cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

IHMA Farg‘ona viloyati

Рекламні дописи
2 275
Підписники
-424 години
-67 днів
-2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
💵 2024-yil iyun oyi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning iyun oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 675,1 ming nafar nafaqa oluvchilar (yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik, bolalikdan nogironlik va parvarishlash nafaqalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam) uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi. ✅ O‘z navbatida nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 461,5 ming nafar (yoki jami oluvchilarning 67 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi. 🖋 Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilayotganini ma’lum qilamiz. Qo‘shimcha shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga asosan kam ta’minlangan oilalarga tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullarini to‘lash uchun mablag‘lar to‘lov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasidan 25-sanasiga qadar "Xalq banki" bo‘limi (filiali)ning maxsus hisobvarag‘iga moliyalashtirib berilishi belgilab o‘tilgan bo‘lib, iyun oyi uchun to‘lovlar joriy yilning 10-15 iyun kunlari to‘lab berilishi rejalashtirilgan. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показати все...
#Ijtimoiy_imtiyoz 🧍Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi. Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan. Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi. Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi. Budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi. Bolalikdan nogironligi bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi. 📝telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показати все...
👍 2
👥 “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar uchun Respublika bosqichining test sinovlari o‘tkazildi. 📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Показати все...
🔥 2
🟦🟦 ☺️ Dang‘ara tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi sho‘'ba mudiri Alisher Abdullayevning "Hech kim e'tibordan chetda emas" sarlavhali maqolasi tuman hokimligining ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy nashri - "Dang‘ara" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi. 🖋 Ushbu maqolani gazetaning 3- sahifasida o‘qishingiz mumkin. 😊 Shuningdek, gazetaning mazkur soni 4- sahifasi to‘laligicha "Inson" markazi faoliyatiga bag‘ishlandi. 📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Показати все...
Дангара.pdf1.37 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar bo'yicha ma'lumot. 🇺🇿 2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra Respublikamiz hududida jami oilalar soni 9 729 960 nafarni tashkil etib, shundan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1 209 936 ta bo'lib, to'langan mablag' 584 354.3 mln so'mni tashkil qiladi. 💵 Shundan 1 170 580 nafar oilalarga 569 555,3 mln so'm miqdorda bolalar nafaqasi, 39.356 oilaga 14 799,0 mln so'm miqdorda moddiy yordam pullari to'lab berilgan. 👥 Respublikamizning jami oilalari soniga nisbatan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarning ulushi 12%ni tashkil etadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показати все...
01:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🦽 POM va RTV mahsulotlari sotuvi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi? ✅ Uzoq muddatga QQS to‘lovlaridan ozod etilgan, mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazish va sertifikatsiya hujjatlari narxi 2 barobar arzonlashtirgan, kamaytirilgan daromad solig‘i va boshqalar. 🎬 Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videoni tomosha qiling. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Показати все...
IMG_8603.MOV21.69 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta'minlanyapti? 5️⃣ 5-iyun (chorshanba) soat 18:30 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar. ✅ Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying! 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показати все...
👍 2
"Inson" markazi direktorining ilmiy izlanishlari xalqaro to‘plamda chop etildi 💻 Yaqinda Farg‘ona davlat universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi tomonidan “Umumta’lim maktablarida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligini takomillashtirishda ijtimoiy ish kasbining ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi. 👮‍♂️ Falsafa fanlar doktori, professor Farhodjon Turg‘unboyevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur konferensiyada Farg‘ona shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ham faol qatnashdilar. E'tiborlisi, markaz direktori G'iyosjon Haydarovning "O'zbekiston qonunchiligida bolalar va yoshlarni noloyiq munosabatdan himoya qilish va muhofazalash tizimi" nomli maqolasi konferensiya materiallari to'plamida chop etildi. 👥 Shuningdek, ushbu to'plamdan mahalladagi ijtimoiy xodimlar - R.Abdukarimovaning "O'zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi Davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari", M.Djurayevaning "Islohotlar jarayonida yoshlarning ijtimoiy muammolari" hamda S.Ikromovaning "Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta'minoti" nomli maqolalari ham o‘rin oldi. 📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Показати все...
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi.pdf1.44 MB
👍 7
01:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🟦🟦 🟢 Avval xabar berganimizdek, "Onalarga ehtirom" festivali doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlarining onajonlari uchun bayram tadbiri tashkillanib, ularga alohida izzat-ikrom, hurmat-ehtirom ko‘rsatilgan edi. 🎬 Ushbu tadbir tafsilotlari "Farg‘ona" telekanalining "Farg‘ona 24" informatsion dasturi orqali yoritildi. 📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Показати все...
FARG`ONA_24_03_06_2024_IJTIMOIY_XIMOYA_MILLIY_AGENTLIGI_TADBIR_O`TKAZDI.mp430.64 MB
👍 5
02:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🟦🟦 😊 Dang‘ara tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholiga samarali ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda. 🎬 "Vodiy" telekanalining "Vaqt" informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavhada shu haqda so‘z boradi. 👮‍♂️ Shuningdek, ushbu lavhada mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Nizomiddin Nosirjonovning kundalik faoliyati aks etgan. 📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Показати все...
30.90 MB
👍 3