cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Turgunov management

Biznes boshqaruv haqida telegram kanal. Muallif: Ravshan Turgunov (@tuurgunov)

Більше
Рекламні дописи
723
Підписники
-224 години
-17 днів
+4330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

What, Where, When, How Ishxonaga o‘zingiz bilan kitob oldingiz, bo‘sh vaqtda o‘qimoqchisiz. 2 hafta o‘tdi, hech navbat kelmadi. Bu yerda samaradorlikni eng asosiy qoidasi buzilgan: ish, vaqt va joy noto‘g‘ri tanlangan. Ishlarni vaqtida bajarish uchun o‘zimiz bilan o‘zimiz samimiy bo‘lishimiz kerak. Ishxonada kitob o‘qib bo‘lmaydi, to‘shakni ustida dars qilib bo‘lmaydi, chalg‘iydigan joyda diqqat bo‘lmaydi. Shuning uchun "What, Where, When, How" qoidasini qo‘llashni tavsiya qilaman. Unga ko‘ra siz har bitta ish uchun to‘g‘ri aniq vaqt, joy va ravish tanlashingiz kerak. Misol uchun, men podcastlarni faqat mashina haydayotganimda eshitaman va telefon ko‘tarmayman. Kitobni esa faqat uxlashdan oldin uydagi bitta aniq xonada o‘qiyman, o‘qish payti telefon boshqa xonada. @aqlli_ikkichi
Показати все...
🏆 1
Asoschilar Podcast 13-son - Aziz Rahimov Asosiy mavzular: 1) Farzand tarbiyasi. Nega boladan o’zimiz qilmaydigan ishlarni so’rab bo’lmaydi. 2) Pedagogika. Qanday qilib yaxshi ustoz tanlasa bo’ladi. 3) Genetika. Nega ba’zilarda yaxshi o’qishga va ko’p pul topishga moillik bor. Podcastni ko’rish - https://youtu.be/7yhUQBR3yxE
Показати все...
🏆 17
Yo'q narsadan nimadir paydo bo'la olmaydi Qo‘shnim: Ravshan, bolam senga o‘xshab kitob o‘qishini xohlayman. Hamma narsani qilib ko‘rdim, o‘xshamadi. Men: O‘zingiz yoki ayolingiz qaysi kitoblarni o‘qisizlar? Qo‘shnim: …. Qanday yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘ladi? Meva o‘sishi uchun unga to‘g‘ri muhit kerak. Hamma o‘rtoqlaringiz kompyuter jinnisi bo‘lsa, sizdan olim chiqishi ehtimoli past. Universitetda o‘qimasdan jismoniy mehnat bilan pul topadigan odamlarning farzandi millioner bo‘lishi ehtimoli past. O‘smoqchi bo‘lsangiz, osmoqchi bo‘lganlarni oldida yurishingiz kerak, noiloj o‘sib ketasiz. Agar muhitingizdan qoniqmayotgan bo‘lsangiz, unda bizning "Mastermind" yopiq klubimizga qo‘shilishingiz mumkin. Klubda tadbirkorlar va TOP menejerlar yig‘ilgan. Hammada bir xil muammolar bo‘lganlini uchun yechimlar tez topiladi. Qo’shilmoqchimisiz? Talablar va shartlar bilan tanishib chiqing (https://telegra.ph/Mastermind-club-07-08) @turgunov_management
Показати все...
🏆 12
Yo'q narsadan nimadir paydo bo'la olmaydi Qo‘shnim: Ravshan, bolam senga o‘xshab kitob o‘qishini xohlayman. Hamma narsani qilib ko‘rdim, o‘xshamadi. Men: O‘zingiz yoki ayolingiz qaysi kitoblarni o‘qisizlar? Qo‘shnim: …. Qanday yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘ladi? Meva o‘sishi uchun unga to‘g‘ri muhit kerak. Hamma o‘rtoqlaringiz kompyuter jinnisi bo‘lsa, sizdan olim chiqishi ehtimoli past. Universitetda o‘qimasdan jismoniy mehnat bilan pul topadigan odamlarning farzandi millioner bo‘lishi ehtimoli past. O‘smoqchi bo‘lsangiz, osmoqchi bo‘lganlarni oldida yurishingiz kerak, noiloj o‘sib ketasiz. Agar muhitingizdan qoniqmayotgan bo‘lsangiz, unda bizning "Mastermind" yopiq klubimizga qo‘shilishingiz mumkin. Klubda tadbirkorlar va TOP menejerlar yig‘ilgan. Hammada bir xil muammolar bo‘lganlini uchun yechimlar tez topiladi. Qo’shilmoqchimisiz? Talablar va shartlar bilan tanishib chiqing (https://telegra.ph/Mastermind-club-07-08) @turgunov_management
Показати все...
Mastermind club

Mastermind club - bu o'sishga muhtoj bo'lgan rahbarlarning yopiq hamjamiyati. Uchrashuv paytida nimalar bo'ladi: "Разбор"lar, ishtirokchi o'z kompaniyasi haqida va nimani to'g'rilamoqchi bo'lganini aytib beradi, jamoa esa birga yechim beradi. Mehmon spikerlar. Tanilgan va katta tadbirkorlarni mehmon qilib chaqiramiz, ular tajribasi bilan bo'lishadi. Biznes ekskursiyalar. Mavjud bizneslarga (zavod, showroom, do'kon) ekskursiyalar. Book review. Ishtirokchilar tomonidan o'qilgan kitoblarni qisqa prezentatsiyasi.…

Asoschilar Podcast 12-son - Umidjon Ishmuxamedov Asosiy mavzular: 1) Qanday qilib bir nechta biznes yuritadigan Seriyalik Tadbirkor bo’lish mumkin 2) Nega biznesning fundamenti Moliya hisoblanadi? Qanday qilib uni o’rgansa bo’ladi? 3) Xususiy Universitet biznesi qanday ishlaydi va nega litsenziyalar boshqa berilmayapti? Podcastni ko’rish - https://youtu.be/Yv44qxxgW2Q?si=7JJlZxpd0GgTGoKI
Показати все...
🏆 6
Zanjir faqat bir joydan uziladi Zanjirni ikkita tarafdan tortyapsiz, u uzilib ketishi uchun faqat bitta qismi uzilsa yetadi, eng kuchsiz qismi deb zanjir uziladi. Jamoangizni kuchli xodimlar bilan to‘ldirgan bo‘lishingiz mumkin, lekin bitta kuchsizi tasavvurni buzadi. Bitta kuchsiz xodim deb 10 yaxshi xodimni boshqarish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki ular o‘zini kuchsiz xodim bilan solishtiradi. - Nega ishga keldingiz? Nega oylik hisobot vaqtida topshirilmadi? - Menga gapirishdan oldin Jamshidga qarang, umuman ishlamaydi va doim kech qoladi.. Zanjir umumiy olganda sust bo‘lmasligi uchun, lekin siz to‘liq zanjirni emas, balkim eng kuchsiz qismiga qarang, uni yamash kerak. @turgunov_management
Показати все...
🏆 20
So'zlarga ishonmang, natijalar gapirsin Xodimdan ish suhbatini olyapsiz, biram chiroyli gapiryapti va rezyumesi ham yaxshi tayyorlangan, lekin u nimalarga qodirligini tushuna olmayapsiz. Biznes sherikchilik taklif qilishdi, katta va’dalar berilyapti, lekin taklif qilayotgan odamning portfolio sust. O‘z haqida afsonalar to‘qish - eng oson ish, lekin o‘z haqida gapirilgan katta ishlar fake bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha fake yutuqlar kamchiliklarni berkitish uchun o‘ylab topiladi. Rostakam buyuklik - bu sening yutuqlaring haqida birovlar gapirishi. Oldin ishlagan odamlari bilan gaplashib ko‘ring va feedback oling, odatda ikkita tarafni o‘rtasi rost bo‘ladi. @turgunov_management
Показати все...
🏆 30
Menejment qarzi Alisher jamoangizda 1 yildan beri ishlaydi. Boshida yaxshi ishlagan, lekin 4 oydan beri ko‘rsatgichlar past va jamoadoshlar norozi. Alisher past ko‘rsatgichlar ko‘rsatishni boshlaganida u bilan gaplashish kerak edi, lekin yoqimsiz gaplarni ayta olmadingiz, qo‘rqdingiz. Vaqtida berilmagan izoh muammosi kattalashdi, 4 oy yomon xodimga oylik to‘ladingiz va bunday davom eta olmaydi, Alisherni ishdan bo‘shatdingiz. Vaqtida izoh aytilmaganligi uchun, Alisher sizdan xafa bo‘ldi va norozi bo‘lib chiqib ketdi. Hammasi menejment qarzi deb, uni vaqtida bermasangiz, u o‘sadi. Hech kim yomon ishlab, pul topishni istamaydi. Alisher ham qiymat qo’shishni istaydi, u bilan vaqtida gaplashib, vaziyatni to‘g‘rilash mumkin edi. Menejmentda vaqtida qilinmagan ishlar o‘sib boradi va oxirida kattaroq narx to‘laysiz. Xodimga vaqtida izoh bermadingiz, oxirida janjal bilan xayrlashasiz. Oyliklar bu oy 5 kun keyinroq berilishini oldindan aytmasangiz, oylik kuni xodimlar bunt ko‘taradi. Yoqimsiz ishlar vaqtida qilinmasa, vaqt o‘tib ular yoqimsizroq bo‘ladi. @turgunov_management
Показати все...
🏆 31
Majlislarni oldindan rejalashtiring Maktabni eslaylik. Dars paytida ustozni majlisga chaqirib qolishdi, bir paytni o'zida hamma ustozlarni ishdan uzishdi. 74-maktabda bunday holat ko'p takrorlanar edi. Tizim yo'qligida ishlar reja asosida qilinmaydi. Menejment sust tashkilotlarda rahbar oldindan ogohlantirmasdan xodimlarni darrov yig’ib olishi mumkin. Xodimlarni samaradorligini tushirmaslik uchun majlislar uchun alohida kunlar va vaqt belgilash kerak. Misol uchun har Shanba kuni 8:30 haftalik hisob topshirish bo'yicha majlis. Kutilmagan vaziyatlar uchun majlisni tashkil qilish uchun alohida qoida ishlab chiqarsa bo'ladi: kamida 24 soat oldin hammaga to'g’ri keladigan vaqt e'lon qilinadi. Kutilmagan majlislar kutilgan ishdan chalg’itadi va xodimlar kerakli payt ish o'rnida yo'qligiga olib keladi. @turgunov_management
Показати все...
🏆 27
Majlis qilganda kimlar ishtirok etishi kerak? Hokimiyatga boryapsiz, bitta hujjat olishingiz kerak. Sizga kerak bo‘lgan xodim ish joyida emas. Boshqalardan ham so‘ra olmayapsiz, chunki hammani majlisga chaqirishgan ekan, qachon tugashi ham noma’lum. Majlis o‘tkazishda eng katta xatolardan biri - u yerga hammani chaqirish. Hamma majlisda = hech kim ish joyida emas. Davlat tashkiloti uchun normal holatdir, lekin kompaniya uchun zararli mismenejment. Har bitta xodimning vaqti - bu pul, agar kerak emas xodimni majlisga o‘tkazib qo‘ysangiz, demak siz uni vaqtini uvol qilyapsiz. Agar xodim majlisdagi mavzuga aloqasi bo‘lmasa va qaror qabul qilishda qatnashmasa - u majlisda kerak emas. Marketing haqida meeting bo‘lmoqdami? Marketolog bilan strategiya hal qilinadi, moliyachi esa byudjetni belgilaydi. Sotuv tushib ketdimi? Sotuv bo‘limi rahbari bilan konversiyani gaplashasiz, marketolog bilan esa lidlar oqimini. SMM reja bo‘yicha meeting‘da buxgalter bilan zavxoz ushlab o'tirmang, xodimlarning vaqtini / kompaniyaning pulini uvol qilmang. @turgunov_management
Показати все...
🏆 34
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.