cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

foyda.uz

O'zbekiston iste'molchilari uchun foydali kanal. IG: https://www.instagram.com/uzbek.foyda Egasi: O'zbekiston marketing uyushmasi ______ С пользой для потребителей Узбекистана. Владелец: Маркетинговая ассоциация Узбекистана. Reklama uchun: @foydaTST

Більше
Рекламні дописи
118 453
Підписники
-84424 години
-5 1607 днів
-30 71230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from MAKON Marketing
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli hamkasblar, do‘stlar! Sizlarni Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🇺🇿Ushbu fayzli bayramda barchangizga sog‘liq, ezgulik va farovonlik tilaymiz! Mamlakatimizda doimo tinchlik va taraqqiyot hukm sursin! Eng tabarruk orzularingiz ro‘yobga chiqsin va ko‘zlagan barcha vazifa-yu rejalaringiz amalga oshsin!🙏🙏
Показати все...
👍 30 7👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📊 Buxgalteriya hisobi bo'yicha ishonchli hamkor qidiryapsizmi? Biz sizga taniqli ekspert Aleksandra Tolmacheva boshchiligidagi autsorsing buxgalteriya xizmatlari kompaniyamizni taqdim etamiz. 🌟 Nega aynan biz? 🔹 Aleksandra Tolmacheva 15 yildan ortiq tajribaga ega bosh hisobchi, “Yilning eng yaxshi hisobchisi” nominatsiyasining to‘rt karra g‘olibi. 🔹 Xalqaro e'tirof - ko'plab xalqaro sertifikatlar sohibi. 🔹 Bebaho tajriba - o'z kompaniyasini ochishdan oldin Aleksandra "O'ZAVTOSANOAT", "HILTON", "TEAM UNIVERSITY" kabi gigantlarning buxgalteriya hisobi bilan shug'ullangan. Bizning xizmatlarimiz: ✅ Buxgalteriya xizmatlarining to'liq spektri ✅ Soliq bo'yicha maslahat ✅ Moliyaviy rejalashtirish va hisobot berish ✅ Soliq to'lovlarini optimallashtirish ✅ Biznesni ro'yxatdan o'tkazish va tugatish Biz bilan siz aniqlik, ishonchlilik va professionallikka amin bo'lishingiz mumkin. Biz har bir mijozni qadrlaymiz va har qanday moliyaviy muammolarni hal qilishda individual yondashuvni taklif qilamiz. 💬 Professionallar bilan ishlash imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Biz bilan bog'laning va biznesingizga yangi cho'qqilarni zabt etishda qanday yordam berishimizni bilib oling. 📞 Kontaktlar: 📧 Elektron pochta: [email protected] 📱 Telefon: +998 90 991 40 39 🌐 Veb-sayt: www.tavat.uz Telegram | Instagram | Услуги аутсорса | Facebook | Youtube #reklama
Показати все...
👍 25 4😁 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yoz faslida ko‘zlarni qanday himoya qilish kerak? Quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynaklar: 😎 Ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynaklar tanlang. Bu ko‘zlaringizni quyoshning zararli nurlaridan asraydi. Keng shlyapa yoxud bosh kiyimlar ham ularni zararli taʼsirlardan saqlaydi. Ko‘zlarning dam olishini taʼminlash: Uzoq vaqt quyosh yoki yorug‘ muhitda bo‘lganda, ko‘zlarni dam oldirish uchun muntazam tanaffus qiling. 🧑‍💻 Doimiy ravishda ekranlar (kompyuter, telefon, gadjet) oldida o‘tirishdan saqlaning. Xalqaro amaliyotda ekranlarning zararli taʼsiridan foydalanishda “20-20-20” qoidasi tavsiya qilinadi: har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 fut (6 metr) uzoqlikka qarang. Gigiyena va ko‘z parvarishi: 📌 Qo‘llarni muntazam yuvish va yuzga tegmaslikka harakat qilish orqali ko‘zlarni infeksiyalardan himoya qiling. Shuningdek, ularni tez-tez namlantirib turing. 👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 23😁 2🥰 1🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ko‘p qavatli uylarga beriladigan issiqlik taʼminoti (otopleniye) da bo‘lgan uzilishlar qanday qayta hisob kitob qilinadi? O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga muvofiq sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Mazkur holatda hozirgi kunda issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan yetkazib berilgan issiqlik taʼminoti uchun kundalik to‘lovlarni amalga oshirilishi tartibi joriy etilganligini inobatga olib, qaysi muddatga isteʼmolchiga issiqlik yetkazib berilmaganligi haqida isteʼmolchi xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga murojaat qoldirganda yetkazib berilmagan kunlar va vaqt uchun dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi lozim. Shunda ushbu dalolatnoma asos sifatida olinib, ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 13 4😁 1
00:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🔥 Garant bankda individual dizaynga ega KIDS CARDni mutlaqo bepul oching!
📌 Amal qilish muddati — 5 yil; 📌 Bepul xizmat ko‘rsatish; 📌 Kartaning individual dizaynini tanlash imkoniyati.
💳 Garant bankning KIDS CARD kartasi bilan farzandlaringizga qulaylik, xavfsizlik va moliyaviy savodxonlikni o‘rganish imkoniyatini taqdim eting! ⏳ Shoshiling, aksiya 27.05 dan 25.06.2024gacha amal qiladi! Batafsil ma'lumot uchun telefon: 📞 1326
Показати все...
IMG_8143.MP47.48 MB
👍 19🎉 3 2🔥 2👏 2😱 2😍 2👎 1😁 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Soxta kosmetologlardan ehtiyot bo'ling Ko‘chalardagi ko‘plab peshlavhalarda ayollar sartaroshxonasi, manikyur, pedikyur xizmatlari ro‘yxatida kosmetolog xizmati ham bor. Achinarlisi, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar o‘zgalar hayotini pisand qilmasdan bunday muolajalarni amalga oshirishadi, iste’molchilar esa yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmasdan ushbu xizmatlardan foydalanishadi. Мasalaning og'riqli tomoni shundaki, kosmetologiya xizmatlari shifokor tomonidan o‘tkaziladigan, litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblansa-da, ba’zi xususiy klinikalar tomonidan hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sertifikatlar bilan bunday xizmatlarni ko‘rsatish holatlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bemor tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 1, 12, 20-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi. Hurmatli iste’molchilar! Xizmatlardan foydalanishdan avval albatta klinikaning kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat organi tomonidan berilgan litsenziyasi mavjudligi, muolaja o‘tkazuvchi shaxsning shifokorligini tasdiqlovchi diplomini talab qilish, kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun – xususiy korxona, tashkilotlar yoki kosmetologlar tomonidan taqdim etilgan sertifikatlar va boshqa hujjatlar hech qanday yuridik kuchga ega hujjat emasligini inobatga olish, muolaja vaqtida foydalaniladigan tibbiy buyum va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishlarini so‘raymiz. Shuningdek, iste’molchilarni o‘zlarini hayoti va xavfsizliklari uchun ish yoki xizmatdan foydalanishning oqibatida zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq xavf xatarning yo‘qligini oldindan bilib olishlari shart. 👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 27 4👎 2😁 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Taksi haydovchisi yo‘lovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lsa yoki belgilangan manzilga yetmasdan tashlab ketsa yo‘lovchining qanday huquqlari bor? 🎙Isteʼmolchiga taksi haydovchisi qo‘pol munosabatda bo‘lsa maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining haqorat qilish moddasi bilan javobgar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda isteʼmolchilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga muvofiq, yo‘l haqqi yo‘lovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yo‘lovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qatʼiy nazar, taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi. Mazkur holatda manzilga yetkazmasdan isteʼmolchidan pul mablag‘larini oldindan olish mumkin emas va ortiqcha olingan bo‘lsa ham xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan qaytarib berishga majburdir.
👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 25 5😁 1
Qaysi mobil aloqa operatorini sifatli deb hisoblaysiz?Anonymous voting
  • Uzmobile
  • Ucell
  • Mobiuz
  • Beeline
  • Humans
  • Perfectum
0 votes
👍 79🤣 48👎 33 9😁 6💔 4🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi Kutilmaganda hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun “112” qisqa raqamli dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. “112” yagona dispetcherlik xizmati joriy yil 1 iyun kunidan Toshkent shahrida va yil yakuniga qadar respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ishga tushiriladi. “112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJning shoshilinch xizmatlarini maʼlumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi. 👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 31😁 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#maslahat Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham kasallanish mumkin, uni esa vaqtida oldini olish muhim. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlovchi beshta asosiy usul haqida bilib oling. 👉 @uzbekfoyda
Показати все...
👍 5 3👏 2😁 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.