Poems
*** Ildizlar bir bo'lsa nedir ayrolik... Ruhlar topishsalar nedir masofa...?! © Afsoh
Більше261
Підписники
+1024 години
+177 днів
+930 днів
- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Приріст підписників
Триває завантаження даних...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
EN AVANT!👀
Qish, bahor, yoz va kuz...
Bari tez o'tadi, ba'zan bu to'rtlikning birortasidan taskinlik va camfort topa olmaymiz, ammo biz sizga beshinchi mavsumni taklif qilamiz, o'z uyingizdagidek his qiling
(balki, u yerdan yaxshiroqdir) 👇
https://t.me/addlist/1vRb8_ziusYzYTAx
Adabiyot qalblarni birlashtiradi. Shunday ekan, siz ham bizga qo'shiling...🌷🤍@kitobchi_blogi Absurd kitobxon yoziqlari🪶 🤍@QonliBitiklarim Yo'qlik manzili...🌷 ⏺️@kitobdorr_uz Siz izlagan kitoblar!📚 ⏺️@malinas_books Chalkash hislar va kitoblar haqida🪐 ⏺️@booktional Kitoblardan kitoblarga... Kitoblardan kitobxonlarga...🩵 💙@baxti_oq Sizni she'riyat qutqarsin🦋 🍇@kitobxon_qirolligi Cheksiz bilimlar va hayajonli sarguzashtlar makoni🕊 🕤@HamKitob Ham adabiyot, ham kitob, ham she‘r, ham taqriz, ham fikr... Hammasi shu yerda.📚 💚@hasanboyeva_blogi Iltimos... Menga qo'zichoq chizib ber!🌼 🩵@blurry_thoughts - yo'l-yo'lakay kelgan ilhom, bir chimdim mijg'ovlik va zalolat maskani.📜 🕚@bookonomics Iqtisodchi qizning kitoblarga oid fikrlari.🌧 💛@palangizm Ijodkor yigitning #sensizlik rubrikasida (416 kundan beri) she'rlari, fikrlari va sara kitoblar✨ 🩷@quyoshli_kitoblarr Turkcha kitoblar olami🌞 🕓@Kitoblarga_oid Ilm targ'ibotchisi🌷 ⏺️@aromaofbooks Kitoblar so'zlasin...🌷 ⏺️@oyjamol_books Kitoblar va kinolarga sara taqrizlar📚
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
SOGʻINCH
Seni sogʻinsinlar,
Sen koʻp sogʻinding,
Chora yoʻq baribir ikki holda ham.
Daryodek tosharding, koʻl kabi tinding,
Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam.
Afsus, sogʻinchning ham bordir adogʻi,
Keyin unutilish, bari abasdir.
Sogʻingan odamning koʻnglida dogʻi,
Sogʻintirganga ham oson emasdir...🌊
Abdulla ORIPOV
3.12 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sen maktublar yozasan har kech,
Oʻqimayman ularni ammo.
Men termayman raqamingni hech,
Kelishingni kutaman hamon.
Va’dalar yoʻq, kelishuvlar bor,
Suratlar bor, termulay desang.
Hamon ketmay turibdi bahor,
Maktublardan oldinroq kelsang...🌿
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yorug'likdan asradim uni
Qizg'onishda o'tdi har kunim.
Yopiq kitob ichida yashar,
Men quritgan, jonajon gulim...
Men xudbinman, oshiqman, yana
Go'zallikni berkitgan xasis.
Garchi yillar o'tdi oradan,
Kitob ichi haliyam nafis...
Yomon ko'zdan asradim uni.
Qanday so'ldi ko'rdim har kuni.
Menga oson bo'lmadi bilgin!
Sevib yashash qurigan Gulni...
⏺️ Boxodirov Izzatillo
00:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yurak
Nega dovdiraysan, ko’ksimdagi gul?
Nega chalkashasan tuyg’ularimdan?
Har bir savobimni to’g’nog’ich qilib,
Marjon tizmaysanmi orzularimdan?
Kelar ko’klamlarga dil ochdim qancha,
Shudringni ko’zimdan to’kib yubordim.
“Senga to’zim bersin, matonat bersin…”-
Sukut zabonida Haqqa yolvordim.
Bargrezon… mezonlar menga-da emas,
Bu xazon ko’nglingga yaqin bilaman.
Sen tushun, har to’rtta faslda ham men
Faqat… faqat shamol bo’lib yelaman.
Va yana yonaman samandar yanglig’,
Xuvaydo qismatim o’tida ranjday.
Junun dashtlarida daydigan ruhim
Menga sog’inchlardan tutqazadi may.
Shabboda yodimni qo’liga olib,
Moviy ufq tomonga boshlaganda yo’l.
Nega chalkashasan tuyg’ularimdan?
Nega dovdiraysan, ko’ksimdagi gul? ..✨✨
@baxtiniso
5.37 KB
00:18
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Koʻp yigʻlama,
ogʻriydi boshing,
axir baxtli boʻlmogʻimiz shart.
Yomon boʻlar agar koʻzyoshing
tugab qolsa, kelgunicha Baxt.
Koʻzyoshingni sochma tunlarga.
asrab qoʻygin yaxshi kunlarga.
* * *
Kel, yashirib qoʻyayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.
Topolmasin bizlarni birov!
* * *
Dunyo hali noraso, hali
oʻrtamizda chopar ayriliq,
chaqiramiz bir-birimizni,
ogʻzimizni yopar ayriliq.
Nafrat yashar dunyoda, hali
yozilganday qaysi kitobda
Muhabbatning asrini kutib,
oʻtiribmiz ikki qutbda...✨✨
Shavkat RAHMON
2.69 MB
00:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Men uchun kitob eding eʼzozli, suyuk
Nurdan paydo boʻlib kamolga yetgan.
Muhtasham, qatlari ifodaga boy,
Tangrim seni faqat men uchun bitgan!..
Shunday komil eding mening nazdimda,
Bebaho degan soʻz yolgʻiz senga xos.
Shuncha ojiz edim, goʻyo yoningda
Sen uchun oddiy bir ilova, xolos.
Azizim, magʻrursan, bilasan hatto
Isming yodga tushsa, titraydi yurak.
Lek, nechun bilmaysan, buyuk kitobni
Tushunmoqlik uchun ilova kerak...✨💤
7.89 KB
00:15
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ketish - qolish degani asli,
Vido asli visoldir gulim. Quvonch shaksiz iztirob fasli, Sening isming - HAYOT, sevgilim.
Vohid Luqmonov
* * *
Nigohingda osmon tomchisi,
Tabassuming har guldan soʻlim,
Hajring shirin jonim ovchisi,
Sening isming - DUNYO, sevgilim!
Haddim sigʻmas vasling tilarga,
Boʻsh qaytadi uzatgan qoʻlim,
Yuragimni yordim yellarga,
Sening isming - SABO, sevgilim.
Umidlarim kesilgan daraxt,
Sinib-sinib tushar hayolim,
Ollohimdan kelgan marhamat,
Sening isming - MAVO, sevgilim.
Oshiqlikning bormi dorisi,
YO shifo ber, yoki ber oʻlim,
Ishq - ATOning yolgʻiz vorisi,
Sening isming - HAVO, sevgilim!💖✨
Malika Tavfiq
5.48 KB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Daraxtlar yam-yashil rozlari bilan,
G’unchalar gulobi nozlari bilan,
Suvlar shivir-shivir sozlari bilan
—Meni sevmoqdalar,
Qizg’onmaysanmi?!
Osmondan yoģilgan ģamlar entikib,
Ko’nglim xilvatida shamlar entikib,
Shunday sevginavoz damlar entikib
—Meni sevmoqdalar,
Qizģonmaysanmi?!
Shamol óz ishqini qilmoqda takbir,
Gullar sepmoqdalar samoviy atr,
Bu toģlar meni deb qaridi axir
—Qizģonmaysanmi?!
Poyimgacha yetmay, gul bóldi qurib,
Sen sabab kelmadim, baxtga ulgurib,
Lek,shuncha sevgining ichida turib
-Seni soģinyapman baribir,
Seni qómsayapman baribir,
Seni óylayapman baribir,
O’ylamaysanmi?!...💤
Sanobar Mehmon
Оберіть інший тариф
На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.