cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT

Ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikat imtihoniga tez va ishonchli tayyorlov. Murojaat uchun: @Nafisa_Uralovna va @Xurshida_Xushboqova

Більше
Рекламні дописи
879
Підписники
Немає даних24 години
-127 днів
+530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Yangi ochilayotgan Milliy sertifikat guruhimizga darslar boshlanishiga ⏳ 1 soat qoldi... Olloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin!!!🤲🤲🤲 http://t.me/milliycefr
Показати все...
ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT

Ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikat imtihoniga tez va ishonchli tayyorlov. Murojaat uchun: @Nafisa_Uralovna va @Xurshida_Xushboqova

💫💫💫 "Maktabdan keyingi hayot: oliy ta'lim yoki ish" mavzusida yozilgan mazkur esse ham yuqori ballga baholangan! Bu esseni ham o'qib chiqsalaringiz foydadan holi bo'lmaydi!🥰👍 Esse muallifi: Mahbuba! O'quvchilarimizdan😊😊😊 @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna http://t.me/milliycefr
Показати все...
👍 2
📌 💫  "Maktabdan keyingi hayot: oliy ta'lim yoki ish" mavzusida yozilgan esselar orasida yuqori ballga baholangan va essening baholash mezonida ko'rsatilgan barcha bandlariga muvofiq keladigan esse! Ajoyib chiqqan!!!👍👍👍 Barchangizga o'qib ko'rishni tavsiya qilardik!!!😊😊😊 Esse muallifi: Ziyodullayeva Nargiza! O'quvchilarimizdan🤗🤗🤗 @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna http://t.me/milliycefr
Показати все...
📌📌📌 ESSE Darhaqiqat, hozirgi kunda meditsina sohasi biz tasavvur qilolmaydigan darajada rivojlanmoqda. Kun o'tgan sayin minglab yillar davomida davosiz deya takidlangan kasalliklarga davo topilmoqda va bu ro'yxat asta-sekin kamaymoqda. Ammo, negadir, zamonaviy meditsina erishayotgan, bedavo dardlarga davo topish, qisqa muddatda davolash singari bir qator muvaffaqiyatlarga qaramay, insonlar o'z kasalliklariga xalq tabobati orqali davo topishni afzal ko'rishmoqda. Xo'sh, nega bunday bo'lmoqda? Nega insonlar xalq tabobatini qanchadan-qancha yutuqlarga erishgan meditsinadan ustun ko'rmoqdalar? O'zi aslida, kasalliklarni davolashda qay bir davolash usuli samaraliroq? Yuqorida takidlaganimdek, zamonaviy tibbiyotning bedavo kasalliklar qo'yxati vaqt o'tgan sayin kamayib bormoqda. Tibbiyot sohalarining mutaxasislari har bir kasallik turiga davo topmoqdalar va juda qisqa muddatda davolamoqdalar. Ya'ni meditsinaning ustun jihati,  uning tezligi va ''Imkonsiz'' jumlasining kamdan-kam hollarda ishlatilinishligidadir. Bir yaxshiga bir yomon deganlaridek, zamonaviy tibbiyotning ham o'ziga yarasha kamchiliklari bor. Hozirgi kunda, biz istemol qilayotgan dori-darmonlarning 90% kimyoviy moddalardan tashkil topgan va bu organizmda taksikoz, allergiya va bir qator ichki kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo, xalq tabobatida bunday holatlar kuzatilmaydi. Ya'ni, kimyoviy dorilar organizmda kasallikga qo'shib bokteriyalarga qarshi kurashuvchi hujayralarni o'ldirish orqali g'alaba qozonsa, dorivor giyohlar va dorivor o'simliklardan tayyorlangan damlama va dorilar organizmda kasallik bilan kurashuvchi hujayralarni ko'payishiga va kuchli qilishga yordam beradi. Mazkur davolash jarayoni uzoq muddatni talab qiladi, lekin, jarayonning insonlar salomatligiga hech qanday nojo'ya ta'siri yo'qligi uchun bu muolaja ko'plab insonlar tomonidan afzal ko'rilmoqda. Afsuski, xalq tabobati asosan yengil kasalliklarni samarali davolay oladi. Saraton, qandli diabet singari og'ir kasalliklarni davolash imkonini esa faqatgina tibbiyot bera oladi. Xulosa o'rnida , men kasallikning og'irlik darajasiga qarab davolanish usulini tanlashni tavsiya qilaman. Yengil yoki boshlang'ich darajadagi kasalliklar uchun tabobatni, og'ir darajadagi kasalliklar uchun esa tibbiyotni tanlash eng to'g'ri yo'l deb bilaman. Zero, har ikkala davolanish turidan foydalanishda yagona bir maqsad bor - davo topish. Esse muallifi: Lutfullaxo'jayeva Vaziraxon http://t.me/milliycefr
Показати все...
ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT

Ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikat imtihoniga tez va ishonchli tayyorlov. Murojaat uchun: @Nafisa_Uralovna va @Xurshida_Xushboqova

📌📌📌 Zamonaviy meditsina va xalq tabobati mavzusida yozilgan esselar orasida yaxshi yozilgan va yuqori ballga baholangan esse! Esse ajoyib chiqqan!👍👍👍 Barchangizga o'qib ko'rishni tavsiya qilardik!!!🤗 Esse muallifi: Lutfullaxo'jayeva Vaziraxon (O'quvchilarimizdan) 👆👆👆
Показати все...
👍 1
📌📌📌 ESSE So'nggi 20 yil ichida dunyo miqyosida katta tezlik bilan modernizatsiyalashuv jarayonining yuz berishi dunyo mamlakatlarining siyosiy, ijtimoiy hayotiga o'z ta'sirini ko'rsatayotgani hech kimga sir emas, albatta.  Bu jarayon ta'lim, tijorat singari bir qator sohalarni tubdan o'zgartirib yubordi. Ayniqsa, ta'lim tizimi so'nggi o'n, o'n besh yil ichida butunlay yangilandi. Yangi terminlar, yangi texnikalar, yangi fanlar paydo bo'ldi. Onlayn va oflayn singari tushunchalar ham shular jumlasidan. Masofaviy ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, undan foydalanuvchilar talaygina. Bu turdagi insonlar mazkur ta'lim turini yoqlasalar, aksariyat insonlar an'anaviy ta'limni afzal ko'radilar. Xo'sh, aslida qaysi ta'lim turi samaraliroq va foydaliroq? Paydo bo'lganiga ko'p bo'lmagan lekin ko'plab foydalanuvchilarga ega bo'lgan onlayn ta'lim haqida so'z olib borar ekanmiz, uning afzalliklari talaygina. Xususan, bu ta'lim turi hech qanday ovoragarchiliklarga ega emas. Masalan, agar siz biror bir sohani o'rganishga kirishgan bo'lsangiz, siz hech qayerga borishingiz shart emas. Ya'ni siz uyda o'tirgan holda bu sohani o'rganishingiz va yo'l uchun sarflaydigan vaqtingiz va mablag'ingizni tejab qolishingiz yoki dars jadvalini o'zingizga qulay bo'lgan holda tuzishingiz mumkin. Tanganing ikkinchi tomoni bo'lganodek, masofaviy o'qishning ba'zi kamchiliklari ham bor. Masalan, internet sifati tufayli bir nechta noqulayliklarga duch kelishingiz yoki uydagi ba'zi yumushlarga chalg'ib darsga butun e'tiboringizni qarata olmasligingiz mumkin. An'anaviy ta'limning ham yuqorida ta'kidlaganimdek, o'z foyda va ziyonlari bor. Misol uchun, o'z-o'zini boshqara olmaydigan o'quvchilar uchun yoki tushunish darajasi pastroq bo'lgan insonlar uchun bu ta'lim turi juda mos va siz doimo o'qituvchi nazorati ostida bo'lasiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin bu tizim sizning vaqtingiz va mablag'ingizni  o'g'irlaydi, ya'ni siz bilim olish uchun kamida o'n besh, yigirma daqida yo'l bosishingiz, arzimagan bo'lsa-da, ma'lum bir miqdorda mablag' sarflashingiz lozim. Umuman olganda, men uchun oflayn ta'lim turi yaxshiroq. Chunki, o'qitivchi nazorati ostida bo'lish men uchun ta'limdagi eng muhim jihatlardan biri. Bunga sabab, talabchanlik bor joyda o'sish bo'ladi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, har kim o'z holatidan, o'z tabiatidan va o'z xohishidan kelib chiqqan holda o'zi istagan ta'lim turini tanlashi lozim. Zero, qanday bo'lmasin, onlayn yoki oflayn maqsad sifatli ta'lim olish. Esse muallifi: Lutfullaxo'jayeva Vaziraxon ⚡️O'quvchilarimizdan☺️☺️☺️ @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna http://t.me/milliycefr
Показати все...
ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT

Ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikat imtihoniga tez va ishonchli tayyorlov. Murojaat uchun: @Nafisa_Uralovna va @Xurshida_Xushboqova

👍 1
💫 Onlayn va an'anaviy ta'lim tizimi haqida yozilgan mazkur esse ham kirish qismida biroz so'zlar soni ko'payib ketganligini inobatga olmaganda yaxshi chiqqan! Bu esseni ham o'qib chiqsalaringiz foydadan holi bo'lmaydi!🥰👍 @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna http://t.me/milliycefr
Показати все...
ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT

Ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikat imtihoniga tez va ishonchli tayyorlov. Murojaat uchun: @Nafisa_Uralovna va @Xurshida_Xushboqova

Фото недоступнеДивитись в Telegram
📌 💫 Onlayn va masofaviy ta'lim tizimi haqida yozilgan esselar orasida yuqori ballga baholangan va essening baholash mezonida ko'rsatilgan barcha bandlariga muvofiq keladigan esse! Ajoyib chiqqan!!!👍👍👍 Barchangizga o'qib ko'rishni tavsiya qilardik!!!😊😊😊 Esse muallifi: To'xtayeva Shaxzoda ( Unique _17 ) O'quvchilarimizdan🤗🤗🤗 @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna http://t.me/milliycefr
Показати все...
📌📌📌 DIQQAT_DIQQAT Assalomu aleykum! 1-iyul sanasidan Ona tili va adabiyot fanidan yangi Milliy sertifikat kursimiz start olmoqda🥰 📝 Kurs davomida siz quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz:👇 ✅ Imlo qoidalari va ona tili grammatikasi; ✅ She'riy san'atlar (40 dan ortiq); ✅ G'azal tahlili; ✅ Qit'alar sharhi; ✅ Badiiy va ilmiy matnlar ustida ishlash; ✅ Mukammal esse yozish sirlari; ✅ O'qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar va ular yuzasidan testlar; ✅ Milliy sertifikat namunasidagi Diagnostik test. 🛑📌 𝙊𝙣𝙡𝙞𝙣𝙚 𝙙𝙖𝙧𝙨 𝙦𝙪𝙮𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙪𝙨𝙪𝙡𝙡𝙖𝙧𝙙𝙖 𝙤𝙡𝙞𝙗 𝙗𝙤𝙧𝙞𝙡𝙖𝙙𝙞: 🔰𝘿𝙖𝙧𝙨𝙡𝙖𝙧 0 𝘿𝙖𝙣 𝙗𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙣𝙖𝙙𝙞 🔰 Milliy sertifikat imtihonigacha davom etadi 🔰𝙃𝙖𝙛𝙩𝙖𝙙𝙖 3 𝙠𝙪𝙣 2 𝙨𝙤𝙖𝙩𝙙𝙖𝙣 𝙙𝙖𝙧𝙨 (imtihonga yaqin qo'shimcha darslar ham qo'shiladi) 🔰𝙅𝙤𝙣𝙡𝙞 𝙚𝙛𝙞𝙧𝙙𝙖 🔰𝙀𝙨𝙨𝙚 𝙫𝙖 𝙢𝙞𝙡𝙡𝙞𝙮 𝙨𝙚𝙧𝙩𝙞𝙛𝙞𝙠𝙖𝙩 𝙩𝙚𝙨𝙩𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙤'𝙩𝙠𝙖𝙯𝙞𝙡𝙖𝙙𝙞 🔰𝘿𝙖𝙧𝙨 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙦𝙪𝙡𝙖𝙮 𝙫𝙖𝙦𝙩𝙙𝙖 toq kunlari 21:00 da 🔰𝙃𝙖𝙧 𝙠𝙪𝙣𝙡𝙞𝙠 𝙙𝙖𝙧𝙨 𝙫𝙞𝙙𝙚𝙤𝙡𝙖𝙧𝙞 yozib olinadi. 💸 Oylik to'lov - 150 ming so'm 📥 Kursga yozilish uchun:👇 @Xurshida_Xushboqova @Nafisa_Uralovna Kanal:👉 t.me/milliycefr
Показати все...
👍 4 1
XUSHXABAR ⚡️O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab beriladi. Agentlik 2024-yil 1-dekabrdan boshlab: o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etishga vakolatli tashkilotning tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda doimiy ravishda yangilab boradi. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratadi hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini ko‘radi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA https://t.me/SERTIFIKAT_ONA_TILI_ADABIYOT
Показати все...
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

📖 "Super testlar - 2024" namunalari. 📄 Milliy sertifikatdan mukammal tayyorlov. 📑 Abituriyentlar uchun muhim yangiliklar. 🧾 Attestatsiyaga tayyorlov. Ustoz: Akbarali Boymirzayev ☎️ +998900748464 @boymirzayevustoz1

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.