cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Muhammad_Abu_Bakr_blog

• Nafs tarbiyasi farzand tarbiyasidan qiyin Va muhimdir… Darslar kanalim: @Akademiya_ILM_NUR Aloqa: @Muhammad_Abu_Bakr_aloqa_bot

Більше
Рекламні дописи
705
Підписники
-624 години
-367 днів
-13230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#ибрат Йигит: "Аёлим илмли бўлсин", дейди. Қиз: "Халолим илмли бўлсин", дейди. Лекин хеч ким илм олай демайди... "Дунё фоний" дейди, бирор нарсага эришолмай қолса, сиқилавериб юраги касал бўлади... "Онамни яхши кўраман" дейди. Онаси иш буюрса "уфф" дан бошлаб, "уфф"да тугатади... "Вақтим йўқ", дейди, 5 дақиқадан кейин қараса, бекорчилик билан "шайтонни" хурсанд қилаётган бўлади... "Фалончини яхши кўраман" дейди, аммо қачон охирги маротаба хаққига дуо қилиб, холини сўраганини эслолмайди... "Хотимам чиройли бўлсин" дейди, аммо тахоратсиз уйқуга кетади... "Аллох ва Расулини яхши кўраман" дейди, аммо фарз ва суннатларга эътиборсиз яшайди... Ўша дейдиган кимлар, биласизми? Мен, сиз ва атрофимиздагилар...
Показати все...
👍 7😢 5💯 3👏 1
Mezzaaa 😁
Показати все...
😁 6🥰 2
Bolalar bilan ishladik va mukofotiga bitta “marojniy” muzqaymoq….🙂
Показати все...
👏 6😁 3
Намозни ўқиш ҳаммага фарздир. Қолдирилган намоз барибир қарздир.
Показати все...
👍 5😢 2
Erta sahardan ilhom kelib yozgim kelib qoldi… Insha Alloh foydali bo’ladi..!
Показати все...
👍 7👏 3
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol to‘rt (narsasi) uchun nikohlanadi: moli uchun, nasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Agar ushbu to‘rt sifat – mol ham, jamol ham, hasab-u nasab ham din-u diyonatga qo‘shilib, bir qizni muzayyan qilib tursa, albatta, yaxshi. Ammo mazkur to‘rt sifat bir-biri bilan solishtirilsa, ular orasida dindorlikka teng keladigani yo‘q. Dindorlik bo‘lmagan joyda moldorlik ko‘pgina noqulay ishlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Nasab so‘zi obro‘-e’tibor, sharaf, nufuz degan ma’nolarni anglatadi. Jamol ham o‘zicha yaxshi narsa. Lekin bu ham o‘tkinchi. Ma’lum muddatdan keyin kelinning jamoli o‘zgarishi turgan gap. Buning ustiga, faqat jamolga suyanib ish qilish ham yaxshilikka olib bormaydi. Dindorlik haqiqiy va bardavom yaxshi sifatdir. Kelin dindor bo‘lsa, kuyovni va uning yaqinlarini hurmat qiladi. Oilaning haqiqiy ustuni va porlab turgan chirog‘i bo‘ladi. Hozirgi zamonda bu hadisdagi "dindorini tanla" jumlasi faqat yigitlarga emas, balki qizlarga ham tegishlidir. Eng avvalo yigit sovchi yuborsa va uni niyati birinchi dindorini tanlash bo'lsa, sovchilikka ilmli, ilmni qadriga yetuvchi insonni yuborishi darkordir. ● Ba'zan hola, amma yoki kuyovga umuman begona bo'lgan, gapga usta ayollar sovchilikka yonlanishar ekan. Yana bunga pul ham olishadi. Kulguli holat. Hurmatli aka-ukalar!!! Dindorini tanlash sizni niyatiz bo'lsa, dinni, ilmni tushunadigan tanishizni yuboring sovchilik uchun. Insonlarga birinchi o'rinda diniga qaraymiz degan qo'shtirnoq ichidagi sovchi xolalar, sovchilikka borib qizni rangi, bo'yi, og'irligi, tishini yuvmagan bo'lsa tishida qolib ketgan ovqat qoldig'igacha tekshirishar ekan. Alloh asrasin unaqa sovchilardan sizlarni hurmatli opa-singillar.🤦‍♂ Boshdagi hijob yoki chiroyli soqol bu ilmli ekanlikni bildirmaydi. Xuddi ko'zoynak taqadigan hamma inson ham prafessor, ko'p kitob o'qiydigan inson bo'lmagani kabi. Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh shunday deganlar: "Buyuklarning hikmati, hikmatlarning buyugidir". Shunga asoslanib aytaman-ki, uylanish yoki turmushga chiqish bo'yicha berilgan maslahatlarning eng buyugi va foydalisi, Olamlarga Rahmat qilib yuborilgan Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning maslahatlaridir. Demak, Yuqorida zikr qilingan hadisni bilgan inson, qanday qizga uylanay yoki qanday yigitga turmushga chiqay degan savolni hayolidan chiqarib yuborishi va o'rniga foydaliroq narsani o'ylab, ilm olib, gunohdan tiyilib, Qur'on yod olib yurishi kerak. Takrorlayman!!! Sovchi xola, amma bo'lishi shart emas. Agar ilmli bo'lishmasa va uni qadriga yetishmasa. Iloji bo'lsa sovchi ayol kishi bo'lishi kerak emas. Ilmli erkaklar bo'lsa vaqtni zo'e qilmaslik uchun gaplashishadi, farzandlarini guvohlar bilan, shariatga ko'ra uchrashtirishadi. Qo'y so'yib, osh qilib, valima o'tkazib qiz va yigit oila bo'lishganini xalqqa ma'lum qilishadi. Ortiqcha urf-odatlar uchun imkoni bo'lmasa ham qarz olib ularni bajarish taklifi ko'pincha ayollardan chiqadi. Bilmadim fikrimni, xulosamni tushuntirib bera oldimmi yoki yo'q??? Lekin aniq ayta olaman ilmli erkaklar bosh bo'lgan, dindor yigit va qiz bilan qurilgan oila Alloh uchun bir-biriga muhabbati, yoki muhabbati bo'lmasa ham Allohdan qo'rquvi sababi baxtli oila bo'lishadi. Xullas... Sovchini ham qizni ham yigitni ham, dindoridan tanlang, gapdonidan emas, hurmatli aka-ukalar va opa-singillar. Muhammad_Abu_Bakr
Показати все...
👍 10
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#nasihat ● Bir do'stim dengizda bo'g'ilib, cho'kib vafot qildi... U qori edi. ● Bir insonni islomga kirishida sabab bo'lgan edim... Islomga kirganlaridan 2 haftadan keyin yurak hastaligidan vafot qilishdi... ● Turkiyaga birinchi kelgan vaqtlarimda bir ustozimiz oshxonada ovqat tayyorlagan xollarida yurak huruji bilan oshxonada yiqilib oxirat dunyosiga o'tishdi... ● Bir tanishimizni o'g'lini avtomobil urib ketdi va banisada 3 oylik komadan keyin vafot qildi... Alloh barchalarini Jannati va Jamoli bilan mukofotlasin. Oxiratlari obod bo'lsin. Ko'zizni oching!!! O'lim kelib sizga murojaat qilsa, ko'zizni ochib yopishizga ham ulgurmaysiz. Allohim bevaqt va iymonsiz o'limdan barchamizni asrasin!!! Muhammad_Abu_Bakr
Показати все...
🔥 6👍 4😢 4 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Одатда шунақа бўлади: ухлашдан олдин бирор муҳим иш учун тонг саҳарда туришни қаттиқ ният қиласиз ва будильникдан камида 1 дақиқа олдин қўққисдан уйғонасиз :) Ҳаммаси ниятларга боғлиқ! Хайрли тонг!
Показати все...
🔥 10👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
— Онамни таърифлашда чиройли сўз тополмайман. Аслида жаннатнинг бўлагини таърифлаш жуда қийин масала…
Показати все...
12🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
— Ёшлигимда намоз ўқимасам Аллоҳ мени жазолайди деб ўйлардим. Энди тушундимки намоз ўқимасликни ўзи жазо экан…
Показати все...
🔥 5👍 2 1😢 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.