cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali. 🌍Tuman MMTB eʼlon va yangiliklari 🎓Taʼlimga oid yangiliklar 📝Tanlovlar va musobaqalar

Більше
Рекламні дописи
302
Підписники
+224 години
+197 днів
+3730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

"Baxtli bolalik" nomli bayram tadbirlari o'tkazilmoqda. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chiroqchi shahridagi 18-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Baxtli bolalik" nomli bayram tadbirlari o'tkazildi.
Qayd etish lozimki, o‘zbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz. Istiqlol yillarida mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Eslatib o'tamiz, «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi. @chiroqchi_tuman_mmtb
Показати все...
Қашқадарё ҳокими ташаббуси билан ташкил этилган фан олимпиадасининг 9 нафар ғолиби Қарши давлат университетига имтиҳонсиз қабул қилинди Талабалар давлат гранти асосида ўқийдиган бўлди. Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
Показати все...
👍 1
Viloyat hokimi fan olimpiadasi g'oliblari tantanali ravishda taqdirlandi Bugun, viloyat hokimi tashabbusi bilan joriy yilda ham 11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan 3 bosqichli, matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari (ingliz, nemis va fransuz tillari) fanlaridan o'tkazilgan "Viloyat hokimi fan olimpiadasi"ning viloyat bosqichi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov o'z tabrigi bilan ochib berdi. Taqdirlash jarayonlarida soha mas'ullari, pedagoglar, g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari hamda yaqin qarindoshlari ishtirok etib, g'oliblarga viloyat hokimligi tomonidan maxsus qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Shuningdek, mazkur olimpiadada fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha ishtirok etib, 1-, 2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan 9 nafar bitiruvchi yoshlarga Qarshi Davlat Universitetiga imtihonsiz, grant asosida talabalikka tavsiya etilganligi bo'yicha maxsus sertifikatlar va tadbir davomida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblariga ham pul mukofotlari yorliqlari topshirildi. Viloyat hokimi Murotjon Azimovning “Viloyat hokimi fan olimpiadasi" g‘oliblari va ularning ustozlariga yo‘llagan tabrigi👉https://qashqadaryo.uz/oz/nview/vhmahfogyt1717064776 Qarshi Davlat Universitetiga imtihonsiz talabalikka tavsiya etilgan 9 nafar yoshlar ro'yxati👉 https://t.me/qashmatbuot/6170 📸 M.Komilov, N.Saynabiyev. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Показати все...
Chiroqchi tumanidagi 10-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag‘ishlab tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Ertaklar olamida" nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi. @chiroqchi_tuman_mmtb
Показати все...
XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB Chiroqchi tumanidagi 15-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha- salom maktab" bayram tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar bog'cha opalar, bog'cha, maktab va sevimli o'yinchoqlari haqida she'r hamda qo'shiqlar aytib berdi. Shuningdek, bolajonlar yil davomida olgan bilimlari asosida qiziqarli faoliyatlar namoyish etishdi, chiroyli raqslarga tushib mehmonlar va ustozlarini xursand qilishdi. Ushbu tadbirda tumanning 1-5-4-18-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari ham qatshashishdi. ✍️Dilshoda Murodova 15-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkiloti direktori @chiroqchi_tuman_mmtb
Показати все...
XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB Chiroqchi tumanidagi 10-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha- salom maktab" bayram tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar bog'cha opalar, bog'cha, maktab va sevimli o'yinchoqlari haqida she'r hamda qo'shiqlar aytib berdi. Shuningdek, bolajonlar yil davomida olgan bilimlari asosida qiziqarli faoliyatlar namoyish etishdi, chiroyli raqslarga tushib mehmonlar va ustozlarini xursand qilishdi. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показати все...
👍 1
Перейти до архіву дописів