uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 51 891 підписників, посідаючи 2 558 місце в категорії Технології та додатки та 1 425 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 51 891 підписників.

За останніми даними від 02 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 847, а за останні 24 години на -200, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.08%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.66% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 041 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 182 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 122.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 03 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

51 891
Підписники
-20024 години
-1 6077 днів
-2 84730 день
Архів дописів
🖼️ CapCut rasmlar generatsiya qiluvchi eng kuchli Seedream 3.0 neyrotarmog’ini chiqardi. Undan foydalanish bepul. U Artificial Analysis Arena reytingida birinchi o’rinni egallab GPT-4o va Midjourney v6.1 dan ham o’zib ketdi. Neyrotarmoq realistik tasvirlarni bir necha soniyada yaratadi, ularni haqiqiy suratdan ajratib bo’lmaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Undan foydalanish uchun AQSh VPN kerak bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Nihoyat! Gmail'da barcha keraksiz xatlarga obunani bekor qilish tugmasi qo’shildi. Chapdagi menyuda «Obunalarni boshqarish»
⚡️Nihoyat! Gmail'da barcha keraksiz xatlarga obunani bekor qilish tugmasi qo’shildi. Chapdagi menyuda «Obunalarni boshqarish» bo’limi paydo bo’ldi. Obunani bekor qilish uchun u bo’limga o’tib, keraksiz xatlarni tanlash va yonidagi belgini bosib tasdiqlash kerak. Ushbu funksiya hozircha faqat Android'lar uchun mavjud. Lekin tez orada iOS va veb-versiyaga ham qo’shiladi. 📟 DigiTech

🐬 Google delfinlarni tushunadigan DolphinGemma neyron tarmog’ini yaratdi. Wild Dolphin Project tadqiqotchilari 1985-yildan b
🐬 Google delfinlarni tushunadigan DolphinGemma neyron tarmog’ini yaratdi. Wild Dolphin Project tadqiqotchilari 1985-yildan beri delfinlar tovushlarini o’rganib kelishmoqda. Muayyan tovush nimani anglatishini tushunish uchun avval o‘nlab yillar kerak bo’lardi. Ushbu jarayonni tezlashtirish uchun Google va Jorjiya Texnologiya instituti maxsus neyron tarmoqni yaratishdi. Dastur delfinlar suhbatining audioyozuvlarini tahlil qiladi. Neyrotarmoq tovush patternlari ketma-ketligini aniqlab, ularni birlashtirganidan so’ng, u nafaqat delfinlarning nutqini tushunishga, balki ular bilan muloqot qilishga ham yordam berishi kerak. 📟 DigiTech

📲 Instagram mutlaqo bepul bo’lgan Edits nomli videolarni tahrirlash dasturini chiqardi — u allaqachon App Store va Google Pl
📲 Instagram mutlaqo bepul bo’lgan Edits nomli videolarni tahrirlash dasturini chiqardi — u allaqachon App Store va Google Play'da mavjud. — Ilova akkauntingiz bilan sinxronlashtiriladi va barcha statistik ma’lumotlarni ko’rsatadi; — Videolarni 4K sifatda tahrirlash mumkin; — Suv belgilari yo’q; — Undagi neyron tarmoqlar yordamida tovushdagi shovqinni tozalab, fonni almashtirish mumkin; — Barcha funksiyalardan foydalanish bepul. 📟 DigiTech

⚡️Har qanday videoni istalgan tilda to’liq tarjimasi bilan ko’rish imkoniyati: yaqin kelajakda YouTube'ni nimalar kutmoqda? K
⚡️Har qanday videoni istalgan tilda to’liq tarjimasi bilan ko’rish imkoniyati: yaqin kelajakda YouTube'ni nimalar kutmoqda? Kelgusi besh yil ichida YouTube'dagi barcha videolar barcha tillarda sintetik dublyajga ega bo’ladi, bu haqda videoxosting vitse-prezidenti Amjad Hanif xabar berdi. Shuningdek, kompaniya tomoshabin noqulaylikni his qilmasligi uchun sun’iy intellekt yordamida videolardagi odamlar lablari harakatlarini tarjimaga moslashni ham rejalashtirmoqda. 📟 DigiTech

🚘Yaponiyalik yigit 10 yil davomida pul yig’ib Ferrari sotib oldi, lekin uni yetkazib berishganidan bir soat o’tgach avtomobil yonib ketdi. Xonkon ismli yigit nihoyat orzusiga erishgan edi: u Ferrari 458 sotib oldi, to’g’ri ko’rgazma zalidan haydab chiqib ketdi va bir soatdan keyin avtomobil o’z-o’zidan yonishni boshladi. Hechqanday avariyasiz — shunchaki yo’lda o’z-o’zidan yonishni boshladi. O’t o’chiruvchilar kelgunicha Ferrari to’liq yonib bo’lgandi, superkar yigitni ko’z-o’ngida kulga aylandi. Hozirda sug’urtachilar yong’in sababini izlashmoqda, yigit hech bo’lmaganda sug’urta yo’qotilgan mablag’ning qanchadir qismini qoplab berishiga umid qilmoqda. Hayotda shunday voqealar ham bo’lib turadi. 📟 DigiTech

🚌 Mercedes kompaniyasi kelajakdagi V modellari uchun asos bo’ladigan Vision V futuristik minivenini ko’rsatdi. Ichki saloni
+4
🚌 Mercedes kompaniyasi kelajakdagi V modellari uchun asos bo’ladigan Vision V futuristik minivenini ko’rsatdi. Ichki saloni charm, yog’och va ipakdan yasalgan, shuningdek, yig’iladigan 65 dyuymli displey mavjud. Bundan tashqari, ma’lumot derazalarga ham proyektsiya qilinadi. U birinchi navbatda Xitoy bozori uchun yaratilgan, lekin hozircha bu faqat prototip — ommaviy versiyasini 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️ChatGPT yigitga belning uzoq muddatli og’rig’idan xalos bo’lishga yordam berdi — bundan avval birorta ham fizioterapevt ung
⚡️ChatGPT yigitga belning uzoq muddatli og’rig’idan xalos bo’lishga yordam berdi — bundan avval birorta ham fizioterapevt unga 10 yil davomida yordam bera olmagan. Shifokorlar og’riq manbasini aniqlay olishmagan, mashhur belni mustahkamlash dasturlaridagi mashqlar esa yordam bermagan. Shundan so’ng, yigit ChatGPT'ga kasallik tarixini va belini mustahkamlash uchun qanday mashqlar qilganini ko’rsatdi. Chatbot unga og’riq sababini batafsil tushuntirib berdi va mashg’ulotlar jadvalini tuzdi. Bir necha haftadan so’ng, muammolar yo’qoldi va yigit faol hayot tarziga qaytdi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Bir IT mutaxassis 12 yil davomida sun’iy intellektlar ishlab chiquvchi eng gigant IT-kompaniyalarda ishlab ko’rdi: Goog
👨‍💻 Bir IT mutaxassis 12 yil davomida sun’iy intellektlar ishlab chiquvchi eng gigant IT-kompaniyalarda ishlab ko’rdi: Google, OpenAI, xAI, DeepSeek va boshqalar. U dunyodagi eng tajribali sun’iy intellekt muhandislaridan biriga aylandi, lekin yaqinda barchasini tashlab,... g’ozlar fermasiga ketdi. Nihoyat hayotda baxtini topdi :) 📟 DigiTech

⚡️Kaliforniyalik olimlar ko’rish deyarli imkonsiz bo’lgan mutlaqo yangi rangni kashf qilishdi. Yangi rang «olo» deb nomlandi:
+1
⚡️Kaliforniyalik olimlar ko’rish deyarli imkonsiz bo’lgan mutlaqo yangi rangni kashf qilishdi. Yangi rang «olo» deb nomlandi: u ko’k-yashil rangga o’xshaydi va faqat ko’z to’r pardasining alohida hujayralari lazer bilan stimulyatsiya qilinganida ko’rinadi. Uni ekran orqali ko’rsatishning iloji yo’q, bunday texnologiya hozircha mavjud emas. Yuqoridagi rasmda uning faqat taxminiy vizualizatsiyasi ko’rsatilgan, kashfiyotning o’zi esa daltonizm va ko’z kasalliklarining sabablarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng tezkor xotirali chipni yaratishdi — PoX chipi flesh-xotiradan 10,000 marta tezroq, faol sovutishn
⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng tezkor xotirali chipni yaratishdi — PoX chipi flesh-xotiradan 10,000 marta tezroq, faol sovutishni talab qilmaydi va deyarli energiya sarflamaydi. Bunday chipli gadjetlar bir zumda yoqiladi. Chipda ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri qayta ishlanadi, bu esa qizimaydigan, juda tez ishlovchi noutbuklar va smartfonlar uchun yo’l ochadi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda birinchi 10G internet tarmog’i ishga tushdi. Foydalanuvchilar kontentni soniyasiga 10 GIGABIT gacha tezlikda yuklab
⚡️Xitoyda birinchi 10G internet tarmog’i ishga tushdi. Foydalanuvchilar kontentni soniyasiga 10 GIGABIT gacha tezlikda yuklab olishlari mumkin, ping esa atigi 3 ms. Bunday internet yordamida 2 soatlik 8K formatdagi filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin. Hozircha bunday tezlikni o’tkazadigan optik tolalar faqat Pekin yaqinidagi Syunyan hududida yotqizildi, lekin kelajakda hududni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Dunyoda hali 5G hali to’liq ishga tushgani yo’q, buyoqda Xitoyliklar 10G ga sakrab o’tib ketishdi :) 📟 DigiTech

+1
⚡️Google yaqin kelajakda odamlar uchun deyarli ikkinchi miyaga aylanadigan texnologiyani namoyish etdi. Neyron tarmoqlarning AR ko’zoynaklar bilan integratsiyalashuvi tufayli ular muhim tafsilotlarni eslab qolishlari va murakkab narsalarni osonlashtirib tushuntirishlari mumkin bo’ladi. Misol uchun, namoyish paytida ko’zoynak kitobdagi grafikni tushunishga yordam berdi va yo’qolgan kalitning qayerdaligini «eslatib yubordi». 📟 DigiTech

🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, orbitadagi kosmik chiqindilar miqdori 6600 tonnadan oshdi. Ayni paytda Yer atrofida bir santimetrdan kattaroq 1,2 milliondan ortiq obyekt va 100 milliondan ortiq mayda chiqindilar mavjud, 550 km balandlikda esa faol sun’iy yo’ldoshlar soniga teng bo’lgan chiqindilar yig’ilgan. Muammoni hal qilishni boshlash uchun Yaponiya va Yevropa 2030-yilgacha chiqindilarni tozalovchi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 Bir necha soniyada har qanday taqdimotni yaratib beradigan Gamma neyrotarmog’ining yangilanishi chiqdi — Gamma 2.0. Endi slaydlardagi rasmlarni tahrirlashingiz yoki yangilarini generatsiya qilishingiz, bir zumda ishlaydigan veb-saytlar yaratishingiz va taqdimotlarni 60 ta tilga tarjima qilishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Xiaomi sensorlar orqali xonadagi odamlarni aniqlaydigan va havo oqimini ular tomon yo’naltiradigan konditsionerni chiqardi.
+2
⚡️Xiaomi sensorlar orqali xonadagi odamlarni aniqlaydigan va havo oqimini ular tomon yo’naltiradigan konditsionerni chiqardi. Mijia Air Conditioner Pro -35°C dan 65°C gacha bo’lgan ekstremal haroratlarda ishlay oladi va agar xonada hech kim yo’q bo’lsa, energiyani tejash uchun avtomatik ravishda sekinlashadi. Xitoyda narxi — 550 dollar. 📟 DigiTech

📲 Dangasalikni yengamiz: Reddit'dagi yigit 10 ming qadam yurmaguningizcha smartfoningizdagi ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlarga
📲 Dangasalikni yengamiz: Reddit'dagi yigit 10 ming qadam yurmaguningizcha smartfoningizdagi ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlarga kirishni taqiqlab qo’yuvchi ilovani chiqardi. Qaysi ilovalar qulflanishi va harakatlarni (yugurish, qadamlar, kaloriyalar) to’liq o’zingizga moslashingiz mumkin. Lekin ilova hozircha faqat iOS uchun mavjud. 👉 Ilovani yuklash uchun havola. 📟 DigiTech

🎥 Videolarni montaj qiluvchi dunyodagi birinchi neyrotarmoq chiqdi — Ponder AI videolarni promptlarda ko’rsatilgan syujet bo’yicha tahrirlaydi. Videoning istalgan qismini belgilab, xohlagancha tahrirlash mumkin. • Kontekstni yaxshi tushunadi va video uchun senariy tuzadi. • Eng yaxshi parchalarni kesib, ularni kerakli ketma-ketlikda joylashtiradi. • Tasvirlar va tovushlarni ham tahrirlaydi. • SI hatto sizning montaj uslubingizga moslasha oladi va eng yaxshi natijani olish uchun maslahatlar beradi. • Asosiysi undan foydalanish bepul. 👉 Kutish ro’yxatiga qo’shilish uchun havola. 📟 DigiTech

👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmo
👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin: ✅ O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari, ✅ O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari. Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Tanlov formati: ✅ Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat. ✅Til: inglizcha. ✅ Ishtirok: bepul. ✅ Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar. Nega ishtirok etish kerak? ✅ O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng. ✅ Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi. ✅ Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.
📲Ishtirok etish uchun 18 aprel 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⚡️Olimlar boshqa sayyorada hayot belgilarini topishdi — K2-18b Yerdan 124 yorug’lik yili uzoqligida joylashgan. Kembrij oliml
⚡️Olimlar boshqa sayyorada hayot belgilarini topishdi — K2-18b Yerdan 124 yorug’lik yili uzoqligida joylashgan. Kembrij olimlari Jeyms Uebb teleskopidan olingan ma’lumotlar asosida uning atmosferasida dimetil sulfid va dimetil disulfid molekulalarini topishdi. Gap shundaki, ular faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi va K2-18b da bu molekulalarning miqdori juda ko’p. Olimlarning ta’kidlashicha, sayyorada tirik organizmlarning mavjudligi ehtimoli 99,7% ni tashkil etadi. Ilon Mask: Mars otmen K2-18b ga uchamiz :) 📟 DigiTech