uk
Feedback
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi

Відкрити в Telegram

📚 Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇👇👇👇👇 https://heylink.me/Quvasoy_shahar_axborot_kutubxona_markazi/

Показати більше
1 813
Підписники
-724 години
-247 днів
-10930 день
Архів дописів
#zoom 📚💻 Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari metodik to‘garakning navbatdagi yig‘ilishini Zoom platformasi o
+3
#zoom 📚💻 Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari metodik to‘garakning navbatdagi yig‘ilishini Zoom platformasi orqali kuzatishdi. 🎧 Multimedia studiyasi tomonidan tashkil etilgan “Audio kitoblarning mohiyati va hayotimizdagi o‘rni” mavzusidagi mashg‘ulotda audio kitoblarning zamonaviy axborot makonidagi ahamiyati, mutolaa madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni hamda kutubxonalarda innovatsion xizmatlarni yo‘lga qo‘yishdagi imkoniyatlari muhokama qilindi. 📖 Audio kitoblarning afzalliklari, foydalanuvchilarga qulay axborot xizmatlarini taqdim etishdagi o‘rni va kitobxonlikni keng targ‘ib etishdagi hissasi yuzasidan fikr almashdilar.

#Tavsiya_etamiz "Jeyn Eyr" (Ikkinchi kitob) — Sharlotta Bronte Sharlotta Brontening mashhur “Jeyn Eyr” asari inson qalbi, muh
#Tavsiya_etamiz "Jeyn Eyr" (Ikkinchi kitob) — Sharlotta Bronte Sharlotta Brontening mashhur “Jeyn Eyr” asari inson qalbi, muhabbat, matonat va erkinlik uchun kurash haqida hikoya qiladi. Asarning ikkinchi qismida Jeynning hayotidagi muhim voqealar davom etib, uning Rochesterga bo‘lgan muhabbati, murakkab taqdiri va hayot sinovlari yanada chuqurroq ochib beriladi.Jeyn o‘zining halolligi, mustahkam irodasi va insoniy qadriyatlariga sodiq qolgan holda qiyinchiliklarni yengib o‘tadi. Asarda muhabbat va vijdon, boylik va baxt, insoniylik va adolat kabi mavzular mahorat bilan yoritilgan. ✨ Ushbu roman kitobxonni hayajonli voqealar, samimiy tuyg‘ular va unutilmas qahramonlar olamiga olib kiradi. “Jeyn Eyr” jahon adabiyotining eng sara asarlaridan biri bo‘lib, har bir kitobxon qalbida chuqur taassurot qoldiradi. 📚

#jarayon

#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan
+5
#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan tashrif buyurdilar. Tashrif davomida bolalar uchun kitob taqdimoti tashkil etilib, mutolaning ahamiyati haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitoblar olamiga sayohat qildilar. Bunday uchrashuvlar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Koʻrgazma #Suhbat Quvasoy shahar Doʻstlik MFY hududida joylashgan “Vodiy Gavhari” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi kutubxo
+4
#Koʻrgazma #Suhbat Quvasoy shahar Doʻstlik MFY hududida joylashgan “Vodiy Gavhari” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi kutubxonasida kutubxona mutaxassisi tomonidan “Bolalar ensiklopediyasi” toʻplamlari koʻrgazmasi oldida qiziqarli suhbat oʻtkazildi. Suhbat davomida kitobsevar bolajonlar hamda Milliy gvardiya ofitseri ishtirok etdi. Koʻrgazmadan jonivorlar oʻsimliklar va texnika olamiga oid kitoblar oʻrin oldi. Mutaxassis tomonidan ushbu kitoblar mazmuni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Suhbat davomida bolajonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi bilimlarga ega boʻldilar. Suhbat barchada katta taasurot qoldirib, maroqli va mazmunli ruhda oʻtdi.

#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan
+5
#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan tashrif buyurdilar. Tashrif davomida bolalar uchun kitob taqdimoti tashkil etilib, mutolaning ahamiyati haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitoblar olamiga sayohat qildilar. Bunday uchrashuvlar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan
+5
#Suhbat #Kitob_targʻiboti Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markaziga Ijtimoiy himoya bo‘limi xodimlari o‘z farzandlari bilan tashrif buyurdilar. Tashrif davomida bolalar uchun kitob taqdimoti tashkil etilib, mutolaaning ahamiyati haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitoblar olamiga sayohat qildilar. Bunday uchrashuvlar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Bu_qiziq
#Bu_qiziq

😅 Kitobxonlar haqida bir haqiqat bor: Kimdir ulardan o‘qigan kitobi haqida so‘rasa, yoki bilmasdan soʻrab qolsa ham ular bul
😅 Kitobxonlar haqida bir haqiqat bor: Kimdir ulardan o‘qigan kitobi haqida so‘rasa, yoki bilmasdan soʻrab qolsa ham ular bulbulchaday sayraydi! Shunaqa maqtaydi, shunaqa gapirib beradi – o‘qimaydigan odam ham qiziqib qoladi. 📚 Aslida ular do‘konda ishlashi kerak: kitobni shunaqa sotadiki, tovar qolmaydi! Gapi shunchalik samimiyki, mijoz emas, muxlis bo‘lib chiqasiz! 😂

#Iqtibos Boshqalardan ko‘proq biling. Boshqalardan ko‘proq ishlang. Boshqalardan kamroq kuting. ©️ Uilyam Shekspir
#Iqtibos Boshqalardan ko‘proq biling. Boshqalardan ko‘proq ishlang. Boshqalardan kamroq kuting. ©️ Uilyam Shekspir

📚 Mutolaa – buyuk tafakkurning quroli Tarixda kuchli tafakkuri bilan tanilgan insonlar ko‘pincha kitob bilan yashagan. Masal
📚 Mutolaa – buyuk tafakkurning quroli Tarixda kuchli tafakkuri bilan tanilgan insonlar ko‘pincha kitob bilan yashagan. Masalan, Joseph Stalin kuniga yuzlab sahifalarni mutolaa qilgani va hatto 400 bet o‘qishni minimal me’yor deb hisoblagani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, katta qarorlar ortida katta bilim turadi. Kitob o‘qigan inson dunyoni boshqacha ko‘radi: u fikr qiladi, tahlil qiladi va chuqur xulosa chiqaradi.

#Davra_sahbati “Giyohvandlik – tubsiz jarlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
+2
#Davra_sahbati “Giyohvandlik – tubsiz jarlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli zararli illatlardan asrash hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarini boyitish maqsadida “Giyohvandlik – tubsiz jarlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Davra suhbati ishtirokchilarni sog‘lom hayot tarziga rioya qilishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga va kelajakka mas’uliyat bilan yondashishga chorladi.

↪️Uch xil koʻz yoshidan extiyot boʻl: Yetimning, mazlumning va onangni koʻz yoshidan ↪️Uch narsa qaytib kelmaydi: Ogʻizdan ch
↪️Uch xil koʻz yoshidan extiyot boʻl: Yetimning, mazlumning va onangni koʻz yoshidan ↪️Uch narsa qaytib kelmaydi: Ogʻizdan chiqqan soʻz, otilgan kamon oʻqi va oʻtib ketgan vaqt. ↪️Dunyo uch kundir: Kecha (qaytib kelmaydi), bugun (bardavom boʻlmaydi) va ertaga (nima boʻlishini bilmaymiz). ↪️Sendan moʻminning uch nasibasi boʻlsin! – Manfaat bermadingmi, zarar ham berma. – Xursand qilmadingmi, g‘amga ham bottirma. – Maqtamadingmi, yomonlamagin ham!

#Zakovat 📚 Zakovat – bilim va tafakkur maydoni! Quvasoy shahar Doʻstlik MFY hududida joylashgan “Vodiy Gavhari” bolalar sogʻ
+2
#Zakovat 📚 Zakovat – bilim va tafakkur maydoni! Quvasoy shahar Doʻstlik MFY hududida joylashgan “Vodiy Gavhari” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Zakovat” intellektual oʻyini koʻtarinki ruhda va qizgʻin bahs-munozaralar ostida oʻtkazildi. 🎉 Tadbir davomida bolajonlar oʻzlarining bilimdonligi, topqirligi va zukkoligini namoyon etib, berilgan savollarga tezkor hamda aniq javoblar berdilar. Ishtirokchilar faolligi va intellektual salohiyati bilan barchada katta ta'surot qoldirdi. Tadbir yakunida eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan gʻolib jamoa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 🎁 Bunday intellektual oʻyinlar yosh avlodning bilimga boʻlgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va jamoada ishlash koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#Tavsiya_etamiz “Jeyn Eyr” (Jane Eyre) — Sharlotta Bronte “Jeyn Eyr” — ingliz adabiyotining eng mashhur romanlaridan biri bo‘
#Tavsiya_etamiz “Jeyn Eyr” (Jane Eyre) — Sharlotta Bronte “Jeyn Eyr” — ingliz adabiyotining eng mashhur romanlaridan biri bo‘lib, unda yetim qiz Jeyn Eyrning murakkab hayot yo‘li, qalbidagi orzu-umidlari va haqiqiy muhabbat sari intilishi tasvirlanadi. Bolaligidan qiyinchilik va adolatsizliklarga duch kelgan Jeyn kuchli iroda, halollik va sabr bilan hayot sinovlarini yengib o‘tadi. U gubernantka bo‘lib ishlayotgan Tornfild qasrida sirli va o‘ziga xos xarakterga ega mister Rochester bilan tanishadi. Ular o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi, biroq bu muhabbat yo‘lida kutilmagan sirlar va sinovlar mavjud edi. Jeyn o‘z sha’ni, e’tiqodi va baxti o‘rtasida murakkab tanlov qilishga majbur bo‘ladi. Roman muhabbat, inson qadr-qimmati, erkinlik, matonat va adolat kabi abadiy mavzularni yoritadi. Asar o‘quvchini hayotning turli sinovlari qarshisida o‘zligini saqlab qolish va baxt uchun kurashishga undaydi.

photo content
+3

#Kun_fotosi 🇸🇱"Olg'a O'zbekiston"🇸🇱 Biz uchun siz eng zo'ri bo'lib qolasiz!❤️
#Kun_fotosi 🇸🇱"Olg'a O'zbekiston"🇸🇱 Biz uchun siz eng zo'ri bo'lib qolasiz!❤️

#Kun_fotosi
#Kun_fotosi