uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 54 202 підписників, посідаючи 2 410 місце в категорії Технології та додатки та 1 358 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 54 202 підписників.

За останніми даними від 11 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 879, а за останні 24 години на -753, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 23.89%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.89% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 059 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 777 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 117.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 12 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

54 202
Підписники
-75324 години
+3 0767 днів
+1 87930 день
Архів дописів
🥽 Lex Fridman Mark Sukerberg bilan podkast epizodini chiqardi, ular suhbatni turli joylarda o’tirib VR ko’zoynaklarda giperrealistik meta-olamda o’tkazishdi. Onlayn suhbatlarning kelajagi shunday bo’ladi shekilli. Sizni fikringiz qanday? 📟 DigiTech

☄️ SpaceX va NASA qiymati 10 kvintillion dollarga teng bo’lgan «Psyche» asteroidiga zond yubordi U Yerdan bir necha yuz million kilometr uzoqlikda joylashgan, shuning uchun parvoz olti yil davom etadi. Unda taxminan 10 000 000 000 000 000 000 dollarlik temir, nikel va oltin mavjud, bu butun dunyo iqtisodiyotidan ko’proq. Olimlarning fikriga ko’ra, «Psyche» qadimgi sayyora yadrosining bo’lagi bo’lishi mumkin. Missiya doirasida asteroid batafsilroq o’rganiladi. 📟 DigiTech

Adobe taqdimotida ko’rsatgan asosiy sun’iy intellekt funksiyalari haqidagi video Adobe o’z dasturlariga sun’iy intellekt funksiyalarini muntazam qo’shib kelayotgan yetakchi kompaniyalardan biri. 📟 DigiTech

🔥 Xitoydagi 5D kinoteatrda o’ta realistik yong’in effekti Bu narsa qanday ishlashi haqida ma’lumot topa olmadik. Sizni fikringiz qanday? 📟 DigiTech

+3
🏎️ «Bu haqiqiy hayotga o’xshaydi»: ijtimoiy tarmoqlarda yangi Forza Motorsport (2023) o’yini grafikasi aktiv muhokama qilinmoqda Poyga simulyatoridagi grafika shu darajada ishlanganki, o’yindagi ko’plab kadrlarni haqiqiy hayotdagi poygalar kadrlaridan ajratib bo’lmaydi. Lekin bunday grafikada o’ynash uchun kompyuter ham shunga yarasha bo’lishi kerak: Core i7-11700K + RTX 4080 yoki undan yuqori. O’yin Xbox Series S/X-da ham mavjud, ammo oddiyroq grafikada. 📟 DigiTech

💧Garvard olimlari hatto suv ostida ham namlanmaydigan material yasashdi U korroziyaga chidamli, shuning uchun uni turli sohalarda ishlatish mumkin. Buning siri maxsus titan qotishmasi tuzilishida. Unga tomchilar tekkanda namlanmaydi, agar butunlay suv ostiga tushirilsa, uning atrofida havodan iborat himoya qatlami hosil bo’ladi. 📟 DigiTech

🖼️ Storia neyron tarmog’i rasmingizdagi qiyshiq va xato matnlarni almashtirib to’g’irlab beradi Buning uchun rasmni kiritish
🖼️ Storia neyron tarmog’i rasmingizdagi qiyshiq va xato matnlarni almashtirib to’g’irlab beradi Buning uchun rasmni kiritish va sozlamalarni tanlash kifoya, shuningdek saytda rasm sifatini yaxshilash, orqa fonni o’zgartirish va o’xshash rasm generatsiya qilish funksiyalari ham mavjud. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️The Verge nashri xabar berishicha, Microsoft kompaniyasining to’lanmagan soliqlardan qariyb 29 milliard dollar qarzi bor Us
⚡️The Verge nashri xabar berishicha, Microsoft kompaniyasining to’lanmagan soliqlardan qariyb 29 milliard dollar qarzi bor Ushbu miqdor kompaniya 2004 yildan 2013 yilgacha bo’lgan davrda to’lashi kerak bo’lgan barcha jarimalar va foizlarni o’z ichiga oladi. Kompaniya soliq xizmati tomonidan xisoblangan qarz miqdori noto’g‘ri ekanligini va kompaniya 28,9 milliard dollar o’rniga bor-yo’g’i 10 milliard dollar qarzdor ekanligini ta’kidladi (bu ham aslida juda ko’p). Bitta kompaniyani soliqdan qarzi ayrim davlatlarni boyligidan ko’proq :) 📟 DigiTech

Adobe kompaniyasi taqdimoti yakunida kutilmaganda bir tugma orqali rangini o’zgartiradigan ko’ylakni namoyish etdi Project Primrose kiyim uchun aqlli material bo’lib, o’z tusini o’zgartira oladi. Bu hozircha faqat konsept bo’lsada, texnologiya allaqachon ishlamoqda va namoyishlarda odamlarni juda katta hayratga solmoqda. 📟 DigiTech

Kopiraytingdan ozroq xabaringiz bo‘lmasa — ChatGPT bilan ishingiz bitmaydi. Bugun har qanday sohada, hatto sun’iy intellekt b
Kopiraytingdan ozroq xabaringiz bo‘lmasa — ChatGPT bilan ishingiz bitmaydi. Bugun har qanday sohada, hatto sun’iy intellekt bilan prompt orqali gaplashishda ham fikrlaringizni aniq va ravon yetkazib berish qobiliyati muhim. Cannes Young Lions xalqaro festivalida butun dunyo miqyosida 5-o‘rinni olgan kreativ kopirayter Said Nazrillayevning blogida matn va vizual orqali auditoriyaga ta’sir qilishni o‘rganasiz. Har bir post muallifning 7+ yillik tajribasiga asoslangan — obuna bo‘ling. ⬇️ https://t.me/+sjXhAsYK9ExmNjc6

Adobe o’z taqdimotida yana bir yangi neyrotarmog’ini ko’rsatdi - Project Dub Dub Dub, u sizning ovozingizni saqlab qolgan holda siz aytgan so’zlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga tarjima qila oladi. U hatto ovoz toningizni ham saqlab qoladi va uni asl nusxadagi kabi takrorlaydi. Bu sun’iy intellektga vaqt o’tib sinxron tarzda tarjima qilish funksiyasi qo’shilsa hayron bo’lmayman :) 📟 DigiTech

⚡️ Endi nafaqat rasmlarni balki videolarni ham juda tez va oson tahrirlash mumkin Adobe yangi sun’iy intellekt funksiyasini namoyish etdi. Yangi Project Fast Fill generativ to’ldirish texnologiyasiga asoslangan bo’lib, oddiy matnli tavsif yordamida videodan obyektlarni tezda olib tashlash yoki fonni o’zgartirish imkonini beradi. O’zgartirishlar avtomatik ravishda butun videoga qo’llaniladi, kadrma-kadr tahrirlash shart emas. 📟 DigiTech

+3
🚜 Traktorlarda poyga Noodatiy poyga Porsche kompaniyasi tomonidan tashkil etildi, unda Formula 1 poygachilari ishtirok etishdi. Har biriga Porsche 50-yillarda ishlab chiqargan retro traktor berildi. Ular orasida poyabzalga o’xshash noyob Coffee Train P312 traktori ham bor. 📟 DigiTech

🎦 101 mamlakatdan 2880 nafar animatorlar jang sahnasini bir rakursdan chizib, so’ng hammasini bitta videoga birlashtirishdi. Natijada deyarli to’rt soat davom etadigan turli xil uslublardagi animatsiyalar aralashmasi hosil bo’ldi! Ish uchun sarflangan umumiy vaqt 22 yilga teng. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'dagi startap superkarlarni ko’chada himoya qilish uchun mo’ljallangan shishiriladigan garajlarni sotishmoqda - ajablanarlisi shundaki, garaj o’z vazifasini a’lo darajada bajarmoqda. U odamning og’irligiga ham, kalitlar, zinapoyalar va tayoqchalar bilan kuchli hujumlarga ham osonlikcha bardosh bera oladi. Narxi 500 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🚆 Xitoyda dengiz orqali o’tadigan birinchi tezyurar temir yo’l liniyasi ishga tushirildi Yangi yo’nalishlar Fuchjou va Tayvan bo’g’ozidagi Syamen port shahrini bog’laydi. Suv ustidagi yo’lning uzunligi deyarli 20 km, poyezdlar u bo’ylab 350 km/soat tezlikda harakatlanadi. 📟 DigiTech

✍️ Agar rasm chizishni bilmasangiz, Paint buni sizni o’rningizga qiladi! Microsoft unga tasvirlarni generatsiya qiluvchi DALL
+2
✍️ Agar rasm chizishni bilmasangiz, Paint buni sizni o’rningizga qiladi! Microsoft unga tasvirlarni generatsiya qiluvchi DALL-E neyron tarmog’ini uladi. Chiroyli rasm generatsiya qilish uchun unga matnli tavsifni kiritish va uchta uslubdan birini tanlash kifoya. Windows 11-da shu yilning oxirigacha paydo bo’ladi. 📟 DigiTech