cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Javokhir Khabibullaev (Jack Hobbs)

👉Personal experiences and ideas👈 🇺🇿 Uzbek 👉 🇩🇪 📆 24 y.o. 👨‍⚕️ Doctor 🩻 MFA (Germany) 👨‍🏫 IELTS instructor (used to) 🏆 Winner: local&international olympiads 🥇 Winner: Healthcare Minister Scholarship 2023 🌎 Visited 14 countries

Більше
Рекламні дописи
2 155
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
+2130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

📰 Ramkalar men uchun emas Uydan yana Germaniyaga qaytmoqdaman. O'zi hammasi sekin asta qaytish bo'lib qolar ekan. Germaniyadan O'zbekistonga borsam ham qaytish, O'zbekistondan Germaniyaga kelsam ham qaytish. Demak, ketish faqat bir marta, qaytish ko'p martalik narsa ekan. Ko'pchlik nima uchun qaytganimni so'radi. Kimdir yaxshi, kimdir yomon versiyalarni ham aytib ko'rishdi) Uyga onamning tug'ilgan kuni sababli qaytgan edim. Ketganimga endi 3 oy bo'lgan bo'lsa ham mehnat ta'tili olib 2 haftaga qaytdim. Bu vaqt ham juda tez o'tib ketdi. Boshida Germaniyaga ketganimda uyni ancha so'gindim, ancha vaqt uyda bo'lmaganday xis qildim o'zimni. Uyga kelib qarasam ketganimga unchalik ko'p bo'lmabdi. Hamma narsa o'sha-o'sha. Ob-havodan tashqari.) Do'stlarim, qarindoshlarim va xattoki oila a'zolarim ham meni 1 yilda qaytsa kerak endi deb o'ylashgan ekan. Chunki biznikilarda shunday stereotip bor: bir ketdimi, anchada qaytadi. Rostdan ham juda ko'pchilik shunday qiladi. Men buni o'zgartirgim keldi. Yo'lkiraga ketgan pul, oilam bilan o'tkazgan vaqtimni 1 kuniga ham arzimas edi. Shunday ekan, nega kelmasligim kerak edi? Hozir aeroportdaman va miyamda faqat shu fikrlar aylanmoqda: - Pul topilaveradi. - Vaqtni qaytarib bo'lmaydi. - Ramkalar men uchun emas. 04.07.2024. O'sh JH 👉 @JackHobbsOfficial
Показати все...
❤‍🔥 100👍 51 24🔥 20
📰 HOME Uydaman. Germaniyaga ketganimda endi 3 oy bo'lganda, uyga keldim. To'g'ri issiq, to'g'ri hammayoq chang lekin bu uy. Ko'ngil boshqacha taskin topadigan joy. Nimaga? Sababi ota-onam va singillarim shu yerda. 3 oy ichida shuni tushunib yetdim: dunyoning har qanday joyida o'zim uchun uy qila olaman. Lekin oila a'zolarimsiz ko'ngil to'lmaydi. Agar O'zbekistondagi uyimda ham oilam bo'lmasa, bu yer ham uydek tuyulmas ekan. Shu sababli uydagilarni ham olib ketish motivatsiyasi yanada kuchaydi😄 Yaxshi hayot, pul, chiroyli joylardan baribir zerikasan. Ota-onang bilan esa kichkina uy ham koshonadek. Tak chto, akalar, raz ketmoqchimisilar uydagilarni ham olib ketish yoki shunga yaqin planni ham 3 xil variantini tayyor qilib qo'yilar. 22-iyunda kelgan edim, 4-iyul(payshanba) kuni qaytib ketaman. Vaqt juda tez o'tdi. Issiqdan boshqa hech narsaga to'ya olmadim. Ko'risha olmagan do'stlarimdan uzr so'rayman. Keyingi safar, hudo xohlasa. P.S. Ko'pchilik nima sababdan uyga qaytganimni so'ragan edi. Uyga onam tug'ilgan kunlari sabab kelgan edim. Hammasi joyida, havotirga o'rin yo'q. 02.07.2024. Namangan JH 👉 @JackHobbsOfficial
Показати все...
👍 124 39❤‍🔥 28🔥 13
✅ Kanalda postlar soni ko’payib ketmasligi uchun alohida guruhdan foydalanamiz. Kanalda faqat natijalarni ko’rsatamiz holos. Quyidagi link bo’yicha guruhga qo’shilib olsangiz bo’ladi: 👉 https://t.me/+3pGSI8g1WO9kY2I6 Guruhda Challenge davomidagi fikrlarimizni bo’lishib boramiz. Bundan tashqari kimda qanday savol bo’lsa, javob ham berib boramiz.
Показати все...
👍 10 3🔥 2
Yozni foydali o’tkazish uchun men bilan birga CHALLENGE qiladiganlar bormi?Anonymous voting
  • Vaqt yo’q
  • Xohish yo’q
  • Ha, Men tayyor✅
0 votes
❤‍🔥 51🔥 8👍 5 5
J
Показати все...
📌 O’zim uchun yangi CHALLENGE boshlayapman… 60 kun… 10.07 - 10.09…
Показати все...
👍 28🔥 13
👉 Voice chat: Germaniya vs Stomatologiya Germaniyada stomatolog bo'lib ishlash qiziqmi? Germaniyada Stomatolog bo'lib ishlayotgan akamiz, Doston Topilov bilan voice chat tashkilladik. ✍️ Nima haqida gaplashamiz: ➖ Maktabdan institutgacha; ➖ Insitut yillari; ➖ Germaniya yo'li; ➖ Nima uchun Germaniya?; ➖ Yo'ldagi qiyinchiliklar; ➖ Germaniyadagi qiyinchiliklar; ➖ Imtihonlar; ➖ Germaniyada Stomatolog hayoti; ➖ Germaniyani salbiy taraflari; ➖ Savollarga javoblar. Doston Topilov - Instagram 👉 Kanal linki: @JackHobbsOfficial
Показати все...
record.ogg45.97 MB
🔥 22👍 11❤‍🔥 4
📌 Germaniyaga Work and Travel(Ferienjob) uchun vizasi chiqqan, rus tilida gaplasha oladigan va nemis tilida A2 bo’lgan kimdir ish qidirayotgan bo’lsa, 1 ta o’g’il bolaga ish bor. Murojaat uchun 👉 @JackHobbs
Показати все...
26👍 14🔥 5❤‍🔥 1
📰 Jamoa Yolg'izlik yomon narsa. Yolg'iz yurgan odam tezroq yurishi rost gap, lekin uzoqqa bora olmasligi ham rost. Balki bu fikrimga qo'shilmaydigan introvertlar ham bordir. Shunday bo'lsada, yaxshilab o'ylab ko'ring. Dunyodagi baxtsiz odamlarning asosiy qismini yolg'izlar tashkil qiladi. Qisqasi, odamlar odamlar uchun yaratiladi. Har doim o'z jamoangiz (krugiz) bo'lsin. Shunday do'stlaringiz bo'lsinki, fikrlashi, maqsadlari, farosati siznikiga yaqin bo'lsin. E'tibor bergan bo'lsangiz do'stlaringiz deyapman. Nimaga? Chunki hozirgi kunda 1 ta do'st kamlik qiladi. Menda bir nechta kruglar bor. Sinfdoshlar, litsey kursdoshlar, institut kursdoshlar va albatta terma krug) Har bir krug ichida qo'rqmasdan do'st deb atay oladiganlarim bor. Men ular bilan faxrlanaman. Ular oldida o'zimni baxtliroq va erkinroq xis qilaman. Bundan 3 oy oldin Germaniyaga qo'nganimda, shu do'stlarimni barchasini uyda tashlab keldim. Bu og'ir yo'qotishday tuyuldi. 3 oy Germaniyada do'stsiz yashadim. Bunday hayot menga qiyinlik qila boshlagan edi. Chunki, kayfiyat yomon vaqtida gaplashadigan, xursand vaqtizda kulishadigan odamiz bo'lmasa, faqat telefoniz ekraniga qarab o'tira olasiz xolos. Instagramimni ham kuzatayotgan bo'lsangiz bilarsiz, 1 hafta oldin do'stim, Malik Abdulloh (@malikposts) ham Germaniyaga keldi. Shu kundan boshlab, Germaniya yanada rangliroq, vaqt esa yanada samaradorroq bo'ldi. Chunki endi bu yerda ham menday fikrlaydigan va maqsadlari menikiga o'xshash odam bor. +1 ta do'stim Germaniyada. Qolganlarni kutyapman... 14.06.2024. Mannheim JH 👉 @JackHobbsOfficial
Показати все...
❤‍🔥 90👍 42🔥 22 11
Doston Topilov - Instagram
Показати все...
👍 10❤‍🔥 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.