uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 53 272 підписників, посідаючи 2 488 місце в категорії Технології та додатки та 1 371 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 53 272 підписників.

За останніми даними від 26 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 768, а за останні 24 години на -288, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.99%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.67% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 325 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 958 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 125.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 27 червня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

53 272
Підписники
-28824 години
-3 2697 днів
+76830 день
Архів дописів
+2
🎥 «Interstellar» filmidagi boshqa sayyoralarga parvozlar «jonli» suratga olingan: dinamika va turbulentlikni realistik tasvirlash uchun IMAX kamerasini samolyotning uchiga mahkamlab, bir safar hatto bo‘ron paytida ham parvoz qilishgan. Kristofer Nolan jonli effektlarning ashaddiy muxlisi bo‘lib, imkon boricha kompyuter grafikasidan foydalanmaslikka harakat qiladi. Aytgancha, filmdagi makkajo‘xori dalasi ham haqiqiy bo‘lgan: suratga olish ishlari uchun maxsus 200 gektar yerga makkajo‘xori ekilib, keyin hosili sotilgan va bundan «mo‘maygina daromad qilingan». «Oppengeymer»dagi yadro bombasining portlashi ham — haqiqiy pirotexnika yordamida amalga oshirilgan. 📟 DigiTech

📲 Honor har qanday tomonga aylana oladigan va kadrda qolishi uchun tanlangan obyektlarni kuzata oladigan harakatlanuvchi rob
+3
📲 Honor har qanday tomonga aylana oladigan va kadrda qolishi uchun tanlangan obyektlarni kuzata oladigan harakatlanuvchi robokamerali smartfonni ko’rsatdi. Robot Phone kinolardagidek stabilizatsiyani ta’minlovchi 4 o‘qli mexanizmga ega 200 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Texnik xususiyatlari va narxi hozircha noma’lum, taqdimot esa yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Shuningdek, kompaniyaning gumanoid roboti ham ko’rsatildi. U nima uchun kerakligini tushuntirishmadi, lekin yaxshi harakatlanar ekan. 📟 DigiTech

+3
📲 Telegram ilovasi yangilandi. Nimalar qo’shildi:
– Shaxsiy yozishmalardagi xabar va medialarni boshqalarga yuborishni taqiqlash; – Yuborish paytida istalgan suratning fonini va ortiqcha obyektlarini o‘chirib, uni stikerga aylantirish mumkin; – Endi chatlarda ismingiz yoniga o‘zingiz haqingizda qisqacha tavsif qo‘shishingiz mumkin; – Istalgan xabardagi sana va vaqtni eslatmaga aylantirib, o‘z kalendaringizga qo‘shib qo‘yish mumkin; – GIF va stikerlar muharriri paydo bo‘ldi, endi giflarni yuborish paytida matn yozsa bo‘ladi.
Yangilanish allaqachon barcha qurilmalar uchun mavjud. 📟 DigiTech

🧠 Avstraliyadagi startap inson miya hujayralarini kompyuterga joylab, unga DOOM o‘ynatdi. Hozircha biologik sun’iy intellekt yangi boshlovchi darajasida o’ynamoqda, biroq uning mahorati asta-sekin oshib boryapti. Aslida esa bu qurilma neyron tarmoqlarni «samaraliroq» o‘qitish uchun yaratilgan va hozirda 35 000 dollardan sotilmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 Apple yangi arzon MacBook'ning imkoniyatlarini maksimal darajada cheklaydi — insayderlar bo‘lajak yangi qurilmaning bir
👨‍💻 Apple yangi arzon MacBook'ning imkoniyatlarini maksimal darajada cheklaydi — insayderlar bo‘lajak yangi qurilmaning birdaniga 8 ta cheklovini oshkor qilishdi. Eng achinarlisi shundaki, noutbuk klaviatura yoritgichi va tezkor quvvatlash funksiyasidan mahrum bo‘ladi. Ekran odatdagidan xiraroq (500 nitdan kam) va True Tone texnologiyasiz bo‘lishi, SSD esa eski modellarga qaraganda sekinroq ishlashi kutilmoqda. Xotira konfiguratsiyasiga kelsak, faqat 256 va 512 GB hajmli bazaviy versiyalar kutilmoqda — 1 va 2 TB hajmli variantlari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Apple ayrim quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi va o‘zining maxsus xavfsizlik chipini o‘rnatmaydi. Kutilayotgan narxi — 599 dollardan. Taqdimot 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi. 📟 DigiTech

⚡️Twitter asoschisi Jek Dorsi o‘zining Block kompaniyasi xodimlarining yarmini bir kunda ishdan bo‘shatdi. Ularning vazifalar
+1
⚡️Twitter asoschisi Jek Dorsi o‘zining Block kompaniyasi xodimlarining yarmini bir kunda ishdan bo‘shatdi. Ularning vazifalari sun’iy intellektga topshiriladi. 10 ming xodimdan 4 ming nafari bo’shatildi. Shu bilan birga, kompaniyaning ishlari juda yaxshi ketmoqda. Dorsi shunchaki shtatni kengaytirishni to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu bayonotdan so‘ng Block aksiyalari darhol 23 foizga ko‘tarilib, kompaniya qiymati qariyb 6 milliard dollarga oshdi. 📟 DigiTech

+1
📱Foydalanuvchilar yangi Samsung Galaxy S26 Ultra'dagi stabilizatsiya qanday ishlashidan hayratda: telefonni qanchalik aylantirib, qimirlatmang, boshlang‘ich kadr saqlanib qoladi va video baribir ravon chiqadi. 📟 DigiTech

⚡️«Asr kelishuvi» Netflix'ning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmadi: striming xizmati Paramount'dan yaxshiroq taklif bera olmadi va Wa
⚡️«Asr kelishuvi» Netflix'ning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmadi: striming xizmati Paramount'dan yaxshiroq taklif bera olmadi va Warner Bros. Discovery'ni sotib olish fikridan qaytdi. Amerika media guruhi butun studiyani 108 mlrd dollarga sotib olishga tayyor, Netflix esa WB'ning faqat bir qismini va uning asosiy franshizalarini 82,7 mlrd dollarga olmoqchi edi. Agar kelishuv tasdiqlansa, Paramount barcha HBO servislarini, DC kinoolami, «Garri Potter», «Uzuklar hukmdori» va boshqa ko‘plab loyihalarga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritadi. Paramount'da buncha pul qayerdan desangiz, shunchaki Paramount rahbarining dadasi sayyoradagi eng boy odamlardan biri Larri Ellison (Oracle) bo’ladi :) 📟 DigiTech

🚘 Ford elektr Mustang'ning standart komplektatsiyasidan old bagajni olib tashladi — endi u uchun alohida to‘lov qilish kerak
+2
🚘 Ford elektr Mustang'ning standart komplektatsiyasidan old bagajni olib tashladi — endi u uchun alohida to‘lov qilish kerak bo’ladi. Eng qizig‘i, kapot ostidagi joy har qanday holatda ham bo‘sh qoladi, biroq qo‘shimcha to‘lovsiz u yerda qoplama bo‘lmaydi. Bu qaror «bagajdan deyarli hech kim foydalanmasligi» bilan izohlandi — yangi modellarda uning uchun qo‘shimcha 495 dollar so‘ralmoqda. 📟 DigiTech

🚇 Subway Surfers 2 chiqdi — afsonaviy o‘yinning davomini allaqachon smartfonlarga yuklab olish mumkin. Subway Surfers City'd
+2
🚇 Subway Surfers 2 chiqdi — afsonaviy o‘yinning davomini allaqachon smartfonlarga yuklab olish mumkin. Subway Surfers City'da katta shaharning turli hududlari bo‘ylab yugurishingiz mumkin. Boshlanishida to‘rtta lokatsiya va uchta o‘yin rejimi mavjud. App Store yoki Google Play'dan yuklab olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

+2
📱Samsung begona nazarlardan himoya qilish uchun ma’lum burchak ostida xiralashadigan ekranli Galaxy S26 Ultra'ni namoyish etdi. Shuningdek, flagman stilusni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini saqlab qolgan, (mintaqaga qarab) Snapdragon 8 Elite Gen 5 yoki Exynos 2600 chipi, 1 TB gacha xotira va biroz takomillashtirilgan kameralar bilan jihozlangan. AQShda narxi 1300 dollardan boshlanadi, O’zbekistonda ham taxminan shu narxda. S26 va S26+ modellari ham yangi chiplarni olishdi, biroq ularning displeylari Privacy Display funksiyasiga ega emas. Narxlari 900 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

✍️ Bir yigit ChatGPT'ga mebellar o‘lchami ko‘rsatilgan xona chizmasini yuklab, javon va karavotni qayerga qo‘yish mumkinligin
✍️ Bir yigit ChatGPT'ga mebellar o‘lchami ko‘rsatilgan xona chizmasini yuklab, javon va karavotni qayerga qo‘yish mumkinligini so‘rabdi. Natijani suratda ko’rishingiz mumkin :) 📟 DigiTech

⚡️Apple 5 yil ichida ilk bor MacBook Pro dizaynini o‘zgartiradi: «qosh» o‘rniga Dynamic Island paydo bo‘ladi. Bu haqda Mark G
⚡️Apple 5 yil ichida ilk bor MacBook Pro dizaynini o‘zgartiradi: «qosh» o‘rniga Dynamic Island paydo bo‘ladi. Bu haqda Mark Gurman xabar berdi. Yangi MacBook Pro‘da iPad'dagidek imo-ishora bilan boshqarish mumkin bo’lgan sensorli ekran bo‘ladi, shunindek, tezkor skroll qilish va boshqa funksiyalar ham. Qurilma kuzda chiqishi kutilmoqda. Mart oyidagi taqdimotda katta ehtimol bilan MacBook Pro ko‘rsatilmaydi. 📟 DigiTech

🚘 BMW, Mercedes va Volkswagen 2030-yilgacha «omon qolmasligi» mumkin — Jahon iqtisodiyoti instituti rahbari Morits Shularikn
🚘 BMW, Mercedes va Volkswagen 2030-yilgacha «omon qolmasligi» mumkin — Jahon iqtisodiyoti instituti rahbari Morits Shularikning ta’kidlashicha, «nemis uchligi»halokatga mahkum.
— Avtomobilsozlik o‘z tarixidagi eng katta o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda: avtomobillar g‘ildirakli kompyuterlarga aylandi, an’anaviy avtokonsernlar esa bu o‘zgarishlarga ulgurmayapti; — Xitoy bozorni arzon elektromobillar bilan to‘ldirib tashladi, Yevropa nazorat organlari esa boshqa tomondan «bo‘g‘moqda»; — Boz ustiga, yangi raqobatchilar «nemis uchligi» singari boy meros va ko’plab muxlislarga ega emas, shu bois o‘zgarishlarga osonroq moslashishmoqda; — Hozirda har uchala kompaniya ham byudjetlarni qisqartirib, ishchilarni ommaviy ravishda bo‘shatmoqda va hatto zavodlarini yopmoqda.
Iqtisodchi fikricha, 2030-yilga kelib bu brendlar butunlay yo‘qolib ketmaydi, biroq ancha epchil konsernlar tomonidan yutib yuboriladi va o‘zligini yo‘qotadi. 📟 DigiTech

Samarqandda yopiq biznes-kechki ovqat | 26-mart soat 19:00 da 2026-yilda IT-infratuzilmani samarali boshqarish 🔹 Servercore
Samarqandda yopiq biznes-kechki ovqat | 26-mart soat 19:00 da 2026-yilda IT-infratuzilmani samarali boshqarish 🔹 Servercore IT-infratuzilma provayderi o'z tadbirlari geografiyasini kengaytirmoqda va Samarqandga ilk bor tashrif buyurmoqda! Kompaniya dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi. Provayder ekspertlari O'zbekistondagi kompaniyalar IT-infratuzilmani qanday qilib samarali boshqarishi va xarajatlarni optimallashtirishi mumkinligi haqida so'zlab berishadi. ➡️ Havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://srv.cr/vt80i Ishtirokchilar quyidagi mavzularni muhokama qilishlari mumkin: ▪️ O'zbekistondagi mahalliy kompaniyalarning amaliy tajribasi va keyslari ▪️ FinOps amaliyotlari va infratuzilma xarajatlarini optimallashtirish ▪️ Axborot xavfsizligi masalalari ▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlar imkoniyatlari Rasmiy qismdan so'ng — IT-netvorking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda suhbatlashish, tajriba almashish va mazali kechki ovqat. ⚠️ Oldindan ro'yxatdan o'tishni unutmang, joylar soni cheklangan. Tadbir o'tkaziladigan aniq manzil arizangiz tasdiqlanganidan so'ng menejer tomonidan yuboriladi. Reklama

💿 Xotira bozoridagi vaziyat: Reddit foydalanuvchisiga qattiq disklarni Buyuk Britaniyadan xarid qilgandan ko‘ra AQShga uchib
💿 Xotira bozoridagi vaziyat: Reddit foydalanuvchisiga qattiq disklarni Buyuk Britaniyadan xarid qilgandan ko‘ra AQShga uchib borib olish arzonroqqa tushdi. Yigitga 28 TB sig‘imli o‘nta HDD kerak bo‘lgan. Britaniya do‘konlarida ular 760 dollardan, AQShda esa 400 dollardan sotiladi. Natijada u xarid uchun Nyu-Yorkka uchishga qaror qilgan. Barcha xarajatlardan so‘ng Reddit'chi 2000 dollar tejab qolgan. 📟 DigiTech

🚘 Monakodagi avtomaktabda mashina haydashni Porsche 911 Carrera sportkarida o‘rgatishmoqda. Mamlakatda sportkarlar shu qadar ommalashganki, puldor bo‘lajak haydovchilarga hamma narsani birdaniga premium mashinada ko‘rsatishga qaror qilishgan. Chunki ular avvallari haydovchilik guvohnomasini olgach, iqtibos: «o‘zlarining Lamborghini'siga o‘tirishardi va uni hayday olishmas edi». 📟 DigiTech

⚡️GTA 6 narxi deyarli 100 yevro bo‘lishi mumkin — xorijiy onlayn-do‘konlardan biri uzoq kutilgan o‘yinga shunday narx belgila
⚡️GTA 6 narxi deyarli 100 yevro bo‘lishi mumkin — xorijiy onlayn-do‘konlardan biri uzoq kutilgan o‘yinga shunday narx belgiladi. «Loaded» do’koni Xbox Series X va Series S uchun o’yin narxini 104 yevro, shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasini esa taxminan 71 yevro qilib belgilagan. O‘yin 2026-yil 19-noyabrda konsollar uchun chiqadi. 📟 DigiTech

📲 To‘q qizil rang iPhone 18 Pro'ning asosiy rangiga aylanishi mumkin. U «kosmik to’q sariq» rangining o‘rnini egallaydi. Ijt
+1
📲 To‘q qizil rang iPhone 18 Pro'ning asosiy rangiga aylanishi mumkin. U «kosmik to’q sariq» rangining o‘rnini egallaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda korpusi to’q qizil rangidagi qurilma suratlari paydo bo‘la boshladi. Boshqa yangi ranglar — qahva va binafsha rang. An’anaviy oq va ko‘k ranglar esa bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. 📟 DigiTech

Changan CS55 Plus 💥💥Мuddatli to'lov💥💥 0% yillik ustama 36 oygacha Boshlang‘ich to'lov 30% dan Shartlar boshlang‘ich to‘lo
Changan CS55 Plus 💥💥Мuddatli to'lov💥💥 0% yillik ustama 36 oygacha Boshlang‘ich to'lov 30% dan Shartlar boshlang‘ich to‘lov va tanlangan muddatga qarab farq qilishi mumkin. Siz uchun shahsiy taklif 📞 +998712088855 🌐 changan.uz Reklama