Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi
Відкрити в Telegram
Показати більше
180
Підписники
-124 години
Немає даних7 днів
-430 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
червень '26
червень '26
+5
в 0 каналах
травень '26
+4
в 0 каналах
Get PRO
квітень '260
в 0 каналах
Get PRO
березень '26
+11
в 3 каналах
Get PRO
лютий '26
+13
в 0 каналах
Get PRO
січень '26
+12
в 0 каналах
Get PRO
грудень '25
+14
в 0 каналах
Get PRO
листопад '25
+9
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '25
+3
в 0 каналах
Get PRO
вересень '25
+3
в 0 каналах
Get PRO
серпень '25
+11
в 0 каналах
Get PRO
липень '25
+2
в 0 каналах
Get PRO
червень '25
+1
в 0 каналах
Get PRO
травень '25
+3
в 0 каналах
Get PRO
квітень '25
+19
в 3 каналах
Get PRO
березень '25
+3
в 0 каналах
Get PRO
лютий '25
+21
в 1 каналах
Get PRO
січень '25
+42
в 11 каналах
Get PRO
грудень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
листопад '24
+1
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
вересень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
серпень '24
+3
в 5 каналах
Get PRO
липень '24
+1
в 0 каналах
Get PRO
червень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
травень '24
+6
в 0 каналах
Get PRO
квітень '24
+6
в 1 каналах
Get PRO
березень '24
+68
в 40 каналах
Get PRO
лютий '24
+5
в 0 каналах
Get PRO
січень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
грудень '23
+8
в 2 каналах
Get PRO
листопад '23
+759
в 1 каналах
Get PRO
жовтень '230
в 0 каналах
Get PRO
вересень '230
в 0 каналах
Get PRO
серпень '230
в 0 каналах
Get PRO
липень '230
в 0 каналах
Get PRO
червень '230
в 0 каналах
Get PRO
травень '230
в 0 каналах
Get PRO
квітень '230
в 0 каналах
Get PRO
березень '230
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+472
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 16 червня | +1 | |||
| 15 червня | 0 | |||
| 14 червня | +1 | |||
| 13 червня | 0 | |||
| 12 червня | 0 | |||
| 11 червня | 0 | |||
| 10 червня | 0 | |||
| 09 червня | +1 | |||
| 08 червня | 0 | |||
| 07 червня | +1 | |||
| 06 червня | 0 | |||
| 05 червня | 0 | |||
| 04 червня | 0 | |||
| 03 червня | +1 | |||
| 02 червня | 0 | |||
| 01 червня | 0 |
Дописи каналу
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinmoqda
Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida Surxondaryo viloyatida yirik yo‘l infratuzilmasi loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" hamda 4R100 "Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo‘llarining umumiy 111 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Sement-beton qoplamali qilib bunyod etilayotgan avtomobil yo‘li Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Denov tumanlari hududidan o‘tadi. Darband – Denov avtomagistrali bitishi bilan Surxondaryo viloyatidagi M41 va M39 avtomagistrallari eng qisqa masofada birlashtiriladi. Loyiha natijasida Surxon vohasidan poytaxt Toshkentga olib boruvchi avtomobil yo‘li 146 kilometrga qisqaradi.Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
| 2 | Saida Mirziyoyeva: Giyohvandlikka qarshi kurashda chetda turishga hech kimning haqqi yo‘q
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Prezident tomonidan giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan Qonun imzolanganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash, bunday jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
"Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga – ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq",
– dedi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilganidek, giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi hamda mamlakat genofondi va kelajagiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | 24 |
| 3 | 🏗 Yangi qonun: “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”
2026-yil 10-iyunda qabul qilingan “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1149-son) bilan renovatsiya jarayonlarini amalga oshirishning aniq tartiblari belgilandi.
🔹 Renovatsiya qachon amalga oshiriladi?
✔️ Eskirgan, yashash yoki foydalanish uchun yaroqsiz, avariya holatidagi turar va noturar joylar mavjud bo‘lsa;
✔️ Hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa.
🔹 Renovatsiya qanday shakllarda bo‘ladi?
▫️ Mavjud binoni asosiy konstruksiyasini o‘zgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
▫️ Eski obyektni buzib, uning o‘rnida yangi obyekt qurish;
▫️ Yashil hududlar va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.
🔹 Kim tashabbus ko‘rsatishi mumkin?
✅ Davlat organlari;
✅ Mulk (huquq) egalari;
✅ Uchinchi shaxslar.
⚠️ Eng muhimi – mulk egalarining roziligi!
Renovatsiya loyihasiga obyektni kiritish uchun har bir obyekt egalarining kamida 5 nafardan 4 nafari (4/5 qismi) notarial tasdiqlangan yozma roziligini berishi shart.
🗓 Loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqilgach, huquq egalari bilan 2 oy ichida ochiq muhokama o‘tkaziladi.
💰 Huquq egalari qanday kompensatsiya oladi?
Ular o‘z xohishiga ko‘ra:
🏠 Renovatsiya hududida yangi quriladigan obyektni mulk qilib olishi;
🏢 Boshqa hududdan teng qiymatdagi obyektni olishi;
💵 Pul mablag‘lari shaklida kompensatsiya olishi;
🤝 Yoki kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllardan foydalanishi mumkin.
📌 Ma’lumot uchun: huquq egasi – renovatsiya hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining egasi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir. | 37 |
| 4 | 📌 Mehnat huquqlari bo‘yicha muhim yangilik!
2026-yil 11-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1150-sonli Qonuni bilan fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirildi.
🔹 Endilikda, agar yarashtirish taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal etishning imkoni bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
❗️Asosiy tartiblar:
✅ Ish tashlashda qatnashish yoki qatnashmaslik – har bir xodimning ixtiyoriy huquqi;
✅ Hech kim ish tashlashga majburlanishi yoki undan voz kechishga majburlanishi mumkin emas;
✅ Ish tashlash to‘g‘risidagi qaror umumiy yig‘ilishda qatnashgan xodimlarning 50 foizidan ko‘prog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlansa qabul qilinadi;
✅ Qaror ish tashlash boshlanishidan kamida 1 oy oldin qabul qilinishi lozim;
✅ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi qaror haqida ish beruvchini 1 ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qiladi;
✅ Ish beruvchi esa bu haqda vakolatli davlat organlarini 1 ish kuni ichida yozma ravishda ogohlantiradi.
📅 Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
⚖️ Mehnat huquqlaringizni bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish — qonuniy manfaatlaringizni himoya qilishning muhim omilidir. | 38 |
| 5 | Yangi Buxoro aeroportini DXSh asosida qurish va boshqarish bo‘yicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi
Yangi Buxoro xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik (DXSH) shartlari asosida qurish va boshqaruvga berish loyihasi doirasida xususiy sherikni tanlash bo‘yicha 2026-yil 11-martdan — 21-maygacha davom etgan dastlabki malaka bosqichi (RFQ) yakunlandi.
Taqdim etilgan barcha dastlabki malaka arizalari ko‘rib chiqilgach, Idoralararo tender komissiyasi tomonidan dastlabki malaka bosqichidan (RFQ) o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Batafsil
Завершён первый этап тендера на строительство и управление новым аэропортом «Бухара» по модели ГЧП
Завершён этап запроса о квалификации (RFQ), проходивший с 11 марта по 21 мая 2026 года, по проекту строительства и управления новым международным аэропортом Бухара на условиях государственно-частного партнёрства (ГЧП).
После рассмотрения всех поданных заявок на предварительный квалификационный отбор Межведомственная тендерная комиссия утвердила список претендентов, прошедших первый этап международного тендера (RFQ).
Подробнее
First stage of PPP tender for The New Bukhara International Airport completed
The Request for Qualifications (RFQ) stage of the tender for the construction and management of New Bukhara International Airport under the public-private partnership (PPP) model, conducted from 11 March to 21 May 2026, has been completed.
Following the review of all applications submitted for the prequalification process, the Interdepartmental Tender Commission approved the list of applicants that successfully passed the first stage of the international tender (RFQ). | 43 |
| 6 | Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish va IPOga tayyorlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по ускорению трансформации и подготовки к IPO акционерного общества «Uzbekistan Airways».
#Mirziyoyev #taqdimot #transport #aviatsiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 34 |
| 7 | 🚄 Toshkentdan Termizga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi: Harakat vaqti keskin qisqaradi!
Surxondaryoliklar va vohamiz mehmonlari uchun uzoq kutilgan tarixiy yangilik! Toshkent–Termiz va Toshkent–Andijon yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi zamonaviy elektropoyezdlar harakatini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar boshlandi.
Janubiy Koreyada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport vazirligi va "Hyundai Rotem" kompaniyasi vakillari 8 ta zamonaviy yuqori tezlikdagi elektropoyezdni yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlarni yakuniy bosqichda muhokama qilishdi.
⏱️ Ayni paytda Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd manzilga yetib borishi uchun 14 soatdan ortiq vaqt sarflaydi. Yangi tezyurar poyezdlarning ishga tushirilishi bu ko‘rsatkichni keskin kamaytiradi va yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylik yaratadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | 75 |
| 8 | Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Joriy yil 10-iyun kuni Koreya Respublikasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Qodirov Sharofiddin, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Dushayev hamda Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Lee Yong Bae o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etishdi.
Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni yetkazib berish loyihasining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumot almashildi.
Shuningdek, “Toshkent – Andijon” va “Toshkent – Termiz” yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida 8 ta zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni yetkazib berish loyihasi yuzasidan texnik shartlarni yakuniy kelishish bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Планируется запуск высокоскоростных поездов по маршрутам Ташкент – Андижан и Ташкент – Термез
10 июня текущего года в Республике Корея состоялась встреча между главным инженером АО "Узбекистон темир йуллари" Шарофиддином Кадыровым, начальником отдела Министерства транспорта Республики Узбекистан Анваром Душаевым и президентом компании Hyundai Rotem Ли Ён Бэ.
На встрече стороны обсудили текущее состояние и перспективы взаимного сотрудничества. В частности, состоялся обмен информацией о своевременной реализации проекта по поставке высокоскоростного электропоезда "Жалолиддин Мангуберди," производимого для АО "Узбекистон темир йуллари".
Кроме того, были детально обсуждены вопросы, связанные с окончательным согласованием технических условий по проекту поставки 8 современных высокоскоростных электропоездов с целью организации движения по маршрутам "Ташкент – Андижан" и "Ташкент – Термез".
По итогам встречи стороны договорились продолжать усилия по дальнейшему развитию взаимовыгодного сотрудничества, эффективной реализации совместных проектов и выводу партнёрства на новый уровень. | 80 |
| 9 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANUVCHI YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.06.2026-yildagi 276-son.)
Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.
Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
❗️Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
ВНИМАНИЮ ПАССАЖИРОВ, ПОЛЬЗУЮЩИХСЯ УСЛУГАМИ ГОРОДСКОГО ОБЩЕСТВЕННОГО ТРАНСПОРТА
С 1 сентября 2026 года на всех городских автобусах, работающих на основе брутто-контракта, ужесточаются правила оплаты (Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан № 276 от 03.06.2026 г.)
Согласно новому порядку, пассажиры обязаны оплачивать проезд сразу при входе в автобус.
Оплата проезда производится путем прикладывания транспортной или социальной карты к валидатору, а также с помощью банковской карты, смартфона и других средств бесконтактной оплаты.
❗️Если проезд не оплачен при входе в автобус (или льгота не подтверждена), пассажир считается безбилетным, что может повлечь за собой штраф. | 39 |
| 10 | 🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
❗️Ochiq tender 2026-yil 7-iyul kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 6- iyul kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Sirdaryo viloyati
🚌 Shahar yo'nalishi
▸ 2 Yangiyer — Shahar kasalxonasi-3-daha (Ikkala tomondan) (M3)
Navoiy viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 222 — Markaziy bozor-Yangi yo'l (Ikkala tomondan) (M1)
Surxondaryo viloyati
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ 508 — Termiz sh.-Denov avtostantsiyasi (Denov avtostansiyasi tomonidan) (M3)
Namangan viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ YT 162 — Chust-G'ova (Ikkala tomondan) (M1)
Qoraqalpog'iston Respublikasi
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-240 — Beruniy AS-Beruniy Sh/U (Ikkala tomondan) (M3)
Toshkent viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 313 — Oqqo'rg'on pochta bo'limi-Qaxramon f/u (Ikkala tomondan) (M1)
Andijon viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 391 T — Eski shahar-Oltinko'l (Ikkala tomondan) (M2)
▸ 439 A — Buloqboshi-Andijon avtovokzali (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 442 — Chinobod avtostansiyasi -Uzumzor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 461 — Paxtaobod-Paxtakor (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 352 — Buloqboshi-Do'stlik (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 369 — Uzumzor avtostansiyasi -Ittifoq (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 281 — Paxtaobod-Mustaqillik (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 272 — Buloqboshi-Kulla (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 405 a — Buloqboshi-Uchtepa (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 344 — Asaka dehqon bozor-Qoraqiy (Ikkala tomondan) (M1)
Xorazm viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-260 — Boshqirshix-Urganch sh. (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShAY-317 — Urganch sh.-Yangier (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 337-ShYT — Yangiariq avtostansiyasi -Uyg'ur (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 208-ShYT — Qo'shko'pir markaziy shifoxonasi (Katag'on orqali)-Urganch buyum bozor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
Qashqadaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ SHAY 425 — Shahrisabz a/s-Qasnoqli qishlog'i (Ikkala tomondan) (M3)
Farg'ona viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShYT-315 — Quvasoy-Lashkar (Ikkala tomondan) (M1)
Samarqand viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ YT 493 — Urgut AYX-Samarqand tuman shifoxonasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 475 — Zarafshon qishlog'i-Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 214 — Obod maskan mahallasi-Gulobod eko agro logistika bozori (Ikkala tomondan) (M1)
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar
🚌 Shaharlararo-viloyatlararo
▸ 969 — Guliston sh.-Zomin (Guliston sh. tomondan) (M3) | 28 |
| 11 | Hurmatli Ibragimov Ilhom Husanovich!
Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi jamoasi Sizni boshqa ishga o‘tganingiz munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
Sizning rahbarligingiz davrida Surxondaryo viloyatida transport sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda tizimda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ushbu yutuqlarda Sizning munosib hissangiz va fidokorona mehnatingiz alohida e’tirofga loyiqdir.
Siz nafaqat talabchan va mas’uliyatli rahbar, balki har bir xodimga birdek hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan, jamoaning muammo va takliflariga doimo e’tiborli inson sifatida barchamizning chuqur hurmatimizga sazovor bo‘ldingiz. Faoliyatingiz davomida ko‘plab xodimlarga amaliy yordam berib, ularning ishonchi va ehtiromini qozondingiz.
Sizning samimiyligingiz, adolatliligingiz, insonparvarligingiz hamda soha rivoji yo‘lida qilgan xizmatlaringiz Surxondaryo transport tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoladi.
Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi zafarlar tilaymiz. Qayerda faoliyat yuritmang, Sizga xos fidoyilik, yuksak mas’uliyat va ezgu fazilatlar doimo muvaffaqiyatlar sari yetaklasin.
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi jamoasi. | 141 |
| 12 | Немає тексту... | 174 |
| 13 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANUVCHI YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.06.2026-yildagi 276-son.)
Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.
Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
❗️Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
ВНИМАНИЮ ПАССАЖИРОВ, ПОЛЬЗУЮЩИХСЯ УСЛУГАМИ ГОРОДСКОГО ОБЩЕСТВЕННОГО ТРАНСПОРТА
С 1 сентября 2026 года на всех городских автобусах, работающих на основе брутто-контракта, ужесточаются правила оплаты (Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан № 276 от 03.06.2026 г.)
Согласно новому порядку, пассажиры обязаны оплачивать проезд сразу при входе в автобус.
Оплата проезда производится путем прикладывания транспортной или социальной карты к валидатору, а также с помощью банковской карты, смартфона и других средств бесконтактной оплаты.
❗️Если проезд не оплачен при входе в автобус (или льгота не подтверждена), пассажир считается безбилетным, что может повлечь за собой штраф. | 53 |
| 14 | 🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
❗️Ochiq tender 2026-yil 7-iyul kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 6- iyul kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Sirdaryo viloyati
🚌 Shahar yo'nalishi
▸ 2 Yangiyer — Shahar kasalxonasi-3-daha (Ikkala tomondan) (M3)
Navoiy viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 222 — Markaziy bozor-Yangi yo'l (Ikkala tomondan) (M1)
Surxondaryo viloyati
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ 508 — Termiz sh.-Denov avtostantsiyasi (Denov avtostansiyasi tomonidan) (M3)
Namangan viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ YT 162 — Chust-G'ova (Ikkala tomondan) (M1)
Qoraqalpog'iston Respublikasi
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-240 — Beruniy AS-Beruniy Sh/U (Ikkala tomondan) (M3)
Toshkent viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 313 — Oqqo'rg'on pochta bo'limi-Qaxramon f/u (Ikkala tomondan) (M1)
Andijon viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 391 T — Eski shahar-Oltinko'l (Ikkala tomondan) (M2)
▸ 439 A — Buloqboshi-Andijon avtovokzali (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 442 — Chinobod avtostansiyasi -Uzumzor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 461 — Paxtaobod-Paxtakor (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 352 — Buloqboshi-Do'stlik (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 369 — Uzumzor avtostansiyasi -Ittifoq (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 281 — Paxtaobod-Mustaqillik (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 272 — Buloqboshi-Kulla (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 405 a — Buloqboshi-Uchtepa (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 344 — Asaka dehqon bozor-Qoraqiy (Ikkala tomondan) (M1)
Xorazm viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-260 — Boshqirshix-Urganch sh. (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShAY-317 — Urganch sh.-Yangier (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 337-ShYT — Yangiariq avtostansiyasi -Uyg'ur (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 208-ShYT — Qo'shko'pir markaziy shifoxonasi (Katag'on orqali)-Urganch buyum bozor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
Qashqadaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ SHAY 425 — Shahrisabz a/s-Qasnoqli qishlog'i (Ikkala tomondan) (M3)
Farg'ona viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShYT-315 — Quvasoy-Lashkar (Ikkala tomondan) (M1)
Samarqand viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ YT 493 — Urgut AYX-Samarqand tuman shifoxonasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 475 — Zarafshon qishlog'i-Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 214 — Obod maskan mahallasi-Gulobod eko agro logistika bozori (Ikkala tomondan) (M1)
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar
🚌 Shaharlararo-viloyatlararo
▸ 969 — Guliston sh.-Zomin (Guliston sh. tomondan) (M3) | 43 |
| 15 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Российской Федерации Владимира Путина.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Rossiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 87 |
| 16 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург. В международном аэропорту «Пулково» высокого гостя встретили первый заместитель Председателя Правительства Российской Федерации Денис Мантуров, губернатор города Александр Беглов и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 70 |
| 17 | Transport vazirligi "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasida “yashil transport” loyihalarini taqdimot qilmoqda
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning (GEF) sakkizinchi Assambleyasi hamda uning doirasida tashkil etilgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida Transport vazirligi “Yashil transport” loyihalarini BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda taqdimot qilmoqda.
Pavilyonning transport sohasiga aloqador qismida ilg‘or ekologik texnologiyalarni joriy etish, elektromobillik sohasida tajriba almashish va shaharlarda barqaror transport tizimlarini yaratish mavzulari yoritilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi Global ekologik jamg‘armaning (GEF) Mustaqil baholash ofisi tomonidan yuqori baholanib, eng yaxshi loyiha amaliyoti sifatida e’tirof etildi.
Министерство транспорта представляет проекты "Зелёный транспорт" на международной выставке Eco Expo Central Asia 2026
На проходящей в Самарканде восьмой Ассамблее Глобального экологического фонда (ГЭФ) и организованной в её рамках международной выставке Eco Expo Central Asia 2026 Министерство транспорта совместно с Программой развития ООН представляет проекты "Зелёный транспорт".
В части павильона, посвящённой транспортной сфере, освещаются темы внедрения передовых экологических технологий, обмена опытом в области электромобильности и создания устойчивых транспортных систем в городах.
Кроме того, реализуемый сегодня Министерством транспорта грантовый проект "Ташкент – ускорение привлечения инвестиций в низкоуглеродный транспорт" был высоко оценён Независимым офисом оценки Глобального экологического фонда (ГЭФ) и признан лучшей проектной практикой. | 68 |
| 18 | Afg‘oniston bilan transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
3-iyun kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi Karim Hoshimiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuk tashish jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Afg‘onistonga yo‘naltirilayotgan va O‘zbekistondan eksport qilinayotgan yuklarni qabul qilish hamda tushirish jarayonlarini tezlashtirish, Xayraton va Naibobod temir yo‘l stansiyalarida qo‘shimcha ombor infratuzilmasi va shahobcha temir yo‘llarini barpo etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Afg‘oniston tranzit yuklarini O‘zbekiston hududi orqali tashish hajmini oshirish, Xitoy hamda Fors ko‘rfazi portlaridan kelayotgan yuklarni mamlakatimiz orqali yo‘naltirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Afg‘oniston hududida yuklar sifatini baholash laboratoriyalari sonini ko‘paytirish hamda milliy tashuvchilar uchun amal qilayotgan ayrim yig‘imlarni maqbullashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida Afg‘oniston tomoni ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Обсуждены вопросы расширения сотрудничества с Афганистаном в транспортно-транзитной сфере
3 июня министр транспорта Ильхом Махкамов провёл встречу с председателем Торгово-промышленной палаты Афганистана Каримом Хашими.
В ходе диалога были обсуждены вопросы дальнейшего развития сотрудничества между двумя странами в области транспорта и логистики, повышения эффективности грузоперевозок и полного использования транзитного потенциала.
В частности, состоялся обмен мнениями по ускорению процессов приёма и разгрузки грузов, направляемых в Афганистан и экспортируемых из Узбекистана, а также по строительству дополнительной складской инфраструктуры и подъездных железнодорожных путей на станциях Хайратон и Наибабад.
Также были рассмотрены возможности увеличения объёмов транзита афганских грузов через территорию Узбекистана и направления грузов из портов Китая и Персидского залива через нашу страну.
Стороны также уделили особое внимание вопросам увеличения количества лабораторий по оценке качества грузов на территории Афганистана и оптимизации некоторых сборов, действующих для национальных перевозчиков.
В завершение встречи афганская сторона выразила готовность принять необходимые меры для решения поднятых вопросов в сотрудничестве с соответствующими министерствами и ведомствами. | 47 |
| 19 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish faoliyati takomillashtiriladi
“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi. (№ 276-son, 3.06.2026-yil.)
🚌 Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
⚠️ Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida tushumlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi;
– yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
▫️transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
▫️bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida to‘lash);
▫️ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash.
‼️yo‘lkira haqi mazkur bandda nazarda tutilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda (tasdiqlanmaganda), yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi:
🚍 Xususan, shahar chetidan 5 kmgacha yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlarning transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalariga muvofiq ko‘pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham endilikda shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi;
✅ Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning 1-sentyabriga qadar poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlarida yo‘lkira haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimini, shu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalarini joriy qiladi. | 39 |
| 20 | Yo‘lkira — mas’uliyat va hurmat belgisi
Bugungi hayotimizni jamoat transportisiz tasavvur qilish qiyin. Har kuni manzilimizga yetishimizda u bizning eng yaqin hamrohimizga aylangan.
Ba’zan shoshqaloqlik sabab yo‘l haqqini to‘lash yoddan chiqishi mumkin. Ammo har bir to‘lov ortida transport tizimining uzluksiz ishlashi, insonlar mehnati va jamiyatga bo‘lgan hurmat mujassam.
Yo‘l haqqini o‘z vaqtida va vijdonan to‘lash — bu shunchaki qoida emas, balki mas’uliyat va madaniyat belgisidir.
Yangi O‘zbekistonning tartibli va obod bo‘lishi barchamizning ana shunday muhim odatlarimizdan boshlanadi.
Keling, jamoat transportida hamisha mas’uliyatli bo‘laylik.
Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin! | 109 |
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
