cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Eng sara badiiy asarlar📘📖

📚📚📚Kitoblar zamon tòlqinlarida suzuvchi va òzining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir(F.Bekon) ✍️ Creator: Asliddinov B ✍️ Administrator: Yodgorova G

Більше
Рекламні дописи
557
Підписники
-224 години
-187 днів
-6230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Good night everyone 🙂‍↔️😴
Показати все...
🤩 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kechirib yuborish kishining o'ziga qilgan eng katta yaxshiligidir.
Показати все...
👍 2🔥 1👏 1
Dunyodagi eng boy oila tarixi Bankir Rotshildlar oilasi Frankfurtdagi kambag‘al yahudiylar mahallasidan yetishib chiqqandi. Germaniyadagi shafqatsiz qonun yahudiylarning o‘z mahallalaridan chetga chiqishlariga yo‘l qo‘ymasdi. Lekin yahudiylar buni boshqacha talqin qilishdi: bu qonun ularning o‘zlariga nisbatan ishonchlarini kuchaytirdi va ularning madaniyatini saqlashni juda kuchli himoya ostiga oldi. XV asrda Meyer Amshel Rotshildlarning ichidagi eng birinchi badavlat odam bo‘ldi. Dastlab Meyer Amshel knyazlar Turn va Taksislarning qudratli sulolalari bilan yaqinlikni yo‘lga qo‘ydi. Mijozlarning ko‘nglini ovlab yurish o‘rniga u mana shu knyazlarning ichida birinchi bankir bo‘ldi. Ikkinchidan, u o‘z biznesiga birorta ham begonani yo‘latmadi - faqat o‘g‘illari va qarindoshlarini o‘zining ishiga aralashtirgan. Oila qanchalik mustahkam va yaxlitlashib borgani sari shunchalik qudrati oshib bordi. Tez orada biznesni Amshelning besh o‘g‘li yuritishga kirishdi. 1812-yil o‘lim to‘shagida yotgan Amshel asosiy merosxo‘r sifatida ularning bittasini aytishdan bosh tortdi. Buning o‘rniga u o‘z ishini beshalasiga topshirdi va oila an’analarini saqlashni, doimo bir yoqadan bosh chiqarishni, tarqoqlikka, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni va begonalarni ishga aralashtirmaslikni vasiyat qildi. O‘g‘illari boshqaruvni qo‘lga olishgach, ma’lum bir knyaz oilasi yoki bir davlat doirasida emas, butun Yevropa bo‘ylab faoliyat yuritish bilan o‘z boyliklarini ko‘paytirishga qaror qilishdi. Aka-ukalardan biri - Natan Londonda do‘kon ochdi. 1813- yilda Jeyms Parijga ko‘chib o‘tdi. Amshel Frankfurtda qoldi, Solomon Venaga joylashdi, kenja Karl esa Neapolga jo‘nab ketdi. O'zlarining barcha yo‘nalishlarini birlashtirib, ular Yevropa moliya bozoridagi mavqelarini mustahkamlab olishdi. Bunday keng qamrovli tarmoq Rotshildlarning faoliyatini zaiflashtirib, otalari ogohlantirgan - isrofgarchilik, tarqoqlik va bo‘linib ketish xavflarini keltirib chiqarardi. Ular mana shu xavfni chetlab o‘tishdi va begonalarni ishga aralashtirmay, faqat o‘z nasl-nasabi strategiyasiga amal qilib, kuchlarini birlashtirgan holda Yevropa moliyasi va siyosatida qudratli kuch ekanliklarini tasdiqlashdi. Rotshildlar butun Yevropa bo‘ylab eng tez kuryer pochtasini joriy qilishdi, bu esa ularga har qanday yangilikni raqobatchilaridan avval bilishlari uchun imkon yaratdi. Ular amalda informatsiya olamidagi monopoliya sohiblariga aylanishdi, ularning yozishmalari esa yahudiylarning frankfurtcha shevasida, kodlangan tarzda yuritilardiki, buni faqat aka-ukalargina tushunishardi - boshqa hech kim bilmasdi. "Hatto eng uddaburon bankirlar ham Rotshildlar labirintiga yo‘l topa olishmaydi" deb tan olgandi ularning oilaviy tarmog‘iga suqilib kirishga harakat qilgan moliyachilardan biri. 1824-yilda Jeyms Rotshild turmush qurishga qaror qildi. Bu masalani u oilasidagilar bilan maslahatlashdi, bu orqali ularning oralariga sirlarini bilib olib fosh qilishi mumkin bo‘lgan begona bir odam kirardi axir. Shuning uchun Jeyms shu oilaga mansub qizlardan biriga uylanishga qaror qildi va o‘zining katta akasi Solomonning qiziga uylandi. Qolgan aka-ukalar qoyil qolishdi - uylanish masalasining ajoyib yechimi edi bu. Jeymsning bu tanlovi endilikda butun sulola uchun o‘rnak-namunaga aylandi. Ikki yildan keyin Natan o‘z qizini Solomonning o‘g‘liga turmushga berdi. Keyingi yillarda besh aka-uka o‘z farzandlarining o‘n sakkizta to‘yini o‘tkazishdi. Ularning o‘n oltitasidagi kelin-kuyovlar amakivachcha edilar.
Показати все...

2
​​Bizning Yerimizdan juda balandda mukammal bir tizim – (Yerni o‘rab turgan atmosfera) tinimsiz ishlab turadi: u dunyomizni tashqi tahdidlardan, tasavvurimizga ham sig‘maydigan falokatlardan himoya qiladi, ya’ni, Yerga yaqinlashib kelayotgan (qulab tushsa, Yerni ostin-ustun qilishi mumkin bo‘lgan) katta-kichik millionlab meteoritlarni yo‘q qiladi; koinotdan kirib keluvchi yorug‘lik nurlarini filtrlab, faqatgina foydali va xavfsiz nurlarnigina o‘tkazib beradi; koinotning naq -270°S bo‘lgan ayovsiz sovug‘idan Yerni (jumladan, bizlarni) asraydi. Atmosferaning yordamchisi – fan tilida Van Allen belbog‘i deyiladigan qatlam esa bizni radiatsiyalarning bombardimonidan himoya qiladi. U Yer yuzidan bir necha kilometr yuqorida joylashgan. Agar shu belbog‘ bo‘lmasa, Yer yuzida tiriklik ham bo‘lmasdi, chunki, koinotdan keladigan radiatsiya bombardimonlarining atigi bittasining kuchi Xirosimaga tashlangan atom bombasi kabi bombaning 100 milliard donasi kuchiga teng! Bunaqa bombardimonlar esa har kuni bo‘ladi. Tasavvur qilyapsizmi? Bu ilmiy ma’lumotga Qur’onda 1400 yil avval ishora berilgan: «Osmonni saqlab turuvchi tom qilib qo‘ydik...» (Anbiyo surasi, 32-oyat). Nega bu haqida gapiryapman? Qur’ondagi olti mingdan ortiq oyatning mingdan ortig‘ida ilmning asoslari haqida bahs yuritiladi, katta ilmga belgilar beriladi, ishoralar qilinadi, alomatlar ko‘rsatiladi. Va ularda aql, tafakkur egalari uchun ibratlar borligi ta’kidlanadi. Ha, aql va tafakkur egalari uchun! Biz nima qilyapmiz? Haligacha diniy ilmlarni o‘rganish kerakmi yoki dunyoviy ilmlarnimi degan masala ustida bahslashamiz. Vaholanki, Qur’onda astronomiyaning, fizikaning, gidrologiyaning, geologiyaning, okeanologiyaning, biologiyaning, zoologiyaning, botanikaning, tibbiyotning, embriologiyaning va boshqa ilmlarning asoslari, o‘zaklari, negizlari, asl haqiqatlari bor! Ularni o‘rgangan, tadqiq qilgan, (bizga o‘xshab faqat tilini emas, aqlini ishlatgan ajdodlarimiz qomusiy olim bo‘lib, dunyoga, insoniyatga beqiyos naf keltirdilar. Biz qachon aqlimizni ishlatamiz? Qachongacha dunyo va din o‘rtasiga Xitoy devori quramiz? «Ilm dinsiz oqsoqdir. Din ilmsiz - ko‘rdir», - degan edi Eynshteyn. Shu oddiy haqiqatni qachon anglab yetamiz? Qachongacha tahorat odoblari-yu, ko‘pxotinlik, ro‘mol va soqol mavzularida o‘ralashamiz? O‘zimizni-ku bo‘larimiz bo‘ldi, farzandlarimizga bu asl haqiqatlarni qachon anglatamiz? «Tafakkur qilmaydilarmi?» - so‘rovi Qur’oni karimning o‘n uch yerida ta’kidlangan. O‘n uch yerida! Har kuni qiroat bilan tilovat qiladigan oyatlarimizda necha marta takrorlanarkin bu kalimalar – farqida ham emasmiz... Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ular Qur’onni qiroat qilurlar. Ammo u bo‘g‘izlaridan nari o‘tmas...» - deya xabar bergan qavmlaridan bo‘lib qolmadikmikan? Xo‘sh, qachon tafakkur qilamiz? Vaqtimiz qancha qolgan o‘zi?.. @kitob_ombori
Показати все...

👍 2
O‘TKAN KUNLAR Yonib o‘qirkanman "O‘tkan kunlar"ni, Moziy sehri ila to‘yinar edim. Muhabbat va nafrat yondosh tunlarni His qilib, nogahon kuyinar edim. Angladim - sor, burgut uchmasin qayda, Bir qanot sil bo‘lsa, qayrilar ekan. Nachora, adolat buzilgan joyda Inson suyganidan ayrilar ekan! ✍ Xayrulla Hamidov 📚
Показати все...
👍 6👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tafakkur Chiroyga aytgin: Sen xunuklarning xunugisan.. axloq ketgan paytda. Ayman Yog‘iy
Показати все...
👍 4👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
KOREYA PROFESSIONAL ICHKI MAXSULOTLARI OPTOM NARXLARDA TAFSIYALAR ASOSIDA TAJRIBALI SOTUVCHI TOMONIDAN MUAMMOLARINGIZ VA YUZ TURINGIZGA MOSLAB TAFSIYA ETILADI!! Qulayligi, ba'zi qimmat maxsulotlarni gramini kamroq qilib olish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz✅ Shuningdek, kanalda siz tog'ri yuz parvarishi, maxsulotlardan qanday tog'ri foydalanishni o'rganishingiz mumkin🌸 KANAL HAVOLASI⬇️ https://t.me/+StGVmHKSz-FhYTIy https://t.me/+StGVmHKSz-FhYTIy #107 Gulchehra
Показати все...
👤 Ibrohim Rahim 📓 "Fidoyilar" «Fidoyilar» romani o‘zbek xalqining mard farzandlari — yigit va qizlarining frontdagi jasoratiga bag‘ishlangan. Romanda Kapitan kombat Normat Jabborov bilan jangchi Adodatning frontdagi kechinmalari, vatanparvarlik jasorati, Qoraqosh, Begimxonlarning front sharoitida chiniqib, voyaga yetishlari, general Norxonovning qo‘mondonligidagi diviziyaning Stalingrad bo‘sag‘asidagi jangovar harakatlari tasvirlangan. 📚
Показати все...
Fidoyilar [@kitoblar_pdf].pdf9.84 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
​​Aslida hech qaysi mebel kitobchalik maftunkor emas. ✍ Sidney Smi
Показати все...
👏 3🤩 2👍 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.