cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

¹❀̤̤̤̤̤̤̤̤̤̤𝄁꯭🕋꯭𝄀꯭✨꯭𝄁𝐒𝆺꯭𝅥𝝾꯭𝆺꯭𝅥𝝺𝆺꯭𝅥𝝸𝆺꯭𝅥𝝜𝆺꯭𝅥𝝰𝄁꯭꯭𝄀🕌꯭𝄁꯭❀꯭̤̤̤̤̤̤̤̤̤̤

💚#_oQ_KaBuTaR⚡_BoLaYLiK🤍🕊 #_oSMoNLaRDa🌜_uCHaYLiK🌚🖤 💞#_oYLaB💫🤍_eMaS_YiLLaB_eMaS🥰❤️ #_uMRBoD_QaDirdOnLaR_BoLaYLi😊 21.07.2023 ochilgan sanamiz💞🫂🌿 EGA : @Wokalatka_04 Taklif va murojatlar uchun

Більше
Рекламні дописи
710
Підписники
Немає даних24 години
-3837 днів
-40930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

KIMSALAR Qalblariga shayton in solar, Oʻzgarishar mansab minsalar.. Bu dunyoga toʻymaydi sira, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Pul ustida iymonin sotib, Toʻxtamaydi gunoxga botib.. Yashar harom luqmasin totib, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Yaxshilarning oyogʻin chalar, Mazlumlarning haqqini talar... Ming xatoga yurib yoʻrgʻalar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Zinolarga oʻrgandi tana, Nasihatga qilarlar taʼna. Shayton bazmin atar tanʼtana, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Onasining koʻzlarin yoshlar, Otasining boshini toshlar... Nafsga qolsa har yoʻlga boshlar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Doʻzax tomon tashlashib qadam, Oʻzgardim deb icharlar qasam... Ne boʻlsa ham boʻlmaydi odam, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показати все...
Repost from Komila Qiz
Maqtanish emasu osmonda oyman. Hali ham bolaman ho‘p erkatoyman. Men uchun boylikmas dunyoning moli, Otam bor onam bor hammadan boyman. Hech yarimta emas doim ko‘nglim to‘q, G‘amlarim qalbimga qadolmaydi o‘q. Men uchun davlatning hech keragi yo‘q, Otam bor onam bor hammadan boyman. Teskari oqsa ham daryo soylarim, Asaldan shirindir achchiq choylarim, Oddiyroq bo‘lsada uyim joylarim, Otam bor onam bor hammadan boyman. Biroz soch soqoli o‘sgandir balki Yuzini ajinlar to‘sgandir balki, Ikkisi boshimda turishar toki, Otam bor onam bor hammadan boyman. Boylikni o‘lchamam sira pul bilan, Juda qimmat kiyim yoki gul bilan, Boshimni silasa qadoq qo‘l bilan, Otam bor onam bor hammadan boyman. Otamdan keladi azon sadosi, Onamdan ufurar Jannat havosi, Men uchun har nedan afzal duosi, Otam bor onam bor hammadan boyman. Muallif: Komila Qiz.✍ @Komila_Qiz_7848
Показати все...
Yor bo‘ldi. #Premyera. Ko‘ksimda urguvchi yuraksiz degan, Siz menga har onda keraksiz degan, Siz mening baxtimdan daraksiz degan, Yorim ham o‘zgaga yor bo‘ldi bugun. Yuragim azobdan yonar o‘t bo‘lib, Oq libosda turar u esa kulib, Jondan sevganimni ming afsus bilib, Yorim ham o‘zgaga yor bo'ldi bugun. O‘zim ko‘nglingizni olaman deya, Siz bilan bir umr qolaman deya, Vafoli yoringiz bo‘laman deya, Yorim ham o‘zgaga yor bo‘ldi bugun. Azoblar qariga men cho'kib ketdim, Qilgan xatolarim tushunib yetdim, Sevgi dunyosidan mayli men ketdim, Yorim ham o‘zgaga yor bo‘ldi bugun. Ne bo‘lar halomga bilmayman o‘zim, Yoshga to‘la lekin yig‘lamas ko‘zim, Yolg‘onmas rost biling shu aytgan so‘zim, Yorim ham o‘zgaga yor bo‘ldi bugun. Ortidan qoldim men tilib baxtlarini, Hashamdor saroy va tillo taxtlarni, U buzib qilingan barcha axtlarini, Yorim ham o‘zgaga yor bo‘ldi bugun. Ijodiy kanalimiz. @OnaSizHaqingizdaDostonYozaman. Yozildi.3.07.2024. Muallif. ✍Rasulov Jo'rabek.
Показати все...
#premyera #muzic YURIBSIZMI SEVIB BOYLARNI Xonanda: Farruxbek Nabiyev Matn muallifi: Odilbek Qodirov Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun.
Показати все...
Yuribsizmi sevib boylarni.mp32.63 MB
OʻZIMNI JONIM ONAM Eng mehribonim onam, Yaxshi insonim onam. Baxtimga omon boʻling, Oʻzimni jonim onam. Ikki koʻzimning nuri, Yuragimning huzuri. Hayotimning sururi, Oʻzimni jonim onam. Mehri buloq soyligim, Ikki dunyo boyligim. Duogoʻy chiroyligim, Oʻzimni jonim onam. Erkalab yaxshilagan, Boshlarimni silagan. Doim baxtim tilagan, Oʻzimni jonim onam. Uyim fayzi humorim, Mening qalbi gulzorim. Xudo bergan tumorim, Oʻzimni jonim onam. Ibrat umri sarifta, Bolam degan har ishda. Poyi jannatim farishta, Oʻzimni jonim onam. Har nafas rozi qilay, Boshimni toji qilay. Men oʻzim hoji qilay, Oʻzimni jonim onam. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показати все...
#premyera #muzic BOYVACHCHANING QOʻGʻIRCHOGʻISZ Xonanda: Abror Maxmudov Matn muallifi: Odilbek Qodirov Ushbu qoʻshigʻimizga ishlangan klipni Youtube orqali tomosha qiling: https://youtu.be/qOAJc2rqAVw?si=0wbClD4tSXnAo8Ch Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun. ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показати все...
Abror Maxmudov - Boyvachchaning qo'g'irchog'isiz.mp33.54 MB
TOʻYIB KETDIM BARIDAN ONA Dushmanlarim tishin qayrashar, Doʻstlar sirim sotib sayrashar. Gʻiybatimni qilib yayrashar, Toʻyib ketdim baridan ona. Soxtalarim pulimga joʻra, Kuchuk yaxshi ulardan koʻra.. Shunchalaram peshonam shoʻra, Toʻyib ketdim baridan ona. Ishi tushsa izlaganlarim, Nomim maqtab sizlaganlarim. Koʻzim boylar hiylagarlarim, Toʻyib ketdim baridan ona. Baxtim koʻrib muzlaganlar koʻp, Pinxon yaram tuzlaganlar koʻp. Qarang ikki yuzlaganlar koʻp, Toʻyib ketdim baridan ona. Foydam tegsa yonimda ular, Omad ketsa ustimdan kular. Atrofimga toʻldi tulkilar, Toʻyib ketdim baridan ona. Bu dunyoda yaxshiyam borsiz, Men uchun har nega tayyorsiz. Duolari zoʻr madadkorsiz, Toʻyib ketdim baridan ona. Pand yedim yosh qaridan ona, Goh yaqin goh naridan ona. Atrofimda soxta odamlar, Toʻyib ketdim baridan ona. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.