oshqozoni bilan sevadi. Seni borgan joyingdan 2 kunda haydashadi, sevilishga ulgurmay qaytib kelasan". Qo'rqitishni bir usuli. Turmush o'rtog'im ovqat qilolmasligimni bilib-turib, boshlariga kuygan va ma'za-matrasiz ovqatli kunlar tushishini bo'ynilariga olib, uylanganlar. Nihoyat, uzoq sabrdan so'ng yaxshi ovqatlarni yeyishni boshladilar @biziston
Показати все...
❤‍🔥 14 6🔥 3👍 1🥰 1🕊 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.