cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Etimologiya burchagi

O'zbek tilidagi so'zlarning kelib chiqishi, tarixdan hozirgacha ma'no sayrlari haqida ilmiy-ommabop yozuvlar burchagi.

Більше
Рекламні дописи
267
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qiziq tomoni hozirgi turk tilida bu so’z 1932- yilgi til inqilobidan keyin qayta “tiriltirilgan”. Usmonlilar davrida ishlatilgan “muddayi umumiy” (müdde-i umumî) o’rniga savcı sifatida iste’molga kiritilgan va hozirda “prokuror” ma’nosida qo’llaniladi. Bunda sav so’zning “iddao, da’vo” ma’nosidan foydalanilgan ko’rinadi. Chunki savcı “da’volarni ko’rib chiquvchi kishi”dir. Demak “sovchi”ning ma’no kechinmalarida “xabarchi”yu “payg’ambar”dan tortib, “prokuror”gacha bor ekan.
Показати все...
👍 8🔥 3
Sovchining “boshidan o’tgan”lar So’z tuzilishi (morfologiya) bilimiga voqif bo’lgan kuzatuvchilarimiz +chi qo’shimchasi haqida biladi. Otlarga qo’shilib, u bilan shug’ullanuvchi kishi otlarini yasaydi. Masalan, baliq+chi, paxta+chi. Biroq bu qo’shimcha turkiy tilda eng eski qo’shimchalardan biri bo’lgani bois ba’zi so’zlarda qoliplashgan holatlarda qo’llaniladi. Bunday so’zlarda +chi qo’shimchasidan oldingi ot iste’moldan chiqqan bo’lsa, ma’nosi to’liq tushinib yetilmaydi. Yikchi, dukchi, ko’kchi, ko’nchi, emchi, otarchi kabi so’zlardagi tub so’zni bilmasangiz, bu kasblar qanday ish bilan shug’ullanishini ham to’liq bilolmaysiz. Mana shu so’zlardan biri sovchi so’zidir. +chi qo’shimchasi bor bo’lsa, demak ilk bo’g’indagi so’z ot turkumiga oid ekan: sov. Biroq hozir lug’at boyligimizda faol ravishda sov so’zi yo’q. Bu so’z eng eski matnlarimizda sab sifatida yozilgan. Shu o’rinda qadimgi davrdan hozirgacha bo’lgan oraliqda turkiy tildagi so’z ichi va so’z oxiridagi -b tovushlari asosan -v tovushiga aylanganini qayd qilish kerak. Eski turkiy tilda sub hozirda suv, ilgarigi sebmäk hozirda sevmak, ilgarigi yabïz hozirda yovuz, qabïşmaq o’rnida qovushmoq kabi… Shu orqali so’zning qadimgi turkiy tildagi shakli sab ekani ayon bo’lmoqda. Sab esa “so’z, xabar; iddao” degani. Sabçï xabarchi” degan ma’noda. Shu sababli sovchi so’zi “Tangridan xabarlarni yetkazuvchi” ma’nosida, ya’ni “rasul, payg’ambar” ma’nosida qo’llanilgan. Buni yuqoridagi suratda ham ko'rdik. “Devon”da Mahmud Koshg’ariy buni ifoda etar ekan, ayni paytda “kelin va kuyovlar orasidagi xat-xabarlarni eltuvchi kishi” ma’nosini ham ko’rsatadi. Demak qoraxoniylar davridayoq sovchi so’zining “kelin kuyovdan xat-xabar yetkazuvchi” ma’nosi bo’lgan. Hozirda esa faqatgina kuyovdan kelin tomonga “xabar”, aniqrog’i “talab, istak” yetkazuvchiga aylangan.
Показати все...
👍 8
Ma'ruzada e'tibor tortilgan boshqa islomiy terminlarning va Allohning ba'zi go'zal ismlarining turkiysi.
Показати все...
👍 8
Bir muncha uzilishdan keyin yana “so’zlar orasida” kezishda davom etamiz. Uzilishning sababi bir qancha ilmiy va tashkiliy ishlarni yig’ilib qolgani bo’ldi. Bu oraliqda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o’rni” xalqaro konferensiyasida tashkilotchilar va qatnashuvchilar orasida ishtirok etdim. Konferensiyada “Ilk turkiy Qur’on tarjimalarida islomiy terminlar” haqida ma’ruza qildim. Ko’pchilik tilimizda ilk Qur’on tarjimasi XX asrda qilingan degan tushunchaga ega. Holbuki unday emas. Turkiy xalqlar X asrdan keyin ommaviy ravishda islom dinini qabul qila boshlagan bo’lsa, ma’lum bir qismi undan oldinroq qabul qilgan. Lekin davlat miqyosida islom dini Qoraxoniylar davrida X asrda Satuq Bug’raxon bilan boshlandi. Demak eng kamida X asrdan e’tiboran musulmon bo’lgan xalqimiz XX asrgacha (qariyb 1000 yil!) Qur’oni karimni o’z tiliga o’girmaganini o’ylash katta xato. Agar tilimizga XX asrda o’girilgan deb hisoblasak unda oldingi davrlardagi til bizniki emasmi? Temuriylargacha bo’lgan davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan bir necha Qur’on tarjimalari bor. Bularda islomiy termin va iboralar turkiy tilga sof shaklda, birma-bir ma’nosi sifatida o’girilgan. Turkiy tilning so’z yasash, atama yuzaga keltirish imkoniyatidan keng foydalanilgan. Bular orasida bir necha misol beramiz: arabcha duo o’rniga alqïş yoki oquğ, oyat o’rniga belgü, ajal o’rniga ödläg, atalmïş öd, ne’mat o’rniga erinç, hamd o’rniga ögdi, gunoh o’rniga yazuq, vahy o’rniga yarlïq kabi. Eng qizig’i Qur’on so’zining o’zi ham bir necha yerda o’girilgan: oqïğlï yoki oqïmaq sifatida. O’qig’li va o’qimoq so’zlari Qur’on so’zining to’g’ridan to’g’ri tarjimasi ekani ma’lum bo’lmoqda. Chunki arab tilida ham Qur’on so’zi o’qimoq ma’nosidagi “qara’a” fe’lidan yasalgan.
Показати все...
👍 7
Hozirda Qarshi davlat universitetida dars jarayonlarini olib bormoqdamiz.
Показати все...
👍 14
#xalqaro_hamkorlik ⚡️Turkiya universiteti o‘qituvchisi QarDU talabalariga dars o‘tmoqda Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining samarasi sifatida 2023-yil 20-noyabrdan Turkiyaning Karabuk davlat universiteti dotsenti, PhD Saidbek Boltabayev Filologiya fakulteti 4-kurs talabalariga Tasavvuf va badiiy ijod fanidan mashg‘ulotlar olib bormoqda. Olim tomonidan o‘tilayotgan darslar talabalar va professor-o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, kelgusida Qarshi davlat universiteti va Karabuk davlat universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi. Ma'lumot o‘rnida, olim joriy yilning 25-noyabriga qadar Filologiya fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib boradi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показати все...
👍 10🔥 2
Bayroq haqida Bayroq har bir millatning eng muhim ramzlaridan biridir. Davlat paydo bo’libdiki bayroq bordir. Bayroqning mohiyatini, uning milliy gʻurur masalasi ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz. Endi bayroq soʻzi haqida gaplashsak! Eski turkiy tilda, jumladan Mahmud Qoshgʻariyning Devonida batraḳ [uchiga ipak parchasi osilgan nayza, tug’. Jang kuni otliq, suvoriylarning turgan joyini ko’rsatib turuvchi belgi] deb berilgan. batraq/batruq, nayzali bayroq, ushbu so’z eski turkiy tilda batur- nayza sanchimoq, botirmoq so’ziga k +(g)Ak qo’shimchasi qo’shib yasalgan. Eski turkiy tilda so’z oʻrtasidagi d lar keyinchalik y ga aylangan (adıḳ > ayıḳ; adaḳ > ayaḳ; adırmaḳ> ayırmaḳ kabi). Natijada batrak/ badrak/ batruk so’zlari bayraḳ (bayroq) shakliga oʻzgargan. İzoh: G. Clauson bu so’zning Eroniy tillardan biriga oid bo’lishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Semih Tezcan esa Sog’d (= Sans paṭākā) ”bayrak” so’ziga bog’laydi. Ammo ilmiy izlanishlar bu so’zning Turkiy ekanligi haqidagi fikrlarni qo’llab quvvatlamoqda. Ushbu so’z Usmonlilar Saltanati va Usmonlicha orqali Arabcha (Livan, Liviya, Misr, Sudan, Suriya, Yaman)ga va kurdcha, zazacha, forschaga hamda Bolqon davlatlari bo’lgan Serbiya, Romaniya (Ruminya), Bulg’oriston (Bolgariya), Arnavut (Albaniya) tillariga ham o’tgan. Yana bir manbada shu fikrlar keltirilgan: Bayroq so’zini asli nayza ma’nosida kelgan “batrak”dir. O’g’uzlar batrak shaklida ishlatgan bu so’z Uyg’urlarda, Qarluqlarda botirmoq, sanchimoq ma’nosida ishlatilgan batruq so’zi edi. Eski Turkiy xalqlarda tuproqga sanchib qo’yilgan nayzaning uchiga o’sha urug’, xonadonning ramzini va rangini ifoda qiluvchi matolar ilinib qo’yilar edi. Nayzaning uchiga oltin yoki qimmatbaho ma’danlardan qilingan bo’ri kallasi kabi xoqonlik ramzlari ham osib qo’yilar edi. Demak, “tuproqqa sanchilgan, botirib qo’yilgan” ma’nosidagi batrak/badrak so’zining ma’nosi keyinchalik "hilpirab turuvchi milliy ramz" bayroq soʻziga almashgan. Moddiy va maʼnaviy mustaqil, ilm-fanda ilgʻor va yetuk Oʻzbekiston uchun! https://t.me/joinchat/WCWnkzH0KgxpkfZC
Показати все...
SHEVASHUNOS

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. Fikr va mulohazalar uchun: @Avaz_Han

👍 7
Eng eski shakli batraq va Koshg’ariyning izohiga ko’ra so’zning ildiziga yetib borishga imkon bor. So’zning o’zagi bat- (botmoq) fe’liga borib taqaladi, orttirma nisbat qo’shimchasi bilan batur- (botirmoq) fe’li hozirda ham tilimizda bor. Katta ehtimol bilan shu fe’lga -ğaq qo’shimchasi qo’shilgan va “yerga botirluvchi, suquluvchi ipaklik yog’och” ma’nosida baturğaq so’z yasalgan. Dastavval so’z ichidagi -ğ- tovushi tushgan. Bunday holat tilimizda ko’rilib turadi. Qulğaq > quloqqa, qazğan > qozonga aylangandek baturğaq > baturaq bo’lgan, so’ngra o’rta bo’ginning tushishi batraq shakli yuzaga kelgan. Batraq qanday qilib bayraq/bayroqqa aylandi? Yuqorida qadimgi turkiy tildan o’zbek tiliga tovushlarning taraqqiyotida so’z oxiri va so’zning o’rtasidagi -d- tovushlari hozirda -y-ga aylangani ega so’zi haqidagi yoyinda aytdik. Demak batraq so’zining ayni paytda badraq shakli ham bo’lgan. -d-ning -y-ga o’zgarishi natijasida bayraq / bayroq shakli yuzaga kelgan. Etimologiya burchagi
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bayroq so’zi qayerdan keladi? Bugun davlatimiz bayrog’i 🇺🇿 qabul qilingan kun. Mustaqil yurt bayrog’i uchun to’kilgan qonlarga munosib nasl bo’lish umidi bilan bayroq so’zining kechmishini o’rtoqlashaylik. Biror so’zning etimologiyasini, ildizini topmoqchi bo’lsak, eng eski matnlardagi shakli bizga yo’l ko’rsatadi. Ba’zan eng eski shakli eng eski matnlar, ya’ni ko’kturk harfli matnlarda o’tmasligi mumkin. Axir toshga yozilgan matnlarning so’z boyligining chegarasi yana-da cheklangan. Bayroq so’zini ilk bor uyg’ur harfli matnlarda ko’ramiz. Ular bilan ayni davrda yashagan qoraxoniy matnlarida so’z batraq shaklida. Mahmud Koshg’ariy uni shunday ochiqlaydi: “Uchiga maxsus ipaklik osilgan yog‘och, jangchi jangda shu bilan o‘zini belgili qiladi.” (⛳)
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hayvon bolalarining shirinligi turkiy xalqlarni o’z bolalarini ham hayvon bolalarining otlari bilan erkalashiga sabab bo’lgani ma’lum. Onalar bolalarini “qo’zichog’im”, “bo’talog’im” kabi so’zlar bilan hozirda ham erkalaydi. Demak ma’lum davr oralig’ida “qush bolasi” ma’nosidagi “bola” ham erkalash uchun ishlatilar edi. Biroq keyinchalik tilimizda “farzand” ma’nosida umumiylashdi. Boshqa turkiy tillarda holat qanday bo'lgan? Buni bilish uchun so'zlar ochunida kezishda davom etamiz. Etimologiya burchagi
Показати все...
👍 10
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.