uk
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

Відкрити в Telegram

📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

Показати більше
561
Підписники
+224 години
+57 днів
-1230 днів
Архів дописів
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. 🔗 @MatematikaMSR

Repost from N/a
⚡️Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi bitiruvchilar qanday kasblarda ishlaydilar? 🎓 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar. Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin: ➡️ Ingliz tili va adabiyoti fanlaridan o'qituvchi; ➡️ ta’lmiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslaxatchi; ➡️ menejer; ➡️ gid-tarjimon; ➡️ ekskursovod; ➡️ ko‘rgazma tashkilotchisi; ➡️ jurnalist; ➡️ publitsist. ✅ @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Abituriyentlarning yo‘nalish tanlash va tahrirlash jarayoni tugashiga 2 kun qoldi Xabaringiz bor, abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi. Abituriyentlar 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali tanlovni amalga oshirishlari yoki ma’lumotlarni tahrirlashlari mumkin. ✔ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin ✅ @talim_eduuz

Ertaga “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni #perevod Xorijdan, shuningdek, O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat o
Ertaga “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni #perevod Xorijdan, shuningdek, O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlagan talabgorlar ertaga, 5-avgust kuni, soat 23:59 gacha ariza yuborishlari kerak. “Perevod” qilish tartibi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/28716 📋 Bunda arizalar quyidagi sahifalar orqali qabul qilinmoqda: 1️⃣ https://my.uzbmb.uz/service/41 sahifasi orqali: 🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham); 🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan. 2️⃣ transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bitta oliygoh ichida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. 💰 my.uzbmb.uz sayti orqali ariza yuborganlar testga kirishi kerak. Shu sababli ular test uchun to‘lov qilishlari ham lozim. To‘lov qilmaganlar testga kiritilmaydi. Testdan o‘tish ballari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan. ❗️Arizangiz hali ham “ko‘rib chiqilmoqda” maqomida turgan bo‘lsa, bundan xavotir olmang, demak, hujjatlaringiz o‘rganib chiqilmoqda. Agar mabodo arizangiz rad etilsa, qayta tahrirlash va xatoni to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha vaqt beriladi. ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar: ➖ O‘qishni ko‘chirishda turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/28724 ➖ “Perevod” bo‘yicha ayrim savollarga javoblar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/28786 ➖ O‘qishni ko‘chirsa 1 ta kurs pastdan o‘qiydimi? https://t.me/xushnudbek/28754 🔗 @MatematikaMSR

Repost from N/a
⚡️Rasman: Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yakunlanmoqda Abituriyentlar 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ✅ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. ❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✅ @talim_eduuz

⚡️Tezkor: Yakuniy mandat natijalari e'lon qilindi 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. 🔗 @MatematikaMSR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan: ✅ Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼl
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan. Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.@talim_eduuz

Ana xolos HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi O'tkan o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti: oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda; professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi. O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi. ✅ @talim_eduuz

❗️Ҳурматли абитуриентлар! Бу видеони кўрмасдан аввал йўналиш танламанг! 📈 Ҳар 2 абитуриентдан 1 таси талаба! Йўналиш танлашга шошманг!@DTMSTAT_BOT орқали таҳлил қилинг! 📉 Ҳар йили юз минглаб абитуриентлар билимига ва тўплаган баллига мос йўналиш танламагани учунгина ўқишга кира олмайди. Энди ундай бўлмайди! 56.7+ тўплаган бўлсангиз бас! Ўзида 2021-2022-2023-2024 йиллардаги барча ўтиш балларини жамлаган @DTMSTAT_BOT сизга тўғри танлов қилишда яқиндан ёрдам беради. 🆔 Шунчаки ботга ID рақам киритинг! Бот шунчаки СУПЕР! ➡️ @DTMSTAT_BOT ➡️ @DTMSTAT_BOT ➡️ @DTMSTAT_BOT Яқинларга максимал юбориб қўйинг! 🔗 @MatematikaMSR

Repost from N/a
⚡️KVOTA-2025 ✅ Davlat granti kvotasi ulushi (foizda) 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.@talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Maxsus pedagogika yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin? Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi. Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi: ➡️ oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar); ➡️ surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar); ➡️ tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar); ➡️ logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar). 👫 Ishga joylashish imkoniyatlari:
Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib, ➡️ bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped; ➡️ maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog; ➡️ umumtaʼlim maktablarida logoped; ➡️ maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog; ➡️ oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.
@talim_eduuz

❓Davlat granti uchun chegara nima degani? #abituriyent Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat gr
❓Davlat granti uchun chegara nima degani? #abituriyent Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman. Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin. Keling, aniq misol bilan tushuntiraman. • Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 145 ta; • Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi 10%; • Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi 595 ta. Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi. Bu degani, bitta oliygoh o’zi uchun uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uchun davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi. Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 595 ta kvota ajratilgan. Shundan yurisprudensiya uchun 550 ta, davlat va jamiyat boshqaruvi uchun 45 ta kvota.❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi. TDYU mana shu jami 595 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yo’nalishi uchun grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 60 (59,5) tagacha grant olishi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 490 ta kvotasi kontrakt bo’ladi. 60 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq. Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 145 ta grantning 60 tasini TDYU olsa, qolgan 85 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi. ✅ @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Pedagogika va psixologiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin? 👨‍🏫👩‍🏫 Pedagogika va psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Ushbu yo'nalishni tamomlagach, ➡️ Pedagog-psixolog: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagog-psixolog va ijtimoiy pedagog bo‘lib ishlash; ➡️ O‘qituvchilik: akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash; ➡️ Tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash; ➡️ O‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash, ➡️ ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash mumkin.   ✔️ @talim_eduuz

⚡️2025-йил янги очилган йўналишлар! 2025/2026-ўқув йилида янги ташкил этилган бакалавриат таълим йўналишлари рўйхати ва уларг
⚡️2025-йил янги очилган йўналишлар! 2025/2026-ўқув йилида янги ташкил этилган бакалавриат таълим йўналишлари рўйхати ва уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси. ✅ @MatematikaMSR

⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday? 50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi. Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.
🔗 https://t.me/MatematikaMSR

⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday? 50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi. Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.
🔗 https://t.me/MatematikaMSR

Repost from N/a
🔴🔴 Tanlov ustuvorligi bo’yicha tushuntirish berib o’tilyapti jonli efirda 🟥 https://openinyoutube.com/live/8ZmDOG4wx0c 📷 https://www.instagram.com/xushnudbek/live/17956907921973420?igsh=dTkxdHV6aXZma3kxhttps://t.me/talim_eduuz

Repost from N/a
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. ⛓ https://t.me/talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Kambag‘al oilalarning a’lochi talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi 🇺🇿 Prezident farmoniga binoan, 2025-yildan boshlab kambag‘al oilalar farzandlari uchun bir qator imtiyozlar joriy etiladi. 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
Shuningdek, kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
@MatematikaMSR

⚡️Minimal o’tish bali o’zgarmadi Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi. ✅ Unda ko‘ra: 🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%); 🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi. P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: Safimizga qo'shiling👇@MatematikaMSR