cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Quyosh taraflarda

Quyosh tafti ila yozamiz. Quyosh dunyoni yoritar ekan, kitob qalblarimizga nur taratsin☀️📚

Більше
Рекламні дописи
1 865
Підписники
-424 години
-417 днів
+14430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from N/a
Goh yolgʻon tuyular yashayotganim, Kun oʻtkazish uchun aldayman Vaqtni. (Garchi yolgʻonlarga yoʻqdir toqatim) Qoʻshni ayol esa               har kuni                       roʻzgʻor oʻchogʻiga Oʻtinday qalaydi bir quchoq baxtni. Halima Ahmedova Rasmlar manbasi
Показати все...
❤‍🔥 14😢 5😐 2💔 1
​​​​..Atrofimizda biron zot yo‘q. Biz hayotmizmi o‘zi? Makonimiz bormi? Mavjudmizmi bu yorug‘ olamda? Kun va tun oralig'ida vaqt bizga tegishli emas. Chunki biz bu zamonning odamlari emasmiz. Egalik qila olganimiz kompyuter ekrani xolos. "Shimol shamoli shashti" Daniel Glattauer Bu kitob kecha ish payti tasodifan qo‘limga tushib qoldi. Kitob do'konlarda ko‘rib varoqlab ham ko‘rmagandim, ammo boshlashim bilan o‘ziga shu qadar jalb qila oldi-ki, tonggacha o‘qib chiqdim. Tugagachgina uxladim. Ancha vaqtdan beri biron kitob o‘ziga bunchalik torta olmagandi. Balki bu asar aynan bugungi dunyo odamlarining ahvolini ko‘rsata olgani uchun shunaqa bo‘lgandir. Syujet ikki kishining komyuter orqali bir-biriga yo'llagan emaillaridan iborat. Boshqa hech narsa topolmaysiz. Bir kundan keyin, bir soat so‘ngra, yigirma daqiqa o‘tib yangi xabarlar kelaveradi. Lekin ular shunchalik samimiy yozilganki, ishqiy maktub, yoki eng yaqin sirdosh sirlaridan voqif bo‘layotga ga o'xshaysiz. Mutolaa suvdek ketadi, to‘xtalish va charchash deyarli uchramaydi. Ayni paytda odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligi borgan sari ortib boryapti. Telefonsiz biron kun ham yasholmaydigan ahvolga kelib qoldik. Telegramdan yoki instagaramdan kelayotgan xabarlar bir uchun juda ham muhim. Balki bu real hayotdan ajratib, illuziga berilishimizga olib kelar. Men ham jonli hayot afzalliklari haqida ko‘p yozaman, realda yashashga intilaman. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Nega bu qadar onlayndagi hayotga sho‘ng‘ib ketayapmiz deb o‘ylaysiz? Chunki ko‘pchilik o‘ziga o‘xshash insonlarni tarmoqlarda uchratadi. Boricha yozganlarini boshqalarga ulashadi yoki boshqa inson dardlariga hamdardlik qiladi. Xohlagan atmosferasini yarata oladi, istagan kishilari bilan axborot almashadi. Masalan, hozir atrofimda nechta qalbdosh insonlarim bo‘lsa ko'pchiligini ijtimoiy tarmoqlar orqali taniganman. Aksariyat kitobxonlarni bookbloglar komentaritariyalarida uchratganman. Shu kanal ko‘p bor kvartiraga sherik kerak bo‘lganda odam topib bergan. Yoki, bir yomon ko‘rgan tanishimni aslida juda boshqacha insonligini ham tarmoqlar orqali kashf qilganman. Tan oling kitobxonlar uchun feysbuk bilan telegram eng qulay joyga aylanib ulgurgan. Hatto yozishmalarda ishlatiladigan slanglarimiz ham mavjud. Demoqchi bo‘lganim, endi bularni orqaga qaytarish, ijtimoiy tarmoq, internetsiz yashashning iloji yo‘q. Shunchaki keraklicha foydalanish, ba‘zida ilojsiz bo‘lsa ham me'yorida foydalana bilish kerak. Shunda hammasi joyida bo‘ladi. Sevgi esa, bir narsa deyolmayman. Bu shunaqa jumboq masala-ki, insoniyat million yillik tarixida bunga javob topolgani yo‘q. Ayol yuragi va sevgisi o‘zini va atrofdagilarni baxtga ko‘mishi yoki do‘zaxga uloqtirishi mumkin. Kitobni o‘qib chiqing. Shirin ovqat ta'rifini eshitavergandan, yeb ko‘rgan afzalroq emasmi? Yoqimli hordiqlar hammaga. Qaynoq quyosh eritib yubormasligini tilayman. @quyoshtaraflarda
Показати все...

❤‍🔥 12🔥 4🤯 1🌚 1🆒 1
​​..Atrofimizda biron zot yo‘q. Biz hayotmizmi o‘zi? Makonimiz bormi? Mavjudmizmi bu yorug‘ olamda? Kun va tun oralig'ida vaqt bizga tegishli emas. Chunki biz bu zamonning odamlari emasmiz. Egalik qila olganimiz kompyuter ekrani xolos. "Shimol shamoli shashti" Daniel Glattauer Bu kitob kecha ish payti tasodifan qo‘limga tushib qoldi. Kitob do'konlarda ko‘rib varoqlab ham ko‘rmagandim, ammo boshlashim bilan o‘ziga shu qadar jalb qila oldi-ki, tonggacha o‘qib chiqdim. Tugagachgina uxladim. Ancha vaqtdan beri biron kitob o‘ziga bunchalik torta olmagandi. Balki bu asar aynan bugungi dunyo odamlarining ahvolini ko‘rsata olgani uchun shunaqa bo‘lgandir. Syujet ikki kishining komyuter orqali bir-biriga yo'llagan emaillaridan iborat. Boshqa hech narsa topolmaysiz. Bir kundan keyin, bir soat so‘ngra, yigirma daqiqa o‘tib yangi xabarlar kelaveradi. Lekin ular shunchalik samimiy yozilganki, ishqiy maktub, yoki eng yaqin sirdosh sirlaridan voqif bo‘layotga ga o'xshaysiz. Mutolaa suvdek ketadi, to‘xtalish va charchash deyarli uchramaydi. Ayni paytda odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligi borgan sari ortib boryapti. Telefonsiz biron kun ham yasholmaydigan ahvolga kelib qoldik. Telegramdan yoki instagaramdan kelayotgan xabarlar bir uchun juda ham muhim. Balki bu real hayotdan ajratib, illuziga berilishimizga olib kelar. Men ham jonli hayot afzalliklari haqida ko‘p yozaman, realda yashashga intilaman. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Nega bu qadar onlayndagi hayotga sho‘ng‘ib ketayapmiz deb o‘ylaysiz? Chunki ko‘pchilik o‘ziga o‘xshash insonlarni tarmoqlarda uchratadi. Boricha yozganlarini boshqalarga ulashadi yoki boshqa inson dardlariga hamdardlik qiladi. Xohlagan atmosferasini yarata oladi, istagan kishilari bilan axborot almashadi. Masalan, hozir atrofimda nechta qalbdosh insonlarim bo‘lsa ko'pchiligini ijtimoiy tarmoqlar orqali taniganman. Aksariyat kitobxonlarni bookbloglar komentaritariyalarida uchratganman. Shu kanal ko‘p bor kvartiraga sherik kerak bo‘lganda odam topib bergan. Yoki, bir yomon ko‘rgan tanishimni aslida juda boshqacha insonligini ham tarmoqlar orqali kashf qilganman. Tan oling kitobxonlar uchun feysbuk bilan telegram eng qulay joyga aylanib ulgurgan. Hatto yozishmalarda ishlatiladigan slanglarimiz ham mavjud. Demoqchi bo‘lganim, endi bularni orqaga qaytarish, ijtimoiy tarmoq, internetsiz yashashning iloji yo‘q. Shunchaki keraklicha foydalanish, ba‘zida ilojsiz bo‘lsa ham me'yorida foydalana bilish kerak. Shunda hammasi joyida bo‘ladi. Sevgi esa, bir narsa deyolmayman. Bu shunaqa jumboq masala-ki, insoniyat million yillik tarixida bunga javob topolgani yo‘q. Ayol yuragi va sevgisi o‘zini va atrofdagilarni baxtga ko‘mishi yoki do‘zaxga uloqtirishi mumkin. Kitobni o‘qib chiqing. Shirin ovqat ta'rifini eshitavergandan, yeb ko‘rgan afzalroq emasmi? Yoqimli hordiqlar hammaga. Qaynoq quyosh eritib yubormasligini tilayman. @quyoshtaraflarda
Показати все...

❤‍🔥 1
Oxirgi marta qachon bunaqa maza qilib kitob o‘qiganimni eslolmaymane)
Показати все...
❤‍🔥 7
Yana taqriz kutayotganlar bormi? Menimcha qadim zamonlarda qolib ketgan Shahlo uyg‘ondi. Kecha bitta kitobni bir kunda o‘qib tugatdim. Rosti, bu o‘zim uchun ham kashfiyot asar bo‘ldi.
Показати все...
🤯 5 1
Shunaqayam yakun bo‘ladimi?
Показати все...
Показати все...
William Joseph – Stella's Theme.mp38.44 MB
💔 3❤‍🔥 2 2 1🌚 1
Siz uchun
Показати все...
William Joseph – Stella's Theme.mp38.44 MB
Siz uchun
Показати все...
Jacob's Piano - Autumn Breeze (2019) SONGSARA.NET.mp312.30 MB
​​"Eljernonga atalgan gullar" Deniel Kiz Masalan biz "Tilla baliq"ni bilamiz. Ammo uning o‘zi ko‘lmakda yashayotganidan xabari yo‘q. Yoki afrikada yashaydigan kishi sovuq nimaligini bilmaydi. Yosh bola ham qo‘lini kuydurmagunicha issiq suvga ham, dazmolga ham o‘zini uraveradi. Og‘iz kuyish haqidagi maqol ham bekorga kelib chiqmagan. Odatda hayotda ko‘p narsani ko‘rgan, juda aqlli odamlar yoki hech nimani bilmagan ahmoqlargina baxtli yashashi mumkin. Ammo siz bilish nuqtasiga bir qadam tashladingizmi, tamom. Orqaga qaytolmaysiz. Yoki oldinga yurib, muvozanatni saqlash kerak bo‘ladi yoki qazigan choxingizga qulab halok bo‘lishga mahkumsiz. Ba‘zida umuman kitob o‘qimasam, pushti ko‘zoynak taqib yursam hammasi yaxshi bo‘larmidi deb o‘ylayman. Masalan, Charli aqli zaif tug‘ulgan, ammo kamchiligi borligini, boshqalardek aqlli emasligini o‘zi ham biladigan, bariga qaramasdan atrofida do‘stlari bor, baxtli kishi edi. Lekin, bir guruh aqllilar rivojlanish darajasini oshirmoqchi bo‘lishadi, tajriba muvaffaqiyatli chiqib hammasini uddalashadi ham. Ammo, juda tez rivojlangan miya, yuqori aqliy salohiyat, hech narsa bermaydi. U baribir hissiyot jihatdan hamma qatori bo'lolmaydi, bolalaigicha qolib ketadi. Qolaversa, do‘stlarim deb o‘ylagan kishilarining haqiqiy yuzini ko‘rgach, dunyodan nafratla boshlaydi. –Bilishimcha idrokning o‘zi hech narsaga yaroqisiz. Universitetimiz, aql, ta‘lim, bilim bilan ulug'lanadi. Lekin men siz bilmagan narsani bilaman: Insoniy tuyg‘ularsiz bilim bir tiyinga qimmat. .... zehn - insoniyatga ato qilingan eng bebaho ne‘mat. Lekin, ko‘pincha, muhabbat izlash o‘rniga bilim izlash bilan bandmizm. Va, menimcha sevish va sevilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan aql-idrok sohibi aqliy va ma'naviy tanazzulga mahkum qilingan, ehtimol, og‘ir psixologik kasalliklarga ham chalingandir. Bundan tashqari, yakkalanib qolgan aql atrofdagilarga dard va zulumdan ortig‘ini berolmaydi. Ongim past bo‘lganda do‘stlarim ko‘p edi. Hozir esa do‘stlarim yo‘q. O, mening rosa tanishlarim bor, ammo ularning ichida hech biri menga qadrli emas va men ham ularni ortiq qiziqtirmayman. Bu jumlani ancha-muncha narsani ochib beruvchi nuqta desa ham bo‘ladi. Hamma narsa ma'lum bir chegaraga kelgach, pastga qaytib tushadi. Charlining aqli misli kutilmagan darajaga yetib, tajribada bir kamchilik borligini payqab qoladi. Avvalgi sinov, Eljernon deb nomlangan sichqonda amalga oshirilgan edi. Sichqoncha o‘lib qolgach u juda kam vaqti qolganligini anglaydi. Zo‘r berib, ilmiy narsalar bilan shug'ullanadi, boshqalarga ham yordam berishga intiladi. Kitob so‘ngida nima bo‘lishini aytaymi? Yo‘q, aytmayman. Uni o‘qish o‘zingizga qolsin, ammo asarda tilga olingan mavzular juda ko‘p. Dunyoni yaxshi tarafga o'zgartirish, ilm-fan bilan shug'ullanish, kerak. Ammo, shu sabab laboratoriyalarda o‘lib ketayotgan qanchadan-qancha jonivorlar, tirik mavjudodlar, kesilgan daraxt-u, yo‘q bo‘lib ketgan o‘rmonlar. Ularning javob-u, so‘roqlari nima bo‘larkina? Isajon Sultonning "Boqiy darbadar" ida sun'iy yaratilgan inson ham, yetarlicha aql-zakovatga ega bo‘la turib boshqalardek yasholmaydi. U ham qayerdan kelganini, yaratuvchisi kim ekanligini bilishni istaydi. Va bu hayotda qanday tug‘ulgan bo‘lmasin, aqli zaifmi, aqllimi, nogironmi, barchani bir ko'zda ko‘rishni o‘rganmagunimizcha hech narsa o‘zgarmaydi deb bilaman. @quyoshtaraflarda
Показати все...

❤‍🔥 17🆒 5🍓 3 1😢 1🌚 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.