cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev

Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси Қуронбоев Қаҳрамон Қўчқоровичнинг расмий саҳифаси Facebook: https://www.facebook.com/kuranbaev.k

Більше
Рекламні дописи
67 416
Підписники
-1 30824 години
-11 0887 днів
+29 88830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

01:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Ma’naviyat festivali” hududlar bo’ylab yo’lga chiqdi! Biz bilan birga, birlashib, yuqori kayfiyatda festivalda qatnashing!
Показати все...
IMG_7893.MP48.97 MB
👍 30👏 4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизда амалий ташриф билан бўлиб турган Халқаро меҳнат ташкилоти бош директори Жильбер Унгбони қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Международной организации труда Жильбера Унгбо, находящегося в нашей стране с рабочим визитом. #Mirziyoyev #qabul #XMT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👍 37👏 4 2🔥 1
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i S.Turmanov Amudaryo tumani hokimligi mas’ullari bilan birgalikda “Mahalladagi kitobxon” tanlovining ikkinchi o‘rin sohibasi Mohina Jumaniyazova va uning oila a'zolarini erishgan yutug'i bilan chin dildan tabrikladi. 🔍Ta'kidlanganidek, kitob bilan do‘st bo‘lish, va umuman kitobxonlik inson, ayniqsa yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🔍Boshqarma boshlig'i 8-sinf o‘quvchisi, yosh kitobxonning uy kutubxonasi bilan tanishar ekan, yaratilgan sharoitlar uchun o‘smirning onasiga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. Ma'lum bo‘lganidek, Mohina nafaqat kitobxon, balki musiqaga ham qiziqadi. Pianinoda nozik barmoqlarda chalingan musiqa yig'ilganlarga ko‘tarinki ruh bag'ishladi. 🔍S.Turmanov o‘z navbatida o‘smirning kelgusi o‘qishlari va ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, tanlov g'olibasiga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va boshqarma tomonidan tayyorlangan qimmatbaho va esdalik sovg'alarni topshirdi.
Показати все...
👍 30 4🙏 2 1🥰 1
03:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇨🇳 Xitoyda "mahalla"larga xizmat ko'rsatuvchi servis kompaniyalari qanday ishlaydi? 🔍O'zbekiston delegatsiyasi Lanjoudagi maishiy xizmat ko'rsatish kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
55.12 MB
👍 33🥰 3👏 2🤝 1
🇨🇳Pekinda O’zbek tili va madaniyati tadqiqot markazi ochiladi 🔍O'zbekiston delegatsiyasi Pekin xorijiy tadqiqotlar universitetiga tashrif buyurdi. BFS dunyodagi ilg’or ta'lim muassasalaridan biri bo’lib, 101 ta chet tillari o’qitiladi. 🔍Quvonarlisi ular orasida o'zbek tili ham bor. Avval ona tilimizga ozchilik xorijlik yoshlar qiziqish bildirayotgan bo’lsa, hozir ularning safi kunora kengayib bormoqda. 🔍Lekin adabiyotlar, metodika, o’zbek tili mutaxassislari bilan bog’liq kamchiliklar borligi aytildi. 🔍Endi shu universitetda yuqoridagi muammolarga yechim sifatida O’zbek tili va madaniyati tadqiqot markazini ochiladigan bo'ldi. 🔍Markaz shunchaki ona tilimizni o’rgatishdan tashqari xalqimizning betakror an’analari, madaniyati bilan ham tanishtiradi. Universitetda alohida kutubxona ochilib, adabiyotlar, metodik qo’llanmalar va videodarslar bilan to’ldiriladi.
Показати все...
👍 36 2🤝 2
02:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
👍 Xitoyda vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
16.23 MB
👍 20🤝 6
👍 O'zbekiston delegatsiyasi Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida ham bo'ldi. https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
👍 36🤝 3🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Chin yurti 100 milliondan ortiq aholisini qashshoqlikdan olib chiqib ketgan va barqaror rivojlanish maqsadlariga eng tez erishgan mamlakat sifatida dunyoda e'tirof etiladi. Ya'ni Xitoy xalqqa tirikchilik qilish usullarini, biznesni o‘rgatdi. 
🔍O'zbekiston delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro kambag'allikni qisqartirish markazida bo'ldi. https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
👍 31 2😁 2🔥 1🥰 1👏 1🤝 1
👍 Xorijga chiqish passportini mahallaning o'zida olish mumkin! 🔍"Maizidian mahalla"sida ijtimoiy xizmatlar qanday yo'lga qo'yilgan? 🔍O'zbekiston delegatsiyasi Chaoyang ijtimoiy tumani "Maizidian" hamjamiyatida aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 🔍Bu yerda 8802 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 1100dan ortig'i xorijiy davlat fuqarolaridir. Hamjamiyatda  keksa yoshli aholi uchun alohida markaz bepul xizmat ko'rsatadi. Markazda opera va balet, rassomchilik, kulolchilik, yengil atletika kabi turli to'garaklar mavjud. 🔍Odamlar xorij pasportini ham hamjamiyatning o'zida olish imkoniyatiga egalar! Xitoy politsiyasi "mahalla"ning tinchligini ta'minlash bilan birga aholiga ana shunday xizmatlarni ham ko'rsatadi. 🔍Bu yerda volontyorlik juda rivojlangan. Ekilgan har bir daraxtning egasi bor. 🔍Ko'cha chetidagi stendlarda sog'lom turmush tarzi, xususan, qaysi faslda qanday ovqatlanish tartibi ko'rsatilgan. https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
👍 64🔥 2👎 1🥰 1
🇨🇳 Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi 🔍O‘zbekiston delegatsiyasi Butun Xitoy sanoat va savdo federatsiyasi, tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashdi. 🔍Uchrashuv avvalida O'zbekiston va Xitoy Prezidentlarining siyosiy irodasi bilan davlatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar misli ko'rilmagan darajada har sohada rivojlanayotgani e'tirof etildi. 🔍Xitoylik investorlarga mamlakatimizda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berdik. Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun mahallalar biznes markazlariga aylanib, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani ta'kidlandi. 🔍Xitoy investorlarini O‘zbekistonga kelishga taklif etdik.  🔍Chjao Sinszu Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi. https://t.me/kuranbayev_k
Показати все...
👍 100👏 6 4🔥 4 2🥰 2🤝 2 1👌 1
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.