uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 52 550 підписників, посідаючи 2 528 місце в категорії Технології та додатки та 1 398 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 52 550 підписників.

За останніми даними від 29 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -3 262, а за останні 24 години на -160, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.61%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.18% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 490 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 577 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 130.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 30 червня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

52 550
Підписники
-16024 години
-1 9977 днів
-3 26230 день
Архів дописів
🚘 Ferrari o’zining yangi flagman superkarini namoyish etdi: 849 Testarossa gibrid. Bu mashhur sport avtomobillari seriyasini
+3
🚘 Ferrari o’zining yangi flagman superkarini namoyish etdi: 849 Testarossa gibrid. Bu mashhur sport avtomobillari seriyasining qayta tiklangan versiyasidir. Avtomobilga uchta elektromotor va umumiy quvvati 1050 ot kuchiga ega klassik V8 o’rnatilgan, 100 km/soat tezlikka 2,3 soniyada erishadi. Maksimal tezlik 330 km/soatdan oshadi. Sotuvlar 2026-yildan boshlanadi, narxi esa 540 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

📲 AirPods'dagi sinxron tarjima funksiyasi eski quloqchinlarda ham ishlaydi — ajoyib xususiyat AirPods Pro 2 va AirPods 4 uchun ham mavjud bo’ladi. Undan foydalanish uchun iOS 26 o’rnatilgan iPhone 15 Pro yoki undan yangiroq model kerak bo’ladi. Hozircha 5 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi: ingliz, fransuz, nemis, portugal va ispan tili. O’zbek tili qo’shilishini kutamiz va til to’siqlarini unutamiz. 📟 DigiTech

⚡️Apple taqdimoti bo’lib o’tdi — yangi qurilmalar haqidagi barcha ma’lumotlarni bir postda to’pladik: AirPods 3 Pro: — Quloqc
+3
⚡️Apple taqdimoti bo’lib o’tdi — yangi qurilmalar haqidagi barcha ma’lumotlarni bir postda to’pladik: AirPods 3 Pro:
— Quloqchin endi nutqni real vaqt rejimida boshqa tillarga tarjima qilishi mumkin; — Quloqchinlar foydalanuvchi pulsini o’qishni va barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Health ilovasiga yuborishni o’rgandi; — Shovqinni kamaytirish funksiyasi oldingi avloddan 2 baravar, birinchisidan esa 4 baravar yaxshiroq ishlaydi; — Namlikdan himoya yaxshilandi — endi quloqchin bilan suzish mumkin; — Juda ham sifatli tovush — u hozirda dunyodagi eng yaxshi quloqchindir; — Narxi - $249 dollar.
Apple Watch Series 11:
— 10-avlodga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoya; — Soat bosimni o’lchashni o’rgandi; — Apple tarixidagi eng yupqa va eng aniq ishlaydigan aqlli soat; — Narxi - 250 dollardan.
iPhone 17:
— 120 hz chastotali 6,3 dyuymli ekran; — Tanlovga beshta rang mavjud; — A19 chipi — Apple tarixidagi eng yaxshisi; — Asosiy kamera 48 MP va telefoto 12 MP; — Kamera endi iPhone'ni aylantirmasdan ham vertikal, ham gorizontal suratga olishi mumkin; — 256 gigabayt xotira endi standart hisoblanadi; — iPhone 17 iPhone 16 ga qaraganda 8 soat ko’proq ishlaydi; — Narxi — 799 dollardan.
iPhone 17 Air:
— Qalinligi atigi 5,6 mm; — Bardoshli titan ramka; — To’rt xil rangda mavjud; — Eng kuchli A19 Pro protsessori — kuchliligi jihatdan deyarli MacBook'ga teng; — Bitta kamera — 48 MP, old kamerasi 18 MP.
iPhone 17 Pro va Pro Max:
— Eng kuchli A19 Pro chipi, umuman qotmaydi; — Orqa paneli va kamera blokining mutlaqo yangi dizayni; — Yangi chiroyli «Cosmic Orange» rangda mavjud; — Zarbalarga 4 baravar yaxshiroq chidamli; — Har uchala kamera ham 48 MP; — 8X yaqinlashtirish funksiyasi, Apple tarixidagi eng katta; — Kameralar juda tinniq 4K video yozishi mumkin — butun taqdimot 17 Pro'da olingan; — Bir zaryadda 39 soatgacha ishlaydigan batareya! — Shisha yo’q – faqat titan va keramika; — Pro narxi 1099 dollardan, Pro Max — 1199 dollardan boshlanadi.
Barcha yangi qurilmalar sotuvda 19-sentyabrdan mavjud bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Telepatiya reallikka aylandi: AlterEgo startapi «fikr kuchi bilan» muloqot qilish imkonini beruvchi taqiladigan gadjetni namoyish etdi. U sezilmaydigan miya mushaklari signallarini o’qiydi va ularni nutqqa aylantiradi. Qurilma aqliy ravishda miyangizda so’zlarni aytganingizda yoki lablaringizni qimirlatganingizda paydo bo’ladigan nozik nerv-mushak signallarini o’qiy oladi, so’ng neyrotarmoq ularni suhbatdoshingiz smartfoniga yuboradi. U shuningdek, o’rnatilgan kamera orqali atrofdagi narsalarni ham taniy oladi. Uning yordamida masalan, smartfoningizda eslatma yaratishingiz yoki chatbot bilan suhbatlashishingiz ham mumkin bo’ladi. Hozircha bu faqat prototip, ammo yaqin yillarda gadjetni sotuvga chiqarishga va’da berishmoqda. 📟 DigiTech

📱Apple kompaniyasining yangi iPhone va boshqa qurilmalari taqdimoti bugun soat 22:00 da bo’lib o’tadi. Jurnalistlar allaqach
📱Apple kompaniyasining yangi iPhone va boshqa qurilmalari taqdimoti bugun soat 22:00 da bo’lib o’tadi. Jurnalistlar allaqachon chiqishi kutilayotgan gadjetlarning to’liq ro’yxatini tuzib bo’lishdi:
• iPhone 17 • iPhone 17 Pro • iPhone 17 Pro Max • iPhone 17 Air • Apple Watch Series 11 • Apple Watch Ultra 3 • Apple Watch SE 3 • AirPods Pro 3
📟 DigiTech

🚘 Mercedes kompaniyasi bir metr uzunlikdagi ekran o’rnatilgan va ChatGPT, Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt yordam
+3
🚘 Mercedes kompaniyasi bir metr uzunlikdagi ekran o’rnatilgan va ChatGPT, Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt yordamchisiga ega elektromobil GLC'ni chiqardi. Unga umumiy quvvati 489 ot kuchi bo’lgan ikkita dvigatel o’rnatilgan. 100 km/soat tezlikka 4,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 713 km masofani bosib o’tadi. Sotuvlar 2026-yilning yanvaridan, narxi esa 60 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 Xaker Burger King'ni «admin» paroli bilan buzib kirdi — u to’g’ridan-to’g’ri kompaniya veb-sayti kodida saqlangan. Xake
👨‍💻 Xaker Burger King'ni «admin» paroli bilan buzib kirdi — u to’g’ridan-to’g’ri kompaniya veb-sayti kodida saqlangan. Xaker 30 mingta Burger King filiallaridan istalganida muassasalarning ichki tarmog‘iga ulanish, mijozlar buyurtmalarini ko’rish va musiqani boshqarishga muvaffaq bo‘ldi. Aytgancha, ushbu xaker bir oy oldin McDonald's bosh sahifasiga Shrekni joylagan BobDaHacker bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

🚘 Porsche kompaniyasi tarixdagi eng kuchli 911 — 701 ot kuchiga ega va 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan 2026 Tu
+3
🚘 Porsche kompaniyasi tarixdagi eng kuchli 911 — 701 ot kuchiga ega va 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan 2026 Turbo S gibridini namoyish etdi. Kupe va kabriolet 322 km/soat tezlikka erisha oladi, Nyurburgring trassasidagi burilishni boshqa Porsche'larga qaraganda 14 soniya tezroq yurib o’tadi. Kupe narxi 234 000 yevrodan, kabriolet esa 246 000 yevrodan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️72 ta foydali neyron tarmoqlar ro’yxati. Tasvir va video generatorlari, matnlar, kodlar, eslatmalar, jadvallar va hattoki l
⚡️72 ta foydali neyron tarmoqlar ro’yxati. Tasvir va video generatorlari, matnlar, kodlar, eslatmalar, jadvallar va hattoki loyihalarni boshqarish bo’yicha neyrotarmoqlar mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Uber Hindistonda taksi haydovchilariga sun’iy intellektni o’rgatish ishini taklif qildi. Endilikda haydovchilar buyurtmalar
⚡️Uber Hindistonda taksi haydovchilariga sun’iy intellektni o’rgatish ishini taklif qildi. Endilikda haydovchilar buyurtmalardan bo’sh vaqtlarida to’g’ridan-to‘g‘ri Uber ilovasida SI'ga matn va obyektlarni tanib olishni o’rgatishlari, kvitansiyalarni shifrlashlari va turli iboralarga ovoz berishlari mumkin. Vazifalarning murakkabligiga qarab, ular soatiga 20 dan 200 dollargacha olishlari mumkin, ma'lumotlar esa SI modellarini ishlab chiqish va boshqa kompaniyalarga sotish uchun ishlatiladi. 📟 DigiTech

🚘 Avtomobillar uchun «MagSafe»: Porsche dunyoda birinchi bo’lib simsiz zaryadlash funksiyasi mavjud seriyali elektromobillar
+3
🚘 Avtomobillar uchun «MagSafe»: Porsche dunyoda birinchi bo’lib simsiz zaryadlash funksiyasi mavjud seriyali elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Kichik stansiya garaj yoki to'xtash joyidagi yerga o’rnatiladi va avtomobilni pastki qismdagi energiya qabul qiluvchisi orqali zaryadlaydi. Texnologiya Porsche Cayenne 2026'da paydo bo’ladi, zaryadlash quvvati esa 11 kVt bo‘lishi va'da qilinmoqda — elektromobillar uchun oddiy (tezkor bo’lmagan) zaryadlovchi bilan deyarli bir xil. 📟 DigiTech

🤖 Dreame o’zi zinalardan chiqa oladigan tank changyutgichni namoyish etdi. Yangi Dreame Cyber ​​​​X maxsus harakatlanish platformasi bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida qurilma 25 sm balandlikdagi zinalarga chiqa oladi. O’rnatilgan datchiklar qadamlarning o’lchamlari va qiyaligini hisoblaydi. Ko’tarilganidan so’ng, changyutgich «oyoqlaridan» ajraladi va tozalashni davom ettiradi. Narxi va chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas. 📟 DigiTech

🎙️ Istalgan ovozni bepul klonlaymiz — Chatterbox Multilingual neyron tarmog‘i chiqdi. — Qisqa yozuvdan ovozni klonlay oladi; — Har qanday matnni his-tuyg'ulari bilan ovoz beradi, buning uchun maxsus sozlamalar kiritilgan; — 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi; — Asosiysi undan foydalanish bepul. Onlayn demo versiyasidan foydalanishingiz yoki GitHub'dan kompyuteringizga o’rnatib olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlar
⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlari tarkibidagi mashhur qo’shimcha miya qarishini tezlashtirishi va demensiya xavfini oshirishi aniqlandi. Olimlar sakkiz yil davomida doimiy shakarni o’rnini bosuvchi qo’shimchalar qo’shilgan mahsulotlarni iste’mol qilib kelgan 12 000 kishini kuzatishdi va natijalar dahshatli bo’lib chiqdi:
— xotira, nutq va kognitiv funksiyalar yomonlashdi; — miya 62 foizga tezroq qaridi, insult va demensiya xavfi uch barobarga ortdi; — to’yinganlik signallari buzilgan, shu sabab odamlar tez-tez ovqatlanib, vazni ortib borgan.
Mutaxassislar aspartam, saxarin, kaliy asesulfam, eritritol, ksilitol va sorbitoldan voz kechishni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

+1
🤖 Seul shahar bog’larida robot axlat qutilari paydo bo’ldi, ular o’zlari oldingizga keladi — buning uchun QR kodni skanerlash va bir necha daqiqa kutish kifoya. Botlar yomon hidli va tez to’lib ketadigan axlat qutilari bilan bog’ ko’rinishini buzmaslik uchun ishga tushirildi, bonus sifatida ular ma’muriyatga favqulodda vaziyatlar haqida xabar berib, hududni patrul qilishadi. 📟 DigiTech

🤖 Robotlarga stol tennisi o'ynash o’rgatildi — endi ular ketma-ket yuz martadan ortiq zarbalar berishi va hatto odamlar bilan bir darajada tennis o’ynashlari mumkin. Berklidagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari maxsus neyroalgoritmni ishlab chiqishdi, uning yordamida robotlar to’pning trayektoriyasini tahlil qiladi va birdaniga butun o’z tanasining harakatlarini hisoblab chiqadi. Gumanoidlar allaqachon boshlang'ich tennischilarni shug’ullantirish uchun ishlatilishi mumkin va kelajakda ularni professionallar darajasiga chiqarishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab ch
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi. Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi. Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Labubu o’yinchog’ini o’ylab topgan odam sayyoramizning 100 ta eng boy odami qatoriga kirdi. Hozirda Van Ning'ning boyligi 2
+1
⚡️Labubu o’yinchog’ini o’ylab topgan odam sayyoramizning 100 ta eng boy odami qatoriga kirdi. Hozirda Van Ning'ning boyligi 27,6 milliard dollarga baholanmoqda, shundan 20 milliardini u birgina shu yilning o’zida ishlab topgan. Endilikda tadbirkor milliarderlar ro’yxatida 79-o’rinni va yil boshidan beri eng tez boyigan biznesmenlar orasida 9-o’rinni egallab turibdi. O’yinchoqlarni uning Pop Mart kompaniyasi ishlab chiqaradi, kompaniyaning 18 mamlakatda 571 ta do’konlari mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib, internetda sun’iy intellekt kontentini majburiy markirovkalashni joriy qildi. Yangi qonunga
⚡️Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib, internetda sun’iy intellekt kontentini majburiy markirovkalashni joriy qildi. Yangi qonunga ko’ra, generatsiya qilingan barcha materiallar (matn, audio, video va boshqalar) aniq va tushunarli ko’rinadigan belgiga ega bo’lishi, shuningdek, metama'lumotlarda bu haqda yozilgan bo’lishi kerak. Qoidalarga rioya qilish hamma uchun — ijtimoiy tarmoqlar, kompaniyalar va foydalanuvchilarning o’zlari uchun ham majburiydir. Qoidabuzarlik uchun post o’chirilishi, hisob bloklanishi va o’ta og'ir holatlarda hatto jarima ham berilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yi
⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yillardan buyon mamlakatga tegishli bo’lib, hozirda yillik daromadining chorak qismini ta’minlaydi. SI shov-shuvi boshlanganidan beri .ai domenidagi saytlar soni 50 000 dan 870 000 gacha o’sdi. Yuzlab kompaniyalar orolga «chiroyli» domen nomi uchun pul to’lashmoqda: ular orasida Google, Perplexity va Notion bor. Hozircha eng qimmat sayt 700 000 dollarga you.ai hisoblanadi. U SI bo’yicha ma'ruza mavjud YouTube videoga olib o’tadi. 📟 DigiTech