cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kitobxon sahifasi

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم Xush kelibsiz, keling birga kitob òqiymiz.! Statuslar✨️ Kitoblardan iqtiboslar✨️ Ijod sehri✨️(⌒‐⌒) Badiiy kitoblar Murojat uchun @sahifamizdabot

Більше
Рекламні дописи
559
Підписники
-524 години
-477 днів
-16230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

📚Hadya qilingan kitoblar Bu kitoblar ko‘pchilikning bepul ilm olishiga sababchi bo‘ladi inshaalloh Ehson egalaridan Alloh rozi bo‘lsin. Quyidagi havola orqali barchasini ko'rishingiz mumkin 👉 Hadya qilingan kitoblar 👉 Bepul kutubxona Foydali deb topgan bo‘lsangiz, yaqinlaringizga ham ulashing 📝 Telegram 🌐 Instagram  🔎 mehrkutubxonasi.uz
Показати все...
Haamma shunga òtsin bu endi asosiy kanalmiz Sodiqlarga sodiqmiz😌
Показати все...
Показати все...
Kitobxon sahifasi📚

Kitobiy iqtiboslar. Pdf va aufio kitoblar Qanday kitob kerak bòlsa sòrang Imkon qadar topib beramiz:)

Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔥 3🍓 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Келажагим учун бошланғич мактабда ўқидим. Кейин: «Келажагинг учун ўрта мактабда ҳам ўқи», дейишди. Кейин: «Келажагинг учун лицейдаям ўқи», деб айтишди. Кейин: «Келажагинг учун бакалавриатда ҳам ўқи», дейишди. Кейин: «Келажагинг учун бир яхши иш топ», дейишди. Кейин: «Келажагинг учун оила қур», дейишди. Кейин: «Келажагинг учун фарзандларни кўпайтир», дейишди. Мана, ёшим 77 га етганда ушбу сўзларни ёзяпман. Мен ҳамон ўша келажакни кутиб яшаяпман. Энди билсам, ўша келажак буқани қувлаб етиш учун унинг бошига қўйилган бир парча қизил латта экан. Аммо унга етиб бўлмас экан. Чунки келажакка етиб борилса, ҳозирга айланар экан. Ҳозир эса ўтмишга айланар экан. Сўнгра янги келажакка тўқнаш бўлинар экан. Ҳақиқий келажак эса Аллоҳ таолонинг сендан рози бўлиши, дўзахидан омон қолиб, жаннатига киришинг экан. (Изоҳ: Аслида буқа билан курашувчи тореадорлар қўлига қизил латта ушлаб олади. Қизил рангни кўрса буқанинг қони қайнайди дейишади. Унга етиб олиш учун эмас). «Саодатга етакловчи ҳикматлар - 3»
Показати все...
👏 2 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ўқитувчи ўзининг 50 та ўқувчиларига 50 та пуфак пуфлашни буюрди. Ҳар бир талабага пуфлаган пуфагига ўз исмини ёзишни таъкидлади. Сўнгра пуфланган пуфакларни ўқитувчи бир хонага жамлади. Талабаларга ҳар ким 5 дақиқа ичида ўзининг исми ёзилган пуфакни топишни буюрди. 5 дақиқа ўтдики бир-икки кишидан бошқа ҳеч ким ўз пуфагини тополмади. Кейин устоз ҳаммага хоҳлаган пуфакни олиб уни ўз эгасига топширишни буюрди. 50 та пуфак бир дақиқада ўз эгаларига топширилди. Устоз: "Бу амалиёт худди бахт саодатни қидиришимизга ўхшайди. Ўзимиз қидирсак қийналамиз, аммо бировларга бахт улашсак ўзимиз ҳам бахтимизга тезроқ эришамиз" деди. @Kitoblardagi_olam
Показати все...
6
O'qing, Faqat Yig'lamang kitobidan parcha. MEHRINGIZNI YaShIRMANG Bolaligimizda bor yoʻq, yoʻqlar koʻp edi. Nima istasak "yoʻq”, deyilardi. Ota-onamiz qiyinchilik davrlarda katta boʻlishgan. Bizlar ham ularning koʻrgan qiyinchiliklari taʼsir etadigan davrga toʻgʻri keldik (Men oʻzim 1962 yili tugʻilganman). Nima istasak "yoʻq", nima xoxlasak "yoʻq". Masalan, "shim olib bering", de- sam "yoʻq” deyishadi, “oʻyinchoq olib bering", deyman, “oʻzing yasa". Men oʻyinchoqlarimni loydan yasaganman. Baʼzan otamning choʻntaklarini kesib, ichiga yung solib toʻp qilib oʻynardim. Singlim qoʻgʻirchoqlarini oʻzi tikdi. Shuning uchun oddiy narsaning qadrini ham juda yaxshi bilamiz. Bir kuni dadam, "sizlarga yangi shim olib kelaman", dedilar. Biz juda xursand edik. "Yoʻq”larga oʻrgangan quloqlarimizga juda yoqimli eshitildi bu. Uch aka-sin- gil qishloq tashqarisiga chiqdik. Qoʻllarimizni iyagimizga qoʻyib, xayol qura boshladik: "Raisning oʻgʻliga oʻxshab bizlar ham yangi shim kiyamiz..." Men uchinchi sinfga borardim. Singlim birinchi sinf, ukam Rafet olti yoshda. Bizlar u paytda gulli ishtonlar kiyar edik. Ukam menga: -Shimingizni qaysi rangda boʻlishini xohlaysiz, akajon", dedi. Juda sodda boʻlganmiz, butun qishloqda elektr, televizor yoʻq, dunyodan bexabar edik. -Qora rangli boʻlsin, -dedim. -Qaniydi meniki koʻk boʻlsa, -dedi. -Shahar oyoq kiyimini ham sotib oladilarmi", - deb yana soʻradi. -Yoʻq, qora rezinka kalish borku, oʻshandan olib keladilar,-dedim men. Oʻsha paytda uzoqdan avtobus koʻrindi. Orqasidan chang qoʻzgʻatib kelyapti. Bor umidimiz shu, uzoq kutganimiz shim kelyapti. Dadam paketlarni ochdilar. Menga qora shim, oq yoqalik qora kiyim va qora kalish. Singlimga ham huddi shu kiyimlar. Lekin havas bilan kut- gan, bizlarga savol berib hayojonlantirgan Rafet ukam hayron. Paketlarni rosa titdi, oʻzinikini topa olmagandan keyin dadamga qarab, umid bilan “menga yoʻqmi" dedi. - Oʻgʻlim, keyingi safar, albatta, olib kelaman,- dedilar. -Lekin men rosa kutayotgan edim,- dedi ukam va Yigʻlab boshqa xonaga kirib ketdi. Dadamning ham koʻzlariga yosh kelganini payqadim. Kechki ovqat dasturxonida hammamiz jim oʻtiribmiz. Faqatgina ukamning yigʻisiragan ovozi eshitilardi, xoʻrsinib-xoʻrsinib qoʻyar edi. Men ertalab maktabga ketdim. Kelganimda ukam menga qarab: -Akajon, sizga qora shim rosa yarashibdi, men ham bir marta kiyib koʻrsam boʻladimi? -Yoʻq, boʻlmaydi, kir qilib qoʻyasan,- dedim. Ikkinchi kun ham rosa yalindi, bermadim. Uchinchi kun ham bermadim. Men ularni yotogʻim yoniga qoʻyib asrar edim. Rosa xohlab zoʻrgʻa erishganman axir. Toʻrtinchi kun ham oldimga kelib: -Akajon, bu yangi shim sizni juda chiroyli qilib turibdi, oyoq kiyimingiz ham yarashibdi, menga ham yarashsa kerak-a,- dedi. Bermaslik uchun bahona qila boshladim: -Senga toʻgʻri kelmaydi, uzun bu. -Poychasini shimarib kiyaman,- dedi. -Yoʻq, kir qilib qoʻyasan, -desam, -Gilam ustida kiyaman,- deb javob qaytardi. -Iltimos, jon akajon, besh daqiqa xolos,- deya yalinardi bechora ukaginam. -Boʻpti, ertaga juma kuni maktabdan kelib beraman, faqat besh daqiqaga, kir qilmaysan, biron narsa boʻlsa yomon qilaman,- dedim. Kechqurun birga yotibmiz, ukam sekingina meni turtib: -Fikringizdan qaytib qolmaysiz-a, akajon, haqiqatda berasiz-a,- deya koʻzlarida quvonch bilan soʻrar edi. -Xa beraman,- dedim. -Men ertalabgacha uxlamayman, tezroq tong otsin, tezroq shimni kiyay,- dedi. Ertalab maktabga ketish uchun turganimda, ukam ham turdi. - Akajon, bugun vaqtliroq keling, xoʻpmi, men sizni shu eshik oldida kutaman,- dedi. Maktabga ketayapman, orqaga qarasam ukaginam hovli eshigi oldida meni kuzatib turibdi. 📚 @kitoblarolami707
Показати все...
2🕊 2👍 1👏 1🍓 1
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
" Zavqlanib yasha, Klark, o'z ahdingga sodiq bo'l, bo'shashma, yo'l- yo'l paypoqlaringni faxr bilan kiyib yur 🤭 Sendagi bilim, salohiyat ayrimlar uchun hashamat ! " ✍🏻Jojo Moyesning “To seni topgunimcha❤️” nomli kitobidan‌‌
Показати все...
3🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Dunyoda yuz goʻzalligiday foydasiz, hatto zararli narsalar yoʻqligini , asl goʻzallik odamning ruhidan, koʻnglidan qidirish kerak...❤️‍🔥
Показати все...
2🕊 2👍 1🍓 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📚🤍🫠
Показати все...
3👏 2🔥 1