uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 53 749 підписників, посідаючи 2 450 місце в категорії Технології та додатки та 1 380 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 53 749 підписників.

За останніми даними від 12 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 622, а за останні 24 години на -462, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.26%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.63% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 149 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 10 098 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 112.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 13 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

53 749
Підписники
-46224 години
+2 8237 днів
+1 62230 день
Архів дописів
+2
🖼️ Adobe Photoshop'dagi sun’iy intellekt funksiyalarini yanada kuchaytirdi Endi siz rasmlarni sifatini yo’qotmasdan istagancha burish va uni orqa fonini to’ldirishingiz mumkin. Generative Expand funksiyasi gorizontal rasmlarni vertikal qilib to’ldirib beradi. Neyrotarmoq hatto kichkina tasvirni sifatini pasaytirmasdan siz istagandek to’ldirib, kattalashtirib beradi. Dizaynerlarni ishi ancha osonlashib ketdi. 📟 DigiTech

🎥 Videolar generatsiya qiluvchi Pika Labs neyrotarmog’i endi hamma uchun mavjud. Videolar sifati shov-shuvli GEN-2 neyrotarmog’idan kam emas. Matnli tavsif yordamida ham, rasm asosida ham generatsiya qilish mumkin. Sinab ko’rish uchun havoladan saytiga o’ting, «Join Beta» tugmasini bosing, so’ng Discord'ga o’tib «Generate» bo’limlaridan biriga kirib matnli tavsifni yozing. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Tadqiqot: parolni tugmalarni bosilish ovozidan buzish mumkin Britaniyalik mutaxassislar 95% aniqlik bilan foydalanuvchilar
▪️Tadqiqot: parolni tugmalarni bosilish ovozidan buzish mumkin Britaniyalik mutaxassislar 95% aniqlik bilan foydalanuvchilar tomonidan bosilgan tugmalarni tovush orqali aniqlaydigan algoritmni ishlab chiqishdi. Xakerlar bosish ovozini oldindan o’rnatilgan zararli dasturlarga ega telefondan yoki Zoom va Skype orqali yozib olishlari mumkin. Parollar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni xakerlar shu tarzda olishlari mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Huawei va Chery kompaniyalari Luxeed qo’shma avtomobil brendini taqdim etishdi Brendning birinchi modeli Luxeed EH3 elektr
🚘 Huawei va Chery kompaniyalari Luxeed qo’shma avtomobil brendini taqdim etishdi Brendning birinchi modeli Luxeed EH3 elektromobili bo’ldi: ikkita elektromotor, bir zaryadda 700 km yuradi, ilg’or avtopilot, dastlab faqat Xitoyning 45 ta shahrida ishlaydi. Harmony OS 4 ga ega multimedia tizimi Qualcomm Snapdragon 8295 chipi asosida ishlaydi, geympad ulab o’ynash, shuningdek, avtomobil ortidan uchayotgan dron kamerasidan olingan tasvirni monitorda ko’rsatish imkonini beradi. Batafsil ma’lumotlar bir necha oy ichida beriladi. Luxeed EH3 narxi 27 810 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🧬 Olimlar genlarni tok yordamida boshqarishni o’rganishdi Shveytsariyalik olimlarning sichqonlar ustida o’tkazgan tadqiqoti
🧬 Olimlar genlarni tok yordamida boshqarishni o’rganishdi Shveytsariyalik olimlarning sichqonlar ustida o’tkazgan tadqiqoti diabetga chalingan kemiruvchilarda insulin ishlab chiqarishni kuchaytirish qobiliyatini ko’rsatdi. Tok yordamida qurilma tom ma’noda kerakli genni yoqadi. Kelajakda bu diabetga chalingan bemorlarga kasallik bilan kurashishga yordam beradi. 📟 DigiTech

Cambrige LC — DAY-X?! 💡 Ingliz tiliga ixtisoslashgan Cambridge o'quv markazida yana bir kutilmagan burilish. Markaz o'zining
Cambrige LC — DAY-X?! 💡 Ingliz tiliga ixtisoslashgan Cambridge o'quv markazida yana bir kutilmagan burilish. Markaz o'zining ijtimoiy tarmoqlarida DAY-X nomli yangilik tayyorlamoqda. 🤔 Bir yil oldin xuddi shu vaqtda A BIG DAY taqdimotini o'tkazib, gibrid ta'lim tizimini yo'lga qo'ygan markazda bu safar ham jiddiy yangilik borga o'xshaydi. 📌 12-avgust kuni Cambridge'ning rasmiy sahifalarida qanday yangilik ekanligini bilib olamiz. Ungacha esa izohlarda taxmin qoldirishingiz mumkin!

🎧 Yangi AirPods miya faoliyatini kuzatadi Quloqchinlarning korpusi va uchlariga biosignallarni va miyaning elektr faolligini
🎧 Yangi AirPods miya faoliyatini kuzatadi Quloqchinlarning korpusi va uchlariga biosignallarni va miyaning elektr faolligini o’qiydigan elektrodlar o’rnatiladi. Shuningdek, qurilma turli kasalliklarni aniqlash uchun EKG, EEG, EMG va boshqa signallarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Insayderlarning fikricha, AirPods'ga haroratni o’lchash funksiyasi ham qo’shiladi. 📟 DigiTech

🌴Palma yog’ida uchuvchi samolyotlar: Indoneziya aviakompaniyasi yakuniy sinovlarni o’tkazmoqda. Indoneziyaning Garuda Indone
🌴Palma yog’ida uchuvchi samolyotlar: Indoneziya aviakompaniyasi yakuniy sinovlarni o’tkazmoqda. Indoneziyaning Garuda Indonesia aviakompaniyasi Boeing B737-800 NG samolyotlarida, tarkibida 2,4% palma yog’i bo’lgan yangi yoqilg’ini sinovdan o’tkazmoqda. Bu palma yog’ining eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo’lgan mamlakatning qazib olinadigan yoqilg’i importini kamaytirish va yashil iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir. 📟 DigiTech

🥊 Mark Sukerberg 26-avgust kuni Ilon Mask'ga qarshi jang o’tkazishga tayyorligini ma’lum qildi “Men allaqachon tayyorman. Un
🥊 Mark Sukerberg 26-avgust kuni Ilon Mask'ga qarshi jang o’tkazishga tayyorligini ma’lum qildi “Men allaqachon tayyorman. Unga 26-avgust sanasini taklif qildim” — deb yozdi Sukerberg ijtimoiy tarmoqlarida. Iyun oyida Mask va Sukerberg jang qilishga kelishishgan edi. Jang sanasi hozircha ma’lum qilinmagan. Jang joyiga kelsak, avvalroq Kolizey taklif qilingandi. Ilon Mask jangni X (avvalgi Twitter) platformasida jonli efirda ko’rsatmoqchi, yig’ilgan pullar esa faxriylarga berilishini aytdi. 📟 DigiTech

📲 Siri "lablarni o’qishni" o’rganadi Apple kompaniyasi Siri yordamchisini shovqinli joylarda, pichirlab yoki umuman ovozsiz
📲 Siri "lablarni o’qishni" o’rganadi Apple kompaniyasi Siri yordamchisini shovqinli joylarda, pichirlab yoki umuman ovozsiz faollashtirish imkonini beruvchi texnologiyani patentladi. Buning uchun kamera yordamida yuz ifodalari va lablar harakatlarini kuzatish shart emas. Suhbat davomida odamning boshi va bo’yni ma’lum bir tarzda harakat qiladi va tebranadi, bu sensorlar tomonidan o’qilishi mumkin - bu kamera yoki hatto mikrofonni talab qilmaydi. Bunday sensorlar, masalan, AirPods-ga o’rnatilishi mumkin. Bu nafaqat Siri'ning aniqligi va sezgirligini oshiradi, balki batareya quvvatini ham tejaydi. “Hey Siri” tinglash funksiyasi mikrofonlarning doimiy faol bo’lishini talab qiladi, bu esa qurilmaning ish vaqtiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Harakat va tebranish sensorlari mikrofonlarga qaraganda kamroq quvvat sarflaydi. 📟 DigiTech

🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yukla
🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yuklab oling, o’zingiz istagan taomlarni tanlab buyurtma bering, so’ng UZ8UMNE promokodini kiriting va 110 000 so’mdan oshgan birinchi buyurtmangizga 42 500 so’m chegirmani oling! O’zim Yandex Taom ilovasidan ko’p buyurtma beraman, o’rtacha 15 - 20 daqiqada yetkazib berishadi. 👉 Promokod: UZ8UMNE

🧠 Olimlar sun’iy intellekt yordamida falaj odam qo’llarining harakatini va sezgirligini tikladi Kit Tomas suvga muvaffaqiyat
🧠 Olimlar sun’iy intellekt yordamida falaj odam qo’llarining harakatini va sezgirligini tikladi Kit Tomas suvga muvaffaqiyatsiz sho’ng’igan paytida orqa miya jarohati tufayli 3 yil davomida qo’llari va oyoqlari falaj bo’lgan. Amerikadan kelgan shifokorlar operatsiya o'tkazishdi - unga miya implantlarini o’rnatishdi, miya, sun’iy intellekt va elektrostimulyatsiyani bog’lashdi. Endi Tomasning qo’llari harakatlanadi: u shunchaki harakat haqida o’ylashi kerak va sun’iy intellekt buyruqni aniqlaydi va mushaklarda joylashgan elektrod yamoqlariga yuboradi. 📟 DigiTech

🎥 Sun’iy intellektlar ko’payib ketganidan, odamlar nimalarga qodirligini unutyapmiz, bu videoni tahrirlagan odam filmlar uchun vizual effektlar tayyorlaydi, juda zo’r chiqibdi. 📟 DigiTech

▪️Neyron tarmoqlar to’liq dialoglarni generatsiya qilishni o’rgandi - WaJourney neyrotarmog’i chiqdi. U matnga ovoz berishdan tashqari, dialog mavzusidan chiqmasdan fon ovozini ham yaratadi. Dialog sizning matnli tavsifingiz asosida yaratiladi: birinchi navbatda ssenariy va dialog, so’ngra personajlarning ovozi va musiqiy hamrohlik yoki boshqa tovushlar va audio effektlar yaratiladi. Loyiha kodini GitHub'dan olish mumkin. 📟 DigiTech

+6
🏨 Uelsda eng noodatiy mehmonxonalardan biri ochildi - unda tunash uchun siz haqiqiy sarguzashtni boshdan kechirishingiz kerak. Deep Sleep (“Chuqur uyqu”) mehmonxonasi yer ostida 419 metr chuqurlikdagi tashlandiq konda qurilgan. Unga borish uchun tik tog’ yo’llari bo’ylab 45 daqiqa yurishingiz kerak va yo’lda dubulg’a, chiroq va toqqa chiqish uchun moslamalar olib, hatto qoyalarga chiqishga to’g’ri keladi. Mehmonxonada barcha qulayliklarga ega to’rtta xona va hattoki Wi-Fi (yuzadan routergacha bir kilometr uzunlikdagi kabel tortilgan) mavjud. Mehmonxona haftada bir kecha, faqat shanbadan yakshanbagacha ishlaydi. Bir kecha qolish narxi taxminan 420 dollarni tashkil qiladi. 📟 DigiTech

🎥 Stable Diffusion neyrotarmog’ida Terminator filmining 2-qismini anime uslubida generatsiya qilishibdi, chiroyli animatsiya chiqibdi. 📟 DigiTech

⚡️Apple iPhone 15 smartfonini 13-sentabrda namoyish qilishi mumkin 9to5Mac manbalari ma’lumotiga ko’ra, AQShning yirik a’loqa
⚡️Apple iPhone 15 smartfonini 13-sentabrda namoyish qilishi mumkin 9to5Mac manbalari ma’lumotiga ko’ra, AQShning yirik a’loqa operatorlari smartfonlar bozoridagi yirik namoyish tufayli xodimlardan 13-sentabr kuni dam olmaslikni so’ragan. Agar Apple iPhone 15'ni 13-sentabrda namoyish etsa, oldindan buyurtmalar katta ehtimol bilan 15-sentabrdan, sotuvlar esa 22-sentabrdan boshlanadi. 📟 DigiTech

📱Apple mobil suratga olish bo’yicha yillik iPhone Photography Awards g’oliblarini e’lon qildi "Yil fotografi" nominatsiyasi
+5
📱Apple mobil suratga olish bo’yicha yillik iPhone Photography Awards g’oliblarini e’lon qildi "Yil fotografi" nominatsiyasi bo’yicha har xil uslublarda birinchilikni olganlarni suratlarini to’pladik. Bularni barchasi iPhone smartfonlarida olingan. Barcha nominatsiyalar bo’yicha 2023 yil g’oliblarining ishlari bilan loyiha veb-saytida tanishish mumkin. 📟 DigiTech

Professional dasturchi bo'lishni va qiziqarli loyihalar ustida ishlashni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? �
Professional dasturchi bo'lishni va qiziqarli loyihalar ustida ishlashni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🧐 Unda WEB DASTURLASH bo'yicha ochiq darsimiz siz uchun!🤩 • Dars dasturi: ▪️WEB DASTURCHI NIMANI BILISHI KERAK? ▪️FRAMEWORKLAR ▪️DASTURCHILARNING DAROMADLARI Shu kanal obunachilari uchun 300 000 so'm chegirma bor 😉 ▪️WEB DASTURLASH — 6 avgust | 15:00 | 18:00 | ✅ Tezroq ochiq darsga yoziling 👉 proweb.uz 📞 +998 78 113 01 21

☄️ Olimlar asteroidga soyabon bog’lash orqali global isish bilan kurashishni taklif qilishdi Yerdagi iqlim o’zgarishi ta’siri
☄️ Olimlar asteroidga soyabon bog’lash orqali global isish bilan kurashishni taklif qilishdi Yerdagi iqlim o’zgarishi ta’sirini yumshatish shunchalik muhimki, olimlar barcha mumkin bo’lgan variantlarni jiddiy o’rganmoqdalar. Gavaya universiteti Astronomiya bo’limi astronomi Ishtvan Sapudining fikricha, biz asteroidni tutib, uni Yer yaqinida joylashtirishimiz va quyosh nurlarining bir qismini to’sib qo’yish uchun unga soyabon bog’lab qo’yishimiz mumkin. Tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi. Bu g’oyani amalga oshirib bo’lishi mumkin, NASA biz asteroidlarni yo’naltira olishimizni ko’rsatdi. Hali qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’p, ammo Sapudi fikricha, agar tadqiqot va ishlar hozir boshlansa, iqlim uchun juda kech bo’lmasidan bu g’oyani amalga oshirish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech