cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Prezident maktabiga tayyorlov

🔷Prezident maktabiga tayyorgarlik uchun savollar va repetitsion testlar 🔷Prezident maktabi yangiliklari 🔷Prezident maktabiga tayyorlov kurslari Tel: +998932166106 Admin: @ravshanbek1707

Більше
Рекламні дописи
305
Підписники
-224 години
-87 днів
-1230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
12 yoshida Singapur davlatida sovrinli oʻrinni egallagan va hozirda Prezident maktabi oʻquvchisi hisoblangan Ismoilov Biloliddin🤩 Sizning ham farzandingiz Biloliddindek natijalarni qayd etishini istasangiz Ibrat School maktabining qabul imtihonlariga hoziroq roʻyxatdan oʻting: 👉 Roʻyxatdan oʻtish Murojaat uchun: 📞 +998913560500 👨‍💻 @Ibrat_school_qabulxona Telegram | Instagram
Показати все...
IMG_1148.MP416.54 MB
01:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ibrat School - Ibrat bo'ling! ✅ Roʻyxatdan oʻtish uchun hoziroq biz bilan bogʻlaning. Murojaat uchun: 📞 +998913560500 👨‍💻 @Ibrat_school_qabulxona Telegram | Instagram
Показати все...
IMG_0961.MOV20.61 MB
👍 3
Dars davomida tartibli ravishda kerakli nuqtalarni yozib oling. Uyga borganingizda yozib olgan narsalaringizni oqqa ko‘chiring yoki qaytadan yozib o‘rganing. Mavzuni tushunmasdan, misol yechishni boshlamang. Mavzuni to‘liq o‘zlashtirganingizga ishonchingiz komil bo‘lgach misollarni va testlarni yeching. Misol yechayotganda berilgan narsalarni va so‘ralgan narsalarni tartibli ravishda daftaringizning bir burchagiga yozib oling. Misol yechishda sizni eng qisqa yo‘l bilan natijaga olib boradigan teorema, ayniyat va yo‘llarni belgilab oling. Berilgan ma’lumotlarni tartibi bo‘yicha formula va teoremalarga tadbiq qiling. Natijani chiqarib bo‘lgach bir bora yechimingizni tekshirib ko‘ring. Matematika fanini o‘zlashtirish velosiped yoki mashina haydashni o‘rganish kabi. Amaliyot yordamida o‘rganiladi. Shu sababli imkoni boricha ko‘proq misol yeching, xatolaringizni belgilab ularni yo‘qotish yo‘llarini toping. 👉@piimatest1👈
Показати все...
👌 3👍 1
Avvalo shuni aytish lozimki, matematika fani siz o‘ylaganchalik qiyin fan emas. Qandaydir sabablar tufayli bu fandan sovib qolgan o‘quvchilarimiz, bu fan juda qiyin degan xulosaga kelib qolgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli dars tayyorlashning ilk bosqichi to‘siqlarni yengib o‘tishdan boshlanadi. Qila olishingizga ishonmagan ishingizni haqiqatdan ham qila olmaysiz. Aksiga qila olishingizga ishongan ishni albatta qila olasiz. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, optimist bo‘ling. Matematika fani haqiqatdan ham qiyin bo‘lgan taqdirda ham, bu fanni o‘zlashtira olaman degan qaror sizni matematika bilimdoniga aylantiradi.  Aks holda, bizning gaplarimizning sizga unchalik foydasi bo‘lmaydi. O‘rganishning ilk odimi, nimalarni bilib, nimalarni bilmasligimizni aniqlab olish bo‘ladi. Bu ishni matematika nuqtai nazaridan hal qilish uchun sizga ba’zi o‘lchovlarni taklif qilamiz. “Arifmetik hisoblashlarga no‘noqman va mavzularni yaxshi tushunmayman" deguvchilarga ilk maslahatimiz boshlang‘ich mavzularni yaxshi o‘rganish bo‘ladi. Ya’ni alfabitni bilmagan odam o‘qish-yozishni bilmaganidek, matematikaning asosiy qoidalarini bilmagan o‘quvchi ham fanni o‘zlashtira olmaydi.  Demak siz eng avval sonlar ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallariga oid misollarni ko‘proq ishlashingiz kerak. Bu ishlarni natural va butun sonlar ustida bajaring. Keyinchalik kasrli ifodalar va o‘nli kasrlar ustida davom ettiring. “Arifmetik hisoblashlarga qobiliyatim yaxshi, lekin mavzularni yaxshi tushunmayman" deydigan o‘quvchilarimizga esa o‘zi yaxshi bilmaydigan mavzularni o‘zlashtirishga harakat qilishi lozimligini uqtiramiz. Arifmetik hisoblashlarga qobiliyatning borligi matematikani o‘zlashtira olishingizga ishora. Hech bilmaydigan mavzularingiz o‘rniga avvaliga chala biladigan mavzularingizni yaxshilab o‘zlashtiring. Agar qaysidir mavzuni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da tushunayotgan bo‘lsangiz, demak, siz bu mavzuni to‘lig‘icha o‘zlashtira olasiz. Ya’ni, siz chala o‘zlashtirilgan mavzularni o‘zlashtirgandan so‘ng, umuman bilmaydigan mavzularni o‘zlashtirishni boshlashingiz mumkin. “Mavzularni tushunyapman, faqat bu mavzuga oid misollar yechishga qiynalaman". Fikrini yuqoridagi kabi ta’riflagan o‘quvchilar uchun ko‘proq misol yechishdan boshqa maslahatimiz bo‘lmaydi. Mavzuni tushinishingiz bilimingiz mustahkamligidan. Misol yechishda qiynalishingiz esa amaliyotingiz kamligini ko‘rsatadi. Siz qarab turmang. Tezgina misolni yechishni boshlab yuboring. Shu yo‘l bilan ham mavzularni mustahkamlab olasiz, ham yaxshigina misol ishlash tezligingizni oshirib olasiz. Bu yo‘lda muhim jihatlardan biri, ishlay olmagan savollaringiz ko‘pligidan umidsizlikka tushib qolmaslikdir. Agar qaysidir misolni yecha olmasangiz, biladigan odamdan so‘rab o‘rganib oling va shu misonlni o‘zingiz boshqatdan ishlashga harakat qiling. Qisqasi, mashqlarni bajarib yurgan (trenirovka qilgan)  sportchi bilan, mashq bajarmagan sportchi orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. “Mavzularni yaxshi tushunaman, arifmetik hisob-kitobim ham yaxshi, faqat juda ko‘p xato qilaman" deb kuyunuvchi do‘stlarimizga ilk maslahat: savollarni diqqat bilan o‘qing va diqqat bilan yeching. Xato qilmaslik yoki xatolarning kamaytirishning yo‘li ham ko‘p misol ishlash va ishlangan misollarni tahlil qilish. Qayerda xato qilgan bo‘lsangiz uni bartaraf etish choralarini ko‘rishingiz kerak. Dars qilish orqali xatolarni yo‘qotish mumkin bo‘lsa, unda dars tayyorlang. Aks holda, biladigan odamdan maslahat so‘rang. Odatda ko‘pchilik xatolar savolni to‘liq o‘qimaganlik sababli yuzaga keladi. Savolni chala o‘qish yoki oxirigidagi kichik bir so‘zni noto‘g‘ri o‘qish orqali siz xato qilib qo‘yasiz. Bu ko‘pincha qaysi biri noto‘g‘ri degan savollarda qaysi biri to‘g‘ri deb o‘qish orqali vujudga keladi. O‘zingiz ham sezib turibsizki bu xatoning to‘g‘rilashning birgina yo‘li savolni diqqat bilan o‘qish. Bundan tashqari matematika fanini yaxshi o‘zlashtirishning bir necha qoidalarini quyida keltiramiz. O‘ylazmizki, bu qoidalar siz uchun juda foydali bo‘ladi. 👉@piimatest1👈
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi! Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 👉 @piimatest1 👈
Показати все...
👍 2🤬 1
02:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari #8july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показати все...
3.mp425.51 MB
02:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ахborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari #8july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показати все...
19.00.Президент Мактаб_edit.mp459.49 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. ‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
💯 2👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #al_Xorazmiy_maktabi ‼️Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirganlar o'quvchilarning "Shaxsiy kabinet"ida Al-Xorazmiy maktabi imtihoniga ruxsatnomalar chiqa boshladi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak.
📆 Eslatma, Al-Xorazmiy maktabining kirish imtihoni 9-iyul kuni bo'lib o'tadi!
👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
Assalomu alaykum. Prezident maktabining saralash imtihoni bugundan boshlanmoqda. Barcha imtihonda ishtirok etadigan o'quvchilarga omad tilaymiz. @piimatest1
Показати все...
👍 6
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.