cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti

🏛Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti rasmiy kanali☝️ https://t.me/Namdpi_Aniq_tabiiy Murojaat uchun. По вопросам 👇 Admin: @Solijonov_Shahzod

Більше
Рекламні дописи
353
Підписники
-124 години
-47 днів
+1530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

2️⃣2️⃣2️⃣ “Talabalar xavfsizligi” profilaktik kuni doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari oʻrtasida profilaktik tushuntirishlar olib borildi. 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda imzolangan “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori ijrosi yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi. 🔰Tadbirda profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva, fakultet dekan oʻrinbosari S.Dadaboyev, "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakili hamda tyutorlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ogohlikka chorlovchi kerakli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tig'li buyumlardan foydalanmaslik, davomat, internetdan toʻgʻri foydalanish, institut odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati masalalariga alohida toʻxtalib, profilaktik tekshiruv olib borildi. ♻️Tadbir chogʻida institutda huquqbuzarlik holatlarini oldini olish yuzasidan masʼullar talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi. ♻️ Kanalga ulanish👇 🌐 https://t.me/namspi
Показати все...
⚡️Tezkor: qabul 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬 🏛Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan institutning Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi talabalari uchun   Geografiya fanlari doktori, professor A.Negmatov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida professor Geografiya fanini o'qitish darslarini tashkil qilish ta'limdagi islohotlar tog'risida munozarali suhbat olib bordi. Talabalar o'zlarining ilmiy tadqiqotlari yuzasidan savollar va takliflari bilan murojaat etdilar. ♻️ Kanalga ulanish👇 🌐 https://t.me/namspi
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
✅✅✅✅✅✅ 📣Biz tadbirkormiz, biz ustozmiz, biz shifokormiz, biz agronommiz, biz olimamiz, BIZ — YANGI O'ZBEKISTONNING LIDER QIZLARIMIZ 🏛Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida "Lider qizlar" klubi tashkil etilmoqda. 🌎Sizlarni 29-may soat 11:00 da "Lider qizlar" klubining ochilish marosimiga bagishlangan "Yangi O'zbekistonning yangi liderlari" deb nomlangan tadbirga lutfan taklif etamiz. 📌Manzil: Faollar zalining 3-qavatida.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⌛️ Kun boshlanishi oldi bir o'qib oling 🙂 Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling. 🔗 Xayolingizga biror fikr, g‘oya keldimi? O‘sha zahoti yozib qo‘ying. 🚪 Kech qolyapsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo‘ying. ⭐️ Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O‘z orzularingiz bilan band bo‘ling. 💬 Kim nima desa ishonib ketavermang. 🌚 Hech qachon muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi.
Показати все...
👍 2
🏛Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T.Abdullayev ,dekan o'rinbosari S.Dadaboyev va fakultet tyutorlari ishtirokida guruh sardorlari bilan ichki tartib va odob-axloq qoidalari, talabalarning dars mashgʻulotlaridagi ishtiroki, fanlar boʻyicha davomatlari, talabalarning oʻquv jarayonidagi huquq va majburiyatlari, kredit-modul tizimi haqida davra suhbati olib bordilar. 🏛 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti telegram sahifasi:https://t.me/Namdpi_Aniq_tabiiy
Показати все...
👍 4
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Hemis platformasida instituti reytingida 1-o'ringa chiqib oldi 😁 🏛 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti telegram sahifasi:https://t.me/Namdpi_Aniq_tabiiy
Показати все...
👍 8😁 2
🏛Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasining professor-o’qituvchilari va Kosonsoy tumani Hurriyat MFYda joylashgan 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida kasbga yo’naltirish hamda oliy o’quv yurtiga jalb qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda o’quvchilarga institutning ta’lim yo’nalishlari, ilmiy salohiyati, ichki imkoniyatlari, shuningdek, o’quvchilarni oliy o’quv yurtiga kirish darajasini oshirish bo’yicha institut tomonidan ko’rsatilishi mumkin bo’lgan metodik yordamlar, jumladan, fanlardan online kurslar, to’garaklar va ochiq darslar to’g’risida hamda o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga  professor-o’qituvchilar tomonidan to’liq ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri N.Abdullayev, o’qituvchi I.Rahimov, maktab direktori I.Muradov, rahbar xodimlar hamda bitiruvchi sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Uchrashuv ko’tarinki ruhda davom etdi. ♻️ Kanalga ulanish👇 🌐 https://t.me/namspi
Показати все...
#gullar_festivali Gullar festivali davom etmoqda 63-"Gullar festivalida" Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda. 🏛 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti telegram sahifasi:https://t.me/Namdpi_Aniq_tabiiy
Показати все...
3😍 2👀 1
⚡️Rasman: bu yil qabul 5-iyundan boshlanadi! Qabulga oid prezident farmoni chiqdi. Unga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
👍 1