cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Econosfera

Bu kanalda siz iqtisodchi fikrlari, mulohazalari, prognozlari va iqtisodiy savodxonlikka oid ma'lumotlari bilan tanishasiz. Bog'lanish uchun @EconomyTimebot

Більше
Рекламні дописи
591
Підписники
-224 години
-217 днів
-11130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

‼Kanal faoliyati pauzalandi yaqin kunlarda post tashlashni boshlayman hozirgi kunda juda ham band bo'lib kanalga vaqt ajrata olmayapman.Taklif agar kanalda iqtisodiy sohada tahsil olayotgan talabalar bo'lsa marhamat adminlik qilishingiz mumkin faqat har bir postni men tekshirganimdan so'ng tashlanadi.
Показати все...
👍 4
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra: 🔹O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi; 🔹2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; 🔹strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi; 🔹 2025-yildan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi; 🔹 2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi; 🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Talaba! Oʻzimizni turli shahar joylarda talabalar kelgach paydo bo'lgan tirbandliklar, turar joy muammosi sabab talabalar xuddi shahar (Toshkent; ..) uchun muammodek ko'rsatilmoqda. Avvalo, talabalarning muammolarga aloqasi yo'q. Jamoat transportini to'g'ri tashkillashtirolmagan, 30 yil o'tsada talabalarga yetarli turar joy yaratadigan mexanizmni ishlab chiqmagan shaxslar boshqa. Bu uchun talabalarni ayblash Orolga suv kelmagani uchun Orolni o'zini ayblashdek gap. Lekin, shahar uchun talabalarning foydasi katta. Talabalar avvalo shaharga fayz qaytaradi, hayot va faollik yanada jonlanadi. Butun dunyoda talaba ko'p shahar faol shahar hisoblanadi. Ulardagi faollik IIV yoki qaysidir organlarga yoqmasligi mumkin, lekin shahar faol hayoti bilan, ayniqsa tungi hayoti bilan shahardir. Ikkinchi muhim faktor talaba mahalliy iqtisod uchun katta yordam, faol iste'molchidir. Bir necha yuz ming talaba sabab pul aylanishi tezlashadi, iqtisodda yangi qiymat yaratiladi, soliq tushumi ko'payadi. Talaba shaharga qaytishidan uy ijaraga beradigan ham, kiyim-kechak sotadigan ham, kitob va konstovar do'konlari ham, taksilar ham, ovqatlanish joylari ham, o'quv markazlari ham, xullas hamma yutadi. Chunki ota-ona talaba orqali yig'ib qo'ygan pullarini iqtisodga kiritadi. Shu uchun ham talabalarni shahar iqtisodiyoti uchun foydali ijobiy fenomen sifatida ko'rish kerak. ✔️@Economics_ITE
Показати все...
👍 6🔥 2👏 1
Moskva valyuta birjasiga sanksiyalar kiritildi endi valyuta kursi qanday aniqlanadi ? AQSH Moskva valyuta birjasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.Bu sanksiyalar 13-avgustdan to’liq kuchga kiradi. Valyuta birjasi nima uchun shunchalik muhim chunki shu valyuta birjasida bo’layotgan savdolar orqali kurs aniqlanadi, talab va taklif asosida. O’zbekistonda ham valyuta birjasida bo’layotgan savdolar orqali kurs aniqlanadi. Endi shu savdolar Moskva birjasida 13-avgustdan boshlab taqiqlanadi. Endi valyuta kursi bozor mexanizmlari asosida emas qo'l boshqaruvi orqali belgilanadi. 13-avgustdan keyin vaziyat qanday bo’ladi. Rossiyada endi 13-avgustdan keyin 2 xil kurs bo’ladi Markaziy bankni kursi, qora bozor kursi.Kurs 5, 10 rublga ko’tarilishi mumkin.Hammasi subyektiv shaxsiy fikrlarim.
Показати все...
👍 4👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sizga tabassum qilayotgandek ko'rinishi uchun 10:10 shaklda bo'ladi.
Показати все...
👍 10👏 3 1🔥 1
Nega soatlar reklama qilinganda vaqt ko'rinishi shu shaklda bo'ladi ? Kommentda fikrlar bilan bo'lishamiz.
Показати все...
👍 1😁 1
Subsidiyalardan kim ko’proq foydalanyapti ? Yaqinda elektr va gazni narxlari oshdi va ma’lum bir miqdorgacha subsidiyalar ajratilishi haqida aytildi. Keling bir tahlil qilib ko’ramiz bu subssidiyadan aslida shu subsidiyaga muhtoj odam foydalanyaptimi yoki yo’q. Hozirgi kunda deyarli ko’p qishloqlarga tabiiy gaz yetib bormagan va ular gaz ballonlaridan foydalanishadi, to’g’rirog’i shu ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Lekin bu gaz ballon ko’pga yetmaydi tabiiyki elektr energiyaga talab oshadi ya’ni elektr energiyadan ko’proq foydalanishadi. Ho’p 200kv gacha subsidiyali narx qo’llaniladi lekin qishloq aholisi tabiiy gaz yetib bormagani va gaz ballonlarini ko’pga yetmagani sababli 200kv dan ko’p ishlatadi va yana bir narsani aytib o’tish kerakki ijtimoiy qatlamga mansub ko’p aholi qishloqda yashaydi. Shaharga to’xtaladigan bo’lsak tabiiy gaz mavjud va elektr energiyasidan kamroq foydalaniladi, nisbatan boyroq aholi ham shaharda yashaydi.Demak bu subsidiyadan qishloq aholisi kamroq shahar aholisi ko’proq foydalanmoqda.Shuning uchun ham manimcha qishloq aholisi uchun maxsus mexanizmlar ishlab chiqilishi kerak deb o’ylayman. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G’aniyev qishloqlarda tabiiy gaz yo’q ular elektrdan ko’proq foydalanishi to’g’risida savolni Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo’chqorovga berganida vazir ham buni o’ylab ko’rishi haqida aytgan ekan. 👉@econosfera - iqtisodiyot biz bilan qiziq.
Показати все...
👍 7👏 1
📈Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2024 yilning yanvar-may oylarida Toshkent shahri Oʼzbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida 39,1 % bilan eng yuqori ulushni egallagan. Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 5 oyda qariyb 10,5 mlrd AQSh dollariga yetgan. 👉@econosfera - iqtisodiyot biz bilan qiziq.
Показати все...
👍 9
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni: - “Cobalt” – 57 542 dona - “Damas” – 31 239 dona - "Tracker" – 19 279 dona - "Onix” – 14 905 dona - “Lacetti-Gentra” – 11 913 dona - “KIA” – 7 433 dona - “Chery” – 4 000 dona - “Haval” – 230 dona - “Exeed” – 93 dona - Maxsus yengil avtomobillar – 10 198 dona 👉@econosfera - iqtisodiyot biz bilan qiziq.
Показати все...
😁 4👍 3🤯 3 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Dunyo bo'ylab 184 million migrant + qochqin bor - bu dunyo aholisining ~2,3% tashkil qiladi. 👉@econosfera - iqtisodiyot biz bilan qiziq.
Показати все...
🕊 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.