uk
Feedback
BRB Info

BRB Info

Відкрити в Telegram

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011

Показати більше
1 937
Підписники
-324 години
-117 днів
-4430 днів
Архів дописів
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Sirdaryoda “Bir Vatan – bir taqdir” aksiyas
+5
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35   🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Sirdaryoda “Bir Vatan – bir taqdir” aksiyasi o‘tkazildi.   🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan Xovos tumanidagi “Do‘stlik” MFY hamda Boyovut tumanidagi “Mirishkor” MFYlaridagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. ✅Mazkur xonadonlarga Bayramni munosib inshonlashlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, meva va shirinliklar yetkazib berildi. 💯Oila a’zolari bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida Bank rahbariyatining tabrigi yetkazilib, aholining turmush sharoiti va ehtiyojlari o‘rganildi.   📈Bu kabi ezgu tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#Ogohlantirish #Kiberxavfsizlik  ‼️Cyber shield bot — kiberxavflarga qarshi raqamli qalqon! 📲Bot zararli havola, APK fayl va firibgarlik kontentlarini aniqlash, foydalanuvchini xavfdan ogohlantirish hamda Telegram guruhlaridagi xavfli fayllarni avtomatik nazorat qilishga yordam beradi. 💻Kiberxavfsizlikda eng yaxshi himoya — xavfni oldindan aniqlash! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#forum #BRB 📲Silk Road Finance&Technology Forumda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB yangi fintech yechimlar bilan faol ishtirok etmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#forum #BRB 📲Silk Road Finance&Technology Forum: “Biznesni rivojlantirish banki” yangi fintech yechimlarni taqdim etmoqda 💳
+4
#forum #BRB 📲Silk Road Finance&Technology Forum: “Biznesni rivojlantirish banki” yangi fintech yechimlarni taqdim etmoqda 💳 To‘lov qilish yanada osonlashmoqda! 🏦Endi BRB’da to‘lovlarni bank kartasi yoki smartfonsiz — kaftni skan qilish yoki qurilmaga tabassum qilish orqali amalga oshirish mumkin. 🚀 Zamonaviy biometrik texnologiya to‘lovlarni tezkor, qulay va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi. 🇺🇿 Ushbu innovatsion yechim BRB tomonidan O‘zbekiston bank tizimida birinchilardan bo'lib amaliyotga joriy etilmoqda. Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#seminar 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB O‘quv markazida 2026-yil 20-avgust kuni yangi ishga qabul qilingan xodimlarimi
+5
#seminar 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB O‘quv markazida 2026-yil 20-avgust kuni yangi ishga qabul qilingan xodimlarimiz uchun "Welcome trening – bankda ishlashning ilk qadamlari" mavzusida bir kunlik o‘quv trening o‘tkazildi. 🗃️Interfaol tarzda o‘tgan treningda: 🔹 Bankning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va ish uslubi, 🔹 Ish joyidagi muhim qoidalar va tartiblar, 🔹 Komplaens, ichki nazorat hamda mehnat muhofazasini tashkil etish haqida atroflicha so‘z yuritildi. 🤝Shuningdek, ishtirokchilarga muomala va muloqot psixologiyasi bo‘yicha ham ko‘nikmalar berildi. ⚡Yangi hamkasblarimizga kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 22-avgust soat 08:00 dan 12:00 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘t
#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 22-avgust soat 08:00 dan 12:00 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni “Uch avlod uchrashuvi” – tajriba va kelajak texnologiyalari uygʻunligi “Biznesni r
+8
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni “Uch avlod uchrashuvi” – tajriba va kelajak texnologiyalari uygʻunligi   “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda soha faxriylarining boy tajribasini yosh mutaxassislarga yetkazish hamda tizimdagi yangilanishlarni muhokama qilish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Tadbirda avlodlar oʻrtasidagi uzviylik, ustoz-shogird anʼanalari va zamonaviy transformatsiya jarayonlarida inson kapitalining tutgan oʻrni beqiyos ekanini alohida taʼkidlandi. Uchrashuvda bank rivojlanishining uch muhim davri vakillari oʻz hayotiy hamda kasbiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Bank Boshqaruvi raisi maslahatchisi Muhammad Jumagaldiyev milliy bank tizimining ilk shakllanish yillari, 1980-1990 yillardagi qogʻoz hujjat aylanishi, “avizo” tizimi haqida toʻxtalib, sohada har doim intizom, halollik va kasbiy masʼuliyat bosh mezon boʻlib qolishini taʼkidladi. Bank ijro apparati rahbari Alisher Fayzullayev 2000-yillarda bank tizimiga avtomatlashtirilgan dasturlar va dastlabki internet-bankingning kirib kelishi, mahalliy plastik kartochkalar infratuzilmasining shakllanishi hamda anʼanaviy ish uslubidan elektron formatga oʻtish jarayonlari haqida batafsil soʻzlab berdi. Raqamli biznes departamenti direktori Elbek Abdurahmonov esa bugungi shiddatli raqamli transformatsiya, 24/7 rejimidagi lahzalik toʻlovlar, sunʼiy intellekt va katta maʼlumotlar (Big Data) tahlilining bank sohasidagi ahamiyatiga toʻxtalib, yoshlarni innovatsion fikrlashga va doimiy ravishda yangi koʻnikmalarni egallashga chaqirdi. Tadbir yakunida yosh xodimlar kasb masʼuliyati va bank sohasidagi yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha zarur tavsiyalar oldilar. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#UzQR 🧑‍💻 UzQR olish — endi onlayn Endilikda UzQR olish uchun BRB ofisiga borishingiz shart emas. Biznes 24/7 ilovasi orqal
#UzQR 🧑‍💻 UzQR olish — endi onlayn Endilikda UzQR olish uchun BRB ofisiga borishingiz shart emas. Biznes 24/7 ilovasi orqali UzQR uchun ariza yuboring va tayyor QR-kodni bir necha bosqichda yuklab oling. 💼 Tadbirkorlar uchun afzalliklari: ✅ bitta UzQR orqali turli bank va to‘lov ilovalaridan to‘lovlarni qabul qilasiz ✅ bir nechta QR-kod yoki qo‘shimcha qurilma kerak bo‘lmaydi ✅ kassadagi navbatlar kamayadi ✅ to‘lov mablag‘lari darhol bank hisobingizga tushadi ✅ barcha to'lovlarni bitta platformada kuzatib borasiz 👥 Mijozlaringiz uchun: ⏺️ istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lash imkoniyati ⏺️tez va qulay to‘lov jarayoni 📲 UzQR olish uchun Biznes 24/7 ilovasi quyidagi ketma-ketliklarni bajaring: Yagona QR ➡️ Ariza yuborish ➡️ Holatini kuzatish ➡️ QR yaratish ➡️ Yuklab olish 📞 1254 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#ochiq_muloqot #BRB35 Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazmoqda 📈 Unda Pre
#ochiq_muloqot #BRB35 Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazmoqda 📈 Unda Prezidentimiz tadbirkorlar koʼtargan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yoʼnalish – tadbirkorlik uchun barqaror oʼsish traektoriyasini taʼminlash.   🏦 Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning oʼzida kichik va oʼrta biznesga 76,5 trillion soʼm resurs ajratildi.   💻 Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard soʼmgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʼladi.   🔹 Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyganlar uchun “Biznes lift”, yangi oʼsish bosqichiga oʼtayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.   🤖 “Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni oʼrganadi. Bu maqsadga 100 milliard soʼm ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million soʼmgacha garovsiz kredit beriladi.   💬 – Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʼllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari. Manba Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#muvaffaqiyathikoyasi #MahallaBankiri ✅Aholi ehtiyoji yo'lida 📍Xonqa tumanidagi Pahtakor mahallasida istiqomat qilayotgan Ro‘zigul Bekmatova turmush o‘rtog‘i Ruslan Jumaniyozov bilan 6 yil avval parrandachilik faoliyatini boshlagan. 🍗Bugungi kunga kelib ushbu mo‘jazgina tadbirkorlik rivojlanib, xalqimiz dasturxoniga go‘sht yetkazib berishga ixtisoslashgan va yiriklashib borayotgan mustahkam biznesga aylandi.   🏦 Bunda tadbirkorga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mahalla bankiri yaqindan koʻmak berdi. 💵Bank tomonidan ajratilgan 60 mln soʻm kredit evaziga tadbirkor bir vaqtning o‘zida 2 000 ta jo‘ja boqish imkoniyatiga ega bo'ldi. 📝Bank moliyaviy koʻmagi natijasida 2 ta yangi ish oʻrni yaratildi.   🏭Dolzarb 40 kunlik doirasida bank mutasaddilari ushbu mijoz holidan xabar oldilar. 💯Muloqot chog‘ida yangi g‘oyani loyihaga aylantirish va amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

#etirof BRB mijozlari yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Farmoy
#etirof BRB mijozlari yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar mukofotlandi va taqdirlandi. Ular orasida BRB bilan hamkorlik qilib kelayotgan tadbirkorlar borligini biz uchun quvonarlidir. Jumladan, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan: 🔹 Axmedov Qodirjon Maxmudovich — “Turon eco cement group” MChJ ta’sischisi; 🔹 Masharipov Otaxon Karimberganovich — “Chinobod qurilish” XK direktori. “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan: 🔹 Masharipov Azat Bazarbayevich — “Usta Bozorboy” XK ta’sischisi; 🔹 Davletiyarov Daniyar Begdullayevich — “ADM Jizzakh” MChJ bosh direktori; 🔹 Xaydarov Navro‘z Qudratovich — “Navoiy dizayn plyus” MChJ rahbari; 🔹 Shomiyeva Ulash Shonozarovna — “Akobir Marjona orzusi” MChJ rahbari; 🔹 Nasimova Nigora Musaxanovna — “Zarka” MChJ rahbari; 🔹 Gulyamov Bexzod Xayotovich — “Oqtepa lavash” fastfud tarmog‘i asoschisi; 🔹 Mirtursunov Zafar Shuxratovich — “Health line” MChJ bosh direktori. BRB jamoasi sizlarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatingizda yangi marralar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#Ogohlantirish #Kiberxavfsizlik  ‼️Cyber shield bot — kiberxavflarga qarshi raqamli qalqon! 📲Bot zararli havola, APK fayl va firibgarlik kontentlarini aniqlash, foydalanuvchini xavfdan ogohlantirish hamda Telegram guruhlaridagi xavfli fayllarni avtomatik nazorat qilishga yordam beradi. 💻Kiberxavfsizlikda eng yaxshi himoya — xavfni oldindan aniqlash! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 📍Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va o
+2
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 📍Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 🏦Tashrif davomida viloyat rahbari "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Jarqo‘rg‘on BXO da bo'lib, bu yerda aholi va mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar va taklif etilayotgan xizmatlarga e'tibor qaratdi. 🪧Bank mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy qilingan va taklif etilayotgan qulay xizmatlar, mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni #live 📍Bank yoshlari mahalla kutubxonalarida. 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki"
+6
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni #live 📍Bank yoshlari mahalla kutubxonalarida. 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tashabbusi bilan Toshkent shahridagi "Muqimiy", "Tolariq" va "Astrobod" mahalla fuqarolar yig‘inlarida kutubxonalar tashkil etilgan. 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi arafasida bank yoshlari mazkur kutubxonalar faoliyati bilan tanishib, foydalanuvchilar bilan uchrashmoqda. 📚Maqsad, kutubxonalarni yanada qulay va sevimli manzilga aylantirishga oid taklif va tashabbuslarni bevosita foydalanuchilar bilan muhokama qilish hamda yurtimizdagi kitobxonlik madaniyati targ'ibotiga munosib hissa qo'shishdan iborat. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

#BRB #YoshIqtidorlari #Yoshlar #Trening #Rivojlanish #KelajakLiderlari 📽 “BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumidan tayyorlangan videorolik. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

❗️Diqqat❗️ 🏪Biznesni rivojlantirish banki “Biznes 24/7” onlayn banking platformasini Dibank xizmatiga uladi ✅Endilikda bank
❗️Diqqat❗️ 🏪Biznesni rivojlantirish banki “Biznes 24/7” onlayn banking platformasini Dibank xizmatiga uladi ✅Endilikda bank mijozlari hisob tizimining o'zidan turib: 💻 to'lov topshiriqnomalari va ish haqi ro'yxatlarini yuborishi; 📑 hisobvaraq ko'chirmalari va joriy qoldiqlarni olishi; 📲 to'lovlar holatini kuzatib borishi; 📊 tushum va chiqimlarni buxgalteriya hisobida avtomatik aks ettirishi; 📝 hujjatlarni bankning elektron raqamli imzo (ERI) kaliti bilan imzolashi mumkin. Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni 🇺🇿Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami oldidan hududlarda yoshlar ban
+2
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni 🇺🇿Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami oldidan hududlarda yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar bevosita joylarga chiqqan holda tashkil etilmoqda. 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB masʼullari Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan va yoshlarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida boʻlishdi. ✅Ochiq va samimiy muloqotlar davomida Bank masʼullari tadbirkorlarga yoshlar bandligini taʼminlash uchun beriladigan imtiyozlar, moliyaviy va soliq imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi. 📈Shuningdek, faoliyatni yanada kengaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun imtiyozli kreditlar olish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#BRB35 #AholiBandligi #Musatqillik35 #live Bektemirda aholi bandligiga bag‘ishlangan ochiq muloqot boshlandi 🇺🇿O‘zbekiston
+6
#BRB35 #AholiBandligi #Musatqillik35 #live Bektemirda aholi bandligiga bag‘ishlangan ochiq muloqot boshlandi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yurtimizda obod va fayzli muhitni yanada mustahkamlash maqsadida e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda. 👥 Ayni paytda poytaxtimizning Bektemir tumanida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisi o'rinbosari B.Sharipov ishtirokida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish masalalariga bag'ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda. 💼Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda bank mijozlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, zamonaviy xizmatlar orqali daromad topish imkoniyatlari, bank mahsulotlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari taqdim etilmoqda. 🤝 Asosiy maqsad — mahalla, bank va tadbirkorlarni bir maydonda birlashtirib, aholi bandligi bo‘yicha aniq va amaliy yechimlarni belgilashdan iborat. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#suniy_intellekt #BRB_TECH #trening 🏦Biznesni Rivojlantirish Banki departamentlari guruhi uchun BRB-TECH tomonidan sun’iy in
+2
#suniy_intellekt #BRB_TECH #trening   🏦Biznesni Rivojlantirish Banki departamentlari guruhi uchun BRB-TECH tomonidan sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy trening o‘tkazildi. 💻Bank jarayonlari aniqlikni talab qiladi, sun’iy intellekt esa kundalik vazifalar va tahlilda soatlab vaqtni tejaydi. ✅Mashg‘ulotlar davomida ushbu yechimlarni uzoq kelishuvlar va murakkab integratsiyalarsiz, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini darhol oshirgan holda joriy etish ustida ishlandi. 💯Raqamli transformatsiya — bu kelajak emas, bu har kundagi real ish.   Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

#hamkorlik # JICA ‼️JICA vakillari bilan o‘rganish missiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi 🇺🇿 Biznesni rivojlantirish bank
+2
#hamkorlik # JICA   ‼️JICA vakillari bilan o‘rganish missiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi   🇺🇿 Biznesni rivojlantirish banki vakillari hamda 🇯🇵Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining JICA vakillari o‘rtasida tajriba almashish tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📑Unda O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, Malayziyada ayollar uchun o‘quv seminarini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish, jumladan, Murabaha instrumentini rivojlantirish va ilgari surish masalalari muhokama qilindi. 💯Mehmonlarga mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.   Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |