cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Yoshlar ittifoqi AndMI boshlang‘ich tashkiloti

Hurmatli talabalar! Yoshlar ittifoqi AndMI boshlang‘ich tashkilot Kengashida faoliyat olib borish istagida bo‘lgan yoshlarni safimizga chorlab qolamiz.

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
692
Підписники
Немає даних24 години
-157 днів
-8930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
💫 Andijonlik yoshlar mukofotlandi ⚡️ Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmoniga muvofiq bir guruh faol yoshlar davlat mukofoti va medal bilan taqdirlandilar. 🎖Jumladan, Andijondan "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti bilan: 😎Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti. 😎Samandarov Nuriddin Maxammatjon o'g'li - Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi. ⭐️"Kelajak bunyodkori" medali bilan: 😎Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi «Academy IT Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari. 😎Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi. 😎Tulanova Sevaraxon Bahodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti uslubchisi. 🇺🇿 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi yoshlarni mukofot bilan qutlab, ularning kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyat tilaydi! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi. Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda: - “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi; - “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi; - 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi. Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.
Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak,
- dedi Prezident. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Endilikda: - IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi; - ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi; - IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga "ijtimoiy karta" beriladi; - yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi. Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi. Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi. Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul "vay-fay" o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi. Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi. Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi. Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi. Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi. Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urug‘lik yetkazib beriladi. Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamg‘arma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi. Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘rgatiladi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi. Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi. “Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi. Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi. Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda. Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi ta’kidlandi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.