uk
Feedback
NUN NASHR

NUN NASHR

Відкрити в Telegram
302
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-430 днів
Архів дописів
Turmush o‘rtog‘i g‘azab qilganda ayol kishi jim turish orqali ko‘p yaxshiliklarga erishadi. Eringizdan sizni xafa qiladigan g
Turmush o‘rtog‘i g‘azab qilganda ayol kishi jim turish orqali ko‘p yaxshiliklarga erishadi. Eringizdan sizni xafa qiladigan gaplarni jim eshitib tursangiz osmon uzilib yerga tushmaydi. Erkak kishining onda sonda g‘azabi chiqib turadi. Ba’zida u haq bo‘lsa, ba’zida nohaq bo‘ladi. Haqiqiy oqila ayol erining g‘azabini rozilik tomon bura oladi. Hurmatli ayollar, juftingizning ko‘zlari qonga to‘lganda siz o‘zingizni bosing, shunda holat sizni xursand qiladigan bo‘lib yakun topadi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu vafotlariga yaqin o‘g'illarini chorladilar va unga: "Ey Abdurrohman! Men senga besh xisl
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu vafotlariga yaqin o‘g'illarini chorladilar va unga: "Ey Abdurrohman! Men senga besh xislatni vasiyat qilaman, ularni yodlab olgin: Odamlarga ularning qo'llaridagi narsadan behojat ekaningni ko‘rsat. Bu tugalmas boylikdir; Odamlarga ehtiyojing tushmasin. Bu faqirlikka eltuvchi yo'ldir; Uzr aytishga sabab bo‘ladigan ishlarni qilmagin; Bugun kechagidan yaxshiroq amal qila olsang, shunday qilgin; Namoz o‘qisang, vidolashuvchi (ya'ni, umri poyoniga yetib, ortiq namoz o'qiy olmaydigan) kishi kabi namoz o‘qigin!", deb vasiyat qildilar. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Boshqalarni ham o‘ylab Biz besh nafar farzand edik. Bolalik paytlarimiz uyimizda bir quticha bo‘lar edi. Bu qutichaga barcham
Boshqalarni ham o‘ylab Biz besh nafar farzand edik. Bolalik paytlarimiz uyimizda bir quticha bo‘lar edi. Bu qutichaga barchamiz bir bo‘lib pul yig‘ardik. Ishlaydiganlar maoshidan, o‘quvchilar esa tushlik uchun berilgan pullaridan orttirib, qolganini shu qutichaga tashlar edilar. Zarur bo‘lganda qutichadan pul olinardi. Biz bu yo‘l bilan kishi faqat o‘zini o‘ylamasligi, doim oilasidagi yaqinlari haqida qayg‘urishi kerakligini o‘rgandik. Aslida quticha shu maqsadni hosil qilish uchun ham joriy qilingan edi-da... Dadam dasturxonga ovqat keltirilganda o‘rtaga qo‘yilgan taomdan taqsimchalarimizga qanday solishimizni kuzatib turardilar. Ichimizda kimdir taomning eng tansiq joylarini likobchasiga solsa, dadam buni, albatta, hisobga olib qo‘yardilar. Lekin dasturxon ustida hammaning oldida tanbeh bermasdilar. Hech kim yo‘q paytda alohida chaqirib, bu ish yaxshi emasligini tushuntirardilar. Dadam bizni fidoyi, o‘z yaqinlarini o‘zidan ham ustun va afzal ko‘radigan qilib tarbiyaladilar. Ularning har bir gaplari biz uchun qonun edi. Biz otamdan juda minnatdormiz. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

800 ga 1 qadam qoldi ... http://t.me/nunnashr

Vafodor do‘st Hasan Basriy rohimahulloh aytadi: “Do‘stu birodarlaringiz bilan yaqin aloqalar o‘rnating zero, vafodor do‘st nu
Vafodor do‘st Hasan Basriy rohimahulloh aytadi: “Do‘stu birodarlaringiz bilan yaqin aloqalar o‘rnating zero, vafodor do‘st nur sochuvchi chiroq kabidir. Uning nurini dunyo sizga tamoman qorong‘u bo‘lgandagina his qilasiz”. Bir hakim zotdan so‘rashgan ekan: “Hayotingizda ko‘rgan eng chiroyli kishi, eng yaxshi kishi kim?” U kishi: Hamma ayblarimni ko‘ra turib, meni yaxshi ko‘rishda davom etgan odamdan-da chiroylisini ko‘rmaganman, debdilar. Adashsangiz sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, bilmasangiz o‘rgatadigan, g‘oyib bo‘lsangiz sizni qidirib qoladigan, g‘aflatda qolsangiz sizga Allohni eslatadigan, hayot sizga zulmatli bo‘lganda Alloh taolodan keyin suyanadigan do‘st qidiring! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Boshqalarga qalb, aql, mol va vaqtingizdan tortiq qiling. Ularga hisob varaqasini bermang! Birortasiga yordam bersangiz, amal
Boshqalarga qalb, aql, mol va vaqtingizdan tortiq qiling. Ularga hisob varaqasini bermang! Birortasiga yordam bersangiz, amalingiz faqat Alloh taoloning rizoligi uchun bo‘lsin deb, odamlardan sizga ham ko‘maklashishlarini talab qilmang! Birorta odamga yaxshilik qilsangiz, uni eslab yurishdan saqlaning. Agar birov sizga yaxshilik qilsa, uni esdan chiqarib yuborishdan ehtiyot bo‘ling! Zero, Alloh taolo “Baqara” surasining 264-oyati karimasida: “Ey, imon keltirganlar, molini odamlar ko‘rsin uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!" 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bir odam tiliga shunday maktub yozgan ekan: “Ey tilim! Bilginki, men sen nutq qilgan har bir so‘z uchun hisob-kitob qilinaman
Bir odam tiliga shunday maktub yozgan ekan: “Ey tilim! Bilginki, men sen nutq qilgan har bir so‘z uchun hisob-kitob qilinaman, shundoq ekan, faqat yaxshi so‘z ayt! Chunki sen oxiratda yo mening foydamga yoki zararimga guvohlik berasan. Axir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini bilmaysanmi: “Odamlarni yuztuban qilib do‘zaxga uloqtiradigan narsa – tillarining hosilidir”. Hoy tilim! Alloh taoloning mana bu oyatini bilsang kerak-a: “Biror so‘z aytmas, magar huzurida hoziru nozir (farishtalar) borlar”. (Qof surasi 18-oyat) Shunday ekan, faqat haq gap aytgin, faqat va faqat rost so‘zla! Ey tilim! Hech kimni duoyibad qilma, qancha gunoh-ma’siyat qilgan bo‘lsa ham. Aksincha hidoyat so‘rab uning haqqiga duo qil. Ey tilim! Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning gaplarini eshitmaganmisan: “O‘zidan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohga qasamki, eng uzoq hibsda saqlash kerak bo‘lgan narsa tildir!” Ey tilim! O‘zingni saqla, agar gapirgani biror yaxshi gap topa olmasang, jim turganing sen uchun afzal va yaxshiroqdir! Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday degan ekanlar: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki sukut saqlasin”. 📖©Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bilingki, banda har qachon so‘zlaganda Alloh uchun so‘zlasa va amal qilganida, Alloh uchun amal qilsa, yaxshilik ustida barda
Bilingki, banda har qachon so‘zlaganda Alloh uchun so‘zlasa va amal qilganida, Alloh uchun amal qilsa, yaxshilik ustida bardavom bo‘ladi. Albatta, Alloh taologa bandalari ichida eng mahbubrog‘i odamlarga Allohni sevdirgani va yer yuzida nasihat qilganidir". Agar oxiratga bo‘lgan rag‘batingiz rost bo‘lsa, uning amallarini yaxshi ko‘rib bajaring. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz chin bo‘lsa, u zotning sunnatlariga yaxshi ko‘rib ergashing. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Oila muvaffaqiyatga erishishi uchun er va xotin o‘rtasida muruvvat bo‘lishi lozim. Ikkovlari ham turmush o‘rtoqlari farishta
Oila muvaffaqiyatga erishishi uchun er va xotin o‘rtasida muruvvat bo‘lishi lozim. Ikkovlari ham turmush o‘rtoqlari farishta emasligini anglab yetishlari kerak. Boshqacha aytganda hamma ham xato qilishi mumkin. Asosiysi xato qilgan odam kechirim so‘rashga kuch topsin, narigi taraf esa vaziyatni tushunib, kechirsin va yangitdan unga ishonch bog‘layversin. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Tarbiyali tarbiyachi Kichik o‘g‘lim 3 yoshga to‘lganda uning yotog‘ini alohida qilmoqchi bo‘ldik. Lekin bu biroz qiyin bo‘ldi
Tarbiyali tarbiyachi Kichik o‘g‘lim 3 yoshga to‘lganda uning yotog‘ini alohida qilmoqchi bo‘ldik. Lekin bu biroz qiyin bo‘ldi. Chunki u boshqa xonada yotsa, qo‘rqib yig‘lab chiqardi. Bir soat ham o‘tmay yana oldimizga chiqib kelardi. Bunga har qancha harakat qilsak-da, bo‘lmadi. Endi uni akalarining oldida emas, katta qizimning xonasida qoldirdim. Keyin o‘rnimga  yotdim-da, hali zamon  chiqib kelsa kerak, deb kuta boshladim. Oradan yarim soat, bir soat vaqt o‘tdi, jimjit. Yig‘i ovozi yo‘q. Ko‘zim ilinmay o‘g‘limning yig‘isidan uyg‘onib ketishga o‘rganib qolgan ekanman shekilli, o‘rnimdan turib qizimning xonasi  tomon sekin bordim. Eshikni qiya ochib qarasam o‘g‘lim jim yotibdi.  Quloq solsam, qizim ukasiga unga tushunarli tarzda payg‘ambarlar qissalarini aytib berayapti. Asta eshikni yopib joyimga borib yotdim. O‘g‘lim ertalabgacha jimgina uxladi. Keyingi kunlari qizim ukasini “Kim birinchi uxlash” musobaqasi kabi turli o‘yinlar bilan qiziqtirib uxlata boshladi. Tez orada o‘g‘ilcham alohida uxlashga o‘rgandi. Men qizimdan juda xursand bo‘ldim. Oila davrasida o‘tirganimizda uni dadasiga maqtadim. Qizim endigina o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, yosh bolaga qilgan muomalasidan, aytib berayotgan qissa va ertaklaridan, o‘ylab topgan tadbirlaridan xuddi mohir tarbiyachiga o‘xshardi. Kichik yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalashda ularning opalaridan, akalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu bilan ham  katta hayot bo‘sag‘asiga yaqinlashib qolgan farzandlarimizni  hayotga tayyorlagan bo‘lamiz, ham kichik farzandlarimizni ularga eng mehribon bo‘lgan jigarlari qo‘liga topshirish bilan xotirjam bo‘lamiz. Buning yana bir e’tiborga molik tomoni shuki, bu uslub bilan farzandlarimizning kichiklari kattalarini hurmat qilishni o‘rganadi, ular o‘rtasidagi bir-biriga yaqinlik munosabatlari yanada mustahkamlanadi. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Haydovchilikni o‘rganmasdan turib, mashina haydagan kishini ko‘rganmisiz? Afsuski, qancha otalar bor farzand tarbiyasi haqida
Haydovchilikni o‘rganmasdan turib, mashina haydagan kishini ko‘rganmisiz? Afsuski, qancha otalar bor farzand tarbiyasi haqida bir dona ham kitob o‘qimagan, lekin uning bolalari ko‘p. Kelajak avlodni tarbiya qilishda odatdagi tarbiya uslublarini qo‘llashning o‘zi kifoya qiladimi? Din va ilm mezoniga tortmasdan turib, tarbiyaviy uslublarni amalda qo‘llasa bo‘ladimi? Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytadilar: "Farzandingizga achinishdan oldin unga hamdard bo‘lmog‘ingiz lozim". Farzandlaringiz uchun qoldiradigan eng qimmatbaho merosingiz ularga bergan go‘zal tarbiyangiz, yaxshilik va taqvo ustida undirganingiz va ilmlarini chiroyli qilishingizdir. Ana o‘shanda ularga ikki dunyo yaxshiligini qilgan bo‘lasiz. Vafotingizdan keyin sizga manfaati tegadigan eng aziz narsa tarqatgan ilmingiz, odamlarga ko‘rsatgan yaxshiligingiz va solih farzanddir. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Afsuski, ko‘p yigitlar qiz bilan shar’iy uchrashgan paytlarida qizlar unga yoqmayapti. Buning asosiy sababi ko‘cha-ko‘yda, ij
Afsuski, ko‘p yigitlar qiz bilan shar’iy uchrashgan paytlarida qizlar unga yoqmayapti. Buning asosiy sababi ko‘cha-ko‘yda, ijtimoy tarmoqlarda har xil ayollarga qarayverganidir. Shu darajaga yetganki, uchrashuv payti shariat buyurganidek qizga qaraganda ko‘zi qanoat qilmaydigan bo‘lib qolgan. Ukajon, Allohga taqvo qiling. Dindor va xulqi go‘zal qiz bo‘lsa, o‘shanga uylaning va ko‘zingizni haromdan tiying. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Buyuk sahobiy Amr ibn Os roziyallohu anhu aytadi: “Gap xuddi doriga o‘xshaydi, ozgina iste’mol qilsang, foyda beradi, ko‘p is
Buyuk sahobiy Amr ibn Os roziyallohu anhu aytadi: “Gap xuddi doriga o‘xshaydi, ozgina iste’mol qilsang, foyda beradi, ko‘p iste’mol qilsang, o‘ldiradi”. Siringizni odamlarga oshkor qilgan kishini malomat qilmang, chunki sir bu siz ko‘tara olmaydigan og‘ir yukdir! Siringizni hech kimga aytmay ichingizda saqlasangiz, u sizning rahmatingiz ostida bo‘ladi, bordi-yu uni kimgadir oshkor qilsangiz, siz uning rahmati ostida bo‘lib qolasiz! Sir saqlash uchun joy hozirlang, u joy ichingizdir! Shubhasiz, sirni yashirishga sabr qilish uni oshkor qilib nadomat qilib yurgandan oson! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

ALLOH VA RASULI XUSH KO'RADIGAN IKKI XISLAT Ashaj ibn Abdulqays bir gal Payg‘ambar alayhissalomning oldilarida o‘tirganida u
ALLOH VA RASULI XUSH KO'RADIGAN IKKI XISLAT Ashaj ibn Abdulqays bir gal Payg‘ambar alayhissalomning oldilarida o‘tirganida u zot unga: “Senda Alloh va Rasuli xush ko‘radigan ikki xislat bor”, dedilar. Sahobiy qiziqib: "U qanday xislat? Uning bittasi doim ro‘zador bo‘lish va ikkinchisi uxlamay, tuni bilan ibodat qilib chiqishmi?" dedi. "Yo‘q! Unisi ham, bunisi ham emas!" (dedilar Rasuli akram). Ashaj roziyallohu anhu: “Ey Allohning Rasuli, ular qaysi xislatlar?” deb so'radi. Rasululloh javob berib: “Halimlik va bosiqlik”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoblari boshqa bir hadislarida: “Odam go‘zal xulqi ila kunduzi ro‘za tutib, tunni ibodat bilan o‘tkazadiganlarning darajasiga yetadi”, dedilar. Go‘zal xulqli odam ikki dunyoda ham g‘alabani qo‘lga kiritadi. Odamlarning qalblarini mahv etish orqali dunyoda foyda ko‘rsa, oxiratni ham qo‘lga kiritadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buning xushxabarini berib aytadilarki: “Tarozuda go‘zal xulqdanda og‘irroq tosh bosadigan biror narsa yo‘q”. Yana bir hadislarida mana bu ma’nolar mujassam: “Mo‘minlarning iymonda kamolotga erishganlari fe’li yumshoq va xulqi eng chiroylilaridir. Zero, ular  boshqalar bilan oson til topishadilar va boshqalar ham ular bilan oson chiqishib ketishadi. Hech kim bilan kelisholmaydigan va boshqalar ham ular bilan kirisha olmaydigan odamlarda yaxshilik yo‘qdir”. ✅👉http://t.me/nunnashr

Farzandingizni mustaqil qaror chiqarishga o‘rgating. Bolaligimdan dadam menga doim: “Sen aqlli bolasan, o‘z mustaqil fikring
Farzandingizni mustaqil qaror chiqarishga o‘rgating. Bolaligimdan dadam menga doim: “Sen aqlli bolasan, o‘z mustaqil fikring bo‘lishi kerak”, der edilar. Mening o‘zimga tegishli masalalardagi fikrlarimni eshitib, noto‘g‘ri bo‘lsa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatardilar, to‘g‘ri bo‘lsa: “Mana bu gaping ma’qul”, deb qo‘llab-quvvatlardilar. Katta bo‘lib voyaga yetganimda ham: “Erkak kishining o‘z so‘zi, o‘z mustaqil fikri bo‘lishi kerak. Ayniqsa erkak kishi bir so‘zli bo‘lishi, so‘zida tura olishi kerak”, deya uqtirardilar. Shu tarzda dadam menga  mustaqil qaror qabul qilishdan qo‘rqmaslikni, jur’atli bo‘lishni o‘rgatdilar. Shuningdek, o‘rni kelganda kattalar bilan maslahatlashishni, havas qilsa arzigulik insonlardan ibrat olishni ham ta’kidlardilar. O‘zlari ham shunday insonlarni ko‘rganlarida doim: “Mening o‘g‘lim ham shularga o‘xshasin”, deya duo qilardilar. Dadam yana bir gapni qattiq tayinlardilar: “Hech qachon qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, va’da berdingmi, bajar. Yuzaki qasam ichma, erkak kishining so‘zi qasam!”. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

OTALIK VAZIFASINI TASHLAB QO‘YGANLARGA MAKTUB Ba’zi otalar ayoli, bolalaridan o‘zining ayshu-ishrati va ulfatlari tarafga bur
OTALIK VAZIFASINI TASHLAB QO‘YGANLARGA MAKTUB Ba’zi otalar ayoli, bolalaridan o‘zining ayshu-ishrati va ulfatlari tarafga burilib ketadi. Ey muhtaram er janoblari! Nima bo‘ldiki, buncha oilangiz va bolalaringizdan qochasiz?! Ne gapki, ularning ko‘zlaridan ko‘zingizdagi nurga parda tashlaysiz, ular sizni tunning zulmatidan boshqa mahal ko‘ra olishmayapti. Hamma ular uchun qadrdon bo‘lgan vujudingizni izlaydi. Yosh bolalarni o‘psangiz, kattalar oldidan o‘tib qo‘ysangiz, tabassumingizga sababchi bo‘lgan ayolingiz bilan hazillashsangiz. Zimmangizdagi ularning haqlariga bee’tiborlik qilyapsiz. Yemak-ichmak, kiyim-kechagini to‘kib-sochib qo‘ysam bo‘ldi, vazifamdan qutuldim deb o‘ylaysizda. Lekin hayotda boshqa bir ozuqa bor, ular esa ana o‘sha ozuqaga muhtojlar. U ma’naviy, ruhiy ozuqadir. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Turmush o‘rtoqlar o‘zaro mehr muhabbatlarini farzandlari oldida ham izxor qilib turishlari juda muhimdir. Bir - birlariga shi
Turmush o‘rtoqlar o‘zaro mehr muhabbatlarini farzandlari oldida ham izxor qilib turishlari juda muhimdir. Bir - birlariga shirin so‘zlar aytishi yoki hadya berishi, ruxsat so‘rashi, uzrini bayon qilishi, tabassum qilish, yengil va o‘rinli hazillar qilishi bunga misol bo‘ladi. Bunday ishlar farzandlar ko‘z o‘ngida bo‘lsa, ular ham turmush o‘rtoqlari bilan kelajakda qanday muomala qilishi o‘rganishadi va yana bilishadiki muhabbat bu harakatlardan iborat va oila o‘zaro ehtirom ustiga qurilgandir. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

URISHQOQ BOLALAR Farzandlarining urush-janjallaridan shikoyat qilmagan ona bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu janjallarning sababi
URISHQOQ BOLALAR Farzandlarining urush-janjallaridan shikoyat qilmagan ona bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu janjallarning sababi urushishga arzimas narsalar tufayli bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun ular janjallashishadi? Ular orasida o‘zaro janjalni keltirib chiqaruvchi bir necha sabablar bor: 1 – Ota-ona yoki ulardan biri farzandlari orasidan birini afzal ko‘rishi; 2 – Farzandlar orasida ustunlik, chiroylilik yoki boshqa biror sababdan qizg‘onish; 3 – O‘zini ustun ko‘rish yoki boshqaning narsasiga ega chiqish; 4 – Ular orasidagi turli qarashlar, xohish-istaklar. Masalan, biror teledastur tomosha qilishda yoki biror joyga o‘tirishda kelisha olmaslik; 5 – Ota-ona yoki atrofdagilarning oldida o‘zini yaxshi ko‘rsatish uchun bir-biri bilan bellashish; 6 – Urf-odatlar e’tiboridan o‘g‘il va qizga bir-biridan boshqacha muomalada bo‘lish; 7 – Gap talashish yoki bir-birining ustidan og‘ir hazil qilish; 8 – Ular orasida qaysarlikning paydo bo‘lishi. Bularning barchasi ular orasida urush-janjallarning paydo bo‘lishida sabab hisoblanadi. Otalar farzandlari orasida urush-janjal bo‘lmasligiga qattiq qarashi aslida munosib yechim emas. Chunki, amalda bu amri mahol hisoblanadi. Balki, ularga fikr almashib, qanoat hosil qilishni o‘rgatishga e’tibor qaratish foydalidir. Bunda ularning biridan boshqasini ustun qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

“GʻAZABLANMA!” “Gʻazablanma!”. Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning mashhur hadislaridir. Biz bu muborak yo‘lni
“GʻAZABLANMA!” “Gʻazablanma!”. Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning mashhur hadislaridir. Biz bu muborak yo‘lni hayotimizga tatbiq qilmoqchi bo‘lsak, g‘azabning sir-asrorlaridan boxabar bo‘lishimiz, nima uchun g‘azablanishimizni anglab yetishimiz kerak! Qisqa qilib aytganda, g‘azabning sababi suhbat asnosida yoki qandaydir voqeada asabni boshqara olmay chiqarayotgan his-tuyg‘ularimizdir. Yoki boshqacha qilib aytganda asabimizni qo‘zg‘aydigan birorta so‘z yoki qandaydir ish tufayli g‘azablanamiz. Yo‘llar tirband bo‘lib, svetafor qarshisida turgan mashinalar tinmay signal chalishayotganda g‘azablanmang! Sababi sizning bu achchiqlanganingiz qizil chiroqni yashilga o‘tkazib qo‘ymaydi. Lekin asab tomirlarini yemiradi, yurak urishingiz tezlashadi, bu esa  qon bosimingiz oshishiga sabab bo‘ladi. Yo‘llardagi tirbandlik sabab kelishilgan joyga o‘z vaqtida yetib borolmasangiz ham, g‘azab qilmang. Uning o‘rniga shunday deng: “Allohning qadari. O‘zi xohlagani bo‘ldi”. Keyingi safar yo‘lga sal ertaroq chiqing va uzoqroq vaqtning hisobini oling. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Oilaviy muloqot Ko‘plab oilalarda ota-onalar bilan farzandlar bir-birlaridan ajralib qolayotgani sir emas. Ota-onalar kuni bo
Oilaviy muloqot Ko‘plab oilalarda ota-onalar bilan farzandlar bir-birlaridan ajralib qolayotgani sir emas. Ota-onalar kuni bo‘yi ishda bo‘lishadi. Uyga kelganda esa horib-charchaganlik bahonasida farzandlarining kunlari qanday o‘tgani bilan qiziqishmaydi. Bolalarga ham ota-onalarining ish kunini qanday o‘tkazganlarining ahamiyati bo‘lmaydi. Oqibatda, oila a’zolari orasidagi masofa uzoqlashib boraveradi. Muhimi shunday narsalarning oldini olish, oilamiz a’zolarini bir-birlariga mehr-muhabbatli qilish niyatida bir tadbir uyushtirdim. Unga ko‘ra har kuni kattalar ishdan, kichiklar o‘qishdan qaytgan paytlarida dasturxon atrofida yig‘ilamiz. So‘ng bir piyola choy ustida har birimiz kunni qanday o‘tkazganimiz haqida gapirib beramiz. Bir kishi nari borsa 5 daqiqa gapirishi mumkin. Uzog‘i bilan 20–30 daqiqa davom etadigan bu ajoyib tadbir sababli biz bir-birimiz bilan yaqindan suhbatlashib, oilamizda nimalar bo‘layotganidan boxabar bo‘lamiz. Hozirda bu tadbirni muntazam yo‘lga qo‘yganmiz. Biz ota-onalar va farzandlarimiz orasidagi mehr-oqibat yanada ziyodalashdi. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr