cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

PTMA Quva tumani IMI

Quva IMI

Більше
Рекламні дописи
291
Підписники
-224 години
-57 днів
+230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
👍 1
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
6.29 KB
👍 2
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
#Yoz-o'tmoqda soz. #Quva IMI ⚡️⚡️⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maroqli dam olishlarini ta'minlash maqsadida ko'ngilochar sport to'garaklari faoliyat yuritmoqda.                                         🏅To'garaklar raqobatli tarzda tashkil qilindi va o'quvchilarning ma'naviy dam olishiga qaratilgan. ⚜ Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
Показати все...
👏 2👍 1
#YOZGI TA'TIL Yozgi ta'til davrida bolalarning aqliy va jismoniy salohiyatini saqlashning 5 usuli ⚜️Yoz faslida o‘quvchilar maktab ta'tiliga chiqishadi, bunday paytda ota-onalar farzandlarining faolligi va qiziquvchanligini bir maromda ushlab turishlari muhim. Ruhshunoslarning ta'kidlashlaricha, yozgi ta'til dam olish va kuchlarni qayta tiklash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi, shu bois bu davrdan samarali foydalanish lozim. Shuningdek ta'tillar butun oila uchun "yozgi reja"ni ishlab chiqish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ota-onalar o‘yin-kulgi va ijodiy faoliyat o‘rtasida muvozanatni to‘g‘ri ushlab turishlari kerak. Amerika psixiatriya va nevrologiya markazining bolalar nevrologi Orif Xon yoz faslining bolalar va kattalar uchun foydali o‘tishi uchun asosiy omillarni sanab o‘tdi. Kun tartibi yoki haftali reja 🕖Bola kunini qanday o‘tkazishini oldindan bilishi uchun kunlik yoki haftalik reja tuzing. Masalan: ertalab soat 8:00da nonushta, 9:00da velosipedda yoki piyoda sayr qilish, 10:00da televizor ko‘rish va hokazo. Kun tartibi yoki haftalik reja oldindan tuzilsa, bolaning keraksiz narsalarga chalg‘ishga va zerikishga vaqti bo‘lmaydi, shuningdek bu bilan baxtsiz hodisalarning oldi olinadi. Bolalar nima bilan shug‘ullanayotganiga e'tiborli bo‘ling va ularni rag‘batlantiring 🕖Televizor yoki kompyuter qarshisida soatlab o‘tirgan farzandingizga diqqat qiling. Ularni harakat qilishga undovchi ishlarga yoki o‘yinlarga chorlang, bolalarni rag‘batlantiring. Zero, ko‘p o‘tirish va keraksiz narsalarni tomosha qilish bolalar uchun zararlidir. Bolalar va oromgohlar 🕖Bugungi kunda bolalar yozda dam olishlari uchun ko‘plab oromgohlar xizmat ko‘rsatmoqda. Farzandingizning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, unga munosib oromgohni tanlang. Yozgi oromgohlarda bolalarda o‘ziga ishonch va hurmat hissi ortadi, chunki bu yerda maktabdagidek raqobat yo‘q, bolalar o‘zlarini erkin his etishadi, tengdoshlari bilan muloqot qilishadi. Siz sportga yoki ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan oromgohlarni tanlashingiz mumkin. 🕖O‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish Bolalarni ijodiy faoliyatga jalb qilish juda katta foyda beradi. Bu shunchaki taom tayyorlash, kitob mutolaa qilish yoki biror bir o‘yin o‘ynash bo‘lishi mumkin. Farzandingiz bilan birga taom tayyorlab, unga nima foyda-yu nima zarar ekanligini o‘rgatishingiz mumkin, quruq gapdan ko‘ra, birgalikdagi faoliyat asosida tushuntirish ishlarini o‘tkazish ijobiy natija ko‘rsatadi. Bolalar bilan aqlni charxlovchi hamda ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynang. Shunda bolaning fikrlashi yanada rivojlanadi, shu bilan birga oila a'zolari o‘zaro jipslashadi. Farzandlarini oromgohlarga yuborish imkoni bo‘lmagan ota-onalar ular bilan park, muzey, teatr, karaoke yoki baliq tutishga borishlari mumkin, shuningdek ularni san'at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarga olib borishlari mumkin. 🕖Uxlash vaqtini aniq belgilab bering Uyqu vaqtini belgilab berish bolani kun tartibiga rioya qilishga va kerakli hordiq bilan ta'minlashga yordam beradi. Uyqu yetishmovchiligi bolaning fikrlashiga hamda kun bo‘yi o‘zini tutishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Uyqu yetishmasligi natijasida bola notinch va giperfaol bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari vaqtida uxlamagan bola ko‘p ovqat yeydi, bu esa ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Xullas, o‘z vaqtida uxlamagan bolaning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois farzandingizni uxlashga yotadigan va ertalab uyg‘onadigan vaqtini uning sog‘lig‘iga zarar yetmaydigan qilib belgilab bering. Unutmang, bolalar ota-onalari bilan o‘tkazilgan vaqtni juda qadrlashadi. Shunday ekan, nafaqat yozgi ta'til davrida, balki yil davomida ularga bee'tibor bo‘lmang! Zero, farzandlar - bizning kelajagimiz.
Показати все...
👍 3
00:11
Відео недоступне
#tabrik Hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz. Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
IMG_3355.MP41.92 MB
👍 3
Ta'til davrida o'quvchilarga o'qish uchun tavsiya qilinadigan badiiy asarlar ro'yhati. 5-sinf "Oltin yurakli avtobola" Anvar Obidjon "Peshonasiga televizor yopishgan bolakay" X.To'xtaboyev "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" Janni Rodari 6-sinf "Galaktikada bir kun" va "Koinot javohiri" Sa'dullo Quronov "Yigirma yil karavot ostida" Viktor Dragunskiy 7-sinf "Qorxat" Nosir Fozilov "G'aroyib bolalar" Aziz Nesin 'Sariq devni minib" X.To'xtaboyev "Dunyoning ishlari" O'.Hoshimov "Qizimga maktublar" O'lmas Umarbekov 8-sinf "Mungli ko'zlar", "Besh bolali yigitcha" X.To'xtaboyev "O'tmishdan ertaklar" A.Qahhor "Bolalik xotiralarim" Oybek "Men, buvim, Iliko va Illarion" Nodar Dumbadze Aziz Nesin hikoyalari 9-sinf "Birinchi muallim" Ch.Aytmatov Shukur Xolmirzayevning hikoyalar to'plami "Erk" Pirimqul Qodirov "Muqaddas" Odil Yoqubov 10-sinf "Diyonat" Odil Yoqubov "Mehrobdan chayon" Qodiriy "Jamila" Chingiz Aytmatov "Kichkina shahzoda" Ekzyuperi "Ikki eshik orasi" O'.Hoshimov "Choliqushi" Rashod Nuri Guntekin 11-sinf "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat" Chingiz Aytmatov "Tushda kechgan umrlar" O'.Hoshimov "Kecha va kunduz" Cho'lpon "Alvido Vatan" A'zam Hoshimiy
Показати все...
👍 4
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.