Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
Відкрити в Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi rasmiy telegram kanali! • Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/iscaduz
Показати більше280
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
+430 днів
Архів дописів
+3
🌾 QISHLOQ AYOLLARI — AGRAR TARAQQIYOT VA FAROVON KELAJAK BUNYODKORLARI!
🌿 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloq xo‘jaligi rivoji, oziq-ovqat xavfsizligi va hududlar farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha fidoyi ayollarni samimiy muborakbod etamiz!
🌍 Bugun qishloq ayollari nafaqat agrar sohaning faol ishtirokchilari, balki tadbirkorlik, innovatsiya va barqaror rivojlanishning muhim harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof etilmoqda.
✅ Shu munosabat bilan o‘tkazilgan xalqaro tadbir doirasida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori, professor Askarov Nozimjon Niyazovich tomonidan “Eksport salohiyatini kengaytirish: kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
📌 Taqdimotda qishloq ayollarining tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda ilm-fan va innovatsiyalar orqali agrooziq-ovqat tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💐 Markaz jamoasi barcha qishloq ayollariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va ezgu tashabbuslarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Qishloq ayollarining yuksalishi — qishloq taraqqiyoti va farovon jamiyat poydevoridir!
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
+4
Markaziy Osiyo uchun yagona oziq-ovqat makoni va 7D yondashuvi taklif etildi
🤝 Markaziy Osiyoni yagona oziq-ovqat ishlab chiqarish, ilm-fan, logistika va bozor makoni sifatida rivojlantirishga qaratilgan Central Asian Food Systems Compact – Markaziy Osiyo oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha hamkorlik dasturi taqdim etildi.
🧭 Tashabbus mintaqani faqat dengizga chiqish imkoniyati cheklangan hudud sifatida emas, balki quruqlik orqali o‘zaro bog‘langan, umumiy oziq-ovqat tizimiga ega makon sifatida rivojlantirishni nazarda tutadi.
🎙 Taqdimot davomida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni keng joriy etish, ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish va davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
🔑 Dastur asosini 7D tamoyillari tashkil etadi. Ular ishonchli ma’lumotlardan foydalanish (Data), urug‘chilik, navlar, mahsulotlar, bozorlar va moliyani diversifikatsiya qilish (Diversification), tizimni to‘g‘ri loyihalash (Design), mahalliy sharoitga mos yechimlarni ishlab chiqish (Doable), belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish (Discipline), uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash (Durable) hamda inson va fermer qadrini ulug‘lash (Dignity)ni qamrab oladi.
📊 Shuningdek, mintaqaviy oziq-ovqat savati observatoriyasini tashkil etish, moliyalashtirishning natija va amaliyotga asoslangan mexanizmlarini joriy qilish, har bir mamlakatda Living Labs — innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish maydonlarini yaratish taklif etildi.
🌱 Taqdimotda qishloq xo‘jaligida epigenetik yondashuvlarni qo‘llash, suv va dengiz mahsulotlariga asoslangan sog‘lom ovqatlanishni rivojlantirish, quruqlik orqali bog‘langan oziq-ovqat yo‘laklarini shakllantirish, shuningdek, biochar, tuproq salomatligi va karbon bozorini birlashtiruvchi aylanma uglerod qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari ham ilgari surildi.
🇺🇿 Mazkur tashabbuslar O‘zbekistonni agrar islohotlar va innovatsiyalarni sinovdan o‘tkazish maydoni sifatida rivojlantirish, Markaziy Osiyoni esa oziq-ovqat ishlab chiqarish, qayta ishlash va ilmiy bilimlar almashinuvi bo‘yicha yagona mintaqaviy makonga aylantirishga xizmat qiladi.
🌐 Bildirilgan takliflar FAO, mintaqa davlatlari, xalqaro moliya institutlari, ilmiy muassasalar va xususiy sektor bilan kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+2
🇺🇿 ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM!
📝 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida “Ona tilim — milliy g‘ururim” shiori ostida diktant yozish tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 37 yilligi munosabati bilan davlat tilining nufuzini yanada oshirish, xodimlarning yozma savodxonligini mustahkamlash hamda ona tilimizga hurmat va e’tiborni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
📌 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-sentabrdagi 01/07-159-son topshirig‘i ijrosi yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2026-yil 9-oktabr kuni Markazning barcha xodimlarini jalb etgan holda tashkil etildi.
✍️ Diktant yozish jarayonida xodimlarning davlat tilidagi savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish hamda o‘zbek tilida to‘g‘ri va ravon yozish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimizdir!
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
+9
Bugun Xalqaro paxta kuni hamda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan anjumanlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdim. Forumlarda 30 dan ortiq mamlakatdan olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
Murojaatda O‘zbekistonda paxtachilik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning 300 ga yaqin ertapishar navi yaratilgan, ekishdan hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan. Zamonaviy agrotexnologiyalar tufayli ayrim xo‘jaliklarda hosildorlik gektariga 100 sentnergacha yetmoqda.
Prezidentimiz iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va logistika zanjirlaridagi uzilishlar oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratgan. Ayniqsa, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun yuqori transport xarajatlari katta to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shu bois O‘zbekiston oziq-ovqat savdosi va logistikasidagi cheklovlarni kamaytirish, yetkazib berish tartiblarini soddalashtirish tarafdori ekani ta’kidlangan.
Murojaatda 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni ikki barobar, eksport va qo‘shilgan qiymatni uch barobar oshirish maqsadi bayon qilingan. Buning uchun Markaziy Osiyo, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar va tranzit hamkorlarni bog‘laydigan oziq-ovqat hamkorligi dasturini ishlab chiqish, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va tashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni kengaytirish taklif etilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuy, Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi (ICAC) ijrochi direktori Erik B. Traxtenberg hamda Jahon savdo tashkiloti (WTO) bosh direktori o‘rinbosari Jan-Mari Pogam Prezident Shavkat Mirziyoyevning paxta sohasidagi islohotlariga yuqori baho berdilar. Ular majburiy mehnatga barham berilgani va xom paxtani eksport qilishdan uni chuqur qayta ishlashga jadal o‘tilgani katta yutuq hamda boshqa mamlakatlar uchun namuna ekanini ta’kidladilar.
—
Сегодня на форумах, посвященных Всемирному дню хлопка и продовольственной безопасности развивающихся стран, не имеющих выхода к морю, зачитал обращение Президента Шавката Мирзиёева к участникам. В мероприятиях принимают участие ученые, эксперты, предприниматели и представители международных организаций из более чем 30 стран.
В обращении отмечено, что хлопководство Узбекистана вышло на новый уровень. Наши ученые создали около 300 раннеспелых сортов хлопчатника, а процессы от посева до сбора урожая механизированы. Благодаря современным агротехнологиям урожайность в отдельных хозяйствах достигает 100 центнеров с гектара.
Президентом Узбекистана обращено внимание на влияние изменения климата, дефицита воды и перебоев в логистических цепочках на продовольственную безопасность. Для стран, не имеющих выхода к морю, серьезным препятствием остаются высокие транспортные расходы. В этой связи Узбекистан выступает за сокращение ограничений в торговле и логистике продовольствия, упрощение правил его поставок.
В послании обозначена цель к 2030 году удвоить производство продовольствия, а экспорт и добавленную стоимость увеличить втрое. Предложено разработать программу продовольственного сотрудничества, объединяющую Центральную Азию, страны без выхода к морю и транзитных партнеров, а также расширить совместные проекты по переработке, хранению и перевозке продукции.
Выступившие на мероприятии генеральный директор Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) Цюй Дунъюй, исполнительный директор Международного консультативного комитета по хлопку (ICAC) Эрик Б. Трахтенберг и заместитель генерального директора ВТО Жан-Мари Погам высоко оценили реформы Президента Шавката Мирзиёева в хлопковой отрасли. Они отметили, что искоренение принудительного труда и ускоренный переход от экспорта хлопка-сырца к его глубокой переработке стали значительным прорывом и примером для других стран.
Facebook|Instagram|X
Repost from UzA | Расмий канал
Ўзбекистон ва FAO ҳамкорлиги янги йўналишларда давом эттирилади
Тошкентда озиқ-овқат хавфсизлиги, иқлим ўзгариши ва қишлоқ хўжалигини барқарор ривожлантириш масалаларига бағишланган нуфузли халқаро тадбирлар ўтказилиши арафасида Ўзбекистон ва БМТнинг Озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги ташкилоти (FAO) ўртасидаги ҳамкорликнинг бугунги ҳолати ҳамда истиқболлари муҳокама қилинди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/917598
Телеграм каналларимиз
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Toshkentda oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro forumi hamda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi
🇺🇿Joriy yilning 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro forum” hamda "Butunjahon paxta kuni"ga doir yirik konferensiya bo‘lib o‘tadi.
🗣Ushbu tadbirlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligining barqarorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozorlarga chiqish hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
👥 Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
⬇️⬇️⬇️
✅ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
🌱 TUPROQ SALOMATLIGI — BARQAROR HOSILDORLIKNING ASOSI
🌾 Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlik nafaqat sifatli urug‘, zamonaviy texnika yoki sug‘orish tizimiga, balki eng avvalo tuproqning holatiga ham bog‘liq.
🧪 Tuproq tarkibidagi organik moddalar, namlik, oziqa elementlari va foydali mikroorganizmlar o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois tuproq unumdorligini saqlash va tiklash zamonaviy dehqonchilikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
📌Tuproq salomatligini yaxshilashga xizmat qiluvchi asosiy yondashuvlar:
— almashlab ekish tizimidan foydalanish;
— organik moddalar miqdorini oshirish;
— tuproq tahlili asosida o‘g‘itlash;
— suvdan oqilona foydalanish;
— eroziya va sho‘rlanishning oldini olish;
— tuproqqa ortiqcha ishlov berishni kamaytirish.
💧 Ayniqsa, suv resurslari cheklangan hududlarda tuproqning namlikni saqlash qobiliyatini oshirish hamda degradatsiya jarayonlarining oldini olish katta ahamiyatga ega.
📊 Zamonaviy agrotexnologiyalar yordamida tuproqning holatini muntazam kuzatish, dalaning turli qismlarini tahlil qilish va zarur agrotexnik tadbirlarni aniq rejalashtirish imkoniyati kengaymoqda.
♻️ Sog‘lom tuproq — barqaror hosil, samarali resurslardan foydalanish va kelajak avlodlar uchun unumdor yer demakdir.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
🖌 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
🎓 Hurmatli ustoz va murabbiylar, qadrli soha faxriylari!
💐 Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman!
📚 Ustoz va murabbiylar — o‘z bilim va tajribasi, sabr-toqati hamda fidokorona mehnati bilan yosh avlodga hayotda munosib yo‘l ko‘rsatib, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan, jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shadigan ulug‘ kasb egalaridir.
🌾 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasining barqaror rivojida ham ta’lim, ilm-fan va ustoz-shogird an’analarining o‘rni alohida. Sohaga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan malakali kadrlarni tayyorlashda ustozlarning boy tajribasi va fidoyiligi muhim ahamiyat kasb etadi.
🔬 Yoshlarni ilm-fan va tadqiqotlarga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, soha mutaxassislari, fermer va dehqonlarning bilim hamda ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishda ham ustoz va murabbiylarning hissasi beqiyosdir.
🤝 Sizlarning mehnatsevarligingiz, kasbga sadoqatingiz va hayotiy tajribangiz tufayli yosh avlod nafaqat puxta bilim, balki mas’uliyat, halollik, vatanparvarlik va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarni ham egallab bormoqda.
💐 Aziz ustozlar va murabbiylar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlaringiz kamolidan doimo faxr va quvonch tuyib yashashingizni tilayman.
🎉 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xasan Ibragimov
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
+3
🌱 QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALAR MUHOKAMA QILINDI
🏛 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion texnologiyalar hamda yangi agrotexnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
💧Tadbir davomida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, suv tejamkor texnologiyalarni keng qo‘llash, raqamli yechimlardan foydalanish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
💬 Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarning hududiy sharoitlarga mosligi, ularning samaradorligini baholash va soha mutaxassislarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada subsidiyalarni ajratish va sugʻurtalash tizimlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию систем субсидирования и страхования в аграрной сфере.
#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #sugurta
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
MILLIY YUKSALISH G‘OYALARI — MA’NAVIYAT SOATIDA
🇺🇿 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli topshirig‘i asosida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.
👩🏫 Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N. Mamasoliyeva ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
💬 Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, milliy yuksalish, Vatanga sadoqat, jamiyat taraqqiyotida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni, inson qadri hamda fuqarolik mas’uliyati kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, davlat tiliga hurmat hamda jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Tadbirda Markaz xodimlari faol ishtirok etib, mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ma’naviyat soati ochiq muloqot, mazmunli fikr almashuv va samimiy ruhda o‘tdi.
📚 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada Vatanga daxldorlik hissini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish hamda xodimlarning ma’naviy mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
+4
🌿 NAVOIY VILOYATI YAYLOV YERLARINI TIKLASH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA AMALIY TADQIQOTLAR OLIB BORILMOQDA
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida kelgusi o‘n yillik milliy yuksalish davri bo‘lishi ta’kidlanib, inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturni amalga oshirish belgilangan.
💧 Mazkur dasturlarning to‘rtinchi yo‘nalishi suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
🌱 Ayni kunlarda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Buxoro va Xorazm hududiy iqtisodiy tahlil va me’yorlashtirish markazlari ilmiy xodim va mutaxassislari tomonidan Navoiy viloyati yaylov yerlarining holatini o‘rganish, o‘simlik qoplamini tiklash, yaylovlar holatini yaxshilash va ularning hosildorligini oshirish maqsadida amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.
📊 Tadqiqotlar doirasida Navoiy viloyati yaylovlarining tabiiy-iqlim va tuproq sharoiti, o‘simlik qoplami holati hamda yaylovlardan foydalanish xususiyatlari o‘rganilib, hudud sharoitiga mos namunaviy texnologik xaritalar ishlab chiqilmoqda.
🤝 Mazkur ishlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari olimlari hamda ekspertlari, jumladan:
• Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITI;
• Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ITI;
• Buxoro cho‘l yaylov va ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
• “AGROPARVOZ” MCHJ;
• “Dron service” MCHJ mutaxassislari,
shuningdek, Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda yaylovlardan samarali foydalanish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilinmoqda.
🚁 Tadqiqotlarning muhim innovatsion jihati
🌾 Navoiy viloyati yaylovlarining hududiy xususiyatlaridan kelib chiqib, cho‘l-yaylov va ozuqabop o‘simliklar urug‘larini uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar hamda motodeltaplanlar yordamida sepish imkoniyatlari kompleks ravishda o‘rganilmoqda.
🛰 Bunday yondashuv yaylovlarni qayta tiklash jarayonlarini zamonaviy raqamli va aerotexnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, urug‘larni keng maydonlarga samarali tarqatish, mehnat va resurs sarfini optimallashtirish hamda yaylovlarning tabiiy hosildorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🎯 Asosiy maqsad — yaylovlardan samarali va barqaror foydalanish, ularning o‘simlik qoplamini tiklash, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda cho‘l hududlarining ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat.
♻️ Mazkur tadqiqotlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yaylovlarni tiklash va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi amaliy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
🌱 QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUN’IY INTELLEKT: DALADAN MA’LUMOTGACHA
❗️Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi faqat texnika va mehnatga emas, balki ma’lumot va raqamli texnologiyalarga ham tobora ko‘proq tayanmoqda.
🤖 Sun’iy intellekt, dronlar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari fermerlarga dalaning holatini aniqroq kuzatish, muammolarni erta aniqlash va resurslardan samaraliroq foydalanishga yordam bermoqda.
📌 Zamonaviy texnologiyalar orqali:
— ekinlarning holatini masofadan kuzatish;
— zararkunanda va kasallik alomatlarini erta aniqlash;
— sug‘orish va o‘g‘itlashni aniq rejalashtirish;
— hosildorlik bo‘yicha prognozlar tuzish;
— suv, yoqilg‘i va boshqa resurslardan oqilona foydalanish imkoniyati kengaymoqda.
🚜 Aniq dehqonchilik yondashuvi esa butun maydonga bir xil ishlov berish o‘rniga, dalaning har bir qismiga uning real holatidan kelib chiqib yondashishni nazarda tutadi.
✅ Bu esa kelajak qishloq xo‘jaligida “ko‘proq resurs sarflash” emas, balki “aniqroq qaror qabul qilish” muhim bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.
💬Sizningcha, kelajakda qishloq xo‘jaligida eng katta o‘zgarishni qaysi texnologiya olib keladi: dronlar, sun’iy intellekt, robot texnikasi yoki aqlli sug‘orish tizimlari?
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с процессом выращивания хлопчатника на предприятии «Агрокластер Олтинкул».
#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #paxtachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
🇺🇿 MILLIY YUKSALISH SARI — 7 TA MILLIY DASTUR!
📌 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va 7 ta milliy dastur mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
🎙 Tadbirni Markaz bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori, professor N. Asqarov ochib berdi. U kelgusi o‘n yillik mamlakatimiz uchun milliy yuksalish davri etib belgilangani, inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dastur esa taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishini ta’kidladi.
Davra suhbatida yetakchi mutaxassislar tomonidan muhim yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi:
🌿 “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch. Latipov — suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda yashil hududlarni ko‘paytirish masalalari xususida;
🌱 Markaz bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, professor A. Muxtorov — iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish, investitsiya, startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘nalishida;
📚 Markaz bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori U. Sa’dullayev — bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish, ta’lim sifati va raqobatbardoshligini oshirish mavzusida ma’ruza qildi.
💬 Qizg‘in muhokamalar davomida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi, Prezident nutqida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
✅ Tadbir yakunida 7 ta milliy dastur davlat va jamiyat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarini qamrab olishi, ularni amalga oshirishda Markazning ilmiy tadqiqotlari, investitsiya loyihalari, resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha takliflari va xalqaro hamkorlik tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
+4
ECOSA bilan urug‘chilik sohasidagi hamkorlik va 9-sammitga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
🇺🇿🤝 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori X.Ibragimov hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Urug‘chilik assotsiatsiyasi (ECOSA) prezidenti Yıldıray Gençer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌱 Muloqot davomida tomonlar urug‘chilik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, sifatli va yuqori hosildor urug‘liklardan foydalanishni kengaytirish, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ECOSA doirasida o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
🌐 Shuningdek, O‘zbekistonning urug‘chilik sohasidagi salohiyatini yanada rivojlantirish, ECOSAga a’zo davlatlar va urug‘chilik sohasi vakillari bilan amaliy aloqalarni kengaytirish, ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
📅 Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri joriy yilning 27–28-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ECOSAning 9-sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘ldi. Xususan, sammitni yuqori saviyada tashkil etish, unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishtiroki va roli, shuningdek, tadbir doirasida urug‘chilik sohasidagi dolzarb masalalar va hamkorlik istiqbollarini ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Tomonlar mazkur sammitni urug‘chilik sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, soha vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish va yangi hamkorlik tashabbuslarini muhokama qilish uchun muhim platforma sifatida samarali tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
📌 Uchrashuv yakunida tomonlar ECOSAning 9-sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, urug‘chilik sohasidagi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda belgilangan tashabbuslarni amaliy jihatdan ilgari surish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
+2
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi
🇺🇿🇺🇸Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori X.Ibragimov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy qishloq xo‘jaligi maslahatchisi Rishan Chaudxri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌐Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, vazirliklar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.
📦Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish hamda agrar sohada o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💧 Shuningdek, Kaliforniya va Texas shtatlarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish, ushbu shtatlarda yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tajriba va yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
🎓Uchrashuvda agrar ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston va AQSHning yetakchi agrar universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, mutaxassislar va yosh kadrlar uchun tajriba almashinuvi hamda malaka oshirish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
📌Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq hamkorlik tashabbuslarini ishlab chiqish va amaliy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
📱 Telegram |📺 YouTube |📷 Instagram |💬 Facebook |🌐 Veb-sayt
