uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 52 667 підписників, посідаючи 2 522 місце в категорії Технології та додатки та 1 383 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 52 667 підписників.

За останніми даними від 28 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -3 647, а за останні 24 години на -232, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.65%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.41% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 549 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 727 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 130.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 червня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

52 667
Підписники
-23224 години
-2 2777 днів
-3 64730 день
Архів дописів
📱Yaponiyaning Toyoake shahrida smartfondan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanish taqiqlandi. Cheklov faqat bo'sh vaqtga taal
📱Yaponiyaning Toyoake shahrida smartfondan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanish taqiqlandi. Cheklov faqat bo'sh vaqtga taalluqlidir — o’qish va ish uchun gadjetdan foydalanishda cheklov yo’q. Shuningdek, maktab o’quvchilariga telefonlarini soat 21:00 dan keyin o’chirishni tavsiya etuvchi varaqalar tarqatildi. Huquqbuzarlik uchun jarimaga tortish hozircha rejalashtirilmagan, biroq rasmiylar uyqu va oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun ushbu eksperimentga qo’shilishni tavsiya qilishmoqda. 📟 DigiTech

📺 Zumerlar bepul televizorlarni chiqarishdi: Telly startapi barcha xohlovchilarga Smart TV tarqatmoqda. Lekin uni olgandan k
+2
📺 Zumerlar bepul televizorlarni chiqarishdi: Telly startapi barcha xohlovchilarga Smart TV tarqatmoqda. Lekin uni olgandan keyin kun bo’yi reklama ko'rishga to’g’ri keladi. Qurilma xususiyatlari: asosiy ekrani 55 dyuymli 4K, video qo’ng’iroqlar uchun kamera, ovozli yordamchi va RGB yoritish tizimi mavjud. Uning pastida reklama uchun kichik ikkinchi ekran joylashgan. Shartnomaga ko’ra, kompaniya kamera va mikrofon orqali «odamlar borligini» kuzatishi mumkin. Aytgancha, televizorni muntazam ravishda tomosha qilish kerak bo’ladi, aks holda 500 dollar jarimaga to’lashga yoki televizorni startapga qaytarishga to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

⚡️18 yoshli talaba oziq-ovqat fotosuratlari orqali kaloriyalarni hisoblaydigan ilovasidan allaqachon 30 million dollar ishlab
⚡️18 yoshli talaba oziq-ovqat fotosuratlari orqali kaloriyalarni hisoblaydigan ilovasidan allaqachon 30 million dollar ishlab topdi. Dastur oziq-ovqat fotosuratlarini tahlil qilish uchun oddiy ChatGPT'dan foydalanadi, yigit shunchaki o’z dasturiga ChatGPT'ni ulab qo’ygan. 📟 DigiTech

💾 Samsung 512 TERABAYT hajmli SSD'ni chiqaradi. Ushbu tezkor xotira yangi PCIe Gen6 standarti asosida ishlaydi, ma’lumotlar
💾 Samsung 512 TERABAYT hajmli SSD'ni chiqaradi. Ushbu tezkor xotira yangi PCIe Gen6 standarti asosida ishlaydi, ma’lumotlar almashish tezligi 28 Gb/s gacha bo’lishini va'da qilishmoqda. SSD 2027-yilda sotuvga chiqariladi. 📟 DigiTech

+1
🚘 NASCAR haydovchisi 320 km/soat tezlikda devordan yurib epik halokatga uchradi. Kanzasdagi trassada antiqa avariya yuz berdi: poygachi Zayn Smit juda katta tezlikda harakatlanayotgan edi, ammo raqib uni devorga qisib qo’ydi. Zayn ham bo’sh ketmay, gazni kuchliroq bosdi va devorga chiqib ketdi, poygachi jarohat olmadi, ammo u uchun poyga tryukdan so’ng tugadi. 📟 DigiTech

📱Olimlar kechqurun gadjetlardan voz kechish yaxshi uxlashingizga yordam bermasligini aniqlashdi. Ovqatlanish va jismoniy mas
📱Olimlar kechqurun gadjetlardan voz kechish yaxshi uxlashingizga yordam bermasligini aniqlashdi. Ovqatlanish va jismoniy mashqlar ham tungi dam olishga xalaqit bermaydi. Olimlar salomatlik trekerlari yordamida 100 nafar o‘smirni bir hafta davomida kuzatib borishdi. Uyqudan oldin ijtimoiy tarmoqlarni ko’rish odati uyqu sifati yoki davomiyligiga ta'sir qilmadi. Lekin bu uyquni o’rtacha 20 daqiqaga kechiktirdi. Ammu bu ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz qisqa videolarni ko’rishni zarari yo’q degani emas, bunday videolarni tinimsiz ko’rish kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Google SI agentlari bo’yicha bepul kursni ishga tushirmoqda. Besh kun ichida, hatto bu sohada yangi bo’lsangiz ham, o’z
👨‍💻 Google SI agentlari bo’yicha bepul kursni ishga tushirmoqda. Besh kun ichida, hatto bu sohada yangi bo’lsangiz ham, o’z SI yordamchilaringizni tuzishni o’rganasiz. Kurs ML muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. U eng yaxshi vositalar, agentlarni baholash usullari, misollar va amaliy vazifalarga oid bo’limlarni o’z ichiga oladi. Kursni tugatib siz o'zingizning SI agentingizni yaratishingiz mumkin bo’ladi. 👉 Kurs noyabr oyida boshlanadi, ro’yxatdan o’tish uchun havola. 📟 DigiTech

👨‍💻 MyTinyTools sayti chiqdi, unda o’qish va ishlash uchun yuzlab foydali ilovalar yig’ilgan. Saytda rasmlarni formatini te
👨‍💻 MyTinyTools sayti chiqdi, unda o’qish va ishlash uchun yuzlab foydali ilovalar yig’ilgan. Saytda rasmlarni formatini tezda o’zgartirishingiz, PDF-fayllarni tahrirlashingiz, taymerlarni ishga tushirishingiz va hatto kod bilan ishlashingiz ham mumkin. Hammasi bir saytning ichida. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI bosh direktori Sem Altman'ning fikricha, ChatGPT allaqachon undan va boshqa ko‘plab odamlardan aqlliroq bo’lgan, 203
⚡️OpenAI bosh direktori Sem Altman'ning fikricha, ChatGPT allaqachon undan va boshqa ko‘plab odamlardan aqlliroq bo’lgan, 2030 yilga kelib esa neyron tarmoq har qanday odamdan aqlliroq bo’lib ketishi mumkin. Sun'iy intellektni rivojlanish tezligi faqat oshib bormoqda va «hali sekinlashuv belgilari yo’q»: atigi bir-ikki yil ichida chatbotlar mustaqil ravishda ilmiy kashfiyotlar qilishlari va iqtisodiy vazifalarning 30-40 foizini bajarishlari mumkin bo’ladi, keyingi o’n yillikning boshiga kelib esa, texnologiya o’zgacha imkoniyatlarga ega «super ong» ga aylanadi, deydi u. 📟 DigiTech

⚡️Toyota o’z ishchilari uchun kelajak shahrini qurdi — 300 ta oila allaqachon Woven Cityda istiqomat qilib, kompaniya va hamk
+5
⚡️Toyota o’z ishchilari uchun kelajak shahrini qurdi — 300 ta oila allaqachon Woven Cityda istiqomat qilib, kompaniya va hamkorlarning hali sotuvga chiqmagan so’nggi qurilmalarini sinab ko’rishmoqda. Shahar sun'iy intellekt tomonidan boshqariladi: u yer osti yo’llari orqali odamlarga oziq-ovqat yetkazib beradi, shahardagi chiroqlarni nazorat qiladi va transportni boshqaradi. Barcha rezidentlar ikkita bo’limga bo’linishgan: «ixtirochilar» va «sinovchilar» — birinchisi ishlab chiqadi va ixtiro qiladi, ikkinchisi esa uni sinab, hayotdan zavqlanadi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi Rolls-Royce Cullinan'ga o’xshash o’zining yo’ltanlamas avt
+2
🚘 Xitoyning changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi Rolls-Royce Cullinan'ga o’xshash o’zining yo’ltanlamas avtomobilini namoyish etdi. Tafsilotlar hozircha minimal: avtomobil gibrid dvigatelli, buriladigan orqa g’ildiraklar va 3,2 metr uzunlikdagi salonga ega bo’ladi. Ishlab chiqarish 2027-yilda boshlanishi va'da qilinmoqda — bu Dreame avtomobillar liniyasida Bugatti Chironga o’xshash «dunyodagi eng tez» sportkaridan keyin ikkinchi bo’ladi. 📟 DigiTech

CityPay — O'zbekistonda litsenziyalangan kripto-depozitariysi va kripto-do'koni! O‘zbekiston rezidentlariga kripto tranzaksiy
CityPay — O'zbekistonda litsenziyalangan kripto-depozitariysi va kripto-do'koni! O‘zbekiston rezidentlariga kripto tranzaksiyalarini faqat litsenziyalangan platformalar orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi. 2025 yil fevral oyida CityPay istiqbolli loyihalar milliy agentligidan (ILMA) ikkita litsenziya oldi. CityPay tizimi Paynet ilovasida joriy etilgan. Hozirda siz kripto-aktivlarni saqlashingiz, o’tkazishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Tez orada to'liq funksiyalardan foydalanish imkoni paydo bo’ladi. CityPay Bitcoin, Litecoin, Toncoin, USDT va Tether Gold bilan tranzaktsiyalar qilish imkonini yaratdi. Kripto-hamyonni ochish uchun Paynet ilovasida “Xizmatlar” bo’limini tanlang. Batafsil ma'lumot uchun: TG: @CityPayUz IG: @citypay_uz 🌐 citypay.uz 📩 uzsupport@citypay.io Reklama

🌓 Insonlarning Oyga 50 yil ichida birinchi parvozi 2026-yil 5-fevralda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda — NASA sanani e
+2
🌓 Insonlarning Oyga 50 yil ichida birinchi parvozi 2026-yil 5-fevralda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda — NASA sanani e’lon qildi. 10 kunlik missiyada to‘rtta astronavt «Orion» kosmik kemasida tabiiy yo’ldosh atrofida aylanib, Yerga qaytishadi. Agar uchishga tayyorgarlikka o’z vaqtida ulgurishmasa, fevral, mart va aprel oylarida parvoz uchun yana bir necha kun ajratilgan. Parvoz muvaffaqiyatli o’tsa, keyingi qadam odamlarni Oy yuzasiga tushirish bo’ladi — ushbu parvozlar 2027-yilda SpaceX Starship'da bo’lishi rejalashtirilgan, ammo raketaning uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan sinovlari tufayli bu ham kechiktirilishi mumkin. 📟 DigiTech

📱Xitoyda Xiaomi 17 seriyasi flagmanlari namoyish etildi. Barchasi yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo’ldi, P
+3
📱Xitoyda Xiaomi 17 seriyasi flagmanlari namoyish etildi. Barchasi yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo’ldi, Pro modellarida esa qo’shimcha orqa displey ham mavjud. Bazaviy Xiaomi 17 da 6,3 dyuymli 120 hz chastotali OLED ekran, 16 Gb/512 Gb gacha xotira, 100 Vt'lik zaryadlash qurilmasi, 7 000 mA/soatlik batareya va 2,6 marta kattalashtira oladigan uchta 50 megapikselli kamera mavjud. Narxi $630 dollardan boshlanadi. Xiaomi 17 Pro'da ham 6,3 dyuymli ekran, ammo kichikroq 6300 mA/soatlik batareya mavjud. Uning kamerasi yaxshiroq, 5X kattalashtira oladi, xotirasi esa 1 TB gacha. Narxi 700 dollardan boshlanadi. Eng top Xiaomi 17 Pro Max, Pro modelidan 6,9 dyuymli ekran va 7500 mA/soatlik akkumulyatori bilan farq qiladi. Narxi 840 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🚀 AI Journey Contest 2025: Брось вызов задачам уровня профи в мире ИИ! Участвуй в международном онлайн-соревновании по ИИ и
🚀 AI Journey Contest 2025: Брось вызов задачам уровня профи в мире ИИ! Участвуй в международном онлайн-соревновании по ИИ и получи возможность побороться за денежный приз! Призовой фонд — 6,5 млн рублей! Выбери свой трек: 🤖 Agent-as-Judge — универсальный «судья», способный оценивать ИИ-тексты. 🧠 Human-centered AI Assistant — персонализированный ассистент на основе GigaChat, имитирующий поведение людей и способный предугадать их предпочтения. Бонус: Участникам предоставляются токены для API + возможность получить дополнительно 1 млн токенов! 💾 GigaMemory — механизм долговременной памяти для LLM, помогающий ассистенту запоминать и использовать важные факты в диалоге. Не упусти возможность не только прокачать свои скилы, получить заветную строчку в резюме и выиграть солидный приз, но и заявить о себе на AI Journey - главной международной конференции по ИИ! ➡️ Соревнование проходит до 30 октября. Регистрируйся и участвуй по ссылке: https://shorturl.at/2nY2K Reklama

⌨️ Logitech faqat yorug'lik bilan quvvatlanadigan klaviaturani chiqardi — unda USB port va hattoki batareyalar sloti ham yo’q
+3
⌨️ Logitech faqat yorug'lik bilan quvvatlanadigan klaviaturani chiqardi — unda USB port va hattoki batareyalar sloti ham yo’q. Yangi K980 quyosh nuridan va oddiy lampochkalardan quvvat oladi. O’rnatilgan batareya kamida 10 yil xizmat qilishiga va'da berishmoqda, bitta to’liq zaryadi esa to’liq qorong'ulikda to’rt oy foydalanishga yetadi. Narxi — 100 dollardan. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar elektromobil yonishni boshlasa akkumulyatorlarni yonga chiqarib yuboradigan texnologiyani ishlab chiqishdi. G'oya shundan iboratki, agar mashina jiddiy baxtsiz hodisaga uchrasa va yonib ketsa, batareyalar (ularni o’chishi juda qiyin) juda tez otilib chiqib, xavfsiz zonaga uloqtiriladi. Uning qachon ommaviy ishlab chiqarilishi hozircha noma'lum — prototiplar hozirda sinovdan o’tkazilmoqda va birinchi bo’lib, uchib chiqayotgan batareya tasodifan birovni shikastlamasligini ta'minlash uchun xavfsizlik muammosini hal qilish kerak. 📟 DigiTech

Alisa endi o‘zbek tilida ✨🤖 Yandex Uzbekistan Alisaning o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlovchi AI-yordamchi versiyasini joriy qi
Alisa endi o‘zbek tilida ✨🤖 Yandex Uzbekistan Alisaning o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlovchi AI-yordamchi versiyasini joriy qildi. Endi foydalanuvchilar u bilan ham rus, ham o‘zbek tilida muloqot qilishlari mumkin, Alisa so‘rovga qarab tilni avtomatik tanlaydi. Texnologiya katta tilli modelga asoslangan bo‘lib, unda minglab matnlar va audiozapislardan foydalanilgan. Uning ta’lim jarayonida muharrirlar va filologlar, shuningdek O‘zbekistonning 13 ta hududidan foydalanuvchilar ishtirok etgan. Yandex Uzbekistan jamoasi Alisaning o‘zbek tilidagi jihatlarini yanada takomillashtirish ustida faol ish olib bormoqda. Alisa turli mavzularda suhbat qurish, eslatmalar o‘rnatish, taymerlar qo‘yish, aqlli uyni boshqarish, musiqa qo‘yish, bolalar uchun ertaklar aytish xususiyatlariga ega. ⚙️ Funksiyani yoqish uchun: «Dom s Alisoy» ilovasini oching → «Virtualniy assistent» → «Yazik assistenta» → «O‘zbekcha + Russkiy» rejimini faollashtiring. O‘zbek tilini qo‘llab quvvatlash millionlab aholi uchun raqamli xizmatlarni yanada qo‘llash imkonini oshiradi va texnologiyalarning til to‘sig‘ini kamaytiradi

🚘 Katta kiberhujum tufayli Jaguar Land Rover deyarli bir oydan beri ishlab chiqarishni qayta ishga tushira olmayapti, kompan
🚘 Katta kiberhujum tufayli Jaguar Land Rover deyarli bir oydan beri ishlab chiqarishni qayta ishga tushira olmayapti, kompaniya buning ortidan allaqachon kamida 270 million dollar zarar ko’rdi. Xakerlik hujumi oy boshida sodir bo’lgan edi, lekin uning masshtabi endigina aniq bo’ldi: dastlab muammolarni bartaraf etib ishni 24-sentyabrgacha qayta ishga tushirish rejalashtirilgan edi, ammo hozir muddat 1 oktyabrga ko’chirildi (bu ham hali aniq emas). Bundan tashqari, bu nafaqat Buyuk Britaniya, balki Slovakiya, Braziliya va Hindistondagi zavodlarga ham ta'sir ko'rsatdi, shuningdek, yuzlab yetkazib beruvchilarga zarar yetkazdi, shu sabab avtogigantning haftalik yo’qotishlari 68 million dollarga baholanmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Amerikalik ayol ChatGPT yordamida lotereyada 150 000 dollar yutib oldi. Neyron tarmoq tasodifiy tarzda g’olib kombinatsiyan
⚡️Amerikalik ayol ChatGPT yordamida lotereyada 150 000 dollar yutib oldi. Neyron tarmoq tasodifiy tarzda g’olib kombinatsiyani topib qo’ydi. O’yindan oldin o’yinchilar beshta raqamni tanlashlari kerak edi. Lotereya mashinasi raqamlar yozilgan to’plarni tasodifiy ravishda chiqarib bergan — o’xshashlik qancha ko’p bo’lsa, sovrin shunchalik katta bo’lgan. ChatGPT beshta raqamdan to’rttasini to’g'ri tanlab bergan. 📟 DigiTech